“TASDIQLAYMAN” “KELISHILDI”
Farg‘ona ixtisoslashtirilgan maqom Kasaba uyushma qoʼmitasi raisi:
maktab-internati direktori: __________Sh.A.Tillanazarova
________U.V.Mamadjanov __ ___________20__yil
__ ___________20__yil
FARG‘ONA IXTISOSLASHTIRILGAN MAQOM MAKTAB-INTERNATI XODIMLARINING ASOSIY LAVOZIMLARINING MALAKA TAVSIFLARI
Mazkur maktab-internatining xodimlarini asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari (bundan buyon matnda malaka tavsiflari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 oktyabrdagi 795-son “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatorini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu malaka tavsiflari xalq ta’limi xodimlari lavozimlari va ishchilar kasblari nomlaridan foydalanishda, mehnat daftarchalariga yozuvlarni qayd etishda, lavozimlarni xodimlarning toifalariga kiritishda, shuningdek, xodimlarni ishga qabul qilishda ularning ma’lumoti darajasiga qo‘yiladigan eng kam talablar yuzasidan qo‘llanilishi majburiydir.
2-bob. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati xodimlarining malaka tavsiflari
1-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
|
542
|
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi
|
1319
|
Xodimlar toifasi
|
Boshqaruv
|
Lavozim vazifalari:
a) Ixtisoslashtirilgan maktab(maktab-internat)ning (bundan buyon matnda maktab deb yuritiladi) umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish;
b) maktab o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishni rivojlantirish, ta’lim sifatini yaxshilashning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
v) maktabning yillik ish rejasini tasdiqlash hamda o‘qituvchilar tomonidan o‘quv rejasining bajarilishini nazorat qilish;
g) o‘quv jarayoniga nisbatan pedagogik texnologiyalarning qo‘llanishiga rahbarlik qilish;
d) maktab faoliyatining moliyaviy-xo‘jalik masalalarini hal qilish, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning shakllanishi, undan samarali foydalanishini amalga oshirish;
e) maktab-internati, muassasa va tashkilotlar bilan xo‘jalik shartnomalari tuzishda maktab nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish, turli yo‘nalishlardagi davlat va nodavlat jamg‘armalar bilan o‘zaro hamkorlikda ish yuritish;
j) o‘quv jihozlari, qurilmalari va boshqa ta’lim vositalarining saqlanishini ta’minlash, maktabning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
z) maktabning pedagog xodimlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshirish, pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil qilish hamda mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini ta’minlash;
i) o‘quvchilarning bilimlari sifatini davlat ta’lim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar samaradorligini ta’minlash va nazorat qilish;
k) pedagog xodimlarni rag‘batlantirish uchun davlat ta’lim standartlari talablarining bajarilishini xolis baholashni tashkil qilish;
l) o‘quvchilarni maktabga qabul qilish va sinfdan sinfga o‘tkazish va bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish ishlarini tashkil qilish;
m) o‘quvchilarni darsliklar va o‘quv metodik qo‘llanmalari bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish, darsliklar bilan ta’minlashning ijara tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, darsliklar ijara tizimidan tushgan mablag‘larning jamg‘arilishini nazorat qilish hamda ularning maqsadga muvofiq sarflanishini ta’minlash;
n) ota-onalar, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari bilan o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni tashkil qilish;
o) bolalikni himoya qilish bo‘yicha, voyaga etmaganlar huquq va manfaatlarini muhofaza qilishga oid talablarga rioya qilinishini ta’minlash;
p) kam ta’minlangan oilalarning 5-11 sinf farzandlarini ijtimoiy muhofaza qilish ishlarini, ularni qishki kiyim-kechak majmuasi va darsliklar bilan bepul ta’minlashni tashkil etish;
r) internat turidagi umumta’lim muassasalarida yotoqxonaga muhtoj o‘quvchilar uchun kerakli yashash va ovqatlanish sharoitlarini yaratish;
s) o‘quvchilarni milliy an’analar, urf-odatlar bo‘yicha tarbiyalashga, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, vataniga va xalqiga sodiq fuqaro sifatida tarbiyalash;
t) maktab xodimlari vazifalari, lavozim majburiyatlarini belgilash, ular orasidagi eng faollarini rag‘batlantirish, o‘z vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
u) sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
f) o‘quvchilarni ichimlik suvi bilan ta’minlash va bolalar uchun qo‘yilgan sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish.
x) kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalariga amal qilish.
3. Bilishi lozim:
a) amaldagi umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) maktab faoliyati va uni rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini, jamoani boshqarishning samarali usullarini;
v) o‘quv va tarbiya sifati, davlat ta’lim standartlari talablarini joriy qilish natijalari bilan bog‘liq holda xodimlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish tizimlari va metodlarini;
g) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
d) ta’lim muassasasi va o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qila olishni, ta’lim muassasasi faoliyatidagi muammolarni aniqlash va ularni hal qilishning samarali yo‘llarini topishni;
e) maktabni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy tarkibini tuzish, shartnomalar tuzishni;
j) pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni;
z) sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
4. Malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki pensiya olish huquqi bilan zahiraga bo‘shatilgan harbiy ofitser;
b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
v) besh yildan kam bo‘lmagan pedagogik yoki harbiy ish staji.
Dostları ilə paylaş: |