Mazkur tushunchalarni shakllantirishda uzluksiz ta’lim tizimi shaxsning
ijtimoiy
munosabatlarga
kirishishida
asosiy
bo’g’in
bo’lib
hisoblanadi. Hayotda adolat me’yorlariga rioya etish ijtimoiy-axloqiy,
ma’naviy-ruhiy jarayondir.
Xuquqiy tarbiya muammolari va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq qilish
muammolariga bag’ishlab ilmiy izlanish olib borgan olimlar: A. Saidov, B.
Karimov, I. Ergashev, A. Begmatov qarashlari qimmatli ahamiyatga molikdir.
Ma’lumki, inson jamiyatda erishishi mumkin bo’lgan narsalar-mulk, daromad,
ijtimoiy
maqom,
hokimiyat,
huquqlar
insonlararo
munosabatlaridagi
adolatga bog’liq. Moddiy ne’matlar va xizmat turlari, ijtimoiy
(obro’, hurmat-ehtirom),siyosiy ne’matlar ( siyosiy erkinliklar, shaxs huquqi),
sog’liqni saqlash kishilarning ijtimoiy ahvoli kabi sohalarda odamlar adolat
muammolariga katta e’tibor beradilar. Mutafakkir Shahobiddin Am’aqi odil shoh
g’oyasini ilgari surar ekan, ayni paytda hukmdorga adolat me’yorlariga rioya qilish
lozimligini o’qtiradi. Jamiyatdagi mavjud sotsial guruhlar, sinflar, tabaqalarga
nisbatan moddiy ma’naviy ne’matlarni ulashishiga «chun xurshed meboyat zist»,
ya’ni quyosh singari barchaga baravar, barchani birday ko’rib, adolat yuzasidan
taqsimlash lozimligini ta’kidlaydi. Alloma o’z madhiyalarida ilm ahli, ziyolilar
dehqon, hunarmand xizmatchilariga alohida ahamiyat qaratish, jamiyat barqarorligi
va taraqqiyot yo’lida qilayotgan mehnatlarini qadrlash kerakligini aytib, o’z
faoliyatida ham shunga erishishga intiladi.
«Mutafakkir Am’aqi Buxoriy adolat-Ollohning benazir inoyatidir, undan
barchani bahramand qiling-degan g’oyani ilgari surgan. Bu borada mashvarat
(kengash)ga alohida ahamiyat berib, jamiyatni adolatli bojarishda uning vazifasi
muhim ekanligiga e’tibor qaratadi». Bu bilan davlatning kuch qudrati faqatgina
iqtisodiy imkoniyatlar, kuchli qushin, mirshab va qozilarga emas, balki adolat
tamoyilining amal qilishga hamda uning amaliy faoliyatiga ham bog’liqligini
ko’rsatib beradi.
Tarbiya jarayonida o’qituvchi, tarbiyachilarning asosiy vazifasi ta’lim - tarbiya
berish, o’kuvchilar bilim, ko’nikma malakalarini muttasil oshirib borish, ularda
tafakkur, ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan
iboratdir.
Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o’zgartiradigan kuchli
vositadir. Uning g’oyalari xalqning ishonch - e’tiqodi, intilish va manfaatlari
ifodasiga aylansa yetarlicha samara beradi. Shuning uchun ham mafkura
sohasidagi targ’ibot va tashviqot ishlarini, o’quvchilarning tushunchasi, aql - idroki
va tafakkur darajasini inobatga olgan holda marifiy yo’l va usullar orqali amalga
oshirish taqoza etiladi.
Dostları ilə paylaş: