U. V. Mamadjanov 20 yil 20 yil farg‘ona ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internati xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari


-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining lavozim malaka tavsiflari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə17/25
tarix20.09.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#146259
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
малака талаблари мактаб yangi

12-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining lavozim malaka tavsiflari


I. Umumiy qoidalar
1. Ho‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari boshqaruv xodimlari toifasiga tegishli bo‘lib, maktab-internati direktorining buyrug‘iga muvofiq ishga qabul qilinadi va ishdan bo‘shatiladi.

2. Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga o‘rta maxsus (kasb-hunar) ma’lumotga va kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxs qabul qilinishi mumkin.


3. Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘z faoliyatida quyidagilarga amal qiladi:


1) bajaradigan ishiga doir masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va uslubiy materiallar;
2) ichki mehnat tartibi qoidalari;
3) maktab-internati rahbariyatining buyruq (farmoyish)lari;
4) mazkur lavozim yo‘riqnomasi;

4. Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari quyidagilarni bilishi kerak:


1) maktab-internatiga xo‘jalik xizmati ko‘rsatishga taalluqli bo‘lgan qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar, boshqa rahbariy va normativ hujjatlar;
2) xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar mehnatini mexanizatsiyalash vositalari;
3) xonalardan foydalanish qoidalari;
4) mehnatni tashkil etish asoslari;
5) mehnat qonunchiligi asoslari;
6) ichki mehnat tartibi qoidalari;
7) mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari;

5. Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosaribevosita rahbarga bo‘ysunadi.


6. Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ishda bo‘lmagan vaqtda (ta’til, kasallik, boshqalar) uning majburiyatlarini belgilangan tartibda tayinlangan boshqa shaxs bajaradi.


II. Lavozim majburiyatlari
Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari:
1) maktab-internati yoki uning bo‘linmalariga xo‘jalik xizmati ko‘rsatish bo‘yicha ishga rahbarlik qiladi;
2) xo‘jalik anjomlarining saqlanishini, ularni tiklash va to‘ldirishni, shuningdek xonalarda va tutash hududda tozalikni ta’minlaydi;
3) xonalarning holatini kuzatib boradi va ularni ta’mirlash bo‘yicha choralar ko‘radi;
4) xodimlarni kanselyariya va xo‘jalik maqsadlarida ishlatiladigan buyumlar bilan ta’minlaydi;
5) xizmat ko‘rsatuvchi personal ishiga rahbarlik qiladi;


III. Huquqlari
Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari quyidagi huquqlarga ega:
1) rahbariyatning uning faoliyatiga taalluqli bo‘lgan buyruqlari bilan tanishib chiqish;
2) rahbariyat ko‘rib chiqishi uchun mazkur lavozim yo‘riqnomasida nazarda tutilgan majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
3) maktab-internati rahbariyatidan o‘z lavozim huquqlari va majburiyatlarini bajarishda ko‘maklashishni talab qilish;
4) maktab-internati rahbari, bo‘linma rahbari ko‘rib chiqishi uchun maktab-internatining, bo‘linmaning xo‘jalik ta’minotini yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish;
5) maktab-internati rahbariyati ko‘rib chiqishi uchun o‘zining qo‘l ostidagi xodimlarni rag‘batlantirish yoki ularga jazo tayinlash to‘g‘risida takliflar kiritish;
6) o‘z vakolatlari doirasida hujjatlarni imzolash va vizalash;



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin