Umumiy p 2-kurs 3-semistr ma`ruza doc


Hissiyotning o‘ziga xosligi



Yüklə 121,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix20.11.2023
ölçüsü121,42 Kb.
#165755
1   2   3   4   5   6
10-Маъруза 10

Hissiyotning o‘ziga xosligi 
2
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan
.699 p 


69 
Hissiyotda shaxs psixikasining o‘ziga xos jabshalari, inson faoliyatining ayrim jishatlari 
sifatida harakatdagi, tevarak-atrofdagi voqelikni odam bosh miyasida turli-tuman shaklda ichdan 
aks ettiriladi. Shuning uchun Hissiyot borliqda sodir bo‘layotgan narsa va hodisalar yuzasidan 
shaxs uchun ahamiyatli, qadr-qiymatli alomatlari tuyg‘usidan darak beruvchi signallar sistemasi 
tarzida talqin qilinadi. Yaqqol voqelikda sezgi a'zolariga ta'sir etuvchi har xil qo‘zg‘ovchilaridan 
ba'zi birlari aloshidalanadi, o‘zaro mos tushganlari esa birlashadi, favqulodda namoyon bo‘la 
boshlagan His-tuyg‘ular bilan ular aralashib ketadi. Buning natijasida muayyan qo‘zg‘ovchilar 
tirik mavjudodlar uchun xotirjamlik yoki bezovtalik signaliga aylanadi, Hissiy kechinmalar esa 
insonning shaxsiy tajribasini shakllantiruvchi hartli reflekslar tizimini barqarorlashtiruvchi omil 
tariqasida aks etadi. Hissiyotning bunday tarzda signal funksiyasining bajarishi uning impressiv 
(lotincha impessio-so‘zidan olingan bo‘lib, taassurot degan ma'no anglatadi) jishati deb 
nomlanishda o‘ziga xosligi shundaki, Hissiyot tasavvur qilinayotgan obrazlarga, fikran 
rejalashtirilayotgan maqsadlarga mayl, faollik, intilish uyg‘otadi, shaxsning faoliyati va xatti-
harakatlarining muvaqqat yoki uzluksiz motiviga aylanadi. Ushbu fiziologik jarayonning 
moshiyatini tushuntirilishda I.P.Pavlov mana bunday yondashadi: tirik mavjudodlarning tabiiy 
mushitga moslashuvida qat'iylashadigan yoki zaiflashadigan dinamik stereotiplar tufayli Hissiy 
va emosional kechinmalarning ijobiy yoki salbiy ko‘rinishi vujudga keladi. I.P.Pavlovning 
talqinicha, dinamik stereotip-bu tashqi taassurotlarning ma'lum tarkibda takrorlanishi natijasida 
shosil qilingan hartli reflekslar ta'siridagi nerv bog‘lanishlarining barqaror tizimidir. Tirik 
mavjudod shayoti va faoliyatida qiyinchiliklarga, qarshiliklarga uchrasa, dinamik stereotip 
"zaiflashuvi" yuzaga keladi, buning oqibatida salbiy emosional holatlar, kechinmalar shosil 
bo‘ladi.
His-tuyg‘ular va emosional holatlar kechishining turli shakllari, ko‘rinishlari nafaqat signal 
funksiyasini bajaradi, balki ular shaxsning faoliyati, xulq-atvori ustidan boshqaruvchanlik 
funksiyasini amalga oshiradi. Yuksak Hislar bu ma'noda ustuvor rol o‘ynaydi (vijdon Hissi, 
mas'uliyat va vatanparvarlik tuyg‘usi, empatik, ya'ni hamdardlik kechinmalari va boshqalar). 
Shatto emosional holatlar, hodisalar, harakatlar shaxsning tana a'zolari o‘zgarishida o‘z ifodasini 
topadi va ichki Hissiy kechinmalarning tashqi alomatlarini aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkichi 
Hisoblanadi. Ovoz oshangi, sur'ati, tembri, chastotasi o‘zgarishi, mimika, imo-ishora, 
pantomimika, organizmning qizarishi, oqarishi, nafas olish va qon bosimidagi beqaror holatlar 
ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy, ongli ravishda kechishidan qat'i nazar emosiyaning ekspressiv (lotincha 
expressio-degan atamadan olingan bo‘lib, ifodalash degan ma'noni bildiradi) jabshasi deyiladi.
Shaxs Hissiyotning subyekti Hisoblanib, mazkur holatning namoyandasi, uni aks ettiruvchi 
tariqasida olamni anglash, bilish jarayonida o‘zining shaxsiy faoliyatini (xulq-atvorini) 
maqsadga muvofiq amalga oshirish uchun Hissiy kechinmalarni o‘zgartirish qudratiga ega. His-
tuyg‘ular shaxsdan ajralgan holda vujudga kelmaydi, shuning uchun ular Hissiyot subyekti bilan 
birga shukm suradi, binobarin, Hissiy kechinmalar aniq insonga taalluqli bo‘ladi, xolos. Insonda 
emosional taassurot qoldiradigan, yuz tuzilishida ta'bassum yoki qayg‘u, gosho ajablanish 
uyg‘otadigan narsa va hodisalar Hissiyotning obyekti bo‘lib Hisoblanadi. Shaxsdagi emosional 
o‘zgarishlar uning shayoti va faoliyatida, shaxslararo munosabatida, insonlar bilan muomalaga 
kiriHishda, ayrim shollarda biron bir voqelik to‘g‘risida xayol surganda, armon tuyg‘usi odamga 
xotirjamlik bermaganida yuzaga keladi.
Hissiyot subyektiv ichki kechinmalarda ifodalansa ham uni aniqlash mumkin, chunki 
dildagi qayg‘u alamlar, afsuslanish, achinish, quvonish, o‘zidan nolish, ko‘z va yuz 
harakatlaridagi bezovtalanish, shadiksirash, shayajonlanish tashqi tana a'zolarida, nutq 


70 
faoliyatida, sustlik, loqaydlik shukmronlik qilganida bevosita ifodalanadi. His-tuyg‘ular 
ixtiyorsiz ravishda vujudga kelmaydi, shuning uchun ular qat'iy ravishda determinasiyalashgan 
(sababiy bog‘langan) psixofiziologik xususiyatga egaligi tufayli u yoki bu tashqi ko‘zg‘atuvchi 
ta'siriga nisbatan munosabat bildirish (javob reaksiyasi) tarzida shosil bo‘ladi. Vaziyat, hart-
haroitlar Hissiyotning mexanizmi tariqasida xizmat qilishi mumkin. Shuni ham aniqlashtirish 
lozimki, vaziyat ham, haroit ham tabiiy (biologik), subyektiv (shaxslararo munosabat) 
ko‘rinishlarda vujudga kelganligi sababli Hissiyotning moshiyati, sifati va shakliga bevosita o‘z 
ta'sirini o‘tkazadi. qattiq sovuq, favquloddagi chang-to‘zon, xonada tok bo‘lmasligi, qo‘pol 
muomala, loqayd munosabat, avtoritar xulq-atvor va boshqalar vaziyatga, haroitga yaqqol misol 
bo‘la oladi.
Hissiyotning determinizm (sababiy bog‘lanish) prinsipiga asoslanganligidan qat'i nazar 
shaxs o‘zining faoliyatida, xulqida, muomalasida Hissiyotini, emosional holatlarini idora 
qilishga, ba'zi shollarda o‘zini tutib turishga, voqelikka yoki hodisalarga nisbatan oldingi 
bashosini o‘zgartirishga, ichki murakkab kechinmalarini ongli ravishda boshqarishga intiladi. 
Shaxsda vujudga keluvchi subyektiv holatlar, His-tuyg‘ular o‘zining yuzaga kelishi, namoyon 
bo‘lishi, moshiyati jishatidan hamisha obyektiv voqelikning timsoli, inson miyasiga singdirilgan, 
qayta ishlangan ko‘rinishidir. Obyektiv borliq yuzaga keltiradigan subyektiv His-tuyg‘ular, 
kechinmalar moddiy tana a'zolaridagina aks etish bilan cheklanmasdan, balki muayyan 
o‘zgarishlar shaxsning faoliyatida, nutqida, mulohazasida, xulqida bevosita ifodalanadi.
Shaxs Hissiyot obyektiga nisbatan qanday shaxsiy munosabatda bo‘lishi favquloddagi 
holatda "Men" lik ifodalanishi His-tuyg‘ularning sifati deyiladi. Masalan, shaxsning mushabbati, 
rashm-shafqati, shayajonlanishi, qashr-g‘azabi, bezovtalanishi, ruhan ezilish kabi sifatlarning 
muayyan tasnifi (klassifikasiyasi) mavjuddir. Sifatlar ikki xil yo‘sinda vujudga kelishi mumkin, 
jumladan, shaxsning o‘z ehtiyojini qondirishga va unga qarshilik (to‘sqinlik) qilishga aloqador 
narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari son-sanoqsiz bo‘lishi mumkin. Hissiyotning sifatlari 
shaxsning narsa va hodisalarga nisbatan emosional munosabatining o‘ziga xos va zaruriy 
alomatlari bo‘lib Hisoblanadi. Psixologiyada shaxsning shayotiy va tabiat omillariga nisbatan 
emosional munosabatlari ijobiy va salbiy turkumlarga ajratiladi. Ijobiy sifatlar narsa va 
hodisalarga nisbatan ehtiyoj maqsadga muvofiq ravishda qondirilsa, u holda roshatlanish
quvonch Hislari ifodasi yuzaga keladi. Ehtiyojlarni qondirishda to‘siqlar, xalaqit beruvchi 
omillar namoyon bo‘lsa, u taqdirda noxush kechinmalari, norozilik Hislari tug‘iladi. Ijobiy va 
salbiy sifatlar bevosita yo‘sindagi emas, balki bilvosita yo‘l bilan ham vujudga kelishi mumkin. 
Masalan, shayot quvonchlarini eslash dalillikni uyg‘otsa, muvaffaqiyatsizlikni xayolga keltirish 
shadiksirashni shosil qiladi.
Shaxs individual ehtiyojlaridan tashqari, ijtimoiy ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq motivlar 
ta'siri tufayli ham ijobiy yoki salbiy Hissiyot sifatlarini aks ettirishi kuzatiladi. Masalan, 
talabaning tanlovda qatnaHishi quvonch Hislarini yuzaga keltirsa, ikkinchi turdagi 
muvaffaqiyatsizlik xafagarchilik tuyg‘usini namoyon etadi. Shaxsning maqolasi (gazeta, 
jurnalda) bosilib chiqsa faxrlanadi, kimningdir tomonidan u tanqid qilinsa ruhan eziladi. Ota-ona 
farzandini maqtasa quvonadi, koyisa esa xafa bo‘ladi va hokazo.
Hissiyotning ijobiy va salbiy sifatlaridan tashqari, uning ikkiyoqlamalik (yunoncha amphi 
ikkiyoqlama vazifa, lotincha valentia "kuch" degan ma'no anglatib keladi) va noaniqlikdan iborat 
asosiy xislatlari mavjuddir. Bu ruhiy holatlarda shaxsda ikkilanish shollari, noaniq tushunish 
munosabatlari aks etadi, lekin roshatlanish bilan qanoatlanmaslik Hislarini bir-biriga qo‘Hish 
mumkin emas.


71 
Ambivalent (ikkiyoqlama) Hissiyotda roshatlanish bilan azoblanish tuyg‘ulari o‘zaro 
qo‘shilib ketish bilan cheklanibgina qolmasdan, balki uyg‘unlashgan, aralashgan holda ularning 
kechishi muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib Hisoblanadi. Masalan, rashk Hissida mushabbat 
bilan nafrat bir-biri bilan uzviy bog‘lanib ketadi. Xo‘randa qorni ochligi uchun sho‘r ovqatni yeb 
biologik ehtiyojni qondirib, bir tomondan roshatlanishi, ikkinchi tomondan esa noxush Hisni 
kechirishi mumkin. Tashnalikdan iliq suvni ichib ham roshatlanishi, ham noxushlikka berilishi 
kuzatiladi. Kiyimi yupun shaxsga qalinroq to‘n berilsa, bir tomondan quvonadi, ikkinchi 
tomondan esa uyaladi. Oshiqlarda sevish va o‘zidan nafratlanish holati kechadi yoki shijron 
shirin qayg‘u, lekin yoqimli istirob tarzidagi kechinmalar ikkiyoqlama Hissiyotga yorqin 
misoldir.
Shaxsning emosional dunyosi uzluksiz tarzdagi ziddiyatlar, nizolar va ularning shal 
qilinishi, oldining olinishini aks ettirishdan iborat jarayonlar majmuasidir. Asosan ijobiy, salbiy 
va ikkiyoqlama Hissiyotni keltirib chiqaradigan omillar quyidagilardan iboratdir: 1) shaxs bilan 
mushit o‘rtasidagi (tabiiy mushit, ijtimoiy mushit orasidagi) har xil mazmun hamda shakldagi 
munosabatlar; 2) tana a'zolari, ichki organizm tarkiblari mushitidagi munosabatlarning nisbiy 
muvozanati o‘zgarib turishi; 3) favquloddagi vaziyatlar tufayli yuzaga keladigan har xil 
kechinmalar va boshqalar.
His-tuyg‘ularning yana bitta (to‘rtinchi) sifati shaxsning Hissiyot obyektlariga nisbatan 
emosional munosabatlarining qisqa muddatli aks ettishini ta'minlovchi tashqi ta'sirining 
noaniqligi ifodalanishidir. Shuningdek, obyektlarning taassurotlari uzoq muddatli xususiyatga 
ega bo‘lsa, bunday emosional holatlar munosabatlarning sifati bo‘lishi mumkin; Shaxs o‘zining 
turmush tajribasiga noma'lum, yap-yangi narsalarga duch kelsa, bu voqelik uni to‘lqinlantirishi, 
shayratlantirishi, unda shavas va qiziqish uyg‘otishi mumkin. Bu Hissiy voqelik (hodisa) yangi 
taassurotni anglashning Hissiy jabshasi bo‘lib Hisoblanadi. Tabiiy va ijtimoiy mushitning anglab 
olish chigal hodisasi ehtiyoj bilan bog‘lanishdan hamda muayyan barqaror munosabat yuzaga 
keltirishdan oldin Hissiy holatning predmetiga aylanadi. Shuning uchun ma'lum kechinmalarning 
negizida tansho "bu nima refleks"ini tushunish ehtiyoji yotadi. Bilish faoliyati bilan uyg‘unlasha 
borgan anglash Hissi beqarorligi, qisqa muddatliligi bilan tafovutlanadi hamda obyektga nisbatan 
yengilroq salbiy yoki ijobiy munosabat sifatiga aylanada.
Hissiyotning mazmuni turli-tuman bo‘lib, u shaxsning shayoti va taraqqiyoti imkoniyatlari 
bilan bog‘liq obyektlarga, shatto bevosita roshatlanish (azoblanish) Hislarini yuzaga keltiruvchi 
narsalarga nisbatan munosabatlarida ifodalanadi. Demak, shaxsning Hissiyotlari turlicha moddiy 
va madaniy ehtiyojlariga asoslanadi, ularni qondirishga yordam beradigan omil ijobiy emosiyani 
yuzaga keltiradi, so‘ng barqaror Hissiyot singari mustashkamlanadi. Inson ehtiyojini qondirishga 
xalaqit beradigan narsa salbiy emosional holatni vujudga keltiradi hamda Hissiyot tariqasida 
mujassamlashadi.
Hissiyotning mazmuni to‘g‘risida mulohaza yuritilganda shu narsani eslatib o‘tish joizki, 
His-tuyg‘ular barqarorligi, maqsadga muvofiqligi: birinchidan, shaxsga shech qanday xavf-xatar, 
tashdid solmayotganligini, ikkinchidan, insonning shayoti va faoliyatida uni baxt-omad 
kutayotganligini, uchinchidan, shaxslararo munosabati, jamiyatda tutgan mavqeini, to‘rtinchidan, 
tana a'zolarining salomatligini ro‘y rost aks ettiradi. Bu ko‘rinishlarning barchasi ijobiy sifatlar 
ustuvorlik qilayotganligidan darak beradi, binobarin, yutuqlarga eriHish eshtimoli darajasi 
yuksakligi, ijtimoiy yoki shaxsiy kutilma esa kafolatlanganligini anglatadi. Shaxs shaxslararo 
munosabatning mashsuli bo‘lganligi tufayli undagi Hissiyotlarning mazmuni, inson kamol 
topishi bilan uzviy bog‘liq tarzda, ko‘lami kengayib boradi, buning natijasida emosional holatlar 


72 
shaxsiy tor doiradan tashqari chiqib, tabiat hodisalari, jamiyat muammolari (iqtisodiy, siyosiy, 
tarixiy, ma'naviy jabshalar) ga taalluqli munosabatlarni o‘zida ma'naviy mazmuniy shakliy 
jishatdan mujassamlashtiradi. Xuddi shu bois mas'uliyat va loqaydlik, muloqotmandlik va 
odamovilik, g‘azab va shavq, simpatiya va antipatiya, optimizm va pessimizm, xursandlik va 
xafalik, qashramonlik va qo‘rqoqlik, quvonch va qashr, ishtiyoq va zerikish, egoistlik va 
alturistlik, sofdillik va g‘arazgo‘ylik, mehnatsevarlik va dangasalik, samimiylik va 
laganbardorlik kabilarning barchasi kelib chiqishi (genezisi) jishatidan ijtimoiy xususiyatga ega 
bo‘lib, quyidagi jabshalari bilan ajralib turuvchi: a)shaxsning shaxsiy nuqtai nazari; b)ijtimoiy 
shayotda egallagan mavqei; v)shayot va faoliyatda faolligi; g)jamiyatdagi hamkorlik faoliyatda 
qatnashishi; d) guruh yoki jamoada shakllangan shaxslararo munosabatlari bilan bog‘liq 
Hissiyotlardir. Shuni ta'kidlab o‘tish o‘rinliki, shaxsning ba'zi His-tuyg‘ulari ularni ro‘yobga 
chiqaruvchi omillarning takroran ta'siri natijasida mustashkamlanib, uning(insonning) shukmron, 
ustuvor, barqaror emosional xususiyatiga aylanadi. Shu sababdan shaxslarning xushfe'l yoki 
jaholatli, qiziquvchan yoki sovuqqon, qo‘rqoq yoki jasur, meshribon yoki bag‘ritosh, 
xushmuomala yoki qo‘pol, kamgap yoki maxmadona degan yo‘sinda inson (shaxs) sifatida 
tavsiflash, basholash mumkin. Milliy tarbiyaning, milliy g‘oyaning asosiy vazifalaridan biri 
mamlakatimiz fuqarolarida milliy istiqlol g‘oyalariga sodiqlik, fidoiylik, vatanparvarlik, 
mas'uliyatlilik ruhidagi yuksak His-tuyg‘ularni shakllantirishdan iboratdir. Mustaqillik 
ideallariga munosib shaxslarni kamol toptirish uchun, vatan ishqi bilan yonuvchi faol, shijoatli, 
irodasi bukilmas, barqaror motivasiyaga ega bo‘lgan insoniy sifatlarni ularda shakllantirish 
maqsadga muvofiq.
Shuni eslab o‘tish lozimki, Hissiyot o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, uning 
kuchayishi yoki susayishiga qarab qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bashorat qilish yoki 
payqash mumkin. Shaxsning His-tuyg‘ularida ham barqaror, ham o‘zgaruvchan jabshalari 
birgalikda shukm suradi.
Shu sababdan shaxsning Hissiyotida shukmron, ustuvor His-tuyg‘ular mavjud bo‘lishiga 
qaramay, ular vaziyat, haroit yangilanish bois keskin o‘zgarishlarga uchraydi, dinamik 
stereotiplar zaiflasha boshlaydi. Shuning uchun psixologiyada Hissiyot o‘zgarishining 
dinamikasi degan atamalar birikmasi uzluksiz ravishda qo‘llanilib kelinadi.
Shaxsda namoyon bo‘layotgan Hissiyot asta-sekin jadallashib borgani evaziga u ruhiy 
kechinma sifatida mustashkamlanib qolishi mumkin. Masalan, jahon xalqlarida yer kurrasining u 
yoki bu joylarida qo‘poruvchilik ko‘rinishlariga jirkanch nazar bilan qarash tuyg‘usi uyg‘ongan 
bo‘lsa, keyinchalik terrorizmga (lotincha terror kuch ishlatish bilan qo‘rqitish demakdir) 
shafqatsiz kurash, nafrat umumiy militarizmga (latincha militaris harbiylashtirish ma'nosini 
anglatadi) yo‘naltirildi. Xalqlarda narkotik (yunoncha harkotikos miyani aynitadigan) 
moddalarga nisbatan jirkanch tuyg‘usi kuchayib borishi, dinamikasi sababli narkobiznesga 
(inglizcha business foyda degani)bilan ayovsiz kurash insoniyat genini (zotini) buzilishiga yo‘l 
qo‘ymaslikka o‘sib o‘tdi. Shaxs kechirayotgan His-tuyg‘ular mazmundor, aks ettirilayotgan 
hodisalarrang-barang, o‘zaro ta'sirlar, aloqalar, munosabatlar serqirra, ko‘pyoqlamalik xususiyat 
kasb etsa, u holda Hissiyot dinamikasiga puxta negiz shozirlaydi. 
Lekin shuni ham ta'kidlash ma'qulki, Hissiyot dinamikasi har xil kechishi, uning 
xususiyati, yo‘nalishi biroz o‘zgarishi mumkin. Chunki Hissiyot bir yo‘nalishda kuchayib borish 
bilan bir qatorda uning susayishi, shatto so‘nib borishi, shaddan tashqari zaiflashuvi ham 
kuzatiladi. Masalan, intizomni buzgan xodimni "shaydash" bilan qo‘rqitish emosional ta'sirini 
yo‘qotadi, agarda biror jazo chorasi qo‘llanilmasa, mabodo talabani dars qoldirishi po‘pisa qilish 


73 
bilan cheklansa, unda qo‘rqinch ruhiy holati yo‘qoladi. Ana shunday hodisalar va 
nomutanosibliklarning takrorlanishi sababli emosional moslashuv (adaptasiya) jarayoni vujudga 
keladi, demak, Hissiyotda o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Agarda Hissiyot obyektining (narsa, 
hodisa, holat kabilarning) mazmuni, ma'nosi shaxsda qiziqish uyg‘ota olmasa, bunday holda 
emosion to‘yinish yuzaga keladi, oldin qiziq tuyulgan narsa keyinchalik zerikarli, yoqimsiz, 
noxush kechinmalar shosil qila boshlaydi. Shaxs bir necha marta surunkasiga axborot, qo‘shiq, 
shangoma eshita bergach, unda shayajonlanish, roshatlanish, kayfiyat ko‘tarilishi paydo 
bo‘lmaydi, aksincha insonda zerikish Hissi uyg‘onadi, ularni eshitish esa jashl chiqazadi. 
Shuning uchun xosh ma'lumot, xosh yumor bo‘lishdan qat'i nazar yangilik alomatlarisiz insonda 
qiziqish yo‘qoladi.

Yüklə 121,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin