17-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati xovli supuruvchining lavozim malaka tavsiflari Lavozim majburiyatlari: a) maktab-internati hududini hamda maktab binosiga yaqin hududni tasdiqlangan chizmalarga muvofiq tozalaydi; yoʼlaklardagi va asfalt uchastkalardagi ifloslanishlarni tozalaydi va suv sepadi;
b) ish kuni davomida biriktirilgan hududning tozaligini taʼminlaydi; suv quvurlarini toʼgʼri yoʼnaltiradi va tozalaydi;
v) zarur boʼlgan vaqtda bemalol oʼtish uchun yongʼin quduqlarini tozalaydi;
g) hududni axlatdan tozalaydi va konteynerlarga joylashtiradi;
d) hovlidagi axlat qutilarini toʼlganidan keyin tozalaydi;
ye) konteynerlarni axlatdan vaqtida tozalanishini nazorat qiladi; tashqarida joylashgan uskunalarning sozligini va butligin nazorat qiladi ( qoʼralar, tashqi zinalar, karnizlar, suv quvurlari, axlat qutilari va h.k.z.);
j) qish vaqtida yoʼlovchilar uchun moʼljallangan yoʼlaklarni va biriktirilgan hududni oʼz vaqtida qordan tozalaydi, qum sepadi; tomdagi sumalaklarni tushiradi;
z) yoz vaqtida biriktirilgan hududdagi oʼt va gazonni oʼz vaqtida, ikki martadan kam boʼlmagan holda oʼradi;
i) umumxalq bayramlari kuni davlat bayrogʼini maktabning fasadiga osadi va yigʼishtiradi;
k) mehnat muhofazasi,xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqish sanitariyasi va yongʼin xavfsizligi qoidalariga rioya qiladi.
Bilishi kerak: a) hududiy xokimlikning sanitariya, obodonlashtirish, taʼlim muassasasini tozalikda ushlashga oid boʼlgan qarorlari;
b) tozalash qoidalari;
v) maktab hududini sanitariya va gigiena qoidalariga rioya qilgan holda ushlab turish;
g) tozalash anjomlari va moslamalarining tuzilishi va ishlatish qoidalari;
d) mehnat muhofazasi, yongʼin xavfsizligi hamda sanitariya norma va talablari.
Malaka talablari: maʼlumot va ish stajiga boʼlgan talablarsiz.