U. V. Mamadjanov 20 yil 20 yil farg‘ona ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internati xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə11/25
tarix20.09.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#146259
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
малака талаблари мактаб yangi

Malaka talablari:
a) oily ma’lumotli pedagogik ma’lumot;
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.
Tarbiyachiga ikkinchi malaka toifasini berish quyidagi asosiy ko’rsatkichlar bilan aniqlanadi:
a) pedagog xodimning malakasi – bilim va ko’nikmalarni baholashning standart talablardan yuqori bo’lgan pedagogika nazariyasi, psihologiya va yoshlar fiziologiyasi asoslari, o’qiladigan fanning ba’zaviy komponenti mazmuni, ta’lim va tarbiya metodikasi bilan;
b) pedagog xodimning mahorati – ta’lim jarayonida qulay shart-sharoit yaratish, amaliy faoliyatda talim jarayonining xilma-hilligini (variantliligini) ta’minlovchi o’qitish metodlari, usullari va vositalarini qo’llay olish, pedagogik diagnostika qo’llanilayotgan metodlar va vositalari, o’quvchilar jamoasini toifalashning asosiy shakllari, o’quvchilarning bilimini anglash va muomala (kommunikativ) madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy metodlari bilan;
v) pedagog xodim mehnati samaradorligi – pedagog bevosita muloqot qiladigan o’quvchilar guruhini ahil jamoa sifatida saqlashga imkon beruvchi amaliy ish faoliyati, o’quvchilarni davlat talim standartlariga mos holda bilim olishini ta’minlash orqali;
g) tarbiyachi lavozimida kamida uch yillik ish stajiga ega bo’lishi bilan.
Birinchi malaka toifasini berish quyidagi asosiy ko’rsatkichlar bilan aniqlanadi:
a) pedagog xodimning malakasi – bilim va ko’nikmalarni baholashning standart talablardan yuqori bo’lgan ta’lim jarayonini individuallashtirish texnologiyasi, psixologik-pedagogik diagnostikaning zamonaviy usullari o’qiladigan fanning bazaviy komponenti mazmuni, turli darajada o’qitishni olib borish imkonini beradigan nazariy bilimlar darajasi bilan;
b) pedagog xodimning mahorati – o’quv-tarbiya jarayoni mazmuni, metodlari va shakllarini tanlashda o’quvchilarning psixologik hususiyatlarini hisobga olish, rivojlanishlari, mayllari, qobiliyatlari, qiziqishlari va sog’liqlari darajasi turlicha bo’lgan o’quvchilar toifalarini hisobga olgan holda pedagogik masalalarni hal qilishga va amaliy faoliyatda ilg’or pedagogik texnologiyalarni, shaxsni rivojlantirish pedagogikasi texnologiyalari elementlarini, fan bo’yicha o’quv-metodik ishlarni tahlil qilish metodikalarini qo’llashga qodirligi bilan;
v) pedagog xodimning mehnati samaradorligi maktab ijtimoiy hayotida faol qatnashishi bilan;
g) malaka oshirish kurslarini muntazam o’tashi, viloyat yoki tuman (shahar) darajasida ilmiy-metodik tadbirlarida faol qatnashishi, uning tajribalari viloyat yoki tuman (shahar) darajasida ommalashtirilganligi, shuningdek o’quvchilari ikkinchi tur fan olimpiadalarida, viloyat yoki tuman darajasidagi korik tanlovlarida, sport musobaqalarida sovrinli o’rinlarni egallaganligi (bunday fan olimpiadalari va tadbirlar utkazilmaydigan boshlangich sinf va fan pedagoglari bundan mustasno) orqali;
d) ikkinchi toifali tarbiyachi lavozimida kamida uch yillik ish stajiga ega bo’lishi bilan.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin