25.2. Amir Temurning maorif rivojlanishiga qo‘shgan hissasi
Amir Temur Ko‘ragon ibn Muhammad Tarag‘ay bahodir 1336-yilning 9- aprelida hozirgi Shahrisabzga qarashli Xojailg‘or qishlog‘ida tavallud topgan.
Temurbek bilim olishni yetti yoshidan boshlagan. 9 yoshidan Qur’oni hofiz bo‘lgan, 12 yoshidan katta hayot yo‘li - Vatanimizni mo‘g‘ullar zulmidan ozod etish haqida o‘ylay boshlagan.
Ta’lim-tarbiya va ilm-fanga hissa qo‘shgan Amir Temur farzandlari, nabiralari, avlodlari: Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Sulton Husayn Boyqaro, Humoyun Mirzo, Komron Mirzo, Hindol Mirzo, Gulbadanbegim va boshqalardir.
Bir so‘z bilan aytganda, XIV asrning ikkinchi yarmidan XVII asrgacha bo‘lgan davr Movarounnahrda iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy yuksalish davri bo‘ldi. Markazlashgan davlatning asoschisi Amir Temur o‘tmishda Turon deb atalmish davlatning iqtisodiy va madaniy qudratini yuksaklikka ko‘tarib, uni Ovrupa va Sharqda eng qudratli davlatga aylantirishga erishdi. Amir Temurning Ko‘ragon - xon kuyovi, Qutbiddin - zamona peshvosi, Abulmansur - zafarmand, g‘alaba qozonuvchi, Sohibqiron - yulduz, baxtli burjlarida tug‘ilgan kabi unvonlari bo‘lgan. Buyuk saltanat sohibi Amir Temur «Kuch - adolatdadir» degan shiorga qat’iy amal qilib, davlatni boshqargan. Uning tamg‘asi naqshi «Rosti-durusti» («To‘g‘ri bo‘lsang qutulasan») yoki «Haqgo‘y bo‘lsang najot topasan» degan ma’noni bildiradi.
Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari
Mirzo Ulug‘bek Movarounnahrda, butun O‘rta Osiyoda madaniy rivojlanish, dunyoviy ilmlarga qiziqish kuchaygan davrda yashagan, ijod etgan. O‘rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini jahon miqyosiga olib chiqqan ulug‘ siymolardandir. U 1394-yil 22-martda tug‘ilgan. Otasi Shohruh Mirzo Amir Temurning uchinchi o‘g‘li bo‘lib, Xuroson hukmdori, ma’rifatli, ilm-fanga qiziqqan shoh edi.
Ma’rifatparvar ota-ona o‘z farzandlari Ulug‘bekning tarbiyasiga alohida e’tibor berib, jismonan sog‘lom, aql-zakovat, axloq-odob va ilmda barkamol bo‘lib yetishiga harakat qildilar. Ulug‘bekni o‘z davrining bilimdoni va tajribali murabbiylari tarbiyalab savodini chiqardilar, uni diniy va dunyoviy ilmlarning asosi bilan tanishtirdilar. Ulug‘bek arab va fors tillarini mukammal o‘rgandi, ko‘p vaqtini kutubxonada mutoala qilish bilan o‘tkazadi.
Mirzo Ulug‘bek 1424-yilda Samarqandda Obirahmat arig‘i yonida G‘iyosiddin Jamshid, Abduali Birjandiy, Mansur Koshiy, Maryam Chalabiy va boshqa olimlar bilan birgalikda qurgan Rasadxonasida sayyoralar sirini o‘rgandi. Natijada Ulug‘bek 1018 ta yulduzning holati va harakatini aniqlaydi, astronomiyaga doir bir necha asarlar yozadi. Bu asarlarning asosiy mazmunini «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» deb ataluvchi astronomiya jadvali tashkil etadi.
Ulug‘bekning astronomiya maktabi o‘z davrining akademiyasi («Dorul - ilm»i) bo‘lgan va O‘rta asrlar musulmon Sharqi astronomiyasining rivojiga katta
232
ta’sir qilgan. Bu maktab dastavval bundan 225 yil muqaddam mashhur fransuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi olim Volter (1669-1778) tomonidan e’tirof etilgan.
Boburning pedagogik fikrlari
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda, Farg‘ona hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, tog‘a-jiyanlar, amakivachchalar o‘rtasida hokimiyat ulug‘ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.
