Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida


Jamoa bilan ishlash metodikasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə10/22
tarix24.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#161134
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida-fayllar.org

14.3. Jamoa bilan ishlash metodikasi

Ta’lim muassasasi tarkibidagi eng barqaror bo‘g‘in - muayyan guruhlar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Ta’lim muassasalarida ikki muhim bo‘g‘in: o‘qituvchilar jamoasi va o‘quvchilar jamoasi mavjud bo‘ladi.


O‘quvchilar jamoasi - o‘quvchilardan tashkil topib, ijtimoiy ahvoli, saylov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlar tengligi asosida o‘zaro ijtimoiy ahamiyatli umumiy maqsad va birlikka ega bo‘lgan guruh hisoblanadi.
O‘quvchilar jamoasi uchun quyidagi xususiyatlar xosdir:
  1. o‘quvchilarning jamoaviy faoliyatga tayyorliklari, ruhiy tetiklikka egaliklari;


  2. jamoa uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar mohiyatini anglash, ularni ardoqlash va o‘z qadr-qimmatini baholash;


  3. jamoa a’zolari o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro birlik, hamjihatlik va yordam ko‘rsatish tuyg‘usining qaror topganligi;


  4. jamoadagi ishchanlik, umumiy faoliyatni tashkil etishda faollik ko‘rsatish;


  5. jamoa a’zolarida o‘z hissiy tuyg‘ularini boshqara olish, muomala, muloqot, nutq, yurish-turish qoidalariga amal qilish ko‘nikmasining shakllanganligi.


O‘quvchilar jamoasiga qo‘yiladigan yagona talablar o‘quvchilarning dars jarayoni, tanaffus va sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari hamda oiladagi xulq-atvor qoidalardan iborat bo‘lib, puxta o‘ylangan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi maktabda muayyan tartibning o‘rnatilishini ta’minlaydi.


Pedagogik talablar quyidagi holatlarda ijobiy natija beradi:
  1. Qo‘yilayotgan talablar o‘quvchi shaxsini hurmat qilish tuyg‘usi bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak.


  2. Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo‘yilishi lozim.


  3. Jamoaga nisbatan qo‘yilayotgan talablar aniq bo‘lishi kerak.


  4. O‘quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi, muomalasiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart.


O‘quvchilar jamoasiga pedagogik talablarni qo‘yish metodikasi ular tomonidan dars jarayoni, tanaffus va sinfdan tashqari ishlar vaqtida, jamoat joylarida, oilada xulq-atvor qoidalariga qat’iy rioya etishlarini ta’minlashga yordam beradigan shakl, metod va vositalar yig‘indisidir.


O‘quvchilar jamoasiga talablarni qo‘yish metodikasini:
  • bolalarni pedagogik talablar mazmuni bilan tanishtirish;


  • pedagogik talablarning ahamiyatini tushuntirish;


  • tajriba orttirish;


  • o‘quvchilar faoliyati, qo‘yilayotgan pedagogik talablarning bajarilishini muntazam nazorat qilib turishdan iborat pedagogik faoliyat mazmuni tashkil qiladi.



133
Jamoa an’analari jamoa a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan bar- qarorlashgan odatlar bo‘lib, ular mazmunida jamoa a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar mazmuni, xususiyati, jamoaning ijtimoiy fikri ifodalanadi.


Jamoa an’analarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
  • kundalik faoliyat an’analari;


  • bayram an’analari.


Jamoaning kundalik faoliyat an’analari o‘quvchilarning o‘quv faoliyati (o‘zaro yordam turlari) va mehnat faoliyati (ko‘chatlar o‘tkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni o‘z ichiga oladi.


Jamoaning bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan bog‘liq sanalar (xususan, «Alifbe bayrami», «Mustaqillik bayrami», «Navro‘z bayrami», «Xotira va qadrlash kuni» va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil etiladigan faoliyat kiradi.
Nazorat uchun savollar
  1. Jamoa tarbiyasi muammosi nimani anglatadi?


  2. Jamoa nazariyasini shakllanishining asosiy jihatlari qaysilar?


  3. Bolalar jamoasining asosiy jihatlarini tavsiflang.


  4. Jamoani rivojlanish bosqichlarini va ushbu bosqichlarda tarbiyachining asosiy vazifalarini izohlang.


  1. Tarbiyaning umumiy metodlari, vositalari va shakllari


    1. Tarbiya metodlari to‘g‘risida tushuncha.


    2. Tarbiya metodlari klassifikatsiyasi.


    3. Tarbiya metodlari tasnifi.


    4. Tarbiya vositalari.


    5. Tarbiya shakllari.


  1. Tarbiya metodlari to‘g‘risida tushuncha


Tarbiya nazariyasida tarbiya metodi - tarbiya vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro aloqador faoliyati yo‘li ekanligi ta’kidlab o‘tilgan. Bu tarbiya jarayonini tarbiyaning asosiy qonuniga mosligini, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro aloqador faoliyati sifatida tushunishni ifodalaydi. O‘qituvchi, tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarni faoliyatini tashkil etish orqali tarbiyalaydilar. Bundan ko‘rinadiki, tarbiyachilar tarbiya­lanuvchilar faoliyatini tashkilotchisidir. Shuning uchun tarbiya metodi bolaga pedagogik ta’sir etish vositasi sifatida aniqlanadi. Masalan, I.F.Harlamovning yozishicha tarbiya metodlari — bu o‘quvchilar ongini va motiv ehtiyojlarni rivojlantirish uchun tarbiyaviy ta’sir etish usul va yo‘llari yig‘indisidir.


  1. P.Pidkasiskiyning ta’kidlashicha tarbiya metodi - bu dunyoga va o‘ziga munosabatni shakllantirishga qaratilgan pedagog va tarbiyachi faoliyatini tashkil etish modelidir. Stolyarenko «tarbiya metodi pedagogik maqsadga erishish uchun


134
tarbiyachi ongiga, hissiyotiga, xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish yo‘l va usullaridir» - deb hisoblaydi. Uning fikricha tarbiya metodi pedagog faoliyati orqali amalga oshiriladi.


Pedagoglar tarbiyalanuvchilarning turli faoliyatlarini tashkil etib, ishontirish, namuna, mashq, talab, jazolash va rag‘batlantirish orqali ta’sir etadilar. Mutaxassislar tarbiya metodlarini va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodlarini bir-biridan farqlaydilar. Taniqli pedagog Yu.K.Babanskiy va bir qator olimlar ta’lim va tarbiyani yagona bir butun pedagogik jarayon sifatida ifodalab, tarbiyasiz ta’lim mavjud emas deb hisoblaydilar. Shuning uchun butun pedagogik jarayon uchun yagona metodlar tizimini taklif etadilar.
Tarbiya usullari odatda metodni ajralmas bo‘lagi sifatida ifodalanib, aniq vaziyatlarda qo‘llaniladi. Masalan, rag‘batlantirish metodida maqtov, tashakkur- noma, taqdirlash usullaridan foydalaniladi.
  1. Tarbiya metodlari klassifikatsiyasi


Metodlarni bilish ularni biror asos, belgi bo‘yicha guruhlarga ajratishga olib keladi. Pedagogikada biron bir asos bo‘yicha metodlarni qat’iy klassifikatsiyasi ishlab chiqilmagan. Mutaxassislar metodlarni ko‘p qo‘llanishiga qarab ishontirish, mashq, namuna, taqdirlash, jazolash metodlarini o‘rganganlar. Albatta pedagogik amaliyotda ushbu metodlarni ko‘p uchratamiz. Pedagog o‘quvchilar bilan birgalikda axloqiy normalarni muhokama qilib, tushuntirib, ularni faoliyatga j alb etib, ularga namuna bo‘lib tarbiyalaydi. Va nihoyat u o‘quvchilarni xatti- harakatlarini muhokama qilib, ularni stimullashtiradi hamda xulq-atvorini tuzatib, rivojlantiradi.


Ilmiy tavsiflash obyektlarni bir-biridan farqlash uchun qat’iy asos va belgiga ko‘ra ajratishni talab etadi. Shuning uchun metodlar klassifikatsiyasi ularni bilishni, ikkinchidan ularni ongli, samarali qo‘llashni ifodalaydi.
Tahlillar shuni ko‘satadiki, klassifikatsiyalar asosini shaxsning u yoki bu sohasiga (ongiga, xulqiga, hissiyotiga) ta’sir etish yo‘naltirilishi bilan xarakterlanadi. Boshqacha aytganda shaxsni bilimini, qarashlarini, idrokini shakllantirishga yo‘naltirilgan metodlar bor. Ular ongni shakllantiruvchi metodlar deyiladi. Bundan tashqari, shaxsni xulq-atvoriga va faoliyatiga yo‘naltirilgan metodlar mavjud. Bularni xulqni shakllantiruvchi va faoliyatni tashkil etuvchi metodlar deyiladi. Yana xulqni stimullashtirishga va tuzatishga yo‘naltirilga metodlar mavjud bo‘lib, ular xulqni stimullashtiruvchi metodlar deyiladi.
Yu.K.Babanskiy tomonidan tavsiya etilgan ta’lim va tarbiya metodlari klassifikatsiyasining asosini faoliyat konsepsiyasi tashkil etadi. Unga ko‘ra har qanday faoliyat komponentlarini anglash, tashkil etish, stimullashtirish va nazorat tashkil etadi.
Faoliyat tarbiya jarayoni tuzilishida muhim o‘rin egallab, butun pedagogik jarayonni umumiy metodlarini to‘rt guruhga ajratishning asosi hisoblanadi.
Shunday qilib, an’anaviy pedagogika fanida tarbiya metodlarini to‘rt guruhga ajratilganligini ko‘plab mutaxassislar tomonidan guvohi bo‘lamiz:

135

  1. ongni shakllantirish metodlari: hikoya, suhbat, ma’ruza, munozara, muhokama;

  2. faoliyatni tashkil etish va xulq-atvorni shakllantirish metodlari: mashq, o‘rgatish, topshiriq, talab va tarbiyaviy vaziyatlarni yaratish;


  1. xulqni stimullashtiruvchi metodlar: musobaqa, o‘yin, taqdirlash va jazolash;


  2. nazorat, o‘z-o‘zini nazorat va baholash metodlari: kuzatish, so‘rov, faoliyat natijalarini tahlil qilish.


Metodlarni guruhlar bo‘yicha ajratish mumkin, lekin shaxs qismlar bo‘yicha emas, balki bir butun holda shakllanadi, nimagaki ong, munosabatlar, xulq, atvor har qanday holatda mo‘ljalli va tasodifiy harakatlar ta’sirida butunlikda shakl­lanadi. Psixologiyada ong va faoliyat birligi prinsipi mavjud, ya’ni ong faoliyatda shakllanadi. Birinchi guruh metodlarining asosiy vazifasi tarbiyalanuvchilarda munosabatlarni, yo‘nalganlikni, ishonch va qarashlarni shakllantirish hisoblanadi. Bular asosida xulq-atvor normalari, ijtimoiy qadriyatlar to‘g‘risidagi bilimlar yotadi. Birinchi navbatda insonni ishonchi uning xatti-harakatlarida ifodalanadi.


Ikkinchi guruh metodlari tarbiyani faoliyatda amalga oshishi prinsipiga amal qilishni talab etadi. Shaxsda u yoki bu sifatlarni sharoit yaratmasdan shakllantirib bo‘lmaydi. Pedagoglarni vazifasi ana shunday sharoitlarni hosil qilish hisoblanadi. Uchinchi guruh metodlri yordamida pedagoglar va tarbiyalanuvchilarni o‘zlari o‘z xatti-harakatlarini nazorat qilib, tarbiyalanuvchilarni faoliyat motivlariga ta’sir etadilar.
Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari tarbiya natijalarini baholashga va tahlil etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, tarbiyalanuvchilarni shakllanashiga ta’sir etadi. Agar tarbiya natijalari tarbiyalanuvchilar bilan birga tahlil etilsa, samaradorlilikka erishiladi hamda ularni o‘z-o‘zini tarbiyalashi stimullashadi.
  1. Tarbiya metodlari tasnifi


  1. Ongni shakllantiruvchi metodlar.


Ushbu metodlar nomlanishiga va mohiyatiga ko‘ra ta’limning og‘zaki metodlari bilan mos kelib, ularning asosiy vazifasi ijtimoiy-axloqiy munosabatlar, me’yor, odamlarni xulq qoidalari, qarash va qadriyatlarni shakllantirish sohalariga oid bilimlarni shakllantirish hisoblanadi. Bu metodlar birinchi navbatda shaxsning ongiga, uning aqliy, intellektual, hissiy sohalariga murojaat qiladi. Ishontirishning asosiy manbai, instrumenti bu - so‘z, xabar, ma’lumot va ma’lumot muhokamasi. So‘z orqali ta’sir etish obro‘li o‘qituvchining o‘quvchilarning aql va hissiyotiga ta’sir etadigan eng kuchli metod hisoblanib, tarbiyachidan yuqori darajadagi madaniyatni va kasbiy mahoratni talab etadi. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod, dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his- tuyg‘usi, irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sanaladi. Mazkur metodlar yoshlar tomonidan hayot mazmunining tushunib olinishini ta’minlaydi.


Ma’ruza, hikoya, tushuntirish — bu og‘zaki metodlar, ma’lumotni tahlil qilish va xabar berish bo‘lib, tarbiyaviy mazmun va mohiyat kasb etadi. Pedagogik

136
amaliyotdan shu ma’lumki, mashg‘ulot, uchrashuvlarda o‘quvchilar bilan ijtimoiy- axloqiy mavzularda suhbatlar tashkil etilishini uchratishimiz mumkin. Ma’ruza muammoni sistemali tarzda bayon qilinishi bilan yuqori sinf o‘quvchilariga mosdir.


Hikoya va tushuntirish kichik va o‘rta yoshli o‘quvchilar uchun qo‘llaniladi. Ularning har biri moslikni, emotsionallikni, ishonchlilikni, axborotlilikni talab etadi. Mavzular har xil: ijtimoiy hayot, axloqiy, estetik muammolar, muomala, o‘z- o‘zini tarbiyalash, nizolarga oid bo‘lishi mumkin. Hikoya o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa, voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishini ifodalovchi metod sanaladi. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda ko‘p ishlatiladigan usul bo‘lib, u orqali ta’lim oluvchilarni jamiyatda kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar, shaxslararo munosabatlar mazmuni, ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me’yorlar, ularga amal qilish, shaxs tomonidan o‘zligini anglash hamda jamiyatda, jamoada muayyan o‘rinni egallashga oid ma’lumotlar bilan tanishtirishga xizmat qiladi.
Tarbiyachi metodik adabiyotlardan mavzularni, material mazmunini va o‘quvchilar bilan tarbiyaviy suhbatlarni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarni topadi. Tarbiyachi o‘quvchilar bilan suhbat uchun mamlakat, dunyo, yoshlar hayotining turli tomonlarini ifodalovchi materiallarini ommaviy axborot vositalaridan ham olishlari mumkin.
Tarbiyaviy suhbatlarga tayyorgarlik vaqtida mazmunni tanlash, materialni yetkazib berish yo‘llari, uning tuzilishi, stili, suhbat toni, psixologik muhitni yaratishda mas’uliyat bilan yondashish talab etiladi.
Suhbat munozara, muhokama sifatida o‘quvchilarni o‘zlaridan intellektual va emotsional faollikni talab etuvchi metod hisoblanadi. Tarbiyaviy suhbat, munozara qoidasi bo‘yicha tarbiyachining qisqa kirish so‘zidan va muammoli xarakterdagi savollarni qo‘yishdan iborat. Suhbat metodi o‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda o‘qituvchining jonli nutqi, o‘quvchi bilan o‘zaro munosabati ta’sirchan usullardan hisoblanadi. Suhbat jarayonida o‘quvchi shaxsini yaqindan anglash mumkin, u haqidagi tasavvurlar yanada boyiydi. Ta’lim oluvchi bilan suhbatlashish jarayonida uning shaxs sifatida shakllanishiga yordam beradigan ma’lumotlar beriladi, ijtimoiy va tabiiy borliqqa nisbatan munosabat baholanadi, ijobiy sifatlar rag‘batlantirilib, salbiy holatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatiladi.
Ta’lim oluvchining ijtimoiy ongini shakllantirish uchun tashkil etiladigan suhbatlar uchun quyidagi mavzular yo‘nalish sifatida tanlanadi:
  1. yetik mavzular (ijtimoiy ma’naviy-axloqiy me’yorlar, jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida o‘zini tutish qoidalari va boshqalar);


  2. estetik mavzular (tabiat go‘zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go‘zalligi);


  3. siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari, xalqaro munosabatlar va hokazolar);



137

  1. ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va o‘simliklar dunyosi, elektronika va boshqalar).

Muhokama— tarbiyaning maxsus metodi bo‘lib, qarama-qarshi fikrlarning to‘qnashuvini ifodalaydi. Muhokamani tashkil etish mavzu nomini shakllantirishni, muhokama uchun savollarni tayyorlashni, boshlovchini tanlashni, muhokama qoidalari bilan ishtirokchilarni tanishtirishni, ko‘rgazmali materiallarni tayyor­lashni talab etadi.


Tarbiyalanuvchilar bilan ijtimoiy-axloqiy savollar bo‘yicha muhokamalar tashkil etish tarbiyachilardan bilim va tajribani, uslubiy ko‘nikmalarni talab etadi. Muhokmada bacha ishtirokchilani ishtirok etishlariga erishish talab etiladi. Buning uchun kichik guruhlarda ishlashni, blits so‘rovlarini tashkillash hamda keys stadiylardan faydalanish zarur. Tarbiyalanuvchilar bilan axloqiy mavzularni muhokama qilishda qat’iy faktlarni, aniq vaziyatarni muhokama qilish ko‘p hollarda samarali hisoblanadi.
Namuna - shaxsga atrofdagilar (xususan, o‘qituvchilar, ota-onalar, yoshi katta kishilar)ning yurish-turish, muomala, tartib-intizom qoidalariga rioya qilish, kundalik faoliyatni tashkil etishda o‘rnak, ibrat bo‘la olishlarini ifodalovchi metod sanaladi.
Yosh avlod uchun quyidagi pedagogik hodisalar namuna bo‘la oladi:
  • ota-onalarning yurish-turishi, bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlari, kundalik faoliyatni tashkil etishlari, atrofdagilarga nisbatan yondashuvlari;


  • o‘qituvchilarning hamkasblari, rahbarlari, shuningdek, o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlari, nutq va muomala odobi, kasbiy faoliyatni olib borishdagi mas’uliyatlari;


  • ishlab chiqarish ilg‘orlari, umuminsoniy hamda milliy ilm-fan, madaniyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan shaxslarning hayoti va faoliyatlari;


  • badiiy asarlar, kinofilmlar, spektakllar qahramonlarining xatti-harakatlari, ma’naviy qiyofasi;


  • afsonaviy va tarixiy milliy qahramonlar, Vatan ozodligi uchun kurashgan shaxslarning jasoratlari;


  • favqulodda vaziyatlarda fuqarolik, insoniylik burchini sidqidildan ado etgan shaxslarning xatti-harakatlari;


  • tengdoshlarning ijtimoiy munosabatlar jarayonida, turli vaziyatlarda o‘zlarini tuta olishlari, irodali, matonatli, axloqli ekanliklarini namoyon eta olishlari va boshqalar.


  1. Xulqni shakllantirish va faoliyatni tashkil etish metodlari.


Xulqdagi ijobiy tajribaga tarbiyalanuvchilar faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganda erishiladi. Tarbiyaning faoliyatda mavjudligi qonuniyati asosida tashkillashga bo‘lgan talablar shakllanadi. A.N.Leontevning ta’kidlashicha, faoliyat tarbilanuvchi uchun ahamiyatli, shaxsiy mohiyat kasb etganda tarbiyalanuvchi shaxsini tarbiyalaydi. Bunda tarbiyalanuvchi faoliyatda faol ishtirok etsa, ularni vazifalari almashib turishi kerak. Tarbiyalanuvchlar faoliyatini boshqarish pedagogik vaziyatarga mos bo‘lishi zarur.


138
An’anaviy pedagogikada tarbiyalanuvchi faoliyatini tashkil etish tarbiyaning asosiy metodlari hisoblanadi. Ushbu metodlar guruhiga pedagogik talab, mashq, ijtimoiy fikr, tarbiyalovchi vaziyat kiradi.


Pedagogik talab jamiyat va uning a’zolari tomonidan qabul qilingan aniq xulq-atvor normalarini, qoidalarini, qonunlarini, an’analarni bajarishga qo‘yilgan talablar sifatida ifodalanadi. Talab ijtimoiy xulq qoidalari yig‘indisi, real vazifalar, biror xatti-harakat bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar, iltimos, maslahat, ko‘rsatma sifatida ifodalanadi. Shakliga ko‘ra talab bevosita va bilvosita turlarga bo‘linadi. Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish, muayyan faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari va tarbiyaviy ta’sirning muhim usullaridan biri bo‘lib, u ma’lum harakatlarni rag‘batlantirish yoki to‘xtatish, shaxsni ijobiy harakatlarga undash xarakteriga ega bo‘ladi.
Talab o‘quvchilarni xulqi qoidalariga, maktab Nizomiga, ta’lim muas- sasasining kun tartibiga nisbatan qo‘yiladi. Talabda hech qanday majburlash, avtoritarizm bo‘lmasligi kerak. Barcha amal talablarga bo‘ysunadilar, demak, o‘quvchilar ham talablarga amal qilishi zarur. Demak, xulq normalariga maktab- ning ichki tartib-qoidalariga birinchi navbatda o‘qituvchilarni o‘zlari amal qilishlari kerak. Masalan, maktabda chekish mumkin emas, shuning uchun o‘quv- chilar orasida ko‘chada, burchak-burchaklarda bolalarni chekishini kuzatishimiz mumkin, ammo ayrim o‘qituvchilar maktab hududida o‘zlari chekadilar.
Jamoatchilik fikri — bu guruh talablarini ifodalaydi. Ular rivojlangan jamoalarda butun jamoaning xatti-harakatlarini baholashda qo‘llaniladi. Bu barcha guruh a’zolarining hayotga bo‘lgan qarashlarida, qadriyatlarida, me’yorlarida ifodalanadi. Pedagoglar jamoada sog‘lom ijtimoiy fikrni shakllantirishga e’tibor berishlari kerak. Bunga sinf hayotiga oid faktlarni muhokama qilish, unda ular faoliyatini baholashda o‘quvchilar ishtirokini stimullashtirish orqali erishiladi. Jamoatchilik fikri - ijtimoiy voqealarga, turli guruhlar, tashkilotlar, ayrim shaxslar faoliyatiga bo‘lgan yashirin yoki oshkora munosabatlarni o‘z ichiga oladigan ijtimoiy ong shakli bo‘lib, u yordamida jamiyat a’zolarining xatti-harakatlari, xulq- atvorlari, yurish-turishlari, faoliyatlari, atrofdagilar bilan muomalalari, munosabatlari ijtimoiy axloq me’yorlariga muvofiq baholanadi va tartibga solinadi. Mohiyatiga ko‘ra jamoatchilik fikri muayyan ijtimoiy masalalarni, taniqli shaxslar yoki umuman olganda, jamiyat a’zolaridan ixtiyoriy birining xatti- harakati, xulq-atvori, yurish-turishi, faoliyati, atrofdagilar bilan muomalasi hamda munosabatining ma’qullanishi yoki qoralanishini ifodalaydi. Ana shu jihatiga ko‘ra jamoatchilik fikri tarbiyalovchi xarakter kasb etadi.
Mashq — xulq-atvor asosi sifatida harakatlarni ko‘p marotaba takrorlash orqali xulqni shakllanishi bilan xarakterlanadi. Keng ma’noda bu tarbiya­lanuvchilar faoliyati va hayotini jamiyat normalariga moslashtirish uchun sharoit yaratishni ifodalaydi. Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo‘lida muayyan amal, harakatni ko‘p marta takrorlash.
Mashq - muayyan xatti-harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashga qaratilgan harakat mohiyatini ifodalovchi metod hisoblanadi. Mashq natijasida muayyan

139
ko‘nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, o‘quvchining aqliy qobiliyati o‘sadi, axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi.


Tarbiya amaliyotida mashqning quyidagi turlari mavjud:
  1. faoliyatda mashq qilish;


  2. kun tartibi doirasida bajariladigan mashqlar;


  3. maxsus mashqlar.


Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy va jamoa faoliyatini tashkil etish, o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish odatlarini tarbiyalashga qaratilgan.


Kun tartibi mashqlari ta’lim oluvchilarni belgilangan kun tartibiga amal qilishga odatlantirish, u bilan bog‘liq ravishda muayyan harakatlarni bajarish, ish va bo‘sh vaqtdan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish uchun xizmat qiladi.
Maxsus mashqlardan tanlangan soha bo‘yicha nazariy bilim, amaliy hamda xulqiy ko‘nikma, malakalarni hosil qilishda foydalaniladi.
Tarbiyaviy vaziyatlar — bu harakatga undov, tanlash holati bo‘lib, tarbiyachi tomonidan maxsus tashkil etilishi ham mumkin. Uning vazifasi ongli, faol faoliyat uchun sharoit yaratish hisoblanib, yangi xulq-atvor normalari va qadriyatlar shakllanishi bilan xarakterlanadi. Tarbiyalovchi vaziyatlar - tabiiy ravishda sodir bo‘ladigan yoki sun’iy hosil qilinib, shaxsda u yoki bu ma’naviy- axloqiy sifat, xulq-atvor, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishga yo‘naltiriladigan holat, sharoit hisoblanadi.
V. Xulq va faoliyatni stimullashtiruvchi metodlar.
Taqdirlash — bu tarbiyalanuvchi va guruh a’zolarini xulq-atvorini, xatti- harakatlarini, fazilatlarini ijobiy baholash, ma’qullashda ifodalanadi. U o‘z kuchiga ishonish, ijobiy o‘z-o‘zini baholash, qoniqish hissini uyg‘otib, tarbiyalanuvchilarni o‘z xatti-harakatarini ijobiy o‘zgarishiga stimullashtiradi. Tarbiya jarayonida rag‘batlantirishning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
  1. o‘quvchining zimmasiga mas’uliyatli vazifani yuklash;


  2. maqtash;


  3. estalik sovg‘asini berish;


  4. maqtov yorlig‘i bilan taqdirlash;


  5. maxsus stipendiyalar tayinlash;


  6. qo‘llab-quvvatlash;


  7. fotosuratni hurmat taxtasiga qo‘yish;


  8. jamoa nomidan minnatdorchilik bildirish;


  9. safda birinchi o‘rinda turishini ta’minlash;


  10. musobaqalarda bayroqdor bo‘lishiga imkoniyat yaratish;


  11. nomini maktab devoriy gazetasi yoki radiosi orqali qayd etish.


Tarbiya jarayonida rag‘batlantirish metodlarini samarali qo‘llay olish uchun


rag‘batlantirishning mavjud pedagogik talablarga muvofiq bo‘lishi; ketma-ket bo‘lmasligi; o‘quvchini yoki uning xatti-harakatlarini haddan oshirib maqtamaslik; ularni boshqa o‘quvchilarga taqqoslab ko‘rsatmaslik; o‘quvchini kamsitmaslik; talabchanlikni bo‘shashtirmaslik kabilarga e’tibor qaratilishi lozim.
Jazolash — bu xulq normalariga qarama-qarshi bo‘lgan xatti-harakatlarni salbiy baholashda ifodalanadi. Jazolash metodi salbiy xatti-harakat sabablarini tahlil etishni, o‘quvchi shaxsini kamsitmaslikni, obdon o‘ylab chiqilgan xatti-

140
harakatlarni talab etadi. Jazolash tanbeh, ogohlantirish, suhbat, boshqa guruhga o‘tkazib yuborish, maktabdan chetlatish shakllarida bo‘lishi mumkin. Jazolash o‘quv tarbiyaviy muassasadagi tarbiyaviy holat, pedagoglarni madaniyati va jamoaning rivojlanganlik darajasi bilan uzviy bog‘liq. Tarbiya jarayonida jazolash metodini qo‘llashda quyidagi jazo choralari qo‘llaniladi:


  • tanbeh berish;


  • ogohlantirish;


  • uyaltirish;


  • hayfsan berish.


Tanbeh berish eng muhim jazo chorasi bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchiga yuzma- yuz turib tanbeh beradi va buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin.


Ogohlantirish - sodir etilishi mumkin bo‘lgan muayyan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladigan tarbiyaviy usul.
Uyaltirish - o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan subyektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish usuli. Bolalarni tarbiyalashda shu his- tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish, qizartiraverish yaramaydi.
Hayfsan berish o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlarini qat’iy choralar asosida baholash bo‘lib, u tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermagan holatlarda qo‘llaniladi.
Jazolash metodini qo‘llashda jismoniy jazoni qo‘llash, o‘quvchilarni urish, kaltaklash, qo‘rqitish, g‘azablantirish, jismonan va ruhan azoblash, tahqirlash, sha’nini yerga urish kabilar taqiqlanadi.
O‘quv tarbiyaviy muassasalarda stimullashtiruvchi metodlardan biri musobaqa keng qo‘llaniladi. Bu metod g‘oyaviy-siyosiy va formal xarakterga ega bo‘lib, u yordamchi metod sifatida qo‘llaniladi.
Ta’kidlash joizki, har qanday metod ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimi bilan uzviy bog‘liq. Tarbiya amaliyoti tarbiyachilar oldiga tarbiyalanuvchilarga ta’sir etish uchun tarbiya metodlarini tanlash va qo‘llash vazifasini qo‘yadi. Tarbiya metodlarini tanlash va qo‘llash o‘z navbatida: tarbiya maqsadi va mazmuniga, tarbiyalanuvchilarni tarbiyalanganlik darajasiga, shaxslararo munosabatlarning rivojlanganlik darajasiga, tarbiyachining obro‘siga va tajribasiga, tarbiyalanuvchlarning yosh va individual xususiyatlariga bog‘liq.
Shu bilan birgalikda tarbiyachini tarbiya metodlarini tanlashi uning tajribasiga, madaniyatiga, yoshiga, xarakteriga, temperamentiga ham bog‘liq.
D. Nazorat, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z-o‘zini baholash metodlari.
Ushbu metodlar tarbiya natijasini tahlil qilish va baholashga yo‘naltirilgan bo‘lib, bularga so‘rov metodlari (suhbat, anketa,), test, faoliyat natijalarini tahlil qilish kabi metodlar kiradi. Nazorat metodlarining asosiy vazifasi tarbiya jarayonining maqsadiga erishilganlik darajasini va tarbiya natijasi bo‘yicha uning samaradorligini baholash.
Ushbu natijalar bo‘yicha tarbiyachini kasbiy tayyorgarligi ham baholanadi. Ikkinchi tomondan bu metodlar yordamida tarbiyalanuvchilarning tarbiyalan- ganligi to‘g‘risidagi olingan ma’lumotlar bilan o‘quvchilarni tanishtirib,

141
muammolarni muhokama qilish, ularga psixologik pedagogik yordam berish mumkin. O‘z-o‘zini nazorat va baholash metodlari o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari hisoblanadi.


O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi idora qilishlari, turli o‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqelarini oshirish maqsadida qo‘llaniladigan usullardir. O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlarining tarbiyalovchilik xarakteri o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi idora qilishlar, o‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy mavqeini oshirishning ta’sirchan vositasi ekanligida aks etadi. Mazkur metodlar o‘quvchilarni tashabbuskorlikka, mustaqillikka undaydi.
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish metodi. O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usulidir.
O‘z-o‘zini baholash metodi. O‘z-o‘zini baholash shaxs tomonidan mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish orqali o‘ziga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli bo‘lib, u shaxsning qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita tayyorlash mumkin. O‘z-o‘zini baholash o‘quvchi uchun shaxsiy imko- niyatlarini hisob-kitob qilish, o‘ziga obyektiv baho berish, o‘zidan qoniqishiga yordam beradi.
Zamonaviy tarbiyachi uchun dunyoning rivojlangan davlatlarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda tarbiyani qaysi metodlari ko‘p qo‘llanilayotganini bilishi ahamiyatlidir. Tarbiyaga bo‘lgan g‘arbcha yondashuvda, asosan metodlar tizimini shakllantirishda bixeviorizm psixologiyasi va psixoanalizga asoslaniladi.
  1. Tarbiya vositalari


Tarbiya vositasi — kam o‘rganilgan pedagogik kategoriya hisoblanadi. Biroq oxirgi yillarda ushbu muammoni o‘rganish dolzarbligi oshganligi kuzatilmoqda. Sababi maktab, o‘qish, kitob, o‘qituvchi nutqi, ota-ona so‘zi bolaga ta’sir etishning, shaxs rivojlanishi va shakllanishining asosiy omili, yagona manbai bo‘lmay qoldi. Pedagoglar shaxsni ijtimoiylashuvi, muhitni pedagoglash- tirilayotganligi, ta’limiy muhitni yaratilishi to‘g‘risida ko‘plab fikrlar bildirmoq- dalar. Bu o‘z navbatida yoshlarni shakllanishida maktab va o‘qituvchidan tashqari boshqa omillarni ta’siri yuqori bo‘layotganligidan dalolat beradi. Bularga ommaviy axborot vositalari ma’lumotlari, kompyuter va internet, reklama va ommaviy madaniyat, yoshlar madaniyati, globallashuv, axborotlashuv jarayonlari kiradi.


Boshqacha aytganda zamonaviy bola, o‘smir, o‘spirin axborotlar makonida yashayapti va shakllanmoqda. Pedagogik maqsadlarga erishishda tarbiyachilardan barcha manbalarni, omillarni, vositalarni mazmun-mohiyatini bilish talab etiladi. «Vosita» tushunchasi izohli lug‘atlarda bir necha ma’nolarni bildiradi. Vosita bu birinchidan - maqsadga erishishdagi harakat usuli, ikkinchidan - biror narsa uchun qo‘llaniladigan predmetlar, moddiy qadriyat, uchinchidan - falsafa, iqtisodda «vosita» xomashyo, inson faoliyati obyekti, ishlab chiqarish uchun dastlabki

142
material, to‘rtinchidan, pedagogikada ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan mehnat qurollari, narsa va predmetlar yig‘indisi.


Taraqqiyot natijasida bolaga pedagogik ta’sir etish vositalari ko‘lami ortib borganligini ko‘rishimiz mumkin. O‘z davrida taniqli rus pedagogi K.D. Ushinskiy tarbiya vositalarini (o‘qish, mehnat, o‘yin, oiladagi va maktabdagi bola hayoti, uni tashqi olam bilan munosabati, hamkorlikdagi ish va muloqot)dan iborat deb ta’kidlagan edi. XX asr boshlarida amerikalik pedagog Dj. Dyui va rus pedagogi A.S. Makarenko o‘zlarining tarbiyaviy yondashuvlarida, pedagogik amaliyotlarida tarbiya vositalariga o‘qish bilan birgalikda mehnat, bolalarni ijtimoiy-jamoaviy faoliyati, o‘yin, san’atni ham kiritganlar. Makarenkoning ta’kidlashicha, «maktab, kun tartibi, maktab hayotidagi barcha narsalar» tarbiya vositasidir deb fikr bildirgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib tarbiya vositasi deganda birinchidan-umumiy ma’noda barcha ijtimoiy, madaniy, tabiiy borliqni, barcha ijtimoiy institutlar va sivilizatsiyani yaratishni, ikkinchidan-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan narsa va predmetlarni tushunamiz.
O‘z navbatida narsa va predmetlar o‘z joyida turganda tarbiya vositasi bo‘la oladimi degan savol tug‘iladi. V.I.Juravlevning fikricha, buyum va narsa tarbiya vositasi emas, u qachonki tarbiyalanuvchi faoliyatida ishtirok etsagina tarbiya vositasi bo‘la oladi.
V.S. Selivanovaning fikricha, tarbiyalanuvchilarning faoliyat turlari (o‘qish, mehnat, o‘yin, muloqot) bu tarbiyaning fundamental vositalaridir. Pedagogika va psixologiya inson o‘z malakalarini, xulq-atvor modelini, qadriyatlari, hissiyotini odamlar bilan muloqot qilish jarayonida shakllantiriladi va rivojlantiradi deb ta’kidlaydi. Shuning uchun pedagog, sinf rahbari tarbiya maqsadiga erishish uchun tarbiyalanuvchlarni turli faoliyatlarini tashkil etishni bilishi kerak.
Har qanday maktabda bolalarni darsdan tashqari faoliyatlarini tashkil etish o‘qituvchining asosiy ish sohasi hisoblanadi.
Maktablarimizda sinfdan tashqari faoliyatning quyidagi turlari: bilish, qadriyatga yo‘naltirilgan, ijtimoiy, estetik, dam olish, texnik, sport, sog‘lomlashtirish faoliyatlari tashkil etiladi.
Bilish faoliyati o‘quvchilarda bilishga qiziqishni rivojlantirish, bilishlarni to‘plash, aqliy qobiliyatni shakllantirish maqsadida ekskursiya, olimpiada, konkurs, ilmiy konferensiya shakllarida tashkil etiladi.
Qadriyatlarga yo‘naltirilgan faoliyat mohiyatiga ko‘ra dunyoga bo‘lgan munosabatni shakllantirish jarayonidir. Bunda e’tiqod va qarashlar shakllandi. Sinf rahbari ijtimoiy axloqiy muammalar bo‘yicha suhbatlar, sinf majlislari, munozaralar tashkil etib, o‘quvchilarda hayotga bo‘lgan qarash va munosabatlarni shakllantirish uchun ulkan imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Ijtimoiy faoliyat o‘quvchilarni maktabni boshqarish organlarida, o‘z-o‘zini boshqarish organlari ishida, maktabdagi turli o‘quvchilar va yoshlar tashkilotlarida, mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy aksiyalarda ishtirok etishlarini, ifodalaydi. Bu o‘z- o‘ziga xizmat ko‘rsatish, maktab hududini tozalash, kecha va bayramlar shaklida tashkil etiladi.

143
Estetik faoliyat bolalarni badiiy hissiyotini, qiziqishlarini, madaniyatini, qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bu konkurs, konsert, festival, teatrga borish shakllarida amalga oshiriladi.


Dam olish faoliyati mazmunli, rivojlantiruvchi dam olishni ifodalab, dam olish kechalari, musabaqa, o‘yin, bayramlar kechalarini tashkil etish shakllari amalga oshiriladi.
  1. Tarbiya shakllari


O‘quvchilar faliyati turlari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakli bilan uzviy bog‘liq. Shakl hodisa va jarayonni ichki mazmunini tashqi tomondan uning tuzilishini tashkil etishni ifodalaydi. Tarbiya jarayoni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro aloqador faoliyati sifatida aniq tashkiliy shakllarda amalga oshiriladi. Ta’limni tashkil etish shakli muammosi tarbiya jarayonini tashkil etish shakliga nisbatan ko‘p o‘rganilgan soha hisoblanadi. Shakl tashkiliy tomonni aniqlab, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni qanday sharoitlarda kim, qayerda, qanday, qachon tashkil etilishini ifodalaydi. Demak, tarbiyaviy ishlar shakli - bu aniq tarbiyaviy jarayonni vazifasi, mazmuni, metodlari amalga oshiriladigan tadbir, pedagogk ta’sirning tashkiliy tuzilishidir.


Shakl tarbiya jarayonining qismi sifatida uning maqsadiga, mazmuniga, metodlariga bog‘liq. Shuning uchun tarbiya shakli aniq tarbiyaviy vaziyatlarga bog‘liq bo‘lib, ular turli xil, ijodiy takrorlanmas xarakterga ega.
Tarbiya jarayonini tashkil etish shaklini turkumlashga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan: N.E.Shurkova tarbiya shaklini asosiy faoliyat turi bo‘yicha, bilish faoliyati, mehnat faoliyati, ijtimoiy foydali faoliyat, estetik faoliyat, jismoniy-sog‘lomlashtirish, qadriyatli faoliyat shakllariga ajratgan.
N.I.Boldirev tarbiyaviy ishlar shaklini tarbiyaviy ta’sirni metodlarga bog‘liqli- giga asosan tarbiya shaklini: og‘zaki - (suhbatlar, ma’ruza, konferensiya, uchrashuv);
amaliy - (ekskursiya, spartakadialar, olimpiada, konkurslar, shanbaliklar);
kuzatish - (devoriy gazeta, muzeyga borish, ko‘rgazma, stendlar) shakllariga bo‘lgan.
An’anaviy pedagogikada tarbiya shaklini o‘quvchilar miqdoriga ko‘ra: yakka, guruhli, jamoa, ommaviy.
Vazifasiga ko‘ra: madaniy, sport, huquqiy.
O‘tkazish xususiyatiga ko‘ra: ma’ruza, suhbat, munozara, uchrashuv, madaniy tadbirlar.
O‘tkazish joyiga ko‘ra: o‘quv-tarbiyaviy, mehnat-tarbiyaviy, maktabdan tashqari, sport-tarbiyaviy.
O‘tkazish vaqtiga ko‘ra: rejali, profilaktik, yakuniy shakllariga ajratilgan.
Zamonaviy tadqiqotchilar maktabdagi tarbiyaviy vazifalar bo‘yicha darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar shakllarni quyidagi uch guruhga ajratmoqdalar:
  1. maktab hayotini boshqarish va o‘z-o‘zini boshqarish shakllari - majlis, sinf soati, lineyka, namoyish, o‘z-o‘zini boshqaruv organlari majlisi;


  2. bilish shakllari — ekskursiya, poxodlar, festivallar, mavzuli kechalar, ko‘rgazmalar;



144

  1. dam olish shakllari —ertaliklar, kechalar.

Yuqoridagilardan ma’lumki, tarbiya jarayonini tashkil etish shakli klassifi- katsiyasida yagona fikr mavjud emasligini kuzatishimiz mumkin. Tarbiyachi tomonidan nomigagina hisob-kitob uchun o‘tkazilgan tadbirlar salbiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.Tarbiya shaklini tashlash omillariga quyidagilar kiradi; tarbiya maqsadi, tarbiya mazmuni, tarbiyachilar yoshi, tarbiyalanuvchilarning tarbiyalanganlik darajasi, hudud xususiyatlari va an’analar, maktabning texnik va moddiy imkoniyatlari, o‘qituvchining pedagogik mahorati.


Tarbiya jarayonini tashkil etishning og‘zaki-mantiqiy shakllarida tarbiya- lanuvchilarga ta’sir etishning asosiy vositasi o‘quvchilar hissiyotini uyg‘otuvchi, unga emotsional tus beruvchi so‘z bilan ishontirish, ya’ni so‘z hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor ma’lumot almashishga, muammoni muhokama qilishga, o‘quvchilarni xabardor qilishga e’tibor beriladi.
  • tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda tarbiyachi tomonidan quyidagilarga e’tibor berilishi maqsadga muvofiq:


  • tadbirning nomlanishini, vazifalarini, shaklini aniqlash;


  • mazmun bo‘yicha materiallarni to‘plash;


  • ish ketma-ketligini rejalashtirish;


  • ishtirokchilarni tayyorlash;


  • tadbirni o‘tkazish;


  • tahlil va o‘z-o‘zini tahlil qilish.


Nazorat uchun savollar


  1. Tarbiya shakllari, metodlari, vositalari o‘rtasida qanday aloqadorliklar mavjud?


  2. Tarbiya metodlari, vositalari, shakllari klassifikatsiyalarini izohlang?


  3. Tarbiyaning asosiy metodlarini tavsiflang?


  4. Tarbiya vositalarini izohlang.


  1. Tarbiya jarayonida shaxsning shakllanishi


    1. Tarbiya mazmuni muammosi.


    2. O‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va aqliy tarbiyasi.


    3. Yoshlarni fuqarolik tarbiyasi.


    4. Ma’naviy-axloqiy tarbiya.


    5. Mehnat tarbiyasi.


    6. O‘quvchilarni estetik tarbiyasi.


    7. Yoshlarni jismoniy tarbiyasi.


  1. Tarbiya mazmuni muammosi


Pedagogik adabiyotlar tahlilidan ma’lumki, mutaxassislar hozirgi paytda ta’lim va tarbiya mazmunini butun bir pedagogik jarayon mazmuni sifatida


145
qarashmoqda. Ta’lim dasturi va standartlarida maktab o‘quv fanlari mazmuni (dastur va darsliklarda) bilim fan asosi sifatida va ijtimoiy normalar, qadriyatlar, munosabatlar sifatida birgalikda berilmoqda. Ta’lim jarayoni ta’limiy rivojlantiruvchi funksiya bilan birga tarbiyalovchi funksiyani ham bajarishini unutmasligimiz kerak. Ta’lim nazariyasida tarbiyalovchi ta’lim prinsipi mavjud. Bularning barchasi ta’lim va tarbiyaning jarayoniy va mazmuniy jihatdan bir butunlilikni ifodalaydi.
Biroq yaqin o‘tmishgacha maktablar sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkillashga asos bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalash dasturlari mavjud edi. Bu shundan dalolat beradiki, ta’lim mazmuni bilan birga tarbiya mazmuni borligini anglatadi. Zamonaviy pedagogik nazariya ta’lim va tarbiyani yagona pedagogik jarayonda birlashtiradi.
Pedagogikada «tarbiya mazmuni» nimani anglatadi?, maktabdagi, oiladagi, maktabdan tashqari muassasa va tashkilotlarda tarbiyaviy ishlar mazmuni qanday bo‘lishi kerak? Sinf rahbari va pedagoglarning tarbiyaviy ishlari uchun asos sifatida o‘quvchilar tarbiyasi dasturi zarurmi? degan savolga qanday javob berayotganini ko‘rib chiqaylik.
Tarbiya mazmuni — bu shaxsning individual ichki dunyosiga aylanadigan, o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan jamiyatning moddiy va ma’naviy madaniyati elementlari, g‘oya va ideallar, qadriyatlar, xulq-atvor normalari, bilimlar yig‘indisi. Mohiyatiga ko‘ra bu insonni shaxs va jamiyat a’zosi sifatida shakllanadigan barchasi madaniyat hisoblanadi. Tarbiya mazmuni to‘g‘risida gap borganda ko‘pincha turli qarashlar tushuniladi. Birinchidan, bu butun insoniyatning hamda odamlarni xulq-atvor normalari va hayot tajribasi, madaniy ijtimoiy qadriyatlari. Ikkinchidan tarbiya mazmuni shaxsiy yondashuv pozitsiyasini individ sifatlari, tajribasi, ehtiyojlar, insonni ijtimoiy ma’qullangan va individual qabul qilingan uning madaniyati va qadriyatlar tizimi yig‘indisi sifatida ochib beradi. Uchin- chidan, tarbiya mazmuni deganda tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar faoliyatining maqsadini, vazifalarini, shakllarini aniqlovchi muassasaning tarbiyaviy faoliyati.
Maktab, oila, jamiyatda tarbiyaviy ishlarni olib borish va tashkil etish uchun shaxs shakllanishi uchun xizmat qiluvchi madaniyat elementlarini tarbiya mazmuni deb qabul qilish zarur. Tarbiya mazmunini tanlash, tarbiyaviy ishlar dasturini tuzish ishlarini yengillashtiradi.
Bugungi kunda o‘quv tarbiyaviy muassasalarda tarbiya mazmunini aniqlash va tanlashga bo‘lgan bir qator yondashuvlar mavjud.
Birinchi, an’anaviy yondashuv: tarbiya mazmunini tarbiya maqsadi orqali belgilash. Ya’ni shaxsni har tomonlama garmonik jihatdan rivojlantirish, aqliy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy tarbiya. XX asrning 90-yillariga kelib, bu yondashuv tanqidga uchradi. Tanqidchilarning ta’kidlashicha, tarbiya jarayoni, shaxsni bir butun shakllanishi sun’iy qismlarga ajratilganligidir. Bundan tashqari, tarbiya mazmuni kommunistik g‘oyalarga, davlat qiziqishlariga yo‘naltirilgan edi. Shaxs qiziqishlari, imkoniyatlari, ehtiyojlariga kam e’tibor berilganligi bilan xarakterlanar edi.
Shuning uchun XX asrning 90-yillarida tarbiya mazmunini aniqlashga bo‘lgan ikkinchi yondashuv paydo bo‘ldi. Bu yondashuvning mohiyati shuki,

146
bunda tarbiya mazmuni shaxsning madaniyati elementlari asosida shakllantiriladi. Shaxsning aqliy madaniyati, jismoniy madaniyati, axloqiy madaniyati v.b.


Tarbiya mazmunini aniqlashga bo‘lgan uchinchi yondashuv mohiyati shuki, bunda tarbiya mazmuni qadriyatlarga munosabat sifatida qarash bilan xarakterlanadi. Bu yondashuv rus pedagogi N.E.Shurkova, mamlakatimizda
O.Musurmonova, S.Mamajonovalar tomonidan asoslangan.
Yuqoridagi barcha tarbiya mazmunini tanlash, aniqlashga bo‘lgan yonda­shuvlar tarbiyaning asosiy vazifalarini inkor etmagan holda bir-birini to‘ldiradi.
Shunday qilib, tarbiya mazmuni tarbiya maqsadi, vazifalari, ijtimoiy qadriyatlar hamda ideallar asosida shakllanadi. Tarbiya jarayoni mazmuni qadriyatlarga bo‘lgan munosabatlarni va shaxs madaniyatini shakllantirish faoliyati sifatida ifodalanadi. Tarbiyaviy jarayon mazmunini alohida yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rib chiqamiz.
  1. O‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va aqliy tarbiyasi


Aqliy tarbiya shaxsda tabiat, jamiyat, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni hosil qilish, bilish qobiliyati, tafakkur, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish jarayoni bo‘lib, u yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarga ega shaxsni tarbiyalashda yetakchi o‘rin tutadi.


Shaxs tomonidan bilimlarning o‘zlashtirilganligini, ma’lumotga ega bo‘lganlikni, shuningdek, uning aqliy qobiliyati darajasini ifodalovchi sifatlarga aqliy sifatlar deyiladi. Shaxsda bilimdonlik, zukkolik, topqirlik, tezkor fikrlash, tasavvurning boyligi, ijodkorlik, geniallik, boy dunyoqarashga egalik kabi aqliy sifatlar namoyon bo‘ladi.
Aqliy tarbiya o‘quvchilarni ilm-fan, texnika va texnologiya sohasida erishilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan xabardor qilish, ijtimoiy va tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlarni berish orqali ularda tafakkur, dunyoqarashni rivojlantirish maqsadini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Aqliy tarbiya vazifalari:
  1. O‘quvchilarga ilmiy bilimlarni berish.


  2. O‘quvchilarda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga ongli munosabatni qaror toptirish.


  3. O‘quvchilarda mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko‘nikmalarini tarkib toptirish.


  4. O‘quvchilarda o‘z bilimlarini doimiy boyitib borishga intilish tuyg‘ularini shakllantirish.


  5. O‘quvchilarda bilimlarni o‘zlashtirishga yordam beradigan psixologik qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkur yuritish, o‘z fikrini asoslash, mavjud ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va hokazolar)ni rivojlantirish.


  6. O‘quvchilarga zamonaviy bilimlarni berish asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.



147
Dunyoqarash shaxsning tabiatga, jamiyatga, o‘zining ijtimoiy muhitdagi o‘rniga, o‘z-o‘ziga, turli voqeliklarga munosabatini belgilab beradigan qarashlari, e’tiqodi, hayotiy tajribasi va faoliyat tamoyillarining tizimidir.


Dunyoqarash — inson faoliyati yo‘nalishini aniqlovchi va uning ongida dunyoning umumiy ko‘rinishini ifodalovchi falsafiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, estetik qarashlar tizimidir. Zamonaviy psixologiya dunyoqarashni shaxs rivojlanishining bir qismi deb hisoblaydi. Dunyoqarashning asosini ilmiy bilimlar tashkil etadi. Shaxs dunyoqarashi izchil, tizimli, uzluksiz, maqsadga muvofiq tashkil etiladigan ta’lim-tarbiyani yo‘lga qo‘yish orqali uning turli yo‘nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlash, o‘z-o‘zini tarbiyalab borishi uchun zarur shart-sharoitni asosida shakllantiriladi. Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega jarayon sanaladi. Dunyoqarashni shakllantirish uchun bilimlarni o‘zlashtirish, mazmunni tanlash, o‘qitish metodlarini, bilim va faoliyat sohasidagi fundamental g‘oyalarni ajratib olish bilan, predmetlararo aloqa bilan ta’minlanadi. Har qanday ta’lim tizimi dunyoqarashni shakllantiradi. Sobiq ittifoq davrida o‘quvchilarda tabiat, jamiyat, inson, bilish to‘g‘risidagi dialektik materializm nazariyasini shakllantirishga e’tibor berilar edi. Hozirda ilmiy materialistik qarashlarni shakllantirishga e’tibor berilmoqda.
Dunyoqarashning mifologik, diniy, ilmiy turlari mavjud.
Mifologik dunyoqarash - ibtidoiy jamoa tuzumida borliqni obrazli qabul qilish asosida shakllangan tasavvurlar majmuasini ifodalovchi dunyoqarash.
Diniy dunyoqarash - borliqning ilohiy kuchga, ilohiyotga ishonish asosida qabul qilinishini ifodalovchi tasavvurlar, urf-odatlar, marosimlar majmui.
Ilmiy dunyoqarash - ilmiy metodlar yordamida ko‘p bor tekshirish, umumiy holda insoniyat tajribasi bilan tasdiqlanish qonunlariga tayanuvchi dunyoqarash.
Ilmiy dunyoqarash uzluksiz, izchil ravishda insoniyat tomonidan orttirilgan, mavjud ilmiy bilimlarni puxta o‘zlashtirish, hayotiy tajriba orttirish asosida shakllanadi. Ilmiy dunyoqarash ta’lim jarayonida shakllanadi. Ilmiy qarash muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g‘oya bo‘lib, u shaxs tomonidan mavjud ilmiy bilimlar tizimi puxta o‘zlashtirilganda, bilimlarni bir-biri bilan taqqoslash, solishtirish, predmet, hodisa yoki jarayon mohiyatini tahlil qilish natijasida yuzaga keladi. Ilmiy qarash ilmiy dunyoqarashdan farqlanib, uning shakllanishi uchun asos vazifasini o‘taydi.
Ilmiy dunyoqarashga ega bo‘lgan shaxs:
  • tabiat, jamiyatda ro‘y berayotgan voqea, hodisalar mohiyatini to‘g‘ri talqin eta oladi;


  • o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan oqilona munosabatda bo‘ladi;


  • hech qachon dalillar bilan isbotlanmagan voqelik, hodisalarni haqiqat sifatida qabul qilmaydi;


  • ilmiy dunyoqarashga egalik shaxsda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi;


  • zamonaviy sharoitda inson ongini boshqarish ilinjida yurgan turli oqimlar, ularning missionerlik faoliyatlari ta’siriga, mistik g‘oyalarga berilmaydi;



148

  • shaxsiy hayotida, shuningdek, ijtimoiy jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning muayyan qonuniyatlarga asoslanishiga ishonadi va ularni tabiiy qabul qiladi;

  • o‘zining va jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan salbiy hodisalarni o‘tkinchi sifatida qabul qiladi, kelajakka ishonch bilan qaraydi.


  1. Yoshlarni fuqarolik tarbiyasi


Huquq va majburiyatlarni anglaydigan fuqaroni tarbiyalash har qanday jamiyat ijtimoiy institutlarining vazifasidir. Fuqaro - fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan davlat a’zosi bo‘lgan shaxsdir. Fuqarolik tarbiyasi - bu davlat a’zosi uchun zarur sifatlarni, ya’ni siyosiy madaniyat, huquqiy madaniyat hamda vatanparvarlik, millatlararo munosabatlardagi madaniyatni shakllantirish bo‘yicha tarbiyaviy ishlar tizimidir. Demak fuqarolik tarbiyasi — bu davlat a’zosi uchun zarur bo‘lgan sifat va fazilatlarni shakllantirish bo‘yicha tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayoni hisoblanadi. Fuqarolik tarbiyasi - o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari uchun kurashuvchi fuqaro sifatida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik jarayon sanaladi. Fuqarolik tarbiyasi orqali shaxsning siyosiy va huquqiy madaniyati, unda vatanparvarlik va millatlararo munosabatlar shakllantiriladi. Fuqarolik tarbiyasi o‘quvchilarga fuqaroning burch va majburiyatlari, huquqlari to‘g‘risidagi bilimlarni berish asosida ularda fuqarolik madaniyatini shakllantirish maqsadini ifodalaydi. Pedagoglar tomonidan siyosat, fuqarolik, vatanparvarlik, huquq tushunchalarining mazmun-mohiyatini bilishliklari yoshlar orasida fuqarolik tarbiyasini tashkil etishlarida yordam beradi.


Siyosat — qonun va huquq yordamida davlatni boshqarish san’ati bilan bog‘liq bo‘lgan, hukumat va insonlar guruhi orasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi faoliyat sohasidir.Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarida fuqarolik ongi shakllangan, siyosiy va huquqiy madaniyatli bo‘lishlari talab etiladi.
Fuqarolik - huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum huquqlardan foydalanish, burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondashish, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.
Shaxsning fuqarolik madaniyati uch qismdan, ya’ni bilim (siyosat va qonun sohasidagi qarashlar, nazariyalar, tushunchalar), munosabat (mamlakatning siyosiy-ijtimoiy hayotiga ongli munosabat), xulq (siyosiy hayotda ishtirok etish, faol fuqarolik pozitsiyasini egallash, mamlakat qonunlariga bo‘ysunish)dan iborat. Bugungi glaballashuv jarayonida mamlakat qonunlariga amal qilish, qonunga bo‘ysunuvchi fuqaro bo‘lish, mamlakatning siyosiy va ijtimoiy hayotiga ongli munosabatda bo‘lish, siyosat va huquq sohasidagi bilimlarga ega bo‘lish jamiyatning har bir a’zosiga qo‘yilgan talabdir.
Ushbu talablardan kelib chiqqan olda, fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar hal qilinadi:
  1. Yosh avlodni jamiyatda ustuvor bo‘lgan axloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya etishga o‘rgatish.



149

  1. O‘quvchilarga fuqarolik huquq, burchlari to‘g‘risida ilmiy jihatdan asoslangan bilimlar berish, ularda fuqarolik faoliyati ko‘nikma, malakalarini hosil qilish.

  2. O‘quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat, muhabbatni qaror toptirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini shakllantirish.


  3. O‘quvchilarda xalq o‘tmishi, milliy qadriyatlarga muhabbat hissini uyg‘otish, ulardan g‘ururlanish, faxrlanish, iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish.


  4. Vatan, xalq, millat ishiga sodiqlik, o‘z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg‘unlashtira olishga erishish, fidoyi fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish.


  5. Vatan, yurt ozodligi, mustaqilligini e’zozlaydigan, uni himoya qilishga tayyor fuqarolarni tarbiyalash.


Ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar asosan yoshlarda siyosiy faollikni shakllantirish, ularni mamlakatni ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtiroklarini ta’minlashga e’tibor berishlari zarur. Yuqoridagi vazifalarni hal etish uchun ta’lim muassasalarida fuqarolik tarbiyasining quyidagi shakllarida tarix, jamiyatshunoslik kabi fanlar o‘qitilishida hamda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar tashkil etilishi orqali erilishiladi.


Fuqarolik tarbiyasida vatanparvarlikning o‘rni beqiyosdir. Vatanparvarlik — bu insonni tug‘ilib o‘sgan joyiga ona vataniga muhabbati, unga sodiqlik, o‘z vatani qiziqishlarini himoya qilishiga intilishi, uni o‘tmishi va hozirgi kunidan mag‘rurlanishidir. Vatanparvarlik - shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan millat, tug‘ilib o‘sgan vatani tarixidan g‘ururlanishi, buguni to‘g‘risida qayg‘urishi, uning porloq istiqboliga bo‘lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat. Vatanparvarlik
  • imon, e’tiqod, vijdon amri bilan, Vatan va millat oldidagi mas’uliyat va burchni anglashdir. Vatanparvarlik oldin. Vatanga hurmat va muhabbat bilan bog‘langan tuyg‘u sifatida shakllanadi. Demak, vatanparvarlik - o‘z taqdirini vatan, millat taqdiri bilan bog‘lagan, barcha kishilarga xos fazilatdir. Vatanparvarlik har bir o‘quvchini qalbida, ongida, faoliyatida vatanning o‘tmishi hozirgi kundagi holati va manfaatlari, istiqboli haqidagi fikrlar uyg‘unlashib bir tizimga kelishi, uning faoliyatiga maqsad va yo‘nalish beruvchi ichki ma’naviyatga aylanishidir.


Vatanparvarlik bo‘yicha tarbiyaviy ishlar mazmuniga o‘quvchilarni o‘z mamlakatlari tarixini o‘rganishlari hamda o‘z xalqi madaniy merosini avaylab- asrashi hamda o‘z ona tilisini saqlash faoliyati kiradi. Shuning uchun maktabning vazifasi o‘quvchilarga vatanparvarlikning mohiyatini, vatanpavarlik his-tuyg‘usini mazmun-mohiyatini tushuntirishdan iborat. Vatanparvar - o‘z Vatanini, ona yurtini, xalqini cheksiz sevadigan, vatan manfaatlari uchun kurashadigan, bu yo‘lda fidoyilik ko‘rsatadigan shaxs.


Vatanparvar shaxs o‘zida quyidagi sifatlarni namoyon etadi:
Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat;
  • o‘zi mansub bo‘lgan millat o‘tmishi, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlariga sodiqlik;


  • Vatan va millat tarixidan g‘ururlanish;


  • yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarini asrash, ularni ko‘paytirish borasida g‘amxo‘rlik qilish;



150

  • Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo‘lida mehnat faoliyatini tashkil etish;

  • yurt ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi kurashish;


  • Vatan va millat obro‘yi, sha’ni, or-nomusini himoya qilish;


  • yurt ravnaqi va millat taraqqiyotiga ishonish.


Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni vatan himoyasi va harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulodda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko‘nikma, malakasini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon sanaladi.


Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulodda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko‘nikma, malakalarini shakllantirishdan iborat.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
  • o‘quvchilarga fuqaro mudofaasi, harbiy bilim asoslari bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlarni berish orqali ularda amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish;


  • o‘quvchilarni milliy mustaqillik, O‘zbekiston Respublikasining davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi uyushtiriladigan tahdidlarning oldini olishga tayyorlash;


  • o‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik, terrorizm, diniy ekstremistik g‘oyalarga qarshi nafrat tuyg‘usini tarbiyalash;


  • o‘quvchilarning Vatan himoyasini ta’minlashga oid harbiy-texnik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;


  • o‘quvchilarda favqulodda vaziyatlarda tegishli chora-tadbirlarni ko‘ra olish, qurolli xurujlardan himoyalanish ko‘nikma, malakalarini shakllantirish; ularda hushyorlikni oshirish va hokazolar.


Fuqarolik tarbiyasining yana bir ajralmas qismi huquqiy madaniyatni shakllantirish hisoblanadi.


Prezidentimiz huquqiy madaniyat xususida «Huquq madaniyatning darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lishdangina iborat emas, u qonunlarga amal qilish va ularga bo‘ysunish madaniyati demakdir» deb ta’kilaganlar. Insonda huquqiy ong va madaniyat o‘z-o‘zidan shakllanmaydi. U jamiyatda, oilada, jamoatchilik o‘rtasida, ta’lim-tarbiya natijasida shakllanadi.
Huquqiy madaniyat — bu mamlakatning huquqiy tizimi, asosiy huquqiy me’yorlari, huquqiy normalarga amal qilishga intilish to‘g‘risidagi bilimlar. Huquqiy madaniyat shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning samarali o‘zlashtirilishi va huquqiy faoliyatni samarali tashkil etish darajasining sifat ko‘rsatkichi. Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma, malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish, huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Huquqiy tarbiya o‘quvchilarga huquqiy bilimlarni berish orqali ularda huquqiy madaniyatni shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Huquqiy ta’lim - o‘quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar, ijtimoiy-huquqiy munosabatlar to‘g‘risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni hisoblanadi.
151

Ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:



  • o‘quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar, ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, ularning ijtimoiy ahamiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berish;


  • o‘quvchilarda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni hosil qilish;


  • o‘quvchilarda huquqiy ongni shakllantirish;


  • o‘quvchilarda huquqiy faoliyat ko‘nikma va malakalarni hosil qilish;


  • o‘quvchilarda huquqiy madaniyat (huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy savodxonlik, huquqiy tafakkur, huquqiy mas’ullik, huquqiy faollik, huquqiy e’tiqod, huquqiy salohiyat)ni, huquqiy madaniyat elementlari (huquqiy me’yor, qonunlarning ijtimoiy ahamiyatini to‘g‘ri baholash, ijtimoiy harakat va harakatsizlikning qonuniy bo‘lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, fuqarolik huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish, har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni tashkil etish kabilar)ni shakllantirish.


Fuqarolik tarbiyasining yana bir ajralmas qismi millatlararo totuvlik, baynalmilallikni shakllantirish hisoblanadi. Baynalmilallik - o‘zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili, vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlardan biridir.


Baynalmilallik tarbiyasi o‘quvchilarda o‘zga millat va elatlarning haq- huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili, vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning milliy manfaatlariga ziyon yetkazmaslik kabi sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni sanaladi.
Baynalmilallik tarbiyasining maqsadi o‘zga millat va elatlarning haq- huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili, vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning milliy manfaatlariga ziyon yetkazmaslik kabi sifatlarni shakllantirish, o‘zga millat va elatlarning vakillari bilan o‘zaro do‘stlik aloqalarini o‘rnatishga tayyorlashdan iborat.
Baynalmilallik tarbiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
  • o‘quvchilarni o‘zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, til xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish;


  • o‘quvchilarga o‘zga millat va elatlarning tarixi, bugungi taraqqiyoti, umuminsoniyat madaniyatiga qo‘shgan hissasi, jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni, vijdon erkinligiga oid ma’lumotlarni berish;


  • o‘quvchilarda o‘zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, til xususiyatlari, vijdon erkinligiga hurmat, milliy manfaatlariga ziyon yetkazmaslik kabi sifatlarni shakllantirish;


  • o‘quvchilarni o‘zga millat va elatlarning vakillari bilan o‘zaro do‘stlik aloqalarini o‘rnatishga amaliy jihatdan tayyorlash.



152



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin