Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida


O‘zbekistonda ta’lim tizimi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə12/22
tarix24.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#161134
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida-fayllar.org

19. O‘zbekistonda ta’lim tizimi
  1. O‘zbekistonda ta’lim tizimi va uni boshqaruv organlari.


  2. Ta’lim muassasalari, ularning turlari va tashkiliy tuzilmasi.


  1. O‘zbekistonda ta’lim tizimi va uni boshqaruv organlari


O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risdagi qonunining 10- moddasiga muvofiq Respublika ta’lim tizimi davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari; ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar kabi subyektlarni o‘z ichiga oladi.


Ta’lim tizimini maqsadi insonni ta’lim olish huquqini ta’minlash. Ushbu tizim faoliyatining samaradorligi mezoni bu fuqarolarni ta’lim olganlik va tarbiyalaganlik darajasi hisoblanadi.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunga muvofiq:
Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari quyidagi vakolatlarga egadilar:
ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish; ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy masalalarda ularga rahbarlik qilish;
davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo‘lgan talablar bajarilishini ta’minlash;
o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish;
o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashr etishni tashkil qilish; ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga egalik qilish.
Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan tayinlanadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasasi direktorining vazifasi quyidagilardan iborat:
  • davlat va jamoat tashkilotlari oldida ta’lim muassasasining manfaatlarini ifodalash;


  • o‘quv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini ta’min etish;


  • o‘quv dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablarining rioya qilinishi, ta’lim muassasasidan tashqarida ma’naviyat ishlarini tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;



169

  • pedagogik va rahbar kadrlarni tanlab joy-joyiga qo‘yish, ularning vazifalarini belgilash, pedagogik kadrlar, kabinet va ustaxona mudirlarini belgilash, sinf va guruh rahbarlarini tanlash, pedagog va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ishga qabul qilish hamda bo‘shatish;

  • ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazuvchi komissiyaga rahbarlik qilish;


  • ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarining ijodiy ishlari, ta’lim- tarbiyaning ilg‘or shakl va usullarini qo‘llashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish;


  • ta’lim muassasasiga ajratilgan moliyaviy mablag‘lar, sarf-xarajat hisobini yuritish;


  • ta’lim muassasasi me’yoriy hujjatlarining to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash;


  • ta’lim muassasasi Pedagogik kengashi, mahalliy hokimlik organlari oldida o‘z faoliyati to‘g‘risida hisob berib turish.


Ta’lim muassasasi direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan quyidagi vazifalar bajariladi:


  • o‘quv haftasi va o‘quv mashg‘ulotlarining davomiyligini ta’minlash;


  • dars jadvalini tuzib chiqish, jadvalga binoan darslarning o‘z vaqtida samarali o‘tkazilishini ta’minlash;


  • har bir chorak oxirida, semestr davomida direktor va ta’lim muassasasi Pedagogik kengashi a’zolariga o‘quv jarayonining borishi xususidagi axborot va ma’lumotlarni berib borish;


  • yosh mutaxassislarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;


  • sinf va guruh jurnallarini to‘g‘ri yuritish va saqlanishiga javob berish;


  • o‘quvchilarning bilim darajasini reja asosida tahlil qilib borish;


  • o‘quvchilar tomonidan davlat dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish.


Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari quyidagi vazifalarni hal qiladi:


ta’lim muassasasida o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish, jamoat tashkilotlari, mahalla, ota-onalar bilan aloqani ta’minlash;
ta’lim muassasasi va undan yuqori miqyosda o‘tkaziladigan darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtirish hamda amalga oshirish;
ta’lim muassasasi o‘quvchilarining sinf, guruh yoki ta’lim muassasasidan tashqari olib borayotgan mashg‘ulotlarini kuzatib borish, ularga amaliy va metodik yordam uyushtirish;
ta’lim muassasasidagi «Yoshlar yetakchisi»ning ishini nazorat qilish va unga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish.
  1. Ta’lim muassasalari, ularning turlari va tashkiliy tuzilmasi


Ta’lim to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra: Ta’lim muassasasining Nizomi ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.


Ta’lim muassasasining Nizomida muassasaning joylashgan o‘rni, turi, ta’lim tili, guruh rahbarlari, o‘qituvchilarning huquq va burchlari, ta’lim oluvchilar, ota-

170
onalarning huquq va burchlari, ta’lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi, xo‘jalik faoliyati, boshqarish tartibi kabi ma’lumotlar yoritiladi.


Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy jihati ajratib ko‘rsatiladi:
davlat ta’lim standartida belgilangan bilimlar zaxirasini egallash yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish tartibi;
ta’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik, mustaqil fikrlash, masalalarni yecha olishga o‘rgatish).
Shuningdek, ta’lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga qo‘yiladigan talablar, o‘qituvchi, o‘quvchilar, ta’lim muassasasi rahbarlarining huquq va burchlari ham alohida ajratilib ko‘rsatiladi.
Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega:
Ta’lim muassasasi haqidagi qisqacha ma’lumotlar.
Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari.
Ta’lim muassasasini boshqarish:
  1. ta’lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o‘z-o‘zini boshqarish asosida amalga oshirilishi;


  2. pedagogik jamoa Kengashi;


  1. direktorning huquq va burchlari;


  2. direktorning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining huquq va burchlari;


  3. ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining huquq va burchlari.


O‘quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish:


  1. ta’lim mazmunining davlat ta’lim standartlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlari asosida belgilanishi;


  2. o‘quv jarayonini tashkil etish;


  1. iqtidorli yoshlar bilan ishlash;


  2. ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish tartibi;


  3. qo‘shimcha pulli mashg‘ulotlarni joriy etish;


  4. kunlik ish tartibi (seminar, mashg‘ulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy vazifalarini berish tartibi va h.o.).


O‘qituvchining huquq va burchlari.


O‘quvchining huquq va burchlari.
O‘quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ma’muriy hamda yordamchi xodimlarning huquq va burchlari.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyatlari.
Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo‘jalik ta’minoti.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim:
maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim kabilarni o‘z ichiga oladi.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlash, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otish, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi.

171
Maktabgacha ta’lim oilalarda, maktabgacha ta’lim muassasalarida va mulk shaklidan qat’i nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.


Umumiy o‘rta ta’lim:
boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar);
umumiy ta’lim (V-IX sinflar) kabi bosqichlarda tashkil etiladi.
Boshlang‘ich ta’lim 6-7 va 10-11 yoshli bolalarda umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirish maqsadini amalga oshirishga yo‘naltirilgan.
Umumiy o‘rta ta’limning maqsadi o‘quvchilarga fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim berish, ularda o‘quv-ilmiy, umummadaniy bilimlarni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash qobiliyatini, atrof-muhitga bo‘lgan ongli munosabatni shakllantirishdan iborat.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsadi ishlab chiqarishning birinchi bo‘g‘inidagi tashkilotchi va ish boshqaruvchilarni, oliy toifali mutaxassislarning yordamchilarini, yuqori ko‘nikma, malakalarni talab qiluvchi ma’lum bir turdagi ishni mustaqil bajara oladigan, o‘z ishining ustalari bo‘lgan - texnik, agronom, boshlang‘ich sinf va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, feldsher, stomatolog, konsertmeyster kabi mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiy xarakterga egaligi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchilari akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishga majbur ekanliklarini anglatadi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ixtiyoriy xarakterga egaligi esa umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilarining o‘z xohishlariga binoan o‘qish yo‘nalishini - akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishni ixtiyoriy tanlash huquqiga egaliklarini bildiradi.
Akademik litseylar o‘quvchilarning imkoniyatlari, qiziqishlariga ko‘ra ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim stan- dartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beradigan, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Oliy ta’lim tizimida turli yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasi hal qilinadi.
Oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash oliy o‘quv yurtlari (universitet, aka- demiya, institut va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalari)da amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki bosqich (bakalavriat va magistratura)da tashkil etiladi.
Nazorat uchun savollar
  1. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari mohiyatini tushun-


tiring?

  1. Ta’lim tizimini boshqaruv organlari faoliyatini izohlang.

  2. Ta’lim turlari vazifalarini izohlang?



172

  1. Maktabni ichki boshqaruv asoslari



    1. Maktabni ichki boshqaruvi tushunchasi va vazifalari.


    2. Boshqaruv faoliyatining tashkiliy shakllari.


    3. Maktab xodimlarini malakasini oshirish.


  1. Maktabni ichki boshqaruvi tushunchasi va vazifalari


Maktab har qanday ijtimoiy tashkilot sifatida ochiq turdagi murakkab tizim hisoblanadi. Alohida ta’lim muassasa sifatida maktab ta’lim tizimiga tegishli. Maktabni tashqi muhit bilan aloqasi ikkitomonlama bo‘lib, ya’ni maktab ijtimoiy muhitni ta’sirini sezgan holda jamiyatni rivojlanishiga o‘zi ham ta’sir qiladi.


Ijtimoiy tashkilot sifatida ta’lim muassasasini boshqarishning o‘zaro aloqador ikki tomonini ifodalovchi tashqi va ichki turlari mavjud.
Maktabni tashqi boshqaruv ta’lim tizimini boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasasining ichki boshqaruvi quyidagi vazifalarni hal qilishga yo‘naltiriladi:
Ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilish.
Maqsad qo‘yish va rejalashtirish.
Tashkil etish.
Maktab ichki boshqaruvini nazorat qilish.
Tartibga solish.
Pedagogik tahlilning quyidagi uch turi mavjud:
kundalik tahlil;
tizimli tahlil;
yakuniy tahlil.
Kundalik tahlil o‘quv jarayonining borishi va natijasi haqida har kuni ma’lumot yig‘ib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning sabablarini aniqlashga qaratiladi. Kundalik tahlil natijasida pedagogik jarayonga o‘zgartirishlar, tuzatishlar kiritiladi. Bu turdagi tahlilning predmetiga o‘quvchilarning har kungi o‘zlashtirishlari, intizomlari darajasi, ta’lim muassasasi rahbarlarining darsga va sinfdan tashqari darslarga qatnashishlari, maktabning tozalik holati, dars jadvaliga rioya qilish kabi holatlar kiradi.
Tizimli tahlil darslar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar tizimini o‘rganishga qaratiladi. Tizimli tahlil mazmuni ta’lim metodlarini to‘g‘ri uyg‘unlashtirish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishiga erishish, o‘qituvchi- larning sifatli tarbiyaviy ishlarni olib borishlari, ularning pedagogik madaniyatlarini oshirish, ta’lim muassasasida innovatsion muhitni tashkil qilishda pedagogik jamoaning hissasini ta’minlash kabilardan iborat.
Yakuniy tahlil o‘quv choragi, yarim yillik va o‘quv yili yakunida amalga oshirilib, asosiy natijalarga erishish yo‘llarini o‘rganishga qaratiladi. Yakuniy tahlil uchun ma’lumotlar kundalik va tizimli tahlillar, joriy hamda oraliq nazorat yakunlari, fan o‘qituvchilarining, sinf rahbarlarining hisobotlaridan olinadi.

173


Ta’lim muassasasini boshqarishni rejalashtirishning quyidagi shakllari mavjud:

  • muddatli (perspektiv) rejalashtirish;


  • yillik rejalashtirish;


  • yakuniy rejalashtirish.


Muddatli rejalashtirish qoidaga muvofiq so‘nggi yillarda ta’lim muassasasida amalga oshirilgan ishlarni chuqur tahlil qilish asosida bir necha yilga mo‘ljallab qabul qilinadi.


Muddatli rejada quyidagi masalalar aks etadi:
Rejalashtirilgan muddatda ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan vazifalar.
Guruhlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, o‘quvchilarning yillik o‘zlashtirish darajasi muddatlari.
Ta’lim jarayoniga pedagogik innovatsiya (yangilik)larni olib kirish muddatlari.
Ta’lim muassasasini pedagogik kadrlariga qo‘yilgan talablar.
Pedagog kadrlar malakasini turli shakllar (kurslar, seminarlar, treninglar) orqali oshirish.
Ta’lim muassasasini tashkiliy-texnik va o‘quv-metodik (qurilish ishlari, axborotlashtirish, ko‘rgazmali qurollar, kutubxona fondini boyitish) ko‘lamini rivojlantirish.
O‘qituvchi va o‘quvchilarni ijtimoiy himoya qilish.
Yillik rejalashtirish butun o‘quv yili hamda yozgi ta’tilni qamrab oladi. Yillik rejalashtirish o‘quv yili davomida ta’lim jarayonini tashkil etilishi (chorak, semestr)ga qarab bir necha bosqichlarni o‘z ichiga olgan holda amalga oshiriladi.
Yakuniy rejalashtirish bir yillik rejaning aniqlangan ko‘rinishi bo‘lib, u o‘quv choraklari uchun tuziladi. Rejalashtirishning bunday aniqlangan ko‘rinishi o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar qo‘mitasi faoliyatini boshqarishga yordam beradi. Bunday rejalashtirish o‘qituvchilar va sinf rahbarlarining ish rejalari bilan aloqadorlikda aniqlashtirilib boriladi.
  1. Boshqaruv faoliyatining tashkiliy shakllari


Boshqaruv faoliyatining tashkiliy shakllariga Pedagogik kengash, metodik kengash, Vasiylik kengashi, direktor huzuridagi majlis, metodik seminarlar v.b. kiradi.


Pedagogik kengash - ta’lim muassasasining boshqaruv organi sanaladi.
Pedagogik kengash maqsadi o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, o‘qituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahoratlari, ijodkorlik darajalarini oshirish maqsadida pedagogik xodimlarni birlashtirishdan iborat.
Pedagogik kengash quyidagi vazifalarni hal qiladi:
  • ta’lim muassasasi (umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb- hunar kolleji) faoliyatiga oid muhim hujjatlarni muhokamadan o‘tkazadi, tasdiqlaydi va ularda belgilangan vazifalarning bajarilishini nazorat qiladi;


  • ta’lim muassasasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilaydi;


174

  • ta’lim muassasasida o‘quv, tarbiya jarayonini tashkil etish, ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan qarorlarni qabul qiladi;

  • ta’lim muassasasi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l- yo‘riqlarni ishlab chiqadi;


  • pedagogik jamoaning ma’lum yo‘nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va yakuniy xulosa chiqaradi;


  • ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi uchun o‘z vakolati doirasida me’yoriy talablarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.


Pedagogik kengash quyidagi huquqlarga ega:


  • ta’lim muassasasini rivojlantirish yo‘nalishlarini istiqbol rejasini belgilash;


  • ta’lim muassasasi jamoasi oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarining bajarilishini amalga oshirish;


  • o‘quv rejada maktab ixtiyoriga berilgan soatlarni taqsimlash, yillik va taqvimiy ish rejasi mazmuni hamda dars jadvalini muhokama qilish;


  • o‘quv jarayonini tashkil qilishning turli shakl va metodlarini muhokama qilish, amaliyotga tatbiq etish;


  • ta’lim muassasasi ta’lim jarayoniga oid barcha masalalarni o‘z vakolati doirasida muhokama etish va tegishli qaror qabul qilish;


  • pedagoglar malakasini oshirish tizimi, ularning ijodiy tashabbuskor- liklarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini berish;


  • o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlashda oraliq nazorat bo‘yicha qaror qabul qilishda qatnashish, uni o‘tkazish shakli va vaqtini belgilash;


  • ta’lim oluvchilarni sinfdan-sinfga (kursdan-kursga ko‘chirish), bituvchilarni yakuniy attestatsiyaga qo‘yish bo‘yicha qaror qabul qilish;


  • ta’lim jarayonini tashkil qilish, ta’lim muassasasini rivojlantirishga doir masalalar bo‘yicha maktab rahbariyatining hisobotlarini tinglash;


  • ta’lim maqsadiga muvofiq holda o‘quvchilarni rag‘batlantirish va jazolash bo‘yicha masalalarni hal etish;


  • chorak, yarim yillik «semestr», yil yakuniga doir xulosalar chiqarish;


  • pedagogik kengash a’zolaridan pedagogik faoliyatni bir xil tamoyillarga asosan amalga oshirishni talab qilish;


  • ta’lim-tarbiya jarayonida alohida xizmat ko‘rsatgan ta’lim muassasasi xodimlarini rag‘batlantirishga tavsiya qilish;


  • yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarga o‘rnatilgan tartibda hujjatlar berish to‘g‘risida qaror qabul qilish.


Pedagogik kengash faoliyati quyidagi hujjatlarda yoritiladi:


  1. Ish rejasi.


  2. Kengash bayonnomasi yoziladigan muhrlangan daftar.


  3. Kengash materiallari.


  4. Hisobot.


Pedagogik kengash faoliyatiga ta’lim muassasasining direktori (oliy o‘quv yurtlarida rektor) rahbarlik qiladi.


175
Metodik kengash ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining sifatini ta’minlash, o‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi, pedagogik va metodik mahoratlarini takomillashtirilib borilishiga nazariy-metodik jihatdan rahbarlik qiluvchi organ sanaladi.


Metodik kengash faoliyati «Umumiy o‘rta ta’lim maktabi Metodik kengashi to‘g‘risida»gi Nizomda o‘z aksini topadi.
Metodik kengash quyidagi vazifalarni hal qiladi:
ta’lim jarayonining metodik ta’minot holatini o‘rganadi, ta’lim muassasasi metodik ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;
ta’lim muassasasida olib borilayotgan metodik ishlarning istiqbolini aniqlaydi;
yo‘nalish va fanlar bo‘yicha metodika birlashmalariga umumiy rahbarlik qiladi, ularning faoliyatlarini muvofiqlashtiradi;
ta’limga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘rganadi, ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish usullari yuzasidan tavsiyalar beradi;
ta’lim muassasasi o‘quv-metodik ishlariga ekspert sifatida baho berishni amalga oshiradi;
o‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi;
o‘qituvchilarga ish rejalarining tuzilishi va bo‘limlari mazmuni bo‘yicha tavsiyalar beradi;
ta’lim jarayonida qo‘llash uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqib, ularning amaliyotga joriy etilishini nazorat qilib boradi;
o‘qituvchilarning pedagogik va metodik mahoratini oshirishga doir ishlarni amalga oshiradi;
davlat ta’lim standartlari talablari, o‘quv rejasi va dasturlarining bajarilish holatini tahlil qiladi, tegishli tadbirlarni belgilaydi;
tashqi va ichki nazorat natijalariga davlat ta’lim standarti talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
o‘quv jarayoniga o‘qitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib kirish, pedagogik kadrlarni metodik jihatdan bilimlarini oshirish maqsadida o‘quv seminarlarini tashkil qilish;
ta’lim jarayonida milliy mafkura va yoshlarda siyosiy ongni shakllantirishga doir ko‘rsatmalar berib borish;
o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkil qilishga doir ko‘rsatmalar berish;
yo‘nalish va fanlar bo‘yicha metodika birlashmalari hisobotini eshitish, muhokama qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish;
o‘qituvchilarning samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishga tavsiya qilish;
pedagogik xodimlarning attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha materiallarni tayyorlash;

176
ta’lim muassasasi miqyosida fan oyliklari (haftaliklari), fanlar bo‘yicha darsdan tashqari (fakultativ, to‘garak) ishlari, fan olimpiadalarining 1-bosqichlari, ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi va ularning samarasini nazorat qilib borish.


Metodik kengash faoliyati quyidagi hujjatlarda yoritiladi:
  1. Ish rejasi.


  2. Kengash yig‘ilishi bayonnomasi.


  3. Kengash tomonidan tahlil qilingan materiallar.


  4. Ekspert qilingan materiallar va ishlab chiqilgan metodik ishlar.


  1. Maktab xodimlarini malakasini oshirish


Pedagogning uzluksiz kasbiy ta’limi ijobiy qobiliyatlarni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi.


Malaka oshirish xodimning murakkab mehnat vazifalarini bajarishga tayyorgarligiga yo‘naltirilgan, qo‘shimcha kasbiy ta’lim sifatida tushuniladi. U yangi umumnazariy va maxsus texnologik bilimlarni o‘zlashtirishni, fan va texnologiya orasidagi bog‘liqliklarni chuqur tushunishi, ko‘nikma va malakalarni ortishini ifodalaydi. Malaka oshirish bir vaqtni o‘zda kasbiy mehnatni shakllantirishga yo‘naltirilgan ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish shaklidir. Pedagoglar malakasini oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri maktabda metodik ishlar tizimini tashkil etish hisoblanadi.
Maktabda uslubiy ishlar maqsadi:
  • o‘quvchilar ta’lim tarbiyasining samarali metod va usullarini o‘zlashtirish;


  • o‘quv tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda pedagoglarni uslubiy va umumdidaktik tayyorgarlik darajasini ko‘tarish;


  • pedagogik jamoa a’zolarining ilg‘or tajribalarini almashish, ilg‘or pedagogik tajribani targ‘ib qilish.


Maktabdagi uslubiy ishlarning vazifalari:


  • maktab jamoasini pedagogik faoliyatida pedagogika fani yutuqlarini qo‘llash, ilg‘or pedagogik tajribalarni tizimli o‘rganish, umumlashtirish va targ‘ib qilish bo‘yicha innovatsion yo‘nalishlarini shakllantirish;


  • o‘qituvchilarni nazariy va pedagogik-psixologk tayyorgarligi darajasini ko‘tarish;


  • yangi o‘quv rejalari, dasturlari, davlat ta’lim standartlarini o‘rganish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;


  • o‘quv-tarbiyaviy jarayonni yangi pedagogik tenologiyalar, ta’lim- tarbiyaning yangi metod va shakllari bilan boyitish;


  • yangi me’yoriy hujjatlarni, uslubiy materiallarni o‘rganish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;


  • ta’lim muassasasi xodimlarini kasbiy-pedagogik madaniyati darajasini oshirish.


Metodik birlashmalari - o‘qituvchilarga ta’lim jarayonini tashkil etishni yaxshilashda yordam ko‘rsatish, pedagogik tajribalar to‘plash va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, o‘qituvchilarning pedagogik malakasi va nazariy tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida ta’lim muassasalarida fanlar yoki bir-


177


biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkumlari bo‘yicha tashkil etilgan uyushmalar sanaladi.

Metodik birlashmalari faoliyati «Umumiy o‘rta ta’lim maktabi fan metodik birlashmalari to‘g‘risida»gi Nizomda yoritiladi.


Metodika birlashmalari o‘zida metodik kengashning vazifalarini aks ettiradi. Shu bilan birga metodika birlashmalari quyidagi vazifalarni ham bajaradi:
  • fanlar bo‘yicha taqvimiy mavzu rejalarni tasdiqlashga tavsiya etish;


  • oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlash;


  • ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganishni tashkil qilish va ommalashtirish;


  • tegishli yo‘nalish yoki fan bo‘yicha ta’lim muassasasida metodik ta’minotga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;


  • darslarni o‘zaro kuzatishlarni tashkil qilish, natijalarni tahlil etish va mutaxassislarga amaliy yordam berish;


  • ta’lim metodlarini o‘rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil etish, ilg‘or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish;


  • yosh mutaxassislarga metodik yordam berish;


  • ko‘rgazma va ko‘rsatmali vositalardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalarni berish;


  • fan xonalarining me’yoriy hujjatlar talablari asosida jihozlanishini tashkil


etish.
Nazorat uchun savollar


  1. Boshqaruvning asosiy bosqichlarini tavsiflang.


  2. Maktab faoliyatini rejalashtirishning asosiy yo‘nalishlarini tavsiflang.


  3. Maktabdagi uslubiy ishlar xususiyatlarini ochib bering.



178

  1. bob. KORREKSION PEDAGOGIKA



  1. Korreksion pedagogika asoslari


    1. Korreksion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida.


    2. Korreksion pedagogikaning asosiy vazifalari, prinsiplari va metodlari.


    3. Anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi.


    4. Aqliy rivojlanishi, eshitishi, ko‘rishi, nutqida nuqsoni bor bolalar.


    5. O‘zbekiston Respublikasida anomal bolalarning ijtimoiy holati.


  1. Korreksion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida


Korreksion pedagogika fani bu jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganadigan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan. Korreksion pedagogika so‘zi lotin tilida korreksiya-tuzatish, degan ma’nolarni anglatadi. Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bor bolalar anomal bolalar deyiladi (yunoncha odatdan tashqari, noraso degan ma’noni bildiruvchi anomal so‘zidan olingan). Hozirgi kunda chet davlatlarda ushbu bolalar maxsus yordamga muhtoj bolalar deb ham yuritiladi. Korreksion pedagogika fanining mavzui bahsi anomal bolalardir. Korreksion pedagogika nisbatan yosh fan. Atoqli psixolog L.V.Zankov, L.S.Vigotskiylar 1935-yildan hamkorlikda ishlay boshladilar. Ular anomal bolalar bilan rivojlantiruvchi ta’limni olib borish kerakligini, korreksiya, kompensatsiya usullari va bularni amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berdilar. L.S.Vigotskiy «Korreksion pedagogikaning asosiy muammolari» kitobida anomal bolaga nafaqat «salbiy», balki «ijobiy» tomonlarini o‘rganib, aniqlab shularga tayangan holda va potensial imkoniyatlarini inobatga olib turib, ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish zarurligiga diqqatni jalb etdi.


O‘zbekistonda Korreksion pedagogika fanining rivojlanishi 1967-yildan boshlab tezlashdi. Chunki shu yili Nizomiy nomidagi TDPI ning Pedagogika va psixologiya fakultetida Oligofrenopedagogika bo‘limi tashkil etildi. 1972-yilda oligofrenopedagogika kafedrasi o‘z faoliyatini boshladi. 1983-yilda surdopeda- gogika bo‘limi qo‘shildi. 1984-yili esa mustaqil kunduzgi va sirtqi Korreksion pedagogika fakultetlarida oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog, logoped mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash ishlari boshlab yuborildi. Hozirgi kunda oligofrenopedagogika va logopediya, Korreksion pedagogika fanining klinik asoslari va surdopedagogika kafedralari qo‘shilib, Maxsus pedagogika va metodika kafedrasiga aylantirildi, o‘z faoliyatini Pedagogika va Korreksion pedagogika fakultetida amalga oshirmoqda.
Korreksion pedagogika fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi: surdopedagogika (lotincha, surdus- kar, gung so‘zidan olingan), eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim- tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; tiflopedagogika (yunoncha tiflos - ko‘r, so‘qir so‘zidan olingan), ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiyasi
179
bilan shug‘ullanadigan fan; oligofrenopedagogika (yunoncha-oligos kam, fren-aql so‘zlaridan olingan) aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘qullanadigan fan; logopediya (yunoncha logos-so‘z, padeo-tarbiyalash so‘zlaridan olingan) - og‘ir nutqiy nuqsonlarni o‘rganish, oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini o‘rganadigan fan.
  1. Korreksion pedagogikaning asosiy vazifalari, prinsiplari va metodlari


Korreksion pedagogika fanining vazifasi - anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, turlari, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususi­yatlarini o‘rganish, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanishdir. Korreksion pedagogika fanining maqsadi -differensial va integratsiyalashgan ta’limni tashkil etish, anomal bolalar uchun differensial va integratsiyalashgan ta’limni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘rganish, ulardagi nuqson va kamchiliklarni bartaraf etish, kompensatsiyalash, iloji boricha korreksiyalash, tuzatish, ko‘zga ko‘rinmaydigan darajagacha kamaytirish yo‘llari, usullarini belgilash va amaliyotga tatbiq etish usullarini tarbiyachi va o‘qituvchilarga ko‘rsatib berishdir. Anomaliyalarning xarakteriga qarab, ba’zilari to‘liq bartaraf etiladi, ba’zilari korreksiyalanadi, ya’ni qisman tuzatiladi, boshqalari esa kompensatsiya etiladi, ya’ni almashtiriladi. Agar bola nutqida qo‘pol kamchilik bo‘lsa, to‘g‘ri tashkil etilgan logopedik choralarni o‘z vaqtida ko‘rish yo‘li bilan ularni to‘liq bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson organik kamchiliklar natijasida paydo bo‘lgan bo‘lsa, (masalan, oligofreniya shunday nuqson jumlasiga kiradi). Uni to‘liq bartaraf etib bo‘lmasa ham, biroq qisman tuzatish mumkin. Korreksion pedagogika amaliyotida yana shunday anomaliyalar uchraydiki, ularni tuzatib ham korreksiyalab ham bo‘lmaydi. Masalan, tug‘ma ko‘rlik va tug‘ma karlik shular jumlasidandir. Bunda ko‘rish analizatorining vazifasi sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasi esa ko‘rish analizatoriga yuklash, ya’ni kompensatsiyalash o‘rnini bosish mumkin. Ko‘rish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan brayl shriftidan foydalanadilar. Bunda harf oltita nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyati zaif bolalar esa, imo-ishora, ya’ni daktil nutqdan, barmoqlar harakati bilan anglatiladigan nutqdan foydalanishlari mumkin.


  1. Anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi


Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti tarixi anomal bolalarga bo‘lgan insonparvarlik munosabatining uzoq vaqt davomida evolutsion tarzda shakllanib kelganligini ko‘rsatadi.


Qadimgi Spartada rivojlanishi va xulqida nuqsoni bo‘lgan bolalar qatl qilingan. Qabilalarning boshliqlari bola tug‘ilganda uni sinchiklab ko‘rib, uning birorta nuqsonga ega yoki ega emasligini aniqlashardi. Nuqsonli bola Tayget jarligiga tashlab yuborilgan (er.av. IV-V asrlar).

180
O‘rta asrlarda Yevropada bola rivojlanishidagi har qanday nuqson yovuz kuchlarning «namoyon bo‘lishi» sifatida qabul qilingan, ruhiy kasalliklarga ega kishilar inkvizitsiya gulxanida yondirilgan.


Insoniyatning evalutsion yashash jarayonida aqliy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan insonlarning bunday holatga tushib qolishi sabablarini, ularda yuzaga kelayotgan sog‘lom insonlarga xos bo‘lmagan alomatlarni paydo bo‘lishini va uni oldini olish yoki davolash zaruriyati tug‘ildiki, natijada nevrologiya fani yuzaga keldi.
Nevrologiya mustaqil klinik fan sifatida bundan 150 yil muqaddam rivojlana boshlandi. 1835-yilning iyul oyida Moskva dorilfununining tibbiyot kulliyoti qoshida asab tizimini o‘rganish sohasi alohida fan bo‘lib ajralib chiqdi. 1869-yil ushbu dorilfunun qoshida asab kasalliklari kafedrasi birinchi bo‘lib A.YA.Kojer- nikov rahbarligida ochildi. Bu iste’dodli olim asab tizimi morfologiyasi, gisto- logiyasi, fiziologiyasi va anatomiyasini nihoyatda chuqur bilar va asab kasalliklariga bag‘ishlangan bir qancha ilmiy ishlar yozgan. Bundan tashqari, uning taklifi bilan asab xastaligiga uchragan va ruhiy bemorlarni davolash uchun alohida klinik shifoxona ochildi. 1960-yillarga kelib O‘zbekistonda fan arboblaridan A.R.Rahimjonov, N.M.Majidov, X.K.Salohiddinov, professorlardan M.X.Samiboyev,F.T.Abduhakimov, Sh.Sh.Shomansurov asab kasalliklari bo‘yicha bir qancha yangiliklarni kiritdilar. Bolalarning tug‘ruq vaqtidagi bosh miya va orq miya jarohatlari, ularda kuzatiladigan asab xastaliklari, tutqanoq xurujlari va ruhiy o‘zgarishlar ilmiy jihatdan aniq yoritib berildi. Xususan, bosh miyada sodir bo‘ladigan patologik jarayonlarning kelib chiqish sabablarini (etiologiyasi), klinik ko‘rinishlarini (patogenezi) davolash usullarini va asoratlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi.
Patologik jarayon nerv tizimining qaysi qismida sodir bo‘lganligiga qarab; bosh miya asab tizimi kasalliklari, orqa miya asab tizimi kasalliklari, periferik asab tizimi kasalliklari va vegetativ asab tizimi kasalliklariga bo‘linadi. Kasallik tug‘ma yoki hayot davomida sodir bo‘lishi mumkin. Kasallikni keltirib chiqaruvchi tashqi va ichki omillar bo‘ladi. Tashqi omillarga mikroorganizmlar (bakteriyalar, zambrug‘lar, viruslar, koklar), mexanik ta’sirlar (lat yeyish, suyak sinishi, chiqishi, jarohatlar), fizik ta’sirlar (yuqori va past harorat), kimyoviy ta’sirlar (kislota, ishqor va zaharli moddalar), biologik ta’sirlar (vaksina va zardoblar) va allergik ta’sirlar kiradi. Ichki omillarga organizmning o‘zida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar (suv, tuz, elektrolitik miqdorning o‘zgarishi, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, aminokislotalar, vitamin, gormonal buzilishlar, qon tarkibining buzilishi, genetik va moddalar almashinuvi buzilishlari) kiradi. Bunday ta’sirlar natijasida ko‘proq bolalarda ko‘rishida, eshitishida, nutqida va aqliy rivojlanishida nuqsonlar paydo bo‘ladi. Bunday bolalarga nisbatan insonparvarlik yondashuvi zaruriyati tug‘iladi.
Uyg‘onish davridan XIX asrning o‘rtalarigacha Yevropada defektologiya fani va amaliyoti aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ijobiy ijtimoiy munosabat shakllandi. Ularga nisbatan insonparvarlik yondashuvi ilk bor fransuz shifokori, ruhiy kasalliklar turlarining asoschisi Filipp Pinel (1745-1826-yillar) tomonidan ilgari surilgan. Aqli zaif bolalarni maxsus usullar yordamida o‘qitish

181


va tarbiyalash g‘oyasini Iogan Genrix Pestalossi (1746-1827 yillar) tomonidan asoslandi.

Ya’ni bunday bolalar maxsus maktablarda ta’lim dasturini soddalashtirgan holda ishni asta-sekinlik bilan, materialni tez-tez qaytarib, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish ijobiy natija berishligini asoslab bergan.


1918-yili Rossiyada birinchi maxsus ta’lim muassasasi (V.P.Kashenko uyi) tashkil etildi.
  1. Aqliy rivojlanishi, eshitishi, ko‘rishi, nutqida nuqsoni bor bolalar


Homilaning ilk rivojlanish davrida, tug‘ilishida yoki chaqaloqlik davrida mexanik shikastlanish ko‘p hollarda lokal (sezgi, harakat, nutq, eshitish) yoki diffuz (psixik faoliyatdagi buzilishlar) holdagi buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Surunkali somatik kasalliklardan aziyat chekuvchi bolalarda miya faoliyatining funksional dinamik buzilishlar jarayonida jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlar kelib chiqadi. Ba’zida neyroinfeksiyalar ta’siridan, bosh miya shikast- laridan, oiladagi notinchliklar oqibatida yuzaga keladi. Asab tizimining surunkali quvvatsizlanib borishi natijasida ruhiy faollik susayib, bola tez charchaydigan, biron bir faoliyat bilan band bo‘lganda, tinka madori qurib oxiriga yetkaza olmaydi. Dars davomida uxlab qolishlik, diqqatni bir joyga to‘play olmaslik holatlari kuzatiladi. Nutqida, eshitishida nuqsoni bo‘lgan astenik bolalar darsda o‘qituvchi berayotgan ma’lumotlarni to‘la eshita olmaydi, eshitgan taqdirda ham chala eshitib, o‘tilgan mavzudan to‘la to‘kis qoniqish ololmaydi. Shu sababli, o‘qituvchining bergan savoliga tavakkal javob beradi. Bolalarni maktabga qabul qilayotganda bunday nuqsonlarga ahamiyat berilmaydi, ota-onalar esa bu nuqson- larni berkitishadi. O‘qituvchidan doimiy tanbeh olish, sinfdoshlarning kalakasi, kamsitilishlar, qulog‘i og‘ir bolalarda maktabga nisbatan ishtiyoqi yo‘qolishiga olib keladi. Bunday bolalarga tibbiy pedagogik qarov zarur bo‘ladi. Qulog‘i og‘ir ekanligini hisobga olib uni oldi partaga o‘tqazish lozim, balandroq ovozda gapirish, sinfdoshlariga esa, qulog‘i og‘ir bolalar bilan qanday muomala qilish zarurligi to‘g‘risida tushuntirish pedagoglar zimmasiga yuklatilishi zarur. Astenik holatning buzilishi ko‘p holatlarda maktabga nutqi buziq bolalarni qabul qilganda yuzaga keladi. Pedagoglar bunday bolalarni logopedga murojaat etishlari lozim.


Ulgurmovchi o‘quvchilar orasida ruhan sus rivojlangan bolalar ham uchrab turadi. Ularning bilish faoliyati markaziy asab tizimidagi modda almashinuvi buzilishidan kelib chiqqan yengil patalogik o‘zgarishlar vaqtinchalik buzilgan bo‘ladi.
Ruhan sust rivojlangan bolalar aqliy darajasi jihatidan 2 guruhga bo‘linadi:
Yengil nuqsoni bor bolalar bular maxsus sharoitda 1-3 yil ta’lim-tarbiya olganlardan so‘ng o‘qishni umumta’lim maktabining tegishli sinfida davom ettirishlari mumkin.
Ruhiy jihatdan rivojlanishida sezilarli darajada orqada qolgan bolalar - bular o‘rta maktabni bitirgunga qadar maxsus sharoitda o‘qitilishi maqsadga muvofiqdir.
So‘nggi yillarda olimlar ruhiy sust rivojlangan bolalarni klinik-psixologik jihatdan quyidagi xillarga bo‘lishni tavsiya etadilar:

182


Konssitutsional.

Somatogen.
Psixogen.
Serebral shakli.
Konssitutsional xilini xarakterlovchi belgilarga quyidagilar kiradi: bolaning gavda tuzilishi sog‘lom tengdoshlarnikiga nisbatan 1-2 yosh kichik ko‘rinadi. 7 yashar bola o‘zini 5 yashar bolaga o‘xshab tutadi va ta’lim olish uchun hali «yetilmagan» bo‘ladi. Bunday bola o‘quv faoliyatiga yaxshi kirishib ketmaydi, unda o‘qishga qiziqish yo‘q, ish qobiliyati past.
Somatogen xilida surunkali infeksiyalar, allergik holat, tug‘ma porok va shu kabi kasalliklar ayniqsa tez uchrab turganligi tufayli bolada asteniya holati kuzatiladi. Bola o‘z kuchiga ishonmaydigan, tez charchaydigan, injiq, qo‘rqoq bo‘ladi, hech narsaga qiziqmaydi.
Psixogen xilida bola noqulay, noto‘g‘ri sharoitda tarbiyalanadi. Natijada u ham ulgurmovchi o‘quvchilar qatoriga qo‘shilib qoladi. Psixogen xilida bola­larning 50% da asab tizimida organik jarohatlanish kuzatiladi, shuning uchun u nisbatan turgun bo‘ladi. Bu narsa bolaning bilish faoliyati, his-tuyg‘ulari, irodaviy holatlarining rivojlanmasligiga olib keladi, organik infantalizm kuzatiladi. Bola yo ko‘tarinki ruhda, o‘zidan yosh bolalarga o‘xshab yoki aksincha kayfiyati past bo‘lib, mayus tortib yuradigan, ishni mustaqil hal qila olmaslik tashabbus ko‘rsata olmaslik, qo‘rqish holatlari kuzatiladi.
Ruhan sust rivojlangan bolalar maxsus yordamga muhtoj, ular maxsus muassasalarda yoki differensial ta’limga jalb etilishi kerak.
Turg‘un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko‘ra tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin.
Kar-soqov bolalarning 25-30 foizida eshitish nuqsonlari tug‘ma bo‘ladi. Bunga sabab: onaning homiladorlik davrida turli kasalliklar, masalan, gripp bilan kasallanishi, ota-onalarning ichkilik ichib turishi, onaning homiladorlik davrida bilar-bilmas dori-darmonlarni iste’mol qilishi (ayniqsa streptomitsin, xinin, singari dorilarni), homilaning shikastlanishi; irsiyat, genetik faktorlar (quloq tuzilishidagi patologik o‘zgarishlar bo‘lishi, masalan, eshitish yo‘li atreziyasi — bituvi).
Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analizatorining tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy nerv markazi, o‘tkazuvchi yo‘llar yoki quloqning o‘zidagi o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bolaning ilk yoshida otit, parotit (tepki), meningit, meningoensefalit, qizamiq, qizilcha, gripp kasalliklari bilan kasallanishi ba’zi hollarda kar-soqovlik yoki turli darajalardagi zaif eshitishga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda ekologiya masalalalarning keng o‘rganilishi eshitish nuqsonlarining oldini olishda ham katta ahamiyatga ega. Eshitish analizatoriga turli zaharli kimyoviy dorilar juda kuchli ta’sir etib, ayniqsa analizatorning o‘tkazuvchi asab tolalarini ishdan chiqaradi, natijada bola yaxshi eshita olmaydigan bo‘lib qoladi.
Eshitish nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar anomal bolalar kategoriyasiga kiradi, chunki bu nuqson bolaning umuman rivojlanib, kamol topib borishiga, dastur materiallarini o‘zlashtirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

183
Eshtish nuqsonlari bor bolalar maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan o‘qitilishi va tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining yengil darajalari ham bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, bog‘cha va maktab dasturlarining o‘zlashtirishda bir qator o‘ziga xos qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.


Kichik yoshdagi bolalarning eshitish qobiliyati nutqi rivojlangandan so‘ng, masalan, ikki yoshida yo‘qolganida ham karlik natijasida bola atrofdagilar nutqini eshitmaydi va hattoki bilganlarini ham asta-sekin unutadi, boladagi karlik bilan soqovlik qo‘shilib u kar-soqov bo‘lib qoladi. Bolaga o‘z vaqtida maxsus yordam ko‘rsatilmasa, unda aqli zaiflik belgilari ham paydo bo‘ladi. Biroq nuqsonning o‘rnini to‘ldirib, boshqaruvchi jarayonlarni aktivlashtiruvchi maxsus, korreksion rostlaydigan sharoit boladagi nuqsonlarni bartaraf etib, ularning ham nutqiy rivojlanishini, ham umumiy, aqliy rivojlanishini ta’minlaydi.
Zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha tarbiya muassasasi hamda maktab-internatda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Maxsus muassasalardagi tarbiyachi va o‘qituvchilar bunday bolalarning tegishli ta’lim-tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak.
Yuqorida qayd etilganidek, surdopedagogikada eshitish qobiliyati zaif bolalarga kar-soqov, tug‘ma hamda keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib qolgan bolalar kiradi. Zaif eshituvchi bolalar o‘z navbatida eshitish qobiliyatining nechog‘lik buzilganiga qarab yengil, o‘rta va og‘ir darajali kamchiligi bor bolalarga bo‘linadi. Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar ovoz bilan gapirilgan nutqni 6-8 m masofadan ovoz chiqarmay, shivirlab gapirilgan gapni quloq suprasidan 3-6 m masofada eshitadi. O‘rta darajadagi qulog‘i og‘ir bolalar ovoz chiqarib gapirilgan gapni 4-6 m, ovozsiz pichirlab gapirilganini 1-3 m masofadan eshitadi. Og‘ir darajali qulog‘i zaif eshitishda bola o‘rta me’yor- da ovoz bilan gapirilgan gapni quloq suprasidan 2 m, shivirlashni 0,5 m masofa­dan eshitadi, xolos.
Qulog‘i og‘irlik natijasida bola nutqida bir qator kamchiliklar kuzatiladi: lug‘atining kambag‘al bo‘lishi, grammatik komponent rivojlanmagan — gap ichida so‘zlarni tashlab ketish, so‘zlarni noto‘g‘ri ishlatish, ularni o‘zaro bog‘lay olmaslik, kelishik, so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni ishlata olmaslik; tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish — o‘xshash, jarangli-jarangsiz undoshlarni bir-biri bilan adashtirish, tushirib ketish va boshqalar shular jumlasidandir.
Bola nutqidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini bilmaslik orqasida ayrim tarbiyachi va o‘qituvchilar bolani dangasa, mas’uliyatsiz, bezori deb, unga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishadi, natijada bola injiq, yig‘loqi, serjahl, gap o‘tmas bo‘lib qoladi, ya’ni unda ikkilamchi ruhiy o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.
Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar sog‘lom tengdoshlari qatorida ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda ta’lim-tarbiya olishi mumkin. Biroq ularga alohida munosabatda bo‘lish, ular uchun qulay shart- sharoitlar yaratish talab etiladi.
Uzluksiz ta’lim tizimida O‘zbekistonda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab va kasb-hunar kollejlarida

184
maxsus guruhlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu toifadagi bolalar uchun tashkil etilgan maktab-internatlarda maktabgacha tarbiya bo‘limi hamda umumta’lim maktab bo‘limi mavjud. Ushbu muassasalarda ta’lim umum ta’lim 9 yillik ta’limning davlat talablari va dasturlari asosida amalga oshiriladi.


Eshitish qobiliyati zaiflashgan bolalar bilan ishlashda surdopedagoglar katta yutuqlarga erishmoqdalar. Ushbu toifadagi anomal bolalar maxsus kechki maktablarda ta’lim olganlaridan keyin oliy o‘quv yurtlarini ham muvaffaqiyatli bitirib chiqmoqdalar, mamlakatimizning turli korxonalarida hamma bilan baravar mehnat qilmoqdalar. Demak, eshitish nuqsonlarini bartaraf etish, to‘la kompensatsiyalash, mumkin. Tarbiyachi va o‘qituvchilarning asosiy vazifasi — sog‘lom bolalarni zaif eshituvchi bolalardan ajratib, ularga alohida yondashish, zarur bo‘lsa, ularning «maxsus muassasalarda ta’lim-tarbiya olishini yoki integratsiyalashgan ta’limga jalb etilishini ta’minlashdan iborat.
Maxsus muassasalarda o‘z fikrini og‘zaki ifodalay olmasligini his etgan o‘quvchi yozma shaklda bayon etishni bilishi kerak. Buning uchun o‘quvchilarni o‘z fikrini og‘zaki, yozma bayon etishga o‘rgatish amaliy nutqiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish asosida amalga oshiriladi.
Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda so‘zlashuv (og‘zaki, yozma) nutqni shakllantirish yuzasidan dars va mashg‘ulotlarda muayyan tizimdagi mashqlar asosida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati tashkil etiladi, didaktik vositalarning barcha turlarini nutqiy jarayonga moslay olish talab etiladi. Nutqiy materiallarning amaliy egallanishini ta’minlash uchun maxsus sodir etilgan muammoli nutqqa (gapirish, yozib tushuntirishga) ehtiyojni tug‘diruvchi vaziyatlar oldindan rejalashtiriladi. Bunda nutqiy materiallar fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarida, rejalashtirishlarda oldindan belgilangan bo‘ladi, ya’ni korreksion-pedagogik jarayon muayyan tizim asosida amalga oshiriladi.
Har bir dars uchun nutqiy materiallar korreksion-kommunativ tizim tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda (o‘quvchilarning eshitish, talaffuz qilish imkoniyatilariga mos, talaffuzi yaqqol va eshitilish diapazoni yengil, oddiydan murakkabga, noo‘xshashlikdan-o‘xshashlikka boruvchi tartibda) tanlanadi va tayyorlanadi.
So‘zlashuv nutqiga ehtiyojni tarbiyalash oiladan boshlanishi, ya’ni maktabda egallangan nutqiy ko‘nikma va malakalar oilada tabiiy vaziyatlarda mustahkamlanishi va o‘quvchilar amalda (erkin, qo‘rqmasdan, uyalmasdan) qo‘llashlariga erishish uchun keng sharoit yaratilmoqda. Ushbu sharoit oila a’zolari ishtirokida yaratiladi. Ularning kar bola bilan keng muloqoti va iliq munosabati bolaning keyingi bosqich ta’lim-tarbiyasiga va umuman taqdiriga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan hisoblanadi.
Kar va zaif eshituvchi bolalarning nutqiy axborotni qabul qilish va uzatish imkoniyati eshitish (har qanday daraja karlikda u ma’lum miqdorda bo‘ladi) qoldig‘idan optimal ravishda foydalanishga bog‘liq bo‘lganligi tufayli maxsus muassasalarda ta’limni ovoz kuchaytiruvchi apparatlar asosida olib borish talab etiladi. Sinflar maxsus jihozlanadi. Ya’ni maktab-internat moddiy-texnika negizining yo‘nalishga mos shakllanishi ta’lim mazmunining samaradorligini oshiradi.

185
Kar va zaif eshituvchi bola o‘z ona tilini shu til qonuniyatlari, xususiyatlaridan kelib chiqqan, mazkur bolaning ruhiy, nutqiy imkoniyatlariga moslashtirilgan, korreksion-kommunikativ tamoyillarga asoslangan va mahalliy sharoitlarni inobatga olgan maxsus yondashuv asosida egallaydi.


Maxsus maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya jarayonini, xususan ona tili ta’limini amalga oshirishda o‘quvchilarning fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalashga o‘rgatishda daktil belgilardan tegishli bosqichlarda o‘rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda so‘zlashuv (og‘zaki, yozma) nutqni shakllantirishga ijtimoiy ehtiyoj sifatida yondoshish dolzarb masaladir. Buni amalga oshirish mazkur bolalarning jamiyatga moslashuvi, ularning borliqni anglashlari hamda ularni atrofdagilar qanchalik tushunib qabul qilishlari bilan belgilanadi.
Kar va zaif eshituvchi bola jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa ijtimoiy munosabatlarning barchasida me’yorda rivojlangan, sog‘lom tengqurlari qatorida o‘z ona tilida bemalol, erkin, samarali va barcha uchun (nafaqat o‘zi kabi taqdirdoshlari) tushunarli tarzda muloqot qila olishini ta’minlash mumkinligi amalda o‘z isbotini topmoqda.
O‘quvchilarning nutqiy axborotni qabul qilish va uzatish imkoniyatini rivojlantirish, o‘z ona tilida sog‘lom tengqurlari kabi so‘zlashish, fikr almashishini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-korreksion jarayonni yagona tizim asosida amalga oshirish orqali takomillashtirilmoqda.
Kar va zaif eshituvchi bolalar maktablari o‘quv rejasiga «Labdan o‘qish» ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash mashg‘ulotlari kiritilgan.
Eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar maxsus maktab-internatlarining barchasi ovoz kuchaytiruvchi apparatlar bilan ta’minlangan, xonalari maxsus tovush qaytarmaydigan qoplamalar bilan jihozlanadi, sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni maqsadli amalga oshirish uchun sharoitlar yaratilgan.
Ko‘rish bolaning hayotiy faoliyatida va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ko‘rishdagi nuqsonlar bolaning ruhiy, jismoniy rivojlanishida ikkilamchi nuqsonlar kelib chiqishiga olib keladi. Tiflopedagogika fanida ko‘rish nuqsoni darajasiga hamda o‘quv materialni idrok qilishga ko‘ra quyidagi guruhlar farqlanadi:



  1. Yüklə 1,33 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin