ta‟lim tashkilotlari – ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish,
ustavga talablar;
pedagogik хodimlar, ta‟lim
oluvchilar, ularning ota-onalari va boshqa
qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar boʻyicha. Ta‟lim-tarbiya
jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari belgilangan.
Toʻrtinchidan,
davlat ta‟lim standartlari va talablari, oʻquv jarayoniga oʻquv
rejalari va dasturlarini, ta‟lim sohasiga eksperimental va innovatsion faoliyat
ta‟limni joriy etish bilan bogʻliq masalalar tartibga solingan. Oʻqishga qabul qilish,
jumladan maqsadli qabul qilish meхanizmi bayon etilgan.
Beshinchidan,
davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari
reglamentlangan.
Vazirlar Mahkamasining 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o„rta
ta‟lim to„g„risida” nizom (15.03.2017 VM-140-son) 10 ta bobdan iborat bo„lib,
umumiy o„rta ta‟limni tashkil etish va uning faoliyatini
amalga oshirish tartibini
belgilaydi. Mazkur hujjatda umumiy o„rta ta‟limning maqsadi, vazifalari, muddati
(11 yillik ekani) hamda umumta‟lim muassasalarining turlari haqida so„z boradi.
Shuningdek, ushbu hujjat maktablarda o„quv-tarbiya jarayonini tashkil etish ya‟ni,
umumta‟lim muassasalarida o„quv yilining boshlanishi, tugash muddati, o„quv
yilining davomiyligi, dars mashg„ulotlari va dars mashg„ulotlari oralig„idagi
tanaffusning davomiyligi hamda ta‟tillar muddatlarini belgilaydi. “Umumiy o„rta
ta‟lim to„g„risida” nizom umumta‟lim muassasasiga o„qishga qabul qilish,
o„quvchilar sog„lig„ini muhofaza qilish, umumiy o„rta ta‟limni
boshqarish va
moliyalashtirishni ham tartibga soladi.
Pedagog xodimlar ish faoliyatini asosan Xalq ta‟limi vazirining 2019-yil 7-
dekabrdagi 393-sonli buyrug„i bilan tasdiqlangan “Xalq ta‟limi xodimlari asosiy
lavozimlarining malaka tavsiflari” va Xalq ta‟limi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi
206-sonli buyrug„i bilan tasdiqlangan “Xalq ta‟limi vazirligi tizimidagi umumiy
o„rta ta‟lini maktablari xodimlarining lavozim majburiyatlari”, Xalq ta‟limi
vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 27-
iyuldagi 9-mh va 19-q/q-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o„rta ta‟lim
muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo„yicha namunaviy yillik ish
rejasini shakllantirish tartibi to„g„risidagi yo„riqnoma” hamda Vazirlar
Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Maktabgacha, umumiy o„rta, o„rta
maxsus, professional va maktabdan tashqari ta‟lim tashkilotlari pedagog kadrlarini
attestatsiyadan o„tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risidagi”
572-sonli qarori tartibga soladi.
Maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar oʻz lavozim
majburiyatlarni va lavozimlariga qoʻyiladigan malaka talablarini bilib olishi lozim.
Lavozim majburiyati bu – xodimning lavozimiga koʻra
nima ish qilishi
lozimligini, lavozimi boʻyicha qanday masalalarga javobgar boʻlishini, uning
asosiy funksional vazifalari nimalardan iborat ekanligini belgilab beradigan
hujjatdir. Lavozim majburiyati maktabda pedagog xodimlarga ish taqsimotini
belgilab berishda qoʻllaniladi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari xodimlarining
namunaviy lavozim majburiyatlari Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi
206-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan. Ushbu hujjatda maktab direktori va uning
oʻrinbosarlari, oʻqituvchi, psixolog, ijodiy-madaniy maslalar boʻyicha targʻibotchi,
tarbiyachi, kutubxona xodimlari, kadrlar boʻyicha menejer, laborant va boshqa bir
qancha xodimlarning lavozim majburiyatlari belgilab berilgan.
Malaka talablari bu – maktab taʼlimi xodimlari
asosiy lavozimlarining
malaka tavsiflarini belgilab beradigan hujjat. Yaʼni bu hujjatda xodimlar toifasi,
ularning lavozim vazifalari, lavozimga koʻra nimalarni bilishi lozim ekanligi va
eng asosiysi har bir xodimning lavozimiga koʻra qanday malaka talablariga ega
boʻlishi lozimligi belgilab berilgan. Maktab taʼlimi xodimlari asosiy
lavozimlarining malaka tavsiflari esa Xalq taʼlimi vazirligining 2019-yil 7-
dekabrdagi 393-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan. Ushbu hujjat xalq taʼlimi
xodimlari lavozimlari va ishchilar kasblari
nomlaridan foydalanishda, mehnat
daftarchalariga yozuvlarni qayd etishda, lavozimlarni xodimlarning toifalariga
kiritishda, shuningdek, xodimlarni ishga qabul qilishda ularning maʼlumoti
darajasiga qoʻyiladigan eng kam talablar yuzasidan qoʻllaniladi. Har bir pedagog
xodim ular bilan mehnat shartnomasi tuzilishidan
avval albatta lavozim
majburiyatlari va malaka talablari bilan tanishib chiqishi shart.
“Umumiy o„rta ta‟lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo„yicha
namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to„g„risidagi yo„riqnoma” 2018-
yil 20-avgustda Adliya vazirligi tomonidan ro„yxatdan o„tkazilgan. Mazkur hujjat
jami 4 ta bobdan iborat bo„lib, umumiy o„rta ta‟lim muassasasi pedagog
xodimining namunaviy yillik ish rejasi va yillik ish yuklamasini belgilaydi.
Mazkur hujjatda pedagog xodimlarining ish yuklamalarini hisoblab chiqarish,
namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish va pedagog xodimlar tomonidan
yuritiladigan hujjatlar soni belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Maktabgacha, umumiy
o„rta, o„rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta‟lim tashkilotlari
pedagog kadrlarini attestatsiyadan o„tkazish tartibini
takomillashtirish chora-
tadbirlari to„g„risidagi” 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha,
umumiy o„rta, o„rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta‟lim tashkilotlari
pedagog kadrlarini attestatsiyadan o„tkazish tartibi to„g„risida” nizom 5 ta bobdan
iborat bo„lib, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o„tkazish ularning pedagogik
mahorati va psixologik tayyorgarligini baholashni nazarda tutadi. Mazkur nizomda
attestatsiyadan o„tish uchun hujjat topshirish, pedagog kadrlarni attestatsiyadan
o„tkazish tartibi, bosqichlari, malaka sinovlari turi,
pedagoglar malaka toifasi
turlari, attestatsiyadan o„ta olmagan xodimlar bilan mehnat shartnomasini tugatish
tartibi haqida to„liq tushunchalar berilgan.