Bilishi lozim: a) O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarini;
b) pedagogika fani va amaliyoti, boshqarish psixologiyasining jahon va mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlarini, o‘quv jarayonining amalga oshirilishi va rivojlanishining pedagogik va iqtisodiy asoslari, Davlat ta’lim standartlarining talablari va mazmuni, jamoani boshqarishning samarali shakllari va usullari, hamda xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni;
v) ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish usullarini, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini;
g) o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari va laboratoriyalari mudirlari, ishlab chiqarish ustalari uchun malakaviy talablarni;
d) yoshlarga oid qonun hujjatlari.
Bajara olishi lozim: a) ta’lim muassasasi, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ustalari faoliyatini tahlil qilish, eng ahamiyatli muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali yo‘llarini belgilash;
b) maktab-internatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini hosil qilish, uslubiy tavsiyanomalar, o‘quv rejalari, dasturlar, qoidalar, lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish;
v) majlislar, suhbatlar o‘tkazish, zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim muassasasi monitoringini tashkil etish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llash;
g) pedagogik jamoada sog‘lom psixologik muhitni yaratish.
Malaka talablari: a) maktab-internatining bilim sohasiga oid maxsus fanlardan biri bo‘yicha oliy ma’lumot;
b) pedagogik ish staji 3 yildan kam emas.
11-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati uslubchisining lavozim malaka tavsiflari