U. V. Mamadjanov 20 yil 20 yil farg‘ona ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internati xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari


-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati elektromontyorchining



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə24/25
tarix20.09.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#146259
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
малака талаблари мактаб yangi

17-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati elektromontyorchining
lavozim malaka tavsiflari
Lavozim majburiyatlari:
a) hizmat koʼrsatayotgan elektr jihozlar va uskunalar, texnik tarmoqlarning texnik holati boʼyicha muntazam tekshirish va texnik ishlarni olib boradi, nosozliklar va buzilishlar aniqlaydi;
b) elektr jihozlarga hizmat koʼrsatish va taʼmirlash boʼyicha alohida murakkab boʼlmagan ishlarni bajaradi;
v) tarqatuvchi qutilarini, klemmnik, saqlagich qutisi va yoritish armaturalarini oʼrnatish va taʼmirlash, qisman demontaj qilish, elektr jihozlarni siqilgan havo bilan tozalash va shamollatish; kontaktlarni tozalash; 1000 V gacha kuchlanishli simlarni kesish, biriktirish, izolyatsiyalash va kavsharlash;
g) sim va kabellarning oʼrnatilishini amalga oshiradi, elektr jihozlarning taʼmirlanishida oddiy chilangarlik, montaj va duradgorlik ishlarini bajaradi;
d) elektr jihozlarni yoqishni va oʼchirishni amalga oshiradi, oddiy oʼlchovlarni bajarish;
ye) erdan nazorat ostiga olinadigan oddiy koʼtarish dastgohlari va kranlarni qoʼllab, pnevmatik va elektr asbob-uskunalari bilan bajariladigan ishlarni amalga oshiradi;
j) elektrdvigatellarning statorlari va rotorlari tarqatish tizimini izolyatsiyasining qarshiligini megometr bilan teshirish va oʼlchash ishlarini amalga oshiradi, transformatorlarni obmotka qiladi, kabellarni kiritish va chiqarish ishlarini bajaradi;
z) maktab-internati xodimlarining talabi bilan zararlanish va shikastlanishlarni bartaraf qiladi;
i) maktab-internatining elektr enargiyasiga boʼlgan talabining xisobini olib boradi va ishlatilishini nazorat qiladi;
k) elektr jihozlarining ishlatilishi boʼyicha kerakli xujjatlarni tuzadi va yuritadi hamda pribor koʼrsatgichlariga asosan elektroenergiyaning ishlatilishining hisobini olib boradi;
l) davlat energetika nazorati tashkiloti koʼrsatmalarining bajarilishini taʼminlaydi;
m) mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqish sanitariyasi va yongʼin xavfsizligi qoidalariga rioya qiladi.


Bilishi kerak:
a) elektrodvigatel, generator, transformator, kommutatsion va ishga tushuruvchi apparatlar, akkumulyator va elektr jihozlarining tuzilishi va ishlash printsiplari;
b) elektrotexnik materiallarning asosiy turlari, ularning xusussiyatlari va ishlatilish joyi; bajaradigan ishlari doirasida elektr jihozlarini taʼmirlash va montaj usullari qoidalari;
v) nazorat-oʼlchov asboblarining nomi va ishlatilish qoidalari hamda ish joyini tashkil qilish va ishlab chiqarish toʼgʼrisidagi asosiy maʼlumotlar;
g) past kuchlanishdagi provodlarni ulash va payka qilish, ularni almashtirish usullari;
d) elektr tokidan zarar koʼrilganda birinchi yordam koʼrsatish qoidalari; elektr qurilmalariga hizmat koʼrsatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari; texnik va tartibga solish ishlarining ketma-ketligi;
ye) mehnat muhofazasi, yongʼin havfsizligi hamda sanitariya norma va talablari.

Malaka talablari: oliy yoki oʼrta maxsus maʼlumot, ish stajiga boʼlgan talablar taqdimotisiz. Elektromontyor lavozimiga olinayotgan shaxslar 1000 kVt gacha elektorenergiya bilan ishlash uchun maxsus ruhsatnomani koʼrsatishlari kerak.





Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin