Tarbiyaning samarali bo’lishi nimalarga bog’liq?
Ma’naviy va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdag
i muhit va munosabat muhim o’rin egallaydi. Bolalarni taqlidchanlik xususiyati ma
vjudligi tufayli ularni tarbiyalashda ota -
onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga egadir.
Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday
metoddan foydalanishiga bog’liq.
Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:
1. So’z orqali ifodalash usuli.
2. Ko’rgazmalilik usuli.
3. Amaliy namuna usuli.
4. Rag’batlantirish va jazo usullariga bo’linadi.
Bu metodlar o’z navbatida quyidagi guruhlarga bo’linadi.
Birinchi guruh - so’z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshitish
orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqa usullarga.
Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshqa ko’rish
orqali tarbiyalash usullariga.
Uchinchi guruh - tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish,
o’rnak ko’rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida ko’rsatish.
To’rtinchi guruh - yaxshi bajarilgan ishlarni o’rtoqlari oldida ma’qullash,
minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma’naviy rag’batlantirish.
Jazo - bu bolaning noto’g’ri qilgan ishiga o’zini iqror qildirish.
Tarbiya
jarayoniga,
milliy
ma’naviyatimizga,
mafkuraga
oid
tushunchalarni ko’rib chiqaylik:
Tarbiya - har bir insonning hayotida, yashashi mobaynida orttirgan saboqlari
va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni.
Tarbiyalanganlik - jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga bo’ysunish
va o’zgalarning nafratini qo’zg’atadigan hatti harakatlardan o’zini tiya bilish.
Beruniy insonning kamolatga yetishishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot
asosiy rol o’ynasada, nasl - nasab, ijtimoiy muhit va turmush qonuniyatlari ham
katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha inson kamolga
yetishuvining eng muhim omillari ilm ma’rifatli bo’lish va yuksak axloqlilikdir.
Axloqlilikning belgilari yaxshilik, to’g’rilik, adolat, kamtarlik, saxovat,
oliyjanoblik, do’stlik va hamkorlik, mehnat, poklik, go’zallikka intilish kabilardir.
Adolat - hayotiy masalalarni axloqiy va huquqiy normalarni rioya etgan holda
hal etishdir.
Adolat tushunchasi bilan bog’liq jihatlar juda keng qamrovli bo’lib, adolatli
inson, adolatli jamiyat kabi tushunchalar shunday jihatlar jumlasiga kiradi.
Adolatparvarlik tushunchasi esa adolat tamoyili amal qilgan holda ish olib borish,
yo’l tutish, faoliyat yuritish demakdir. Prezidentimiz I.A.Karimov "O’z
kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz" (1999 yil, 13 fevral) mavzusidagi
"Turkiston" gazetasi muxbirining savollariga javoblari biz uchun dasturilamal
bo’ldi.
· Vatan, millat taqdiri hal bo’ladigan qaltis vaziyatda to’g’ri yo’lni tanlash uchun
avvalo tarixni yaxshi bilish, hayotning achchiq- chuchugini bilish kerak.
· Adolat biz qurayotgan jamiyatning mezoni bo’lmog’i darkor.
· Endi, eski jamiyatni inkor qilish yoki ma’qullash kayfiyatidan voz kechib,
bunyodkorlik kayfiyatiga o’tish kerak.
· Millat, davlat, jamiyat taqdiri hal bo’layotgan pallada o’zligimizni anglash,
ma’naviy ildizlarimizni unutmaslik.
· Insonlar tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to’ldirish lozim.
Mamlakatimizning
huquqiy
demokratik
davlat qurish
jarayonida
o’tmishimizning hali o’rganilmagan sahifalarini tadqiq etish, davlat va siyosiy
arboblarimiz nomlarini xalqimizga qaytarish, huquqiy qadriyatlarimizni tiklashga
alohida e’tibor berilmoqda. « Biz uchun mustaqillik-eng avvalo, o’z taqdirimizni
qo’limizga olish, o’zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarni tiklash,
mu’tabar shu zaminda, tinchlik-osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashdir».
Shu nuqtai nazardan, yoshlarda ijtimoiy adolat haqidagi tushunchalarni
shakllantirish ijtimoiy adolat mavzui doirasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki,
«adolat» keng qamrovli tushuncha sifatida ijtimoiy
munosabatlarning barcha jabhalarini qamrab oladi. « Adolat, axloq va huquq
kategoriyasi sifatida axloqiy-huquqiy munosabatlarni nazorat qilib turuvchi,
odamlarning faoliyatiga baho beruvchi zaruriy o’lchovdir»,-deb yozadi F.
Nizomov.
Har qanday jamiyat ijtimoiy adolat normalariga rioya qilishi bilan yuksalish
darajasi belgilanadi. Tarixga nazar tashlasak, turli jamiyatlarda adolat nizomi
yaratishda xilma-xil yondashuvlarga amal qilib kelinganligining guvohi bo’lamiz.
Istiqlol sharofati bilan ko’plab ajdodlarimizning ilmiy merosi va ularda ilgari
surilgan adolat to’g’risidagi g’oyalar atroflicha o’rganish zamon talabi bo’lib
qolmoqda. Ayniqsa , O’zbekiston Respublikasida chuqur huquqiy bilimlarga ega,
sotsiomadaniy darajasi rivojlangan, amaliy ko’nikma-malakalarni egallagan,
raqobatbardosh kadrlar talab qilinadi. Shu sababli yoshlarda ijtimoiy adolat
to’g’risidagi tushunchalarni kamol toptirish uchun zamin yaratish lozim. Kelajakda
mutaxassis bo’lib yetishuvchi kadrlar, bugungi kun uzluksiz ta’lim qatnashchilari
huquqiy davlat muammolarini to’g’ri baholay oladigan, chuqur huquqiy
bilimlarga ega, ijtimoiy hayot sohalari ichki qonuniyatlari to’g’risidagi
tushunchalarni egallab borishlari zarur. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan
holda yoshlar rivojlanayotgan huquqiy demokratik davlatdagi ijtimoiy sohadagi
islohatlar, ahloqiy-huquqiy munosabatlar kabi masalalarga alohida e’tibor
berishlari lozim.
Mazkur tushunchalarni shakllantirishda uzluksiz ta’lim tizimi shaxsning
ijtimoiy
munosabatlarga
kirishishida
asosiy
bo’g’in
bo’lib
hisoblanadi. Hayotda adolat me’yorlariga rioya etish ijtimoiy-axloqiy,
ma’naviy-ruhiy jarayondir.
Xuquqiy tarbiya muammolari va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq qilish
muammolariga bag’ishlab ilmiy izlanish olib borgan olimlar: A. Saidov, B.
Karimov, I. Ergashev, A. Begmatov qarashlari qimmatli ahamiyatga molikdir.
Ma’lumki, inson jamiyatda erishishi mumkin bo’lgan narsalar-mulk, daromad,
ijtimoiy
maqom,
hokimiyat,
huquqlar
insonlararo
munosabatlaridagi adolatga bog’liq. Moddiy ne’matlar va xizmat turlari, ijtimoiy
(obro’, hurmat-ehtirom),siyosiy ne’matlar ( siyosiy erkinliklar, shaxs huquqi),
sog’liqni saqlash kishilarning ijtimoiy ahvoli kabi sohalarda odamlar adolat
muammolariga katta e’tibor beradilar. Mutafakkir Shahobiddin Am’aqi odil shoh
g’oyasini ilgari surar ekan, ayni paytda hukmdorga adolat me’yorlariga rioya qilish
lozimligini o’qtiradi. Jamiyatdagi mavjud sotsial guruhlar, sinflar, tabaqalarga
nisbatan moddiy ma’naviy ne’matlarni ulashishiga «chun xurshed meboyat zist»,
ya’ni quyosh singari barchaga baravar, barchani birday ko’rib, adolat yuzasidan
taqsimlash lozimligini ta’kidlaydi. Alloma o’z madhiyalarida ilm ahli, ziyolilar
dehqon, hunarmand xizmatchilariga alohida ahamiyat qaratish, jamiyat barqarorligi
va taraqqiyot yo’lida qilayotgan mehnatlarini qadrlash kerakligini aytib, o’z
faoliyatida ham shunga erishishga intiladi.
«Mutafakkir Am’aqi Buxoriy adolat-Ollohning benazir inoyatidir, undan
barchani bahramand qiling-degan g’oyani ilgari surgan. Bu borada mashvarat
(kengash)ga alohida ahamiyat berib, jamiyatni adolatli bojarishda uning vazifasi
muhim ekanligiga e’tibor qaratadi». Bu bilan davlatning kuch qudrati faqatgina
iqtisodiy imkoniyatlar, kuchli qushin, mirshab va qozilarga emas, balki adolat
tamoyilining amal qilishga hamda uning amaliy faoliyatiga ham bog’liqligini
ko’rsatib beradi.
Tarbiya jarayonida o’qituvchi, tarbiyachilarning asosiy vazifasi ta’lim - tarbiya
berish, o’kuvchilar bilim, ko’nikma malakalarini muttasil oshirib borish, ularda
tafakkur, ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan
iboratdir.
Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o’zgartiradigan kuchli
vositadir. Uning g’oyalari xalqning ishonch - e’tiqodi, intilish va manfaatlari
ifodasiga aylansa yetarlicha samara beradi. Shuning uchun ham mafkura
sohasidagi targ’ibot va tashviqot ishlarini, o’quvchilarning tushunchasi, aql - idroki
va tafakkur darajasini inobatga olgan holda marifiy yo’l va usullar orqali amalga
oshirish taqoza etiladi.
Dostları ilə paylaş: |