U. V. Mamadjanov 20 yil 20 yil farg‘ona ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internati xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari


-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə2/25
tarix20.09.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#146259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
малака талаблари мактаб yangi

2-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha
o‘rinbosari lavozimining malaka tavsiflari



Tartib raqami

914

Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi

1210

Xodimlar toifasi

Boshqaruv

Lavozim vazifalari:
a) o‘quv jarayonini tashkil qilish, davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv-tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini ta’minlash;
b) pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etish, pedagogik jamoaning o‘quv-metodik ishlariga rahbarlik qilish, o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va umumlashtirishni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishni tashkil etish;
v) pedagog xodimlarga metodik yordamni, jamoaning va o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini tahlil qilishni tashkil qilish va amalga oshirish;
g) o‘qituvchilar faoliyatining yillik, choraklik va oylik rejalarini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish, o‘qituvchilar faoliyatining tasdiqlangan rejalariga mos ravishda ish vaqti hisobini olib borish, darslar, imtihonlar jadvali va boshqa o‘quv tadbirlarini ishlab chiqish;
d) maktabda ta’lim standartlari talablari bajarilishini nazorat qilish, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va xulqining monitoringini amalga oshirish, fakultativ mashg‘ulotlar va fanlar to‘garaklarining ishlashini tashkil qilish;
e) o‘quv xonalarini namoyish va texnik ta’lim vositalari bilan, kutubxonalarni kitoblar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, gazetalar, jurnallar va boshqa axborot manbalari bilan jihozlanishiga rahbarlik qilish;
j) o‘quv fanlari bo‘yicha metodik materiallar ishlab chiqilishini, yosh mutaxassislarga metodik yordam berishni, o‘qituvchilar malakasini, kasbiy mahoratini oshirish ishlarini olib borish, o‘quvchilarning o‘quv yuklamasini takomillashtirish;
z) sinf jurnallarining yuritilishi va saqlanishini ta’minlash, sinf rahbarlari faoliyatiga rahbarlik qilish, o‘quv ishlari holati va natijalari to‘g‘risida hisobotlarni tuzish, ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil etish;
i) sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
k) bolalar uchun qo‘yilgan sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish;
l) direktor yo‘qligida uning lavozim vazifalarini bajarish.
m) kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalariga amal qilish.
6. Bilishi lozim:
a) amaldagi umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) pedagogika fanlari va amaliyoti, jamoani boshqarishning samarali usullarini hamda boshqarish psixologiyasi yutuqlarini;
v) maktab faoliyati va uni rivojlantirishning pedagogik va iqtisodiy asoslarini;
g) davlat ta’lim standartlari talablari va uning mazmunini, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini;
d) xodimlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish tizimlari va metodlarini;
e) pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
j) sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini;
z) ta’lim muassasasi va o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qila olish, ta’lim muassasasi faoliyatidagi muammolarni aniqlash va ularni hal qilishning samarali yo‘llarini topishni;
i) maktabni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy tarkibini tuzishni;
k) metodik tavsiyalar, o‘quv rejalari va dasturlar, lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqishni;
l) maktab faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilish, o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni;
m) pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasini hamda pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni.
7. Malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;
b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
v) besh yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin