Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar


O`quvchini rag‘batlantirish va ta’sirchan choralar ko‘rish tartibi



Yüklə 311,87 Kb.
səhifə15/17
tarix21.12.2023
ölçüsü311,87 Kb.
#188411
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
246 Одоб ахлок ички тартиб

O`quvchini rag‘batlantirish va ta’sirchan choralar ko‘rish tartibi o‘quv yili davomida yuksak ma’naviy axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, namunaviy xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun hamda mazkur ichki tartib va odob-axloq qoidalariga to‘liq rioya qilgan, ta’lim muassasasida ijobiy sog‘lom muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari quyidagicha moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladi:
- mahalla raislari bilan birgalikda namunali ota-onalarga “minnatdorchilik xati”ni yuborish;
- ta’lim muassasasi buyrug‘i bilan o‘qituvchilarga “Faxriy yorliq”, “tashakkurnoma” e’lon qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;
- esdalik sovg‘alar bilan taqdirlash;
- muassasa radiouzel va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilish;
- “Eng faol o‘quvchi”, “Eng faol sinf” nominatsiyasi bilan taqdirlash;
- o‘quvchilarning yashash manziliga, ularning ota-onasining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga tashakkurnoma yuborish;
- “Har bir nuroniy – o‘smir yoshlarning g‘amxo‘r murabbiyi” tamoyili asosida tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar mahallada katta hurmatga ega bo‘lgan nuroniylarning tarbiyasiga biriktirish.
O‘quvchilar ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzgan taqdirda ko‘riladigan choralar bu
o‘quvchining qog‘oz yoki elektron kundaligiga tanbeh yozish;
qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, o‘quvchini muassasa ichki nazorat ro‘yxatiga olish
va yakka tartibda shug‘ullanish;
ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni muassasaga taklif qilish, “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashi doirasida muhokama qilish;
farzandi tarbiyasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga ma’lumot yuborish;
ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga nisbatan muassasaga biriktirilgan inspektor-psixolog tomonidan sinf raxbar bildirishnomasiga asosan inspector-psixolog, maktab psixologi, maktabning maktab ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari qonuniy chora korishlari shart.
Jamoa a’zolari ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzganida ularga nisbatan mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi to`g`risida tushuntirib o`tdi.

Yüklə 311,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin