Umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan


Tarbiya jarayoni deganda nimani tushunamiz?



Yüklə 433,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix07.05.2023
ölçüsü433,83 Kb.
#109194
1   2   3   4   5   6   7
Farida pedagogika

Tarbiya jarayoni deganda nimani tushunamiz? 
Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo’lgan va 
muayyan qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks 
ettiradi. 
Tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun 
uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish 


imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq ikki faoliyatni - o’qituvchi va 
o’quvchi faoliyatini o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o’quvchining ongi 
shakllana boradi, his-tuyg’ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy, 
irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi 
tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Tarbiya jarayonida 
o’quvchida jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq 
keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun 
o’quvchining ongiga (ta’lim jarayonida) , hissiyotiga (darsda va turli sinfdan 
tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) 
tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi.Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi 
(ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetta qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi.
Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari 
tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi. 
A) O’quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish maqsadida 
rejalashtiriladi. 
B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar 
izlab topiladi. 
V) Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni 
qaysisini va qayerda ishlatish rejalashtiriladi. 
Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta’lim - tarbiya tizimi 
jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi. 

Yüklə 433,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin