10-§. MAKTAB-INTERNATI KUTUBXONACHISINING LAVOZIM
YO‘RIQNOMASI
Umumiy qoidalar
Maktab kutubxonachisining asosiy vazifasi o‘quv-tarbiya jarayonini kutubxona va axborot xizmati ko‘rsatish vositalari orqali ta’minlash va Xalq ta’limi bo‘lim mudiriga, maktab direktorigahamda oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalarni hal etishda yordam ko‘rsatish hisoblanadi.
Maktab kutubxonachisi maktab direktori tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi. Kutubxonachi bevositaviloyat Axborot-resurs markazi,tuman, shahar Xalq ta’limi bo‘limi o‘quv va darsliklar bo‘yicha metodistiga, maktab direktori, maktabningma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
Maktab kutubxonachisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, ta’limni boshqaruv organlarining qarorlari, buyruqlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlari, umumta’lim muassasasi rahbariyatning buyruqlari, faoliyati to‘g‘risidagi Nizomda ko‘rsatilgan ichki tartib –qoidalariga amal qiladi.
Maktab kutubxonachisi quyidagi talablarga javob berishi lozim:
-kutubxona ishi sohasida oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi;
-shaxsiy kompyuterlar bilan ishlash ko‘nikmasiga, avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi va Internet bilan ishlash bo‘yicha asosiy tushunchalarga ega bo‘lishi;
-kasbiy fanlar ( kutubxona ishining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik, kitobshunoslik, informatika) sohalaridan bilimlarga ega bo‘lishi;
-kutubxonalar faoliyatining qonuniy asoslari va bolalar huquqini himoya qilish bo‘yicha qonun-hujjatlari yuzasidan bilimlarga ega bo‘lishi.
Kutubxonachining lavozim vazifalari
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari va Farmoyishlari, Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, jamiyatimiz tomonidan erishilgan yutuqlar aks ettirilgan pedagogika, madaniyat yutuqlari, g‘oyalari aks ettirilgan adabiyotlarni targ‘ib qilish;
-kutubxonachilik ishlariga oid hujjat, innavatsion shakllar va metodlarini aniqlaydi, ommalashtiradi, metodik materiallar ishlab chiqarib kutubxonachi xodimlar malakasini oshirishga doir tadbirlar, kengashlar, anjumanlar, seminarlar tayyorlashda ishtirok etish;
-Xalq ta’limi vazirligining 2013 yil 31 yanvar 35-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida“Kitobxonlar bayrami” tadbiri doirasida (“Adabiyot kunlari”, “Kitobim oftobim, “Kitob taqdimoti” nomli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” va “Yilning eng yaxshi kitobxon maktabi” tanlovi, “Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari” xayriya tadbiri va ota-onalar o‘rtasida “Bir farzandga-uch kitob” aksiyasi, “Men sevgan adabiy qahramon”,“Yil hikoyasi”, “YOsh kitobxonlar”, “Yilningeng iste’dodli yosh shoiri”) tanlovlarining maktab bosqichini tashkil etish;
-kutubxonaning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda yordam ko‘rsatadi (kitobxonlarni ro‘yxatga olish daftari, kundalik, kitobxon formulyari, jamg‘armani hisobga olish (summarka), inventar daftari, kitobxonlar soni, jamg‘arma hajmi, qatnovlar va kitob berilishlar soni, aylanish, kitob bilan ta’minlanganlik, talablarning bajarilishi va h.k.);
-kutubxona imijini oshirish bo‘yicha reklama ishini rivojlantiradi: bukletlar, stendlar, ko‘rsatkichlar, taklifnomalar adabiyotlarning tavsiya qilinadigan ro‘yxatlari hamda fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikda yangi adabiyotlarning tavsiya ro‘yxatini tuzish;
-hududiy Axborot-resurs markazi rahbari bilan hamkorlikda tematik to‘plamlar, kitob ko‘rgazmalari, axborot-burchaklari yordamida hujjatlar, axborotlarning eng yaxshi namunalarini oldinga surishga ko‘maklashadi;
-pedagogik jamoa bilan hamkorlikda o‘quvchilar o‘rtasida kutubxonada bor resurslarni targ‘ib qilish bo‘yicha har tomonlama ommaviy ishni tashkil qiladi.
-zaruratga qarab mikrorayon (qishloq) aholisining pedagogika va xalq ta’limiga oid mavjud adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojni qondiradi.
-kutubxonada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan monitoring qilib boradi va yozma hamda raqamli hisobotlarni tuman, shahar Axborot-resurs markaziga so‘ralgan shaklda ma’lumot berib boradi.
Dostları ilə paylaş: |