Umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan


Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar



Yüklə 433,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix07.05.2023
ölçüsü433,83 Kb.
#109194
1   2   3   4   5   6   7
Farida pedagogika

Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar


1. Mahallada tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar 
ishlab chiqing. 
2. Masalani yeching: ota o’z o’g’lining yetuklik attestatini olishi va 16 
yoshga to’lishi munosabati bilan ziyofat berdi. O’g’lini bugungi baxtli kuni bilan 
tabriklab unga qadah uzatdi.Oila a’zolari bu voqeaga quyidagicha munosabat 
bildirishdi: 
dadasi: «o’g’lim muborak yoshing bilan tabriklayman, shu munosabat bilan bir 
qadah ko’taraylik!» 
Buvisi: «jon bolam, spirtli ichimliklarga o’g’lingni o’rgata ko’rma, 
ichkilikbozlikning oxiri voy bo’lishi mumkin». 
Bobosi: «...mayli, otangning so’zi yerda qolmasin». 
Oyisi: «...o’g’lim, otang senga qadahni spirtli ichimliklarning qanchalik zararli 
ekanligini bilishing yoki bilmasligingni sinab ko’rish uchun uzatdi». 
Savol: Siz oila a’zolarining bu voqeaga bo’lgan munosabatlarini qaysi 
birini to’g’ri deb o’ylaysiz? 
3. Qo’yida amerikalik yozuvchi Lengston Xyuzning «RAHMAT, MEM!» 
nomli hikoyasini o’qing. 
RAHMAT, MEM! 
Kechqurun soat o’n birlar, qorong’i tushgan. Gavdali ayol katta va 
og’ir sumkasini yelkasiga ortib ko’chada ketib bormoqda. To’satdan 
qorong’ulikdan bir yigitcha paydo bo’ldi-yu, uning orqasidan kelib, sumkasini 
tortib olmoqchi bo’ldi. Bolakay orqadan sumkani shunday kuch bilan tortdiki, 
uning qayishi uzilib, yerga tushib ketdi. Lekin sumka shunchalik og’ir , bolakay 
esa shunday kichik ediki, u muvozanatini yo’qotib, qochish o’rniga, oyoqlarini 
osmonga cho’zgancha, orqasi bilan trotuarga yiqilib tushdi. Barvasta ayol keskin 
qayrilib, bolaning tor jinsi kiygan orqasiga tepdi. Keyin engashib bolani yelkasidan 
ko’tardi va kuch bilan silkitdi. 
- Ey bolakay, sumkamni olib ber,- dedi ayol. 
Bola sumkani olish uchun biroz oldinga qadam tashladi. 
- Senga uyat emasmi? 
- Ha, mem,- deb g’uldiradi bola. Ayol uni avvalgidek yoqasidan ushlab 
turardi. 
- Nega bunday qilding? 
- Men atayin qilganim yo’q. 


- Senga ishonib bo’pman. 
Ularning yonidan ikk-uch kishi o’tdi, kimdir ularga qayrilib qarab, yana 
yo’lida davom etdi, kimdir to’xtab ularni tomosha qila boshladi. 
- Agar seni qo’yib yuborsam- qochib ketasanmi? 
- Ha, mem. 
- Unda qo’yib yubormayman,- dedi ayol. 
- Xonim ,kechiring, -shivirladi bolakay. 
- Aftingga qara, qanday iflos. Nima uyingda hech kim yuzingni yuv 
demaydimi? 
- Hech kim yo’q, mem. 
- Endi kimdir bo’ladi. Bugun yuzing ham har qachongidan toza bo’ladi,- 
deb ayol bolani sudragancha ko’cha bo’ylab keta boshladi. 
Ko’rinishdan bola 14-15 yoshlarda, oriq, nimjon bo’lib, krossovka va jinsida 
edi. 
- Afsus, sen mening o’g’lim emassan,- dedi ayol.-
Bo’lmasam ko’rsatib qo’ygan bo’lardim. Menga tegish kerak emasdi. Endi-
qutila olmaysan. Missis Luella Beyts Vashington Jonsni endi uzoq vaqt unutmays
an. 
Bola qo’ldan chiqishga harakat qilardi. Lekin ayol uni qo’yib yubormay, uyiga
cha olib keldi. Bolani xonasiga itarib olib kirdi, dahliz bo’ylab tortib, oshxonaga ol
ib o’tdi. Ayol hamon uni qo’ltig’i ostidan ushlab turardi. 
- Isming nima? 
- Rodjer,- javob berdi bola. 
- Hozir borib yuzingni yuvasan. Uqdingmi? 
Rodjer eshikka qaradi, so’ngra ayolga, yana eshikka... va chanoqqa bordi. 
- Meni qamoqqa olib borasizmi?- deb so’radi bola, chanoqqa engashib. 
- Shunday iflos bashara bilan hech qayerga olib bormayman. Kechki 
ovqat tayyorlayman. Balki sen ham hali ovqat yemagandirsan? 
- Uyimda hech kim yo’q,- javob berdi bola. 
- Demak unda birga ovqatlanamiz. Sen och qolgadirsanki, sumkamni 
o’g’irlashga qaror qilibsan. 


- Men zamshadan tikilgan ko’k tufli olishni xohlagan edim,- dedi bola. 
Bola yuzini yuvib, artindi. Keyin nima qilsam ekan deb o’girildi. Eshik ochiq 
edi. Dahlizga yugurib chiqish va qochib ketish mumkin. 
Ayol o’rindiqda o’tirardi. 
- Men ham yoshligimda ko’p narsa xohlar edim,-
deb ayol jim bo’ldi. Uzoq sukunat cho’kdi. . . 
-
Ha, men ham shunday narsalar qilganmanki, bu haqda gapirmaslik ma’qul o’
g’lim. Kim bilan bunaqa ishlar bo’lmaydi deysan. O’tir, men hozir biror yegulik ta
yyorlayman. 
Xonaning boshqa chetida, to’siqning ortida gaz plitasi va sovutgich bor edi. M
issis Jons o’rnidan turib, har daqiqada qochib ketishi mumkin bo’lgan bolaga ham, 
uning yonida turgan sumkasiga ham e’tibor bermay, to’siq ortiga o’tdi. Biroq bola 
qochishni o’ylamasdi. Buning ustiga u ayol ko’z qiri bilan kuzatishi mumkin bo’lg
an xonaning uzoq burchagiga, sumkadan nariroqqa o’tirdi. U ayol unga ishonishin
i xohlardi. 
Ayol sovutgichdan yegulik oldi, kakao qaynatdi va stolga qo’ydi. U bo
ladan qayerda yashashini ham, ota-
onasini ham, umuman uni noqulay ahvolga soladigan hech nimani so’ramadi. Bo
laga o’zi to’grisida gapirib berdi, mehmonxonadagi kechgacha ochiq turadigan sar
taroshxonada ishlashini, unga ko’proq qanday ayollar kirishini aytib berdi. Bolaga 
ovqat yeb bo’lgach, pirog kesib berdi. Ovqatlanib bo’lgach, dasturxondan turib, d
edi: 
-
Ma ol, o’ntalik, o’zingga zamshadan tikilgan ko’k botinka sotib ol. Bundan keyin 
birovlarning narsasiga ko’z olaytirma. Yodingda bo’lsin: harom pulga poyabzal s
otib olsang, ular butun umr tovoningni kuydiradi. Ayol uni uzun dahlizdan chi
qishgacha kuzatib qo’ydi. 
-Xayrli tun, bundan keyin o’zingni yaxshi tut,-
dedi ayol eshikdan tashqariga qarab. 
Shalog’i chiqqan zinadan yugurib tushib, bola pastdan yuqoriga qarab, 
eshik oldida turgan ayolga «Raxmat, mem» deb, yana nimalardir demoqchi bo’ldiy
u, ammo labi pichirlagani bilan, ovozi chiqmasdi. Bola ovoz chiqarib minnatdorch
ilik ham bildira olmadi[1]. 

Yüklə 433,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin