U. V. Mamadjanov 20 yil 20 yil farg‘ona ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internati xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari


-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati “YOshlar ittifoqi” yoshlar etakchisining lavozim malaka tavsiflari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə9/25
tarix20.09.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#146259
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
малака талаблари мактаб yangi

8-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati “YOshlar ittifoqi” yoshlar etakchisining lavozim malaka tavsiflari



Tartib raqami

1548¹

Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi

2330

Xodimlar toifasi

Mutaxassis

23. Lavozim vazifalari:


a) o‘quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarini o‘tkazish, ta’til kunlarida ekskursiyalar, ma’naviy-madaniy yodgorliklarimizni tomosha qilish uchun safarlar, muzeylarga sayohatlar tashkil qilish;
b) o‘quvchilarda vatanga, milliy an’analar va xalqimizning urf-odatlari, ananalariga hurmat, sadoqat va buyuk olimlar madaniyat va san’at arboblari hamda sport ustalari bilan faxrlanish ruhida tarbiyalash;
v) maktab tarbiyaviy ishlari rejasiga muvofiq o‘qituvchilar, jumladan sinf rahbarlari, tarbiyachilar va boshqa pedagog xodimlar bilan birgalikda g‘oyaviy-axloqiy tarbiya, sport-ommaviy va madaniy tadbirlar bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
g) o‘z vazifalarini bajarishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, madaniyat markazlari, kinoteatrlar, muzeylar, istirohat bog‘lari, sport inshootlari va boshqa maktabdan tashqari muassasalar xodimlari bilan hamkorlik qilish;
d) sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
e) bolalar uchun qo‘yilgan sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish.
j) kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalariga amal qilish.
24. Bilishi lozim:
a) amaldagi o‘rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
v) maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablarining mazmunini;
g) tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini, o‘qitish metodlarini, gigiena, pedagogika, psixologiyani;
d) maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarini;
e) sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
25. Malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.

Tasdiqlayman”



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin