Tarbiyaning ta’limdan farqlantiruvchi yana bir xususiyati shundaki, u yaxlit ho
lda va konsentrik asosda amalga oshiriladi.
Tarbiyaning turli tomonlari bir-
biri bilan uzviy bog’langan. Boshlang’ich sinfda ham, o’rta va yuqori sinfda ham a
yni bir narsa, masalan, do’stlik, ahillik, vatanparvarlik va boshqalarni tarbiyalash k
o’zda tutiladi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati shundaki, bu jarayon ikki tomonlama xususiya
tga ega bo’lib, unda bolaning o’zi ham faol ishtirok etadi.
Tarbiyada qarama-qarshiliklarning ko’pligi yana bir xususiyatdir. Bu qarama-
qarshiliklar bolalarda o’z tushunchalariga muvofiq dastlabki paydo bo’lgan sifatla
r bilan tarbiyachi tomonidan tarkib toptirilayotgan sifatlar o’rtasida o’quvchilarga q
o’yilgan talablar bilan uni bajarish imkoniyatlari o’rtasidagi kurashlarda namoyon
bo’ladi.
Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining qanday o’rni bor?
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Mutafa
kkir olim Abu Nosir Forobiy ta’lim -
tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat
uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olis
hga, mehnat qilishga undash va bu hatti harakatini sekin -
asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni t
arbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy
manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta -
sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. ammo buning uchun tarbiyachi va
tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, ir
odani talab etadi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini e’tiborga olishi z
arur.
Dostları ilə paylaş: