U. V. Mamadjanov 20 yil 20 yil farg‘ona ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internati xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari


-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktorining ma’naviy-ma’rifiy



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə3/25
tarix20.09.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#146259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
малака талаблари мактаб yangi

3-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktorining ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimining malaka tavsiflari



Tartib raqami

914

Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi

1210

Xodimlar toifasi

Boshqaruv

Lavozim vazifalari:


a) ta’lim muassasasida ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish;
b) tarbiyaviy ishlarning yillik va oylik rejalarini ishlab chiqish, sinf rahbarlari amalga oshiradigan tarbiyaviy ishlar rejalarining bajarilishini nazorat qilish;
v) “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” majmuasiga kiruvchi fanlar bo‘yicha ta’lim standartlari talablarining bajarilishini nazorat qilish, shu fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish, o‘quvchilarning davomati va xulqi, tarbiyaviy tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshirish;
g) maktabda to‘garaklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini ta’minlash;
d) milliy an’analar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlar misoli asosida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qilish;
e) o‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari, ekskursiya va madaniy ommaviy ishlarni muvofiqlashtirib borish;
j) pedagogik jamoaning ta’til paytidagi faoliyatini, jumladan yozgi o‘quv ta’tili davrida o‘quvchilarning kunduzgi dam olish oromgohlarida dam olishi bilan bog‘liq ishlarni tashkil qilish;
z) maktabning o‘quv va boshqa xonalarini o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga oid masalalarni hal qilishga xizmat qiluvchi ko‘rgazmali targ‘ibot va tashviqot vositalari bilan jihozlashni tashkil qilish;
i) maktabning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish va yo‘naltirish;
k) maktabning ilg‘or pedagogik tajriba almashish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish, tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qilish;
l) pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etish, yuqori malakali o‘qituvchilarning ilg‘or pedagogik tajribasini o‘rganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirish;
m) tarbiyaviy ishlar bo‘yicha metodik materiallar ishlab chiqishni, yosh mutaxassislarga metodik yordam ko‘rsatishni tashkil qilish, o‘qituvchilarning kasb mahoratini, malakasini oshirish ishlarini olib borish;
n) sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy faoliyatiga rahbarlik qilish, ta’lim muassasasi tarbiyaviy ishlari holati va natijalari to‘g‘risida hisobotlar tuzish, ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil qilish;
o) o‘quvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligining nazoratini amalga oshirish;
p) san’atkorlar, sportchilar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar va ijodiy kechalar o‘tkazilishini tashkil qilish;
r) huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish;
s) sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
t) bolalar uchun qo‘yilgan sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish.
u) kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalariga amal qilish.
9. Bilishi lozim:
a) amaldagi umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) jamoani boshqarishning samarali usullarini hamda boshqarish psixologiyasi yutuqlarini;
v) bolalarni vatanparvarlik ruhida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash usullarini;
g) o‘z xalqi tarixini, maktab faoliyati va uni rivojlantirishning pedagogik va iqtisodiy asoslarini;
d) ta’lim standartlari talablari va uning mazmunini;
e) xodimlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish tizimlari va metodlarini;
j) pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullarini, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
z) sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini;
i) pedagogika fani va amaliyoti, boshqaruv psixologiyasining jahon va mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlarini;
k) ta’lim muassasasi va o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qila olish, ta’lim muassasasi faoliyatidagi muammolarni aniqlash va ularni hal qilishning samarali yo‘llarini topishni;
l) maktabning tarbiyaviy tadbirlar ssenariylarini va tarbiyaviy ishlar rejalari, dasturlarini ishlab chiqishni;
m) metodik tavsiyalar, o‘quv rejalari va dasturlar, qoidalar, nizomlar, lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqishni;
n) maktab faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilish, o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni;
o) pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni.
10. Malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki pensiya olish huquqi bilan zahiraga bo‘shatilgan harbiy ofitser;
b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
v) uch yildan kam bo‘lmagan pedagogik yoki harbiy ish staji.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin