tartibining o‘zgargan paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta mashg‘ulot yaqin kishidan judo bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi dinamik streotipning qat’iylik bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak». Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol ko‘rinadi.
Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo‘lsak, biron yoqimli ko‘ydan lazzatlanish, yoki biron
mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha qilib, rohatlanish estetik hissiyot
hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning nerv-fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo‘lsak,
quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa millat odamiga
yoqmasligi mumkin. Bunda ajablanishga hech qanday o‘rin yo‘q. Biz yoshlikdan boshlab
mazkur kuyni bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu kuyga nisbatan
deyarli buzib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga keladi. Ana shuning
uchun ayrim kuylar bizga yoqadi, ayrimlari esa yoqmaydi. Suratlar masalasiga kelganda shuni
aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib
zavq tug‘diradi. Aksincha, hozirgi rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir
noxush hissiyotni tug‘diradi. Demak, uzoq yillar davomida yuzaga keladigan dinamik streotiplar
ayrim murakkab hisni tashkil qiladi.
Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a’zo faoliyati
bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi. Chunki akademik
I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a’zoyi badanida bo‘ladigan har qanday hodisalarning
hammasini bosh miya po‘sti qismidagi neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda
hissiyotning nerv-fiziologik asosi bosh miya po‘sti bilan bog‘liq.