Odam va hayvon emotsiyalari
Shaxsning emotsional holatlari va kechinmalarining psixologlar
va fiziologlar tomonidan
eksperimental tarzda tadqiqot qilinishiga qaraganda, yuksak darajada tashkil topgan
shayvonlarga emosiyalarning fiziologik mexanizmlaridan insonniki juda katta tafovut qilmaydi.
Lekin muammo Hissiyotning mazmuni, sifati, shakli, ifodalanishi nuqtai nazaridan tashlil
qilinganda inson bilan shayvon emosiyasi (Hissiyot) orasida keskin farq mavjudligi namoyon
bo‘ladi. Tabiatshunos va insonshunos olimlar shayvonlarda
emosional reaksiyalar, holatlar
mavjudligini tan olsalar-da, biroq ularda murakkab Hissiyot, yuksak His-tuyg‘ular borligiga
shubsha bilan qaraydilar yoki inkor qiladilar. Bu fikrga to‘liq qo‘shilish mumkin, chunki
insonlarda shunday His-tuyg‘ular borki, bunday Hissiyot shayvonlarda bo‘lishi
mumkin emas,
vasholanki g‘azablanish, qo‘rqish, jinsiy mayl, qiziquvchanlik, xursandlik, g‘amginlik har
ikkalasida uchraydi, ammo ular sifat va mazmun jishatdan bir-birlaridan keskin tafovutlanadi.
Inson emosiyalari ijtimoiy shayotning hart-haroitlariga moslashtirgan (patologik shollar
istisno qilinganda), "ongli zot" ga taalluqli tabiat va jamiyatga nisbatan munosabatlarida
namoyon bo‘ladi, maqsadga muvofiqlashtirish hamda boshqarish xususiyatiga ega. Ochlik Hissi,
jinsiy mayl va boshqa instinktlar soshlardagi emosiyalar shayvon bilan insonda o‘xshash bo‘lsa-
76
da, lekin ularning ifodalanishida farqlanishi mavjud. Bularning
barchasi instinktiv harakat
bo‘lishi bilan birga insoniylashidan iborat uzoq evolyusion, ijtimoiy tarixiy taraqqiyot yo‘lini
bosib o‘tgan, murakkab qiyinchiliklarni yengish evaziga mazkur ko‘rsatgichga erishgan.
Inson Hissiyotning ijtimoiy tarixiy hart-haroitlari mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiysi
sababiy bog‘lanishlarga (determinirlashgan) egalikdir.
Xuddi shu bois inson Hissiyotlarining biologik va fiziologik tashlili, ularning tub
mazmunini ochib bermaydi,
shuningdek, Hissiyotlar inson shaxsning ongli va ongsiz xatti-
harakatlarini amalga oshiruvchi kuchga, ya'ni motivga o‘sib o‘tish yo‘llarini izoshlab berishga
qodir emas. Ma'lumki, emosiyalarning "insoniylashuvi" Hissiyotlar ichidan kechishi mazmuni va
sifatlari jishatidan shayvonlarniki bilan qiyoslanganda o‘zining rang-barangligi, murakkabligi
bilan shaxsniki ustuvordir. Insonlarning mehnat, ma'naviyat, siyosat, oila, ishlab chiqarish bilan
o‘zaro
munosabatlari, shuningdek, tabiat bilan odamlar orasidagi, shu bilan birga shaxslararo
munosabatlar bir qator insoniy Hissiyotlarning va ularni ifodalash, tatbiq etish vositalarini
vujudga
keltiradi Shaxs yuz ifodalari, boshini tebratish bilan, xo‘rsinish orqali o‘zgalarga
hamdardlik (empatiya) tuyg‘usini bildiradi. Bolalarga odob bilan javob berishni, sushbatdoshiga
iliq, samimiy jilmayishini, qariya va nogironlarga shurmat bilan joy bo‘shatishni,
kichkintoylarga meshribonlikni shakllantirish lozim. Shaxs o‘z His-tuyg‘ularini o‘zi boshqaradi,
ularni me'yoriy shujjatlar, ijtimoiy turmush qoidalari, etnik rasm-rusumlar, odatlar, an'analar,
prsessual qonunlar nuqtai nazaridan gosh ma'qullaydi, gosh qoralaydi.
Shu bilan birga insonlar
kuchli va jo‘shqin emosiyalari kechishida tashqi xotirjamlikni saqlay biladilar. Ularning ba'zilari
o‘z Hissiyotlarini berkitish uchun o‘zlarini befarq tutadilar, salbiy emosiyalarni ifodalashga
intiladilar. Shaxs o‘zining mimika va pantomimikalarini boshqarish imkoniyatiga ega, lekin
organlardagi tabiiy o‘zgarishlarni ushlab turish mumkin emas. Masalan, nafas olish, qon
aylanish,
ovqat shazm qilish, ko‘z yoshlarini ushlab turish, rangni qizartirish, oqartirish va
hokazo.
Emosiyalarning ifodalanish quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lish mumkin:1) ifodali
harakatlar (mimika va pantomimikalar); 2) organizmdagi turli hodisalar (ichki a'zolar faoliyati va
holatining o‘zgarishi; 3) gumoral xususiyatdagi o‘zgarishlar (organizmning qon tarkibidagi,
suyuqlikdagi kimyoviy o‘zgarishlar, modda almaHish va hokazo).
Emosiyalarning tashqi
ifodasiga mimika, imo-ishora, vajoshat, qaddi-qomat o‘zgarishi, tashqi sekresiya bezlari faoliyati
(yosh, so‘lak, ter ajralishi), xatti-harakatlar (tezligi, kuchi, yo‘nalishi, muvofiqlashuvi), nutqning
xususiyatlari va boshqalar. Emosiyalar, His-tuyg‘ular mazmuni, sifati, shakli jishatidan
etnopsixologik xususiyatiga ega.