24. Sharq uyg‘onish davrida pedagogik fikrlar rivojlanshi
IX-XI asrlar sharq uyg‘onish davri.
Al-Xorazmiyning pedagogik qarashlari.
A.N.Forobiyning asarlarida pedagogik fikrlar.
Al-Beruniyning ilmiy pedagogik qarashlari.
Yu.X.Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari pandnoma asar sifatida.
A. Yugnakiyning «Hibbat-ul haqoyiq»asarida didaktik qarashlar.
Kaykovusning «Qobusnoma»asarining tarbiyaviy ahamiyati.
IX-XI asrlar sharq uyg‘onish davri
IX-XI asrlar sharq uyg‘onish davrining dastlabki bosqichi bo‘lib, bu davrda arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etdi. Ana shu madaniy ko‘tarilish butun Arab xalifaligini, Yaqin va O‘rta Sharqni qamrab olganligi uchun ham Sharq Uyg‘onish davri deb ataldi. Bu Uyg‘onish jarayoni IX asrdan boshlab XV-XVI asrlargacha davom etdi.
Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg‘onish davri xalifalikning Bag‘dod, Damashq, Halab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham madaniy rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etdi. Xalifalik yemirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi.
Xalifa Horun ar-Rashid va uning o‘g‘li al-Ma’munning hukumronlik davrida Bag‘dodda «Bayt ul-hikma» («Donishmandlik uyi») (hozir Akademiya ma’nosida) tashkil topadi. Mazkur Akademiya ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. Uning qoshida kutubxonasi tashkil etiladi. Akademiya 819-833-yillari yanada rivojlangan. Akademiyada ikki rasadxona bo‘lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog‘doddagi bu ilm markazi, o‘z navbatida, Sharq va g‘arbda ilm- fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning rivojlanishiga ta’sir etgan. Bu o‘rinda xalifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqida ko‘rsatgan homiyligini alohida ta’kidlash joiz.
Zero, xalifa al-Ma’mun ilm-fanni juda qadrlagan. IX asr boshlaridan xalifalikning Xurosondagi noibi bo‘lib turganda ham Movarounnahr va Xurosondagi olimlarni to‘plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, al-Xuttaliy, al-Javhariy, al-Marvazviy kabi vatandosh olimlarimiz ham bo‘lgan. Al-Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tirgach u olimlarning barchasini Bag‘dodga chaqirib oladi va «Bayt ul-hikma» — Donishmandlik uyi («Ma’mun akademiyasi»)da arab olimlari bilan hamkorlikda ilm-fan ravnaq topadi.
Qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular xoh yunon, xoh arab, xoh Movarounnahr va Xuroson xalqining antik davrlar madaniyati bo‘lsin, Uyg‘onish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qildi.
212
Agar arablar Markaziy Osiyoni bosib olib, bu yerda ilgari mavjud bo‘lgan fan va madaniyat o‘choqlarini yo‘qotgan bo‘lsalar, ko‘p o‘tmay qadimiy ilmiy an’ana asta-sekin tiklanib, natijada ilm-fanning yetuk siymolari yetishib chiqa boshlaydi. Bular barchasining bir-biriga qo‘shiluvi natijasida Sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va taraqqiy etadi.
Yaqin va O‘rta Sharqda, jumladan, Eron, Kavkaz va Movarounnahrda savdo aloqalarining rivojlanganligi, ilm-fan, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, moddiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining madaniy yuksalishiga olib kelgan asosiy sabab - feodal munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilgani bo‘ldi. Bu davr madaniy taraqqiyotida Arab xalifaligiga bo‘ysungan mamlakatlar xo‘jalik-iqtisodiy aloqalarining kuchayishi va natijada turli madaniyatlar hind, Movarounnahr, Eron, Arab, Misr, grek-yunon-rim madaniyatlarining yaqindan o‘zaro aloqasi va bir-biriga ta’sir etib borishi katta ahamiyat kasb etdi. Haqiqatan ham bu davrda iqtisodiyot taraqqiy etdi, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik rivojlandi.
Bu davrda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydonlari kengaydi, ko‘plab sug‘oriladigan yerlar ochildi, sug‘orish inshootlari tiklandi, yangilari qurildi, paxta, zig‘ir, kanop ekilib, ularning tolasidan mato to‘qildi. Movarounnahrda, xususan, Xorazm, Urganch, Farg‘ona, Samarqand va Buxoroning to‘qimachilik mahsulotlari, ayniqsa, Samarqand va Buxoro shoyisi dunyoga mashhur bo‘lgan.
Qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarilishi savdoning rivojlanishiga yo‘l ochdi. Natijada Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Vizantiya bilan savdo ishlari ko‘lami ortib bordi.
Pireney yarimorolining arablar tomonidan bosib olinishi insoniyat tarixining yangi sahifalarini ochdi. Bu jarayonning, ayniqsa, Ovrupo uchun ahamiyati beqiyos bo‘ldi. Sharq faqatgina Ovrupo madaniyatining rivojiga ta’sir etibgina qolmay, balki umuman, Ovrupolik odamning psixologiyasi, tafakkuri, xarakteri, hayot tarzini, tarixiy jarayonni tubdan o‘zgartirib yubordi. Bu esa o‘z navbatida matematika, falsafa, astronomiya, tabiiyot, tibbiyot, xulq-odob, turmush-tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’sir etdi.
asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlar- Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo‘lishi xalifalikning yemirilishi hamda madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi.
Bu davrda pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘zgarishlar, albatta, madaniy hayotga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.
Somoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o‘sha davrning madaniy markazlari sanalardi.
Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilardi. Rasmiy hujjatlar arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilardi. X asr o‘rtalariga kelib, fors tilida ham ish yuritila boshlandi.
213
Bu shaharlardagi maktablarga hatto tevarak-atrofdagi qishloqlardan oddiy xalq bolalari ham kelib o‘qiganligi manbalarda keltiriladi.
O‘sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bo‘lgan. Kitob do‘konlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy munozaralar o‘tkazganlar.
Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud bo‘lgan.
Amir kutubxonasini o‘sha davrdagi Sheroz kutubxonasi bilan bellasha oladigan yagona kutubxona sifatida tan olganlar.
Saljuqiylar davrida Alp Arslon Muhammad hokimiyatni boshqarganda uning vaziri Nizomul mulk o‘z davrining mashhur siyosiy arbobi va eng ma’rifatparvar kishilaridan bo‘lgan.
Saljuqiylar hokimiyati harbiylashgan bo‘lib, bu hokimyatning ichki va tashqi siyosatini Nizomul mulk boshqarar edi. U hokimiyatni boshqarish uslubini ishlab chiqadi va o‘zining «Siyosatnoma» asarini yaratadi (1091-1092-yillar). Bu asarda davlatni boshqarish tamoyillari bayon etiladi. Nizomul mulk maorifni rivojlan- tirishda katta xizmat qiladi. 1067 -yili Bag‘dodda o‘zining shaxsiy jamg‘armasiga o‘sha davrning eng mashhur o‘quv yurti - «Nizomiya» madrasasini qurdiradi. U olimlar, din peshvolari, so‘fiylarga katta e’tibor berib, g‘amxo‘rlik qiladi. Uning katta xizmatlaridan yana biri - uning davrida taqvimning isloh qilinganidir.
asrda Xorazrada ilm-fan taraqqiy etadi. Xorazm shohi Ma’mun II o‘z saroyiga zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan «Majlisi ulamo» - «Ma’mun akademiyasi» deb nom qoldirgan. Bu akademiyaning rivoj topishida Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, tarixchi Miskavayh, riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Sahl al-Masihiy, tabib Abulxayr Hammor kabi olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining o‘rni beqiyosdir. Lekin toj-taxt uchun kurash natijasida bu ilm dargohi o‘z faoliyatini to‘xtatib, olimlar tarqab ketadi.
Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko‘tarilish Sharq Renessansi -Uyg‘onish davrining boshlanishiga olib keldi.
Movarounnahrda ilm-fan va ma’rifat sohasida o‘z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo‘lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o‘z ilmiy merosida ta’limiy-axloqiy asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g‘oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Al-Xorazmiyning pedagogik qarashlari
Muhammad al-Xorazmiy (783-850) insonning kamolga etishi va insoniy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda ilm-fanning muhim ahamiyati to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surgan.
Alloma o‘zigacha bo‘lgan ilmiy bilimlarning asosiy g‘oyalari, metodlarini sintezlashtirdi. U ilmiy bilimlarni o‘rganuvchilarning mustaqil bilim olishlariga e’tiborni qaratdi.
214
Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan bilimlaridan foydalanishga katta e’tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni to‘plash, ularni ifodalash va kuzatganlarni tushintira olish malakalarini hosil qilishga katta baho berdi. Masalan, «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr val muqobala» asarida olimlarni uch guruhga bo‘lib, shunday yozadi: «Ulardan biri o‘zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o‘zib ketadi va uni o‘zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qodiradi. Boshqasi o‘zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yo‘lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. Yoki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to‘playdigan odam bo‘lib, u o‘zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo‘ladi, takabburlik qilmaydi va o‘zi qilgan ishidan mag‘rurlanmaydi».
Muhammad al-Xorazmiyning bu fikrlari bir tomondan, olimlar faoliyatining ezgulikka xizmat qilishini yoritsa; ikkinchi tomondan, o‘sha davrda ilmiy tadqiqot ishlari va o‘qitishning metod va vositalaridan qay darajada foydalanganligini ko‘rsatadi.
Barcha mutafakkirlar kabi Muhammad al-Xorazmiy ham ko‘rgazmali-tajriba metodlari, bilim berishning turli vositalari, savol-javob, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan foydalangan. Muhammad al-Xorazmiy bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilish haqida fikr bayon etgan: sezgi orqali bilish bu qisman bilish bo‘lsa, mantiqiy bilish haqiqiy bilimning muhim tomonini namoyon etadi.
Muhammad al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo‘shdi. U birinchilardan bo‘lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi. Alloma ilmiy faoliyatining metodologik jihatlariga katta ahamiyat berdi.
A.N.Forobiyning asarlarida pedagogik fikrlar
Abu Nasr Forobiy hijriy 260-yil (milodiy 873-yil)da Shosh - Toshkentga yaqin Forob (O‘tror) degan joyda harbiy xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Forobda boshlang‘ich ta’limni olgach, Shoshda, Buxoroda, Samarqandda ta’lim olganligi haqida ma’lumotlar bor. Lekin arab xalifaligining yirik madaniy markazi Bag‘dodga turli tomonlardan kelgan olimlar yig‘ilganligi, uning yirik ilmiy markazga aylanganligi tuyfayli Forobiy ham ilm olish istagida Bag‘dodga jo‘naydi. Bag‘dodda Forobiy turli fan sohalarini o‘rganadi. Masalan, unga yunon tilida Abu Bashar Matta (Matta ibn Yunus), tibbiyot va mantiqdan Yuxanna ibn Haylon (Jilon) ta’lim bergan. Umuman, Forobiy Bag‘doda matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, tabiiyot, huquq, tilshunoshk, poetika bilan shug‘ullandi, turli tillarni o‘rgandi.
Ba’zi manbalarda Forobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi haqida gapiriladi.
Abu Nasr Forobiy qomusiy olim hisoblanadi. Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asar yaratganligini qayd etadilar.
Forobiy taxminan 941-yillardan boshlab Damashqda yashaydi. Shahar chekkasidagi bog‘da qorovul bo‘lib ishlaydi va faqirona hayot kechirib, ilmiy ish bilan shug‘ullanadi. 943-967-yillari esa Halabda yashaydi. 949-950-yillarida
215
Misrda ham bo‘lgan. So‘ng yana Damashqqa qaytib, shu yerda 950-yili vafot etgan. Damashqdagi «Bob as-sag‘ir» qabristoniga dafn qilingan. Abu Nasr Forobiy ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan olim. U tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilim- larning barcha sohalarida ilmiy ish olib borgan. Forobiy o‘zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilim- larning turli sohalarida asarlar yaratgan. Demak, Forobiy inson baxt- saodatga erishuvi uchun ularni baxtli-saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo‘lishi kerak deydi.
Forobiy odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga bo‘ladi. Bunda u kishilarning diniy mansabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy xususiyatlari, qobiliyatlari, iqtidori, bilim ko‘mkmalariga e’tibor berish zarur, deydi. U o‘zning «Baxt-saodatga erishuv yo‘llari haqida risola» asarida «Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, deb yozadi. Bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo‘lga kiritiladi. Forobiy davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim, deydi; ya’ni jamoani idora etuvchi adolatli, dono bo‘lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan ko‘ra olishi, boshqalarga g‘amxo‘r bo‘lishi lozim deydi.
Forobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim-tarbiyada nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi - «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ixso al-ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to‘g‘risida» kabi asrlarida allomaning ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari ifoda topgan.
Forobiy ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo‘lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o‘z o‘rni bo‘rligini alohida ta’kidlaydi.
Forobiy «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida» asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida fikr yuritadi. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu - olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o‘rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o‘rganish lozim. Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat, o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi, deydi.
Forobiy inson kamolotga yolg‘iz o‘zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo‘lish, ularning ko‘maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo‘ladi. Uning fikricha, tarbiya jarayoni tajribali pedagog, o‘qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhum. Chunki har bir odam ham baxtni va narsa-hodisalarni o‘zicha bila olmaydi. Unga o‘qituvchi lozim.
Forobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’limni - insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya - muayyan hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan axloq normalari va amaliy malakalarni o‘rgatishdir, deydi olim.
216
Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishi o‘rganishdir.
Forobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq-odobda ham qay darajada pok bo‘lishi kerakligini uqtiradi. Bunga xulq-axloqni faqat so‘zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shunday so‘ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo‘lini tushunib olishga bosh- lovchi (notiq - so‘zlovchi, fikrlash ma’nosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur.
Forobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali bo‘lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko‘pchilik manfaatini yuqori qo‘yish, haqiqat, ma’naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik kabi xislatlarni tushunadi. Ammo bu xislatlarning eng muhumi har bir insonning bilimi, ma’rifatli bo‘lishidir. Shuning uchun ham Forobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog‘liq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Forobiyning axloqni xulq me’yorlari ifodasi sifatidagina emas, balki kishilar aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etganligini ko‘ramiz. Forobiy «Aql ma’nolari haqida» risolasida aql masalasini tahlil qilib, aql bilish haqidagi ta’limotda mantiq (logika) ilmi muhim o‘rin tutadi, deydi. U mantiq ilmi bilan grammatika o‘rtasidagi mushtaraklikni qayd etib, mantiqning aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir; grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo‘lga yo‘naltirib turadi, deydi.
Forobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o‘rganilsa, tarbiyada ma’naviy-axloqiy qoidalar, odob me’yorlari o‘rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi.
Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta’lim - tarbiya ishlarini ikki yo‘l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.
Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasiga kelganda, bu odat ikki yo‘l bilan hosil qilinadi: bulardan birinchisi — qanoatbaxsh, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi, malaka vujudga keltiriladi, odamdagi g‘ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi yo‘l (yoki usul) - majbur etish yo‘li. Bu usul gapga ko‘nmovchi, qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qo‘llaniladi. Chunki ular o‘z istaklaricha so‘z bilan g‘ayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy bilimlarni o‘rganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi bo‘ladi. Kasb- hunarlarni, san’atni egallashga intilish bo‘lmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. Chunki shahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad - ularni ijobiy fazilat egasi qilib, san’at ahllariga aylantirishdir.
Demak, Forobiy ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga yetkazish maqsadini ko‘zlaydi.
Xulosa qilib aytganda, Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil insonni shakllantirish, insonni o‘z mohiyati bilan ijtimoiy, ya’ni faqat jamiyatda, o‘zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarashi turadi.
217
Al-Beruniyning ilmiy pedagogik qarashlari
Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (milodiy 973-yil 4-sentabr) da Xorazm- ning Qiyot (Kot) shahrida dunyoga keldi. Boshlang‘ich ta’limni olgach, o‘sha davrda fan-madaniyat taraqqiy etgan Xorazmning peshqadam olimlaridan saboq oladi.
Beruniy Xorazm tili bilan birga, arab, so‘g‘d, fors, suryoniy, yunon tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o‘rgangan. U yunon klassik ilmi, astronomiya, falsafa, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, filologiyadan ham chuqur bilim oladi.
Beruniy yirik olim Abu Nasr ibn Iroqdan Yevklid geometriyasi, Ptolomeyning astronomik ta’limotlaridan dars olgan.
Bundan tashqari, o‘zidan oldin o‘tgan Muhammad Xorazmiy, geograf olim Abul Abbos, Ahmad Farg‘oniy, Marvaziy, Javhariy, Abu Nasr Forobiy, Abul Vafo Juzjoniy, seyistonlik Abu Said as-Sijiy, Abu Muhammad Hamid Xo‘jandiy va boshqalarning asarlarini mustaqil o‘rganadi.
995-yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masa- lalarini hal etish bilan birga, Sharqda birinchi bo‘lib, globus yasadi va astrono- raiyaga oid bir necha kitob yozdi («Kartografiya», «Globus yasash kitobi», «Yerdagi joylarning uzunlama va kenglamalarini aniqlash haqida maqola» va boshqalar).
Beruniy hali yosh olim bo‘lishiga qaramay, Kotda 994-995-yillari astronomik asboblar ixtiro qilib kuzatishlar o‘tkazgan.
O‘sha davrda Kaspiy bo‘yi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir yosh olimga xayrixohlik ko‘rsatadi, «Shamsal-maoliy» («0liy martabalar quyoshi») laqabi bilan mashhur bo‘lgan bu podshohga bag‘ishlab Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini Yaqin va O‘rta Sharqqa mashhur qildi.
1004-yili Beruniy Ma’mun II ibn Ma’mun tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi va uning yaqin maslahatchisi etib tayinlanadi.
Ma’mun davrida Urganchda «Majlisi ulamo» - «Ma’mun akademiyasi» nomli ilmiy markaz tashkil etiladi va u yerda musulmon Sharqining yirik olimlari faoliyat ko‘rsatadilar.
Beruniy bir necha yil kamyob maetallar va qimmatbaho toshlar ustida tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari asosida «Mineralogiya» asarini yaratadi.
1017-1018-yillari yana taxt va hokimiyat uchun kurash bo‘shlanib, Movarounnahrda Qoraxoniylar davlati barpo etiladi. Xurosonda Mahmud G‘aznaviy (998-1030) hukmronligi o‘rnatilib, qoraxoniylar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Xorazm Mahmud G‘aznaviy davlatiga tobe bo‘ladi.
Ma’mun akademiyasidagi ko‘plab olimlar qatori Beruniy ham g‘aznaga olib ketiladi va u yerda ijodini davom ettiradi.
1030-yili Buruniy o‘zining Sharq va G‘arbda keng e’tirof qilingan mashhur «Hindiston» asarini yaratadi.
218
Kitobning to‘liq nomi «Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi» bo‘lib, aytishga qulay bo‘lishligi uchun qisqacha «Hindistonga oid tadqiqlar» yoki «Hindiston» deb yuritiladi.
Akademik V.R.Rozen asarni «Sharq va g‘arbning qadimgi va o‘rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo‘q», -deb baholaydi. Hindiston olimi Hamid Rizo esa, olim haqida gapirib, «Hind madaniyatining chigal muammolarini biron-bir o‘rta asr yoki hozirgi zamon muallifi Abu Rayhon Beruniydek muvaffaqiyatli ravishda tushunib yetmagan. Uning «Hindiston» asari qadimgi Hind madaniyati va fanining klassik namunasi bo‘lib qoladi», deydi.
Asarda Beruniyning Hindiston haqidagi barcha qarashlari o‘z ifodasini topgan.
1030-yili Mahmud G‘aznaviy vafot etadi. Uning kichik o‘g‘li Muhammad voris sifatida taxtga o‘tirgan bo‘lsada, ko‘p o‘tmay Mahmudning katta o‘g‘li Mas’ud (1030-1041) ukasini taxtdan ag‘darib, o‘zi hokimiyatni qo‘lga oladi. Bilimdon va zukko, ilm ahlini qadrlovchi Mas’ud Beruniyni o‘z himoyasiga olib, uning ijod qilishiga sharoit yaratib beradi.
Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O‘quvchiga bilim berishda:
o‘quvchini zeriktirmaslik;
bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;
uzviylik, izchillik;
tahlil qilish va taqqoslash;
ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa, soddadan qiyinga qarab borish;
takrorlash;
yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etishga e’tibor berish kerakligi uqtiriladi.
Beruniy fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirilgan barcha boyliklarni qunt bilan o‘rganishga da’vat etadi.
Olim ilm toliblariga qalbni yomon illatlardan, inson o‘zi sezishi mumkin bo‘lmagan holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, behuda raqobatdan, ochko‘zlikdan, shon-shuhratdan saqlanish zarurligini uqtirgan.
U barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikda deb biladi. Ilmlarni egallashda esa shaxsda intilish va qiziqish, muhitni alohida ko‘rsatib o‘tadi.
Bilim olishda tushunib o‘rganish, ilmiy tadqiqotchining poklikka rioya etishiga alohida e’tibor beradi. Jamiyatning ravnaqi, ma’rifatning rivojiga bog‘liq degan g‘oyani ilgari suradi.
Beruniy bilim olishni axloqiy tarbiya bilan bog‘laydi. Zero, insonda komillikning muhim mezoni yuksak axloqlilikdir, deydi .
Beruniy inson kamolotida axloqiy tarbiyaning muhim o‘rnini ta’kidlashini uning yuqorida qayd etilgan «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Kitob as-Saydana», «al-Qonuni al-Mas’udiy», «Giodeziya» va boshqa asarlarida ko‘ramiz.
219
Beruniyning fikricha, axloqlilik insonning eng asosiy sifati bo‘lishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o‘zaro muloqoti, ijtimoiy muhit
jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi.
Beruniy axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan holda ta’rif beradi. Axloqiylik yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash natijasida namoyon bo‘ladi va tarkib topadi, deydi u. Yaxshilik va yomonlik insonning xulq- atvorini belgilaydigan mezondir.
Insonning axloqiy kamolga yetishi muammosi ta’lim-tarbiyada markaziy masala bo‘lib kelgan.
Abu Rayhon Beruniy ezgu tilakka yetishga to‘sqinlik qiluvchi ziqnalik, yolg‘onchilik, munofiqlik, manmanlik, takabburlik kabi nuqsonlarni qoralaydi, boylikka ruju qo‘yish va ta’magirlik, g‘azab va johillik inson uchun eng ashaddiy dushman deb qaraydi.
Mutafakkir jamiyatda adolat o‘rnatish, uni yovuzliklardan xalos etish uchun dono, adolatli hukmdor bo‘lishi kerak, deydi.
Beruniy kundalik turmush masalalariga ham katta e’tibor bergan. Har bir axloqan barkamol inson o‘zining turmush tarzini uyg‘un, go‘zal eta oladi. Uyg‘unlik, go‘zallik va nafosatning asosi sanaladi. Beruniy insoniy xislatlardan muhimi - ozodlik, tarbiyalilik bo‘lsa, insonga eng yaqin narsa uning tabiati, ruhi, deydi. Shuning uchun inson o‘z tabiatiga yoqadigan ishlarni bajarishi zarur, deb ko‘rsatadi. Bunda insonning ichki dunyosi bilan tashqi go‘zalligi, turmush tarzidagi go‘zallikning uyg‘un bo‘lishi talab etiladi. Bunga inson kiyadigan kiyimidan kundalik turmushdagi yurish-turushi, so‘zi, qalbi, qilgan ishi - hammasining go‘zal bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan.
Har bir shaxsda sharm-hayo, ozodalik, nafis did, iffat, latofat, shirinsuxanlikning tarkib topishi turmushning go‘zal bo‘lishiga olib keladi.
Olimning inson turmushiga xos xulq-odob qoidalari haqidagi fikrlari pedagogik jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Inson ham ichki, ham tashqi tomondan go‘zal bo‘lsagina haqiqiy kamolotga erishishi mumkin. U ozodlikni olijanoblik bilan tenglashtiradi. Inson doimo bularga rioya etishi zarur, deb ta’kidlaydi. Bunda inson o‘zini boshqara olishga qodir bo‘lishi, har bir yetuk inson uchun zarur bo‘lgan xislatlarni tarkib toptirishda kuch va irodaga ega bo‘lishi zarur, deydi. «Minerologiya» asarida bu fikrni quyidagicha ifodalaydi: «Inson o‘z ehtiroslariga hukmron, ularni o‘zgartirishga qodir, o‘z jon va tanini tarbiyalar ekan, salbiy jihatlarni maqtagulik narsalarga aylantirishga hamda asta-sekin, axloq haqidagi kitoblarda ko‘rsatilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga qodirdir».
Beruniy insonni kamolotga yetaklovchi xislatlardan yana biri olijanoblik deb ko‘rsatadi.
Olijanoblikning mazmunini yaxshilik tashkil etadi. Bunda olim insonga inson sifatida muomala qilishni nazarda tutadi.
Eng muhimi, mutafakkir inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo‘ladi. Og‘ir mehnat sifatida binokor, ko‘mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa ilm ahli - olimlar mehnatiga alohida e’tibor berish, hayrixoh bo‘lishga chaqiradi, ularni ma’rifat tarqatuvchilar, jamiyat
220
ravnaqiga hissa qo‘shuvchilar deb, biladi: shu bilan birga, og‘ir mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida gavhar izlovchilar, dehqonlar haqida gapirib, ularning mehnatini rag‘batlantirib turish kerak, deydi. Ayniqsa, podshohlar bunday mehnat ahliga g‘amho‘r bo‘lishi kerakligini alohida eslatadi. Chunki ana shu mehnat ahli ular hukmronligining tayanchi, deb ta’kidlaydi.
Olim bolalarni mehnatga o‘rgatish metodlari, yo‘llari haqida ham fikr yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga o‘rgatish kerak, deydi. Mehnat tarbiyasida o‘sha davr tarbiya an’anasiga binoan katta ahamiyat beradi. Buni E.To‘raqulov va S.Rahimov «Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta’lim-tarbiya haqida» nomli risolalarida juda yaxshi bayon etganlar. Shuning uchun ham Beruniy inson har tomonlama kamolga yetishi uchun u ilmli bo‘lishi bilan birga, mehnatsevar va hunar egasi bo‘lishi ham kerak, deydi.
Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasi ham e’tirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir.
Muayyan bir davrda olimlar inson kamolotiga irsiyat, muhitning ta’sirini inkor etib, faqat tarbiyani tan oldilar. Lekin Beruniy o‘z zamondoshlari - buyuk mutafakkirlar Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino kabi inson kamolotida har uchalasini ham muhim deb hisoblaydi. Ya’ni u insonning kamolotga yetishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot asosiy o‘rin tutadi, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va ijtimoiy turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi, deydi.
Abu Rayhon Beruniy nazarida, inson kamolga yetishining eng muhim omillari ilm-ma’rifatli bo‘lish va yuksak axloqlilikdir. Beruniy ilmiy bilishga oid, ta’lim metodlari haqidagi qarashlari bilan ta’lim nazariyasida o‘ziga xos maktab yaratdi.
Yoshlarni tarbiyalashda esa axloqiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila tarbiyasi, insonning shaxsiy gigiyenasi, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik haqidagi tushunchalar katta ahamiyatga egadir. Olim axloqlilikning belgilari sifatida yaxshilik, to‘g‘rilik, adolat, kamtarlik, saxovat, olijanoblik, do‘stlik va hamkorlik, mehnat va hunar egallash, poklik, go‘zallikka intilish kabilarni ilgari surgan. Bularning barchasini u yaratgan asarlaridagi ijtimoiy- falsafiy fikrlarga bog‘lab tushuntirgan.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid fikrlari faqat o‘z zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta’lim- tarbiya ishlarini takomillashtirishda ham katta ahamiyatga ega.
Zero, uning o‘zi ham haqiqiy komil insonga xos xislatlarga ega ekanligini, hayotiy va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma’naviy meros qoldirdi.
Beruniy Sharq uyg‘onish davri qomusiy olimlaridan biri sifatida nom qozondi.
Mashhur sharqshunos olim J.Sarton jahon fani tarixida XI asrning birinchi yarmini Beruniy davri deb atadi. Uni o‘z davrining jahondagi birinchi donishmandi deb baholadi.
Beruniyning ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlarni qamrab olgan 150 dan ortiq yirik ilmiy asarlar yaratganligi ham bu fikrning g‘oyat o‘rinli ekanligini tasdiqlaydi.
221
Yu.X.Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari pandnoma asar sifatida
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» («Baxt saodatga eltuvchi bilim, ta’lim» degan ma’noni bildiradi) asari ta’limiy - axloqiy asar sifatida pedagogika tarixida eng yuqori o‘rinlarda turadi. «Qutadg‘u bilig» pand-nasihat, ta’lim- tarbiya, barkamol insonni tarbiyalash masalalarigia oid yetuk didaktik asardir. Asar 6500 baytdan yoki 13000 misradan iborat. Mazkur asarning shuhrat topishiga sabab, u o‘z asarida tibbiyot, falakiyot, tarix, tabiiyot, jo‘g‘rofiya, riyoziyot, xandasa, falsafa, adabiyot, diplomatiya, fiqh sohasiga oid fikrlarni bayon etib, faylasuf va olim sifatida tanildi. Shuning uchun ham «Qutadg‘u bilig»ni chinliklar (Xitoy) «Adab ul-muluk» («Hukmdorlar odobi»), mochinliklar (Sharqiy Turkiston) «Anis ul-mamolik» («Mamlakatning tartib usuli»), eronliklar «Shohnomai turkiy», Sharq elida «Ziynal ul-umaro» («Amirlar ziynati»), turonliklar «Qutadg‘u bilig», ba’zilar esa «Pandnomai muluk» («Hukmdorlar nasihatnomasi») deb ataydilar.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarini ilmiy jihatdan o‘rganishga juda ko‘p olimlar hissa qo‘shgan. V.V.Radlov, H.Vamberi, S.E.Malov,
S.N.Ivanovlar uni tarjima etib, nashr qilgan bo‘lsalar, V.V.Bartold, E.E.Bertels,
V.Stebleva, O.A.Valitova har tomonlama tadqiq etdilar.
«Qutadg‘u bilig» axloq va odob, ta’lim va tarbiya hamda ma’lum ma’naviy kamolotning yo‘l-yo‘riqlarini, usullarini, chora-tadbirlarini mujassamlashtirgan qomusiy asardir. Bu asar tom ma’nosi bilan didaktik ruhda yozilgan ta’lim-tarbiya, odob-axloq va hikmat dasrligidir. Yusuf Xos Hojib asarda asosiy g‘oyani Kuntug‘di, Oyto‘ldi, O‘g‘dulmish va O‘zg‘urmish deb nomlanuvchi to‘rt qahramonning suhbatlari, munosabatlari asosida ishonarli qilib bayon etadi.
Yuqorida ta’kidlangan to‘rt qahramonning suhbatlari, munozaralari asosida Yusuf Xos Hojib o‘z maqsad va g‘oyalarini bayon etadi.
Masalan, Oyto‘ldining elig bilan uchrashuvida uning Elig sinovidan o‘tish jarayonidagi savol-javoblar natijasida davlatning sifati va fazilatlari, uning bevafoligi va bebaholigi, adolatning xislatlari, el-yurt boshqaruvchilarining xislatlari bayon etiladi.
Oyto‘ldining o‘g‘li O‘gdulmish bilan Eligning suhbatida esa saroy amaldorlari: beklar, vazirlar, lashkarbo‘shilar, hojiblar, elchilar, sarkotib, xazinador, dasturxonchilar, sharobdorlarning o‘z xizmatkorlariga munosabati qanday bo‘lishi kerakligi bayon etiladi.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda tutgan o‘rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o‘ziga xos tarzda bayon etiladi.
Buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» asarida ilm- ma’rifatning ahamiyatini ko‘rsatibgina qolmaydi, u bilim va zakovatning amaliyotdagi o‘rnini ham yoritadi. U bilimli buyuk, uquvni ulug‘ deb ta’riflaydi. Chunki zakovatli inson ulug‘ bo‘ladi, bilimli kishi buyuk bo‘ladi, deb ilmli kishilarni asl toifadagi kishilarga qo‘shadi. Olim ezgu ishlarning barchasi ilm tufayli amalga oshirilishini aytadi. O‘sha davrdayoq olim «Bilim hatto osmon sari yo‘l ochur» deb bashorat qiladi.
222
U dunyoda odam paydo bo‘libdiki, faqat bilimli kishilargina ezgu ish qilib, adolatli siyosat yurgizib kelgan, ana shu bilim va zakovati tufayli kishilar razolatdan poklangan deydi. Hatto hukmdorlar ham yurtni, davlatni aql, ilm, zakovat bilan idora etsa, el-yurt farovon bo‘ladi, to‘q va tinch hayot kechiradi, deydi. U kuch va qurolni aql va bilimdan keyingi ikkinchi o‘ringa qo‘yadi.
Yusuf Xos Hojib oilaviy-maishiy turmush ikir-chikirlariga ham katta e’tibor beradi. U kishilarni o‘ylab oila qurishdan farzand tarbiya etish, oilaning moddiy ta’minotini bilishgacha bo‘lgan eng ezgu zaruriy vazifalarni birma-bir bayon etadi. Allomaning fikricha, faqat oilaviy hayot orqaligina faravon hayotga erishish mumkin. Oilaviy hayot tarzi sog‘lom turmush tarzining bir qismidir. Kamolotga ham oilaviy tarbiya, oilaviy munosabatlarning yuksakligi, sadoqat, oilaviy totuvlik orqali erishish mumkinligini ta’kidlaydi. Shu o‘rinda buyuk mutafakkir farzandni oilada tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor beradi.
Yigitlik va keksalik fasllari haqida ham fikr yuritib, yigitlikni ehtiyot qilish, yigitlik davrida qarilikning g‘amini yeyish, bu to‘g‘rida qayg‘urish kabi zaruriy narsalar haqida tavsiyalar beradi.
Yusuf Xos Hojib ilmli, ma’rifatli kishilarni qadrlash kerak, chunki ular mash’ala kabi yo‘lni yoritib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, yaxshi-yomonni farq etishni o‘rgatadi, deydi. Shuning uchun olimlarni hurmat etish kerakligini ta’kidlab, ilm ahlini o‘ta qadrlasa, ilmsizlarni johil kishilar deb biladi. Dunyoda inson bilim va zakovati tufayli orzu-tilaklarga, ulug‘likka erishishi mumkinligini aytadi.
Olim bilimni ziyoga, tengi yo‘q javohirga o‘xshatib, u insonni yuksaltiradi, jahonning sir-asrorini bilib olishga yordam beradi, deydi. Insoniyat nimaga erishgan bo‘lsa, bilim tufayli erishganligini ta’kidlaydi. Ammo bu boylikni hech kim o‘g‘irlay olmaydi, deb bilim va zakovatni muqaddas do‘st, mehribon qarindosh, kiyim va ozuqa sifatida ta’riflaydi.
Mutafakkir o‘zining axloqiy qarashlarini, ya’ni ijtimoiy munosabatlar, jamiyat a’zolarining barcha tiplari o‘rtasidagi axloqiy munosabatlarni amaliyotga tayangan holda yoritadi. Bu axloqiy, xulq-odob prinsiplari, talab va vazifalari butun asar davomida qahramonlarning o‘zaro munosabatlari asosida ifodalangan. Unda Elig(xon), uning vakillari, ijtimoiy guruhlarning o‘zaro munosabati, axloqi, muomalasi, talablari bayon etiladi, turli kasb egalariga xos xislatlar, odatlar yoritiladi.
Mutafakkir ta’lim-tarbiya, axloq masalalarini insoniylik, rostgo‘ylik, to‘g‘rilik, soflik, mehr-muhabbat, vafo, shafqat, muruvvat, insof, adolat, ishonch, sadoqat, xushmuomalalik, shirinso‘zlilik, saxovat, mardlik, himmatlilik, tavoze, hurmat va ehtirom, tadbirkorlik. Aql-zakovat, halollik, ezgulik kabi xislatlarni ulug‘laydi, ularga yolg‘onchilik, noinsoflik, fisqu fasod, bevafolik, dag‘allik, qo‘pollik, baxillik, nomardlik, quvlik, hurmatsizlik, nodonlik, johillik, haromxo‘rlik, ochko‘zlik kabi xislatlarni qiyoslab, ezgu xislatlarning yaxshi samaralari va salbiy xususiyatlarning yomon oqibatlarini misollar vositasida ishonarli qilib bayon etadi.
Insoniy munosabatlarning eng oliy mezoni sanalgan hurmat va ehtiromni tarkib toptirishning barcha ko‘rinishlari asarda o‘z ifodasini topgan. Mutafakkir ulug‘lar va kichiklar o‘rtasidagi xulq-odob qoidalari haqida gapirar ekan, shu
223
asnoda kamtarlik, salomlashish odobi, talablari, qoidalarini ham tavsiya etadi. Yusuf Xos Hojib tarbiyada kattalar namunasi, ajdodlar tajribasi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Olim insonning turli marosimlar, yig‘inlar, uchrashuvlar, ziyofatlarda o‘zini tutishi, xulq-odob qoidalariga rioya etishi haqida fikr yuritib, mehmon va mezbonlik qoidalari, shartlari, tartib-intizomlari haqida muhim o‘gitlar beradi. Masalan, «Qutadg‘u bilig»dagi elchilar (diplomatlar) huzurida, shohlar saroyida, to‘y va aza marosimlarida kishi o‘zini qanday tutishi, odobi masalalari hozirgi davrda ham o‘ta dolzarbdir.
Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» asarini yozishda Sharqda keng yoyilgan o‘git-nasihat janriga doir asarlarga tayanib ish ko‘rsa ham mulohazalarni bayon etishda hayotiy dalillarga ko‘proq murojaat etadi.
Yusuf Xos Hojibning o‘zi kishilarga munosabatda o‘rtacha yo‘l tutishni tavsiya etadi. Shunda do‘st dushmanga aylanmaydi, ezgu ishlar amalga osha boradi.
Xulosa qilib aytganda, Yusuf Xos Hojibning mazkur asari insonni har tomonlama kamolga yetkazishda yirik asar bo‘lib, u o‘zining ilmiy, ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyatini e’tirof etish zarur.
A.Yugnakiyning «Hibbat-ul haqoyiq»asarida didaktik qarashlar
XII asr borshlarida yozilgan «Hibat ul-haqoyiq» («Haqiqatlar armug‘oni») Ahmad Yugnakiyning qalamiga mansub asardir. Qaraxoniylar hukumronligi davrida yaratilgan ushbu ta’limiy-axloqiy asar mazmun jihatdan o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy, diniy, axloqiy hamda iqtisodiy masalalari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mohiyati borasidagi qarashlarni ifodalab bergan.
«Hibat ul-haqoyiq» asari o‘n to‘rt bobdan iborat bo‘lib, mazkur boblar o‘zida 512 misrani mujassam etgan. Dostonning dastlabki to‘rt bobi an’anaga ko‘ra, muqaddima bo‘lib, beshinchi hamda o‘n to‘rtinchi boblarda asosiy g‘oyalar ifoda etiladi. Asarda til odobi, sir saqlash, ilmning foydasi, saxiylik, kamtarlik, shukronalik, ta’zim-tavoze, insonparvarlik, kasbkorga mehr qo‘yish, rizo va qanoat, halollik haqida pand - nasihatlar berilgan. Muallif asarda johillik, dilozorlik, achchiqzabonlik, ochko‘zlik, noshukurlik, takabburlik, mol-dunyoga xirs qo‘yishlik qattiq qoralagan.
Mutafakkir «Hibat ul-haqoyiq»ning birinchi bobidayoq ilm manfaati, ilmsizlik va jaholatning zarari haqida fikr bildiradi. Ilmli va ilmsiz kishini bir-biri bilan taqqoslash asosida ilm-ma’rifatning afzalligi, uning inson uchun qay darajada foydali ekanligini ochib berar ekan, bilimli insonni qimmatbaho dinorga, bilimsiz kishini esa qimmatsiz ilikka o‘xshatib, er kishining ko‘rki aql, deya ta’kidlaydi. Ilmli inson o‘z ilmi bilan mag‘rur bo‘lib, nomi o‘chmagani holda, ilmsiz kishi garchi tirik bo‘lsada, nomi o‘lik ekanligini e’tirof etadi. Alloma bilim egallash kishini yuksaklarga ko‘tarsa, ilmsizlik tubanlikka tomon yetaklashiga alohida urg‘u beradi.
224
Olim bilimli kishilarni mukammal kishilar sanaydi. Chunki bilimlilik barcha yaxshi ishlar va ezguliklarning omili bo‘lsa, bilimsizlik razolatga yo‘l ochadi.
Asarida, boshqa ta’limiy-axloqiy masalalardagi kabi, insonning barkamol- ligidan dalolat beruvchi ikkinchi belgi - uning xushxulqliligidir, degan g‘oya ilgari suriladi. Shuning uchun adib asarda axloqlilikning asosiy mezonlari bo‘lgan ijobiy xislatlar va inson qiyofasida ularning qay darajada aks etishi yuzasidan fikr yuritadi va mol-dunyoga muhabbat qo‘yishning salbiy xislat ekanligini alohida ta’kidlaydi.
Olimning ta’kidlashicha, insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasini ko‘rsa- tuvchi muhim belgilaridan birinchisi - til odobidir. Uning fikricha, tilni tiymaslik, huda-behuda so‘zlarni aytaverish boshga balo keltiradi.
Tilingni tiy, tishing sinmasin, agar (so‘zlab yuborsang) tishing chiqib qolsa, tishingni sindiradi, deya behuda so‘zlashning yomon oqibatlari xususida o‘z qarashlarini ilgari suradi.
Allomaning nuqtayi nazariga ko‘ra, kishida quyidagi ikki holat, ya’ni haddan ziyod ko‘p gapirish va ayni vaqtda yolg‘on so‘zlash odatlari mavjud bo‘lsa, u holda unga nisbatan muruvvat yo‘li yopiladi. Shunga ko‘ra, adib, yolg‘on va ko‘p so‘zlashning oldini olish yo‘llarini ko‘rsatib berishga urinadi.
Adib to‘g‘ri so‘zlash bilan birga, sir saqlay olish xislatining ham insonga xos bo‘lgan ijobiy fazilatlardan biri deya e’tirof etadi hamda ushbu fazilatni o‘zlashtirish xususida bir qator foydali maslahatlarni beradi.
Inson sir saqlanishi lozim deb hisoblagan voqea yoki hodisa yuzasidan hatto do‘stga ham gapirmasligi shartligiga alohida urg‘u beradi. Zero, kishining o‘ziki sir saqlay olmagan ekan, boshqalar ham shunday yo‘l tutishi mumkin.
Asarning to‘rtinchi bo‘limida saxovat va baxillik kabi sifatlarning mohiyati hamda ularning oqibatlari yoritib berilgan. Ahmad Yugnakiy saxovatni eng ezgu insoniy xislatlardan biri deb biladi. Saxiylar hamma tomondan ulug‘lanib, faqat yaxshi va nuqsonsiz nom qoldirishi mumkinligini ta’kidllar ekan, qo‘llar ichida in’om beruvchisi baxtli (qo‘l)dir, o‘zi olib, boshqalarga bermagan (qo‘l) qo‘llarning qutsizidir, deydi. Baxillik xislatini esa alloma davolab bo‘lmaydigan kasallikka qiyoslaydi.
Ahmad Yugnakiy saxiylikni kamolot belgisi deb tushunadi. Saxiylik xislatiga nisbatan baxillik va ochko‘zlik kabi illatlar qarama-qarshi qo‘yiladi, boylik to‘plab, yemay-ichmay, boshqalarga bermay yashagan kishining mol- dunyosi oxiri do‘stga emas, dushmanga buyurishi xususidagi fikrlarni bildiradi.
Ahmad Yugnakiy kamtarlik ham insonning yetuklik darajasini ko‘rsatuvchi belgilardan biri bo‘lib, kibrli va xasis bo‘lish insonni ruhan tubanlashtiradi, degan fikrni ilgari suradi.
Kimki kibru havoga berilib, boshqalardan o‘zini baland tutsa, uni hech kim hurmat qilmaydi, aksincha, tavozeli, kamtar va muloyimlik sifatlariga ega bo‘lishni esa insonning husni deb hisoblaydi.
U yaxshi xulq-odobni shakllantirish va yomon illatlardan soqit bo‘lish yo‘llarini ham tavsiya etadi. Masalan, boylik to‘plashga mukkasidan ketgan kiishlarga mo‘tadil hayot kechirishni maslahat beradi.
225
Insonlarga boshchilik qilayotgan amaldor, mansabdor kishilarning o‘z mavqelariga yarasha ish tutishlari, kattaga ham, kichikka ham birdek muruvvat ko‘rsatishlari, so‘zlarini muloyim qilishlari maqsadga muvofiq ekanligini alohida ta’kidlaydi.
Adib do‘st hamda dushmanning farqiga borish, yaxshi kishilarni do‘st tutish, badxulq kishilardan tizoqroq yurish, do‘st tanlashda xato qilmaslik kerakligini ta’kidlaydi.
Ahmad Yugnakiy ham o‘zining insonni kamolga yetkazish borasidagi qarashlari bilan pedagogik fikr taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega. U «Hibat ul-haqoyiq» asarida komil insonni shakllantirishning o‘ziga xos tamoyilini yaratadi hamda barkamol insonni quyidagicha ifodalaydi:
yuksak darajada nazariy va amaliy bilimlarni egallash;
til va so‘z odobiga rioya etish;
o‘zida halollik, rostgo‘ylik, kamtarlik, qanoatlilik, samimiylik kabi xislatlarni namoyon eta olish;
vafodor do‘st bo‘lish va hokazolar.
Olimning nuqtayi nazariga ko‘ra, o‘zgalar sirini saqlay olish, kamgaplik har bir so‘zni o‘z o‘rnida va lozim topilgandagina so‘zlash, yuqori mansab yoki mavqega ega bo‘lganda kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsata olish kishining obro‘siga obro‘ qo‘shuvchi sifatlar bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan salbiy holatlarning oldini oladi. Ahmad Yugnakiy insonda baxillik, ochko‘zlik, yolg‘onchilik, ikkiyuzlamachilik, takabburlik, zolimlik, jaholat, tanballik, shoshqaloqlik, bilimsizlik, sabrsizlik, ko‘p gapirish va hokazo xislatlarning mavjudgi esa kishilar o‘rtasida adovat, o‘zaro urush-janjallarning kelib chiqishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilishini alohida qayd etadi.
Kaykovusning «Qobusnoma» asarining tarbiyaviy ahamiyati
Kaykovus 412-hijriy yili (milodiy 1021-1022) tug‘ilgan. Uning avlodlari gilon qabilasidan bo‘lib, Tabaristonda (hozirda Kaspiy dengizining janubidagi hudud) yashaganlar.
Kaykovus o‘z hayot faoliyati davomida tajribalarga asoslanib o‘zining buyuk «Qobusnoma» asarini yaratdi. Kitobni u o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlagan. Bu paytda Kaykovus taxminan oltmish yoshlarda edi.
«Qobusnoma» Sharqda saqlanib kelayotgan an’anaga ko‘ra pand-nasihat tarzida yozilgan bo‘lib, mana bir necha asrlardan buyon xalqlarni, jumladan yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo‘llanma bo‘lib kelmoqda.
Lekin asarning «Qobusnoma» deb atalishining sababi, uning umuman Qobusga aloqasi haqida eslatilmaydi.
Kitob Eronda sakkiz marta nashr etilgan. Bularning eng mukammali mashhur olim Rizoqulixon Hidoyat tomonidan 1890-1891 -yillari chop etilgan nashri hisoblanadi. Asar keyinchalik Bombayda, Isfaxonda Fatxulla ibn Amulla Vali Urduni Baxtiyoriy tomonidan chop etildi.
226
Bundan tashqari, «Qobusnoma» ko‘plab Sharq va G‘arb tillariga tarjima qilinib, nashr etilgan. Jumladan, 1432 -yili Merjomak Ahmad ibn Ilyos tomonidan, 1705-yil Hasanposha Nazmizoda Murtazo tomonidan, 1881-yili Qozon tatarlari tilida Qayum Nosiriy tomonidan, 1860-yili Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan o‘zbek tiliga, g‘arb tillaridan — nemis, fransuz, ingliz tillariga tarjima qilingan.
Tarixiy manbalarda Qobusning arab tilida yozgan, uchta kitobdan iborat mashhur «Nomalar»i bo‘lganligi qayd etiladi. Bular «Kamol al-balag‘a» («Suxandonlik kamoloti»), maqol va hikmatlar to‘g‘risidagi «Al-forida fil amsal val adab» («Nodir nomalar»), «Risola fil iftixor va kitob»(«Tanbeh va maqtov nomalari»)dir.
«Qobusnoma» murakkab yo‘lni bo‘sib o‘tdi. Sho‘ro mafkurasi davrida asarning insonni aqliy, axloqiy tarbiyalashdagi ahamiyati hokim sinf axloqini targ‘ib qilish deb baholandi. Kaykovusning Vatan haqidagi, kasb-hunarni ulug‘lovchi, bilimlarni egallash haqidagi fikrlari, diniy qarashlari siyosiy nuqtayi nazardan qoralanadi. Asarning qiymati faqat uning adabiy-badiiy, til xususiyati va tarixiy jihatlarida deb ta’kidlandi.
Ammo «Qobusnoma» asariga davr va shart-sharoitlar, siyosiy qarashlar ta’sirida qay darajada soya tashlanmasin, bu asar mashhur hind asari «Kalila va Dimna», Nizomul-mulkning «Siyosatnoma», Nosir Hisravning «Saodatnoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit-turk», Sa’diyning «Guliston», Ahmad Yugnakiyning «Hibbat ul-haqoyiq», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Voiz Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy», Davoniyning «Axloqi Jaloliy» kabi axloqiy-ta’limiy asarlari bilan bir qatorda Sharq pedagogik fikr taraqqiyotida inson kamolotini shakllantirishda muhim o‘rinni egallaydi. Unda Sharq pandnomalaridagi an’anaga binoan va XI asrda paydo bo‘lgan yoshlar jamoasi juvonmardlik tarbiyasi ifodalandi. Muallif juvonmardlik haqida eng oxirgi bobda so‘z yuritadi. U odamlarning xislatlarini uch xilga bo‘ladi: biri aql, biri rostlik va yana biri juvonmardlikdir. Juvonmardlikni asosini Kaykovus uch narsada deb biladi. Birinchisi, aytgan so‘zning ustidan chiqish, ya’ni rostlik; ikkinchisi rostlikka xilof qilmak; uchinchisi, xayrili ishni ilgari tutish.
Insondagi boshqa barcha xislatlar shu uch narsaga bog‘liq, deydi Kaykovus. Juvonmardlikning ustunlarini (ruknlari) quyidagilarda deb ko‘rsatadi: jasurlik, mardlik, sabr-matonat, va’daga vafo qilmoq, pokdil va pokzabon bo‘lmoq; asirlar- ga ziyon yetkazmaslik, bechora kishilarga madad berib, yomonlarning yomonli- g‘idan yaxshilarni yiroq tutish, rostgo‘ylik, yaxshiga yomonlik qilmaslik, ziyon- zahmatdan saqlash, odamlarga ziyon-zahmat yetkazmaslik. Juvonmard sipoxiylar esa sabr-bardosh bilan ish tutishlari, kamtarlik va mehmondo‘stlik, saxiylik, to‘g‘rilik, pok kiyinish, yaxshi qurollanishi zarurligini qayd etadi.
Mazkur bobda yana juvonmardlik yo‘lini tanlagan yoshlarga uch narsadan o‘zini: ko‘zni yomon nazardan, qo‘lni yomon ishdan. Tilni yomon so‘zdan saqlashni tavsiya etadi.
Uch narsani do‘st va dushmanga ochiq tut: uy eshigini, sufra boshini, hamyonning bog‘ichini, deydi. So‘ng hamma vaqt rostgo‘y bo‘lish. xiyonat qilmalik ham juvonmardlikning ko‘rinishlaridan, deb biladi. Kaykovus
227
juvonmardlikning kamolot nuqtasini ko‘rsatuvchi mezon deb o‘z mol-mulkini o‘zganikidan ajrata bilish, xalq mulkiga ta’ma qilmaslik, birovning mol-mulkiga xiyonat qilmaslik, xalqqa yomonlik qilmaslik, qanoatli bo‘lish kabilarda deb biladi.
Kaykovus shunday deydi: «... barcha fikr va tushunchalarimning sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, ham hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq to‘rt bobda bayon etdim». Kitobda juvonmardlar egallashi zarur bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazarda tutilgan:
Kaykovus bilim olish haqida.
Hunar va turli kasb egalari haqida.
Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
Jismoniy yetuklik haqida.
Chunki har bir juvonmard uchun tan, jon, havos va maoniy, ya’ni ham sipoxiylik, ham ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo‘lish zarur bo‘lib, bu xislatlar ana shu yuqoridagi to‘rt yo‘nalishda zikr etilgan. Kaykovus ilmni uchga bo‘ladi: biror kasb-hunarga bog‘liq bo‘lgan ilm; ilm bilan bo‘gliq kasb-hunar hamda xayr va dalolatga taalluqli odat.
Birinchisiga, ya’ni biror kasb bilan bog‘liq ilmlarga tabiblik, munajjimlik, muhandislik, yero‘lchash va boshqalar kiritiladi. Ilmga taalluqli kasblar musiqa asboblari ustasi, hayvonlarni davolovchi, binokorlik va boshqalar bo‘lib, har qanday usta bo‘lsa ham bu boradagi ilmni bilmasa, hech ish qila olmasligi ta’kidlanadi.
Ilm olish yo‘liga kirgan toliblarga ham yo‘llanmalar beradi:
Hamma vaqt parhezli va qanoatli bo‘lish, bekorchilikdan o‘zini tiyish, doimo shod-xurram va harakatchan bo‘lish, kitob o‘qishga berilish, ilm yolida qayg‘u-hasratga berilmashk, ilmni yodda saqlash uchun takrorlab borish, yod olish, ilmda haqiqat uchun kurashish, taqlid qilmaslik, doimo o‘z yonida kitob va boshqa o‘quv qurollarini saqlash, oz so‘zlab, ko‘p tinglash haqida fikr bildiradi. Ilm yo‘lida munozaradan chekinmaslik, lekin uni janjalga aylantirmaslik, isbot va dalillar bilan o‘z fikrini bayon qilish zarurligini ta’kidlaydi. Yana u olimning aytgani bilan qilgan ishi bir bo‘lishi kerakligi, ilmni chuqur o‘rganish, har bir kasb, sohaning bilimdoni bo‘lishda doimo kamtar, oqil, xalqparvar, har bir narsani oldindan ko‘ra oladigan bo‘lish kerakligini ham ko‘rsatib o‘tadi. Zero, ilmni faqat kitobdan o‘rganish bilan cheklanib qolmay, aql, tafakkur bilan hukm chiqarish zarurligini ham ta’kidlaydi. Ana shu talablar asosida u tijorat ilmi, tib ilmi, nujura (yulduzlar) ilmi, handasa (geometriya) ilmi borasida o‘z qarashlarini tarbiyalashda ularga ilmu odob o‘rgatishlari zarurligi ta’kidlanadi.
Kaykovus bilim va aqlning ahamiyatini ulug‘lar ekan, uni mol-dunyodan yuqori qo‘yadi: «Agar molsizlikdan qashshoq bo‘lsang, aqldan bo‘y bo‘lmoqqa sa’y ko‘rguzgilki, mol bila bo‘y bo‘lg‘andan, aql bila bo‘y bo‘lg‘on yaxshiroqdur, nedinkim aql bila faol jam etsa bo‘lar, ammo mol bila aql o‘rganib bo‘lmas. Bilg‘il, aql bir moldurki, uni o‘g‘ri ololmas, u o‘tda yonmas, suvga oqmas»— deb ta’riflar ekan, inson adabi ham aqlning belgisi(«al-adab-suratil aql»), deya xulosa chiqaradi.
Kaykovus jarmiyat taraqqiyotida ilm bilan birga kasb-hunarning ham zarurligini ta’kidlaydi: «Agar kishi har qancha oliynasab va aslzoda bo‘lsayu,
228
ammo hunari bo‘lmasa, u xaloyiqning izzat va hurmatidan noumid bo‘lur. Ulug‘lik aql va bilim biladur, nasl-nasab bilan emas. Otni senga ota va onang qo‘ymishlar, sen unga mag‘rur bo‘lmag‘il... Ammo sen hunar bila bir nomga ega bo‘lg‘il». Shuning uchun ham asarda turli kasb egalari ulug‘lanadi. Kasb-hunar o‘rganishni bilim olish bilan qo‘shib olib borishni tavsiya etiladi. Fan amaliyot bilan uzviy aloqada qaraladi. Kaykovusning bu qarashlari o‘sha davrning ilg‘or qarash- laridandir.
«Qobusnoma»da yoshlar tarbiyasida - juvonmardlik talablaridan eng muhimi — axloq tarbiyasi deb ko‘rsatiladi. U yoshlarda insonga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lish, adolatlilik, samiylik, saxiylik kabi xislatlarni tarkib toptirishni istaydi va asarning bo‘shidan oxirigacha ana shu ezgu maqsadni amalga oshirishga harakat qiladi.
Ko‘rtnib turibdiki, Kaykovus qarashlarida inson tarbiyasi omili muhim o‘rin
tutadi.
U axloqlilikning birinchi belgisi suxandonlik deb biladi. U (suxango‘ylik) notiqlikda rost so‘zlash kerakligini ta’kidlaydi. Kaykovus so‘zlarni to‘rt xilga bo‘lgani kabi odamlarni ham to‘rt xilga bo‘ladi. Birinchi xil kishilar ko‘p narsani biladi va yana bilgisi kelaveradi. Bular olimlar bo‘lib, ularga bo‘ysunish kerak, deydi. Ikkinchisi, bilmagan narsasini bilishga harakat qiladi, ular qobil kishilar bo‘lib, bunday kishilarga o‘rgatish kerak. Uchinchisi, bilganini ham bilmaydi, uyquda yashagandek, ularni «uyg‘otish» kerak. To‘rtinchisi, bilmaydi va bilmaganini tan olmaydi. Bular johil kishilar bo‘lib, ulardan qochish kerak, deydi.
So‘zlarning esa birinchi xili bilinmaydi va aytilmaydi; ikkinchisi aytiladigan va biladigan; uchinchisi ham bilinadi, bam bilishga zarurati yo‘q, ammo aytsa bo‘ladi. To‘rtinchisi, bilinadigan va aytiladigan. Eng yaxshisi, to‘rtinchisi, ya’ni bilinadigan va aytiladigani, deydi. So‘zlaganda andishali bo‘lish, sovuqso‘zli bo‘lmaslik, kam gapirish, kamtarlik, maqtanmaslik, birovning so‘zini diqqat bilan eshitish odoblarini ta’kidlaydi.
Kaykovus yuksak axloqlilikning yana bir tarkibiy qismi do‘stlik deb biladi va do‘st tutmoq odobi haqida fikr bayon etar ekan, uning asosiy talablarini talqin etadi.
Kaykovus, avvalo, inson do‘stsiz bo‘lgandan ko‘ra, birodarsiz bo‘lgani durustdir, deydi. Kishining do‘sti qancha ko‘p bo‘lsa, aybi shuncha sir tutiladi va fazilati ko‘payadi. Kaykovus qiyinchiliklarda hamdard, tayanch bo‘ladigan, sadoqatli, ta’magir, hasadgo‘y bo‘lmagan, aqlli, ilmli, muruvvatli kishilarni do‘st tutish mumkin, deb ta’kidlaydi. Do‘st bilan dushmanni ajrata bilish, dushman oldida o‘zini ojiz ko‘rsatmaslik, kuchli dushman va xiyonatchi, chaqimchi, sir ochuvchi do‘stdan saqlanishni maslahat beradi.
Kaykovus do‘stlikni insonning kamolotini ko‘rsatuvchi axloqiy xislatlardan biri sifatida talqin etgan.
«Qobusnoma»da jismoniy tarbiyaga ham katta ahamiyat berilgan. Zero, Kaykovus asarini juvonmardlar tarbiyasiga bag‘ishlar ekan, ularning eng avvalo jismonan sog‘lom bo‘lib kamolga yetishini alohida ta’kidlaydi.
229
Buni biz asardagi «Shikorga chiqmoq zikrida», «Urush qilmoq zikrida», «Chavgon o‘ynamoq zikrida», «Sipohsolarlik shartlari va odatlari zikrida» va boshqa boblarda ko‘ramiz.
Kaykovus, avvalo har bir tartibli, aqlli kishi o‘z vaqtini to‘g‘ri taqsimlashi va undan to‘g‘ri foydalanishini tavsiya etadi: «Hushmand (aqlli) kishilar o‘zlarining har bir ishlariga aniq vaqtni tayin etibdurlar. Ular kecha va kunduzning yigirma to‘rt soatini o‘z ishlariga taqsim qilibdurlar. Bir ishni yana bir ishdan farq etib, unga vaqt, had (chegara) va andoza (o‘lchov) paydo qilibdurlar, toki ishlar bir- biriga aralashmag‘ay».
Kaykovus inson o‘z tanining toza, pokiza bo‘lishiga ham e’tibor berishi kerak, deydi. Uning «Hammomga borish zikrida», «Uxlamoq va osuda bo‘lmoq zikrida», «Tamkin sharofatining va taom tartibining bayoni» kabi boblarida uxlamoq, yemoq-ichmoq, hammomga bormoq qoidalari asosida yoshlarga jismoniy-axloqiy tarbiya asoslari singdirilgan.
Demak, «Qobusnoma» XI asrda yuzaga kelgan yirik tarbiyaviy asardir. Bunda o‘sha davrga xos har bir yosh egallashi zarur bo‘lgan aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan bog‘liq faoliyat turlari: otda yurish, merganlik, suvda suzish, harbiy mashqlar san’ati, ifodali o‘qish, hattotlik san’ati, she’r yoza olish, musiqiy bilimga ega bo‘lish, shatranj va nard o‘yinini bilish kabilar ham o‘z ifodasini topgan. Kaykovusning katta xizmati shundaki, u yoshlarni hayotga tayyorlashda ularni har tomonlama kamolga yetkazishning nazariy masalalarini amaliy faoliyatga tatbiqi nuqtayi nazaridan ifodalashi bilan hamma zamonlarda, har qanday tuzumda ham o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmadi va amaliy hayot dasturi sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
Nazorat uchun savollar
IX-XI asrlar sharq uyg‘onish davrini izohlang.
Al-Xorazmiyning pedagogik qarashlari mohiyatini ochib bering.
A.N.Forobiy asarlarida pedagogik fikrlarni izohlang.
Al-Beruniyning pedagogik qarashlari mazmunini tavsiflang.
Yu.X.Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari mazmun mohiyatini izohlang.
A. Yugnakiyning «Hibbat-ul haqoyiq»asaridagi didaktik g‘oyalarni maz- munini tasvirlang.
Kaykovusning «Qobusnoma»asarining tarbiyaviy ahamiyati nimada?
230
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asr Movarounnahrda tarbiya va
maktab
Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maorif pedagogik fikrlar rivojlanishiga ta’siri.
Amir Temurning maorif rivojlanishiga qo‘shgan hissasi.
Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari.
Boburning pedagogik fikrlari.
Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maorif pedagogik fikrlar
rivojlanishiga ta’siri
Tarixdan bizga ma’lumki, Movarounnahrda qariyib bir yarim asr davomida Movarounnahr mo‘g‘ul istilochilari tomonidan vayron etildi. Fan-madaniyat, ma’rifatga juda katta putur yetkazildi. Xonavayron bo‘lgan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib, mo‘g‘ul istilochilari zulmidan qutila boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo‘lgan intilish g‘olib keldi. Mo‘g‘ul istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo‘zg‘aldi, Samarqand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo‘zg‘alonlari ro‘y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar.
XVI asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal hokimlar o‘rtasida nizo kuchaydi, iqtisodiy qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda qat’iyatsizlik avj oldi. Hokimlar o‘rtasida nizolar kuchayishi natijasida mamlakat 10 ta mustaqil beklik va amirliklarga bo‘linib ketdi. Beklar va amirlar o‘rtasida o‘zaro kurash kuchaydi, mamlakat urush va tolon-tarojlar iskanjasida qoldi. Shunday og‘ir bir parokandalik vaziyatda el-yurtning og‘ir yukini Amir Temur o‘z yelkasiga oldi va qariyb 10 yil (1360-1370) davom etgan og‘ir kurashdan so‘ng mamlakatni mo‘g‘ullar istibdodidan xalos qildi. 1370-1380-yillar mobaynida Amir Temur say’i harakatlari samarasi natijasida beklar va amirlar o‘rtasida nizolarga barham berildi va Movarounnahrdagi tarqoq, amirliklar markazlashgan yagona feodal davlatning bayrog‘i ostida birlashtirildi.
Shunday qilib, XVI asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning feodal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo‘g‘ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri XVI asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. Sohibqiron Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr Movarounnahr tarixida alohida o‘rin egalladi. Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movaraunnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa boshladi. Shuning uchun ham tarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va O‘rta Osiyoda Sharq o‘yg‘onish davrining ikkinchi bosqichi deyilishi bejiz emas... chunki, bu davrga kelib, Markaziy Osiyoda iqtisodiyot, fan va madaniyat gurkirab rivojlandi.
231
Dostları ilə paylaş: |