IV. Javobgarligi
Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari quyidagilar uchun javobgar bo‘ladi:
1) O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan doirada mazkur lavozim yo‘riqnomasida nazarda tutilgan lavozim majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik;
13-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati kotiba ish yurituvchining
lavozim malaka tavsiflari
I. Umumiy qoidalar
1. Ish yurituvchi texnik xodimlar toifasiga tegishlidir.
2. Ish yurituvchi lavozimiga boshlang‘ich kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga ega bo‘lgan shaxs ish stajiga talablar qo‘yilmasdan qabul qilinadi.
3. Ish yurituvchi lavozimiga tayinlash va undan ozod etish tashkilot rahbari (direktori)ning buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
4. Ish yurituvchi quyidagilarni bilishi kerak:
4.1. Maktab-internatida ish yuritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, nizomlar, yo‘riqnomalar, boshqa rahbariy materiallar va hujjatlarni.
4.2. Davlat ish yurituv tizimining asosiy qoidalarini.
4.3. Maktab-internati strukturasi va uning bo‘linmalarini.
4.4. Tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimini.
4.5. Xizmat hujjatlari va materiallari harakatini nazorat qilish tartibini.
4.6. Mehnatni tashkil etish asoslarini.
4.7. Hisoblash texnikasidan foydalanish qoidalarini.
4.8. Mehnatga oid qonun hujjatlarini.
4.9. Ichki mehnat tartibi qoidalarini.
4.10. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qoidalar, normalar va yo‘riqnomalarni.
5. Ish yurituvchi o‘z faoliyatida quyidagilarga asoslanadi:
5.1. Maktab-internatidagi ish yurituv va arxiv ishi (agar u (arxiv) bo‘lsa) bo‘yicha yo‘riqnomaga.
5.2. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnomaga hamda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnomaga (davlat muassasalari uchun).
5.3. Ushbu lavozim yo‘riqnomasiga.
6. Ish yurituvchi bevosita rahbarga bo‘ysunadi.
7. Ish yurituvchi ishda bo‘lmagan vaqtda uning majburiyatlarini rahbar (direktor) buyrug‘i bilan tayinlanadigan shaxs bajaradi. Mazkur shaxs tegishli huquqlarni qo‘lga kiritadi va unga yuklatilgan majburiyatlarning lozim darajada bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |