Ta’lim jarayonidan farqli ravishda, tarbiya jarayonini tyexnologiyalashtirishda mazkur jarayonning samarasini qisqa muddat oraligida koʻra olish imkoniyati yoʻq. Tarbiya jarayonining oʻziga xos xususiyatlari, tarbiyalanuvchi va tarbiyachi oʻrtasida yuzaga kyelish ehtimoli boʻlgan ziddiyatlar tarbiyaviy jarayonni tyexnologiyalashtirishga nisbatan ijodiy va mas’uliyatli yondashish zarurligini taqozo etadi. Masalan, umumiy oʻrta ta’lim muassasalari amaliyotidan ma’lumki, uzoq yillar davomida mazkur muassasada faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarning koʻpchiligi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga nisbatan «tarbiyaviy ishlar ryejasida byelgilangan tadbirlarni oʻtkazishga majburman» kabilida yondashib kelganlar.
Ularning asosiy e’tibori oʻzlari rahbarlik qilayotgan sinf yoshlarini avvaldan tayyorlangan stsyenariyni yod olish va unga qat’iy amal qilishga majburlash, shuningdyek, «maktab ma’muriyati hamda jamoasi oldida izza boʻlib kolishga yoʻl qoʻymaslik» tamoyiliga muvofiq tarbiyaviy tadbirni uyushtirishga karatilgan edi. Endilikda tarbiyaviy tadbirlarning oʻtkazilishiga nisbatan bunday yondashuvlardan voz kyechish maqsadga muvofiq. Zyero, tayyor ssyenariy asosida muayyan tadbirlarni tashkil etish jarayonida uning asosiy sub’yektlari boʻlgan yoshlar faol ishtirokchi va tadbir natijasini byelgilovchi shaxs sifatida emas, balki oddiy ijrochi sifatida qatnashadilar. Bu holat esa bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.