Ilmga yoshligidan mehr qo‘ygan Zahiriddin Muhammad Bobur barcha Temuriy shahzodalar kabi o‘z dunyoqarashidagi bilimlar asosini otasi saroyida yetuk ustozlar rahbarligida egalladi. Biroq uning betashvish yoshligi uzoqqa cho‘zilmadi. 1494-yili otadan yetim qoldi. 12 yoshida otasi o‘rniga Farg‘ona ulusining hokimi etib ko‘tarilgan Bobur butun aqliy qobiliyatini, irodasini qilichga almashtirib, Andijon taxti uchun ukasi Jahongir Mirzo, amakisi Sulton Ahmad Mirzo, tog‘asi Sulton Mahmudxon va boshqa qarindosh raqiblariga qarshi kurashishga majbur bo‘ldi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan murosaga kelish uchun unga yon berishga Farg‘ona ulusini 2 ga taqsimlab, yarmini ukasiga topshirishga qaror qildi va o‘zi Samarqand uchun olib borilayotgan kurashga otlandi. Bir necha yil davom etgan bu kurashda Shayboniyxonning qo‘li baland kelib Bobur Samarqandni tashlab ketishga majbur bo‘ldi. 1504-yili Shayboniyxon Andijonni ham qo‘lga kiritgandan so‘ng Bobur janubga qarab yo‘l oldi va Qobul ulusida o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. Keyinchalik 1526-1527 yillarda Bobur Hindistonga yurish qiladi. Ibrohim Lo‘di ustidan g‘alaba qozonib, Hindisonda «Boburiylar sulolasi»ga asos soladi. Bobur bu g‘alabadan keyin uzoq yashamadi. 1530-yil dekabr oyida Agra shahrida vafot etdi va keyinroq vasiyatiga ko‘ra farzandlari uning hokini Qobulga olib kelib dafn etdilar.
«Bobur Hindistonga kelgandan keyin davlatning ijtimoiy hayotida katta siljish yuz berdi va yangi hayotni boshlab bergan san’atga, ilm-ma’rifatga, arxitekturaga toza havo baxsh etgan, madaniyat va ma’naviyatni barcha sohalarini bir-biriga tutashtirib bergan buyuk shaxsdir» deydi Javaharla’l Neru.
Boburning ilmiy ma’naviy, tarixiy, adabiy merosini o‘rganish va ommalashtirishda XIX-XX asrda Georg Kerr, N.Ilminskiy, O.Senkovskiy, M.Sale, Porso Shamsiyev, Sodiq Mirzayev, V.Zohidov, Ya.G‘ulomov, R.Nabiyev,
S.Azimjonova, A.Qayumov kabi olimlarning sa’y-harakatlari katta bo‘ldi.
Bobur o‘zining ma’lum va mashhur asarlari bilan ma’rifatni xalq orasiga yoyishga, ilm va jamoat ravnaqi yo‘lida xizmat qilishga intildi. Tarix, adabiyot, ijtimoiy masalalar yechimiga o‘z hissasini qo‘shgan olim sifatida xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida munosib o‘rin egallaydi.
Nazorat uchun savollar
XIV-XVI asrlarda ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiyaga ta’sirini izohlang.
Amir Temurning maorif rivijlanishiga qo‘shgan hissasini asoslang.
233
Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalarining mazmun-mohiyatini o‘chib bering?
Boburning pedagogik fikrlarini izohlang?
XIV asrning ikkinchi yarmi XVI asrda Movarovunnaharda pedagogik fikrlar rivoji 26.1. Alisher Navoiy asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari.
A.Jomiyning pedagogik qarashlari.
J.Davoniyning pedagogik qarashlari.
Alisher Navoiy asarlarida ta’lim- tarbiya masalalari
Alisher Navoiy yosh avlodning ilm-hunar egallashini va eng yaxshi insoniy fazilatlarga ega kishilar bo‘lishini orzu qiladi. Uning ta’lim-tarbiya sohasidagi fikrlarida insonparvarlik g‘oyalari markaziy o‘rinda turadi. Navoiyning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak va qadrlidir.
Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuch-qudratiga alohida e’tibor beradi. Navoiy fikricha, oqil, qobiliyatli, dono inson o‘zining kuch-quvvatiga, aqlu-zakovatiga ishonadi. Shuning uchun Navoiy ilm- fanning ahamiyatini yoritib berar ekan, ilmni qorong‘ulikni yorituvchi chiroq, hayot yo‘lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy qiyofasini ko‘rsatadigan omil sifatida ta’riflaydi.
Kishilarning pok qalbli, rostgo‘y, adolatli bo‘lishi Navoiyning buyuk armonidir. Navoiyning ta’kidlashicha, to‘g‘ri va chin so‘zlagan kishilar mo‘tabar, pok ko‘ngilli, xalq nazdida ishonchli va obro‘li bo‘ladilar. Haqiqiy inson to‘g‘ri so‘zlashi va to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
A.Jomiyning pedagogik qarashlari
Abdurahmon Jomiy XV asrda yashagan mutafakkirlar kabi inson va uning yuksak axloqiy xislatlari, go‘zal fazilatlarini tarannum etish orqali kishilarning baxt-saodatini ta’minlash yo‘llari xususidagi g‘oyalarni ifoda etadi. Allomaning to‘liq ismi Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad bo‘lib, u 1414-yilning 7-noyabrida Jom shahrida tavallud topgan. Abdurahmon Jomiyning oilasi keyinchalik Hirot shahriga ko‘chib o‘tadi. Bu davrda Xurosonda Shohruh Mirzo hukmronlik qilar, Hirot shahri esa eng yirik madaniy markazlardan biri sanalardi. Yosh Nuriddin Abdurahmon maktabga juda erta qatnay boshlagan. Uning otasi o‘z davrining ziyoli kishilaridan biri bo‘lganligi uchun o‘g‘lining bolalikdan bilim olishiga kata e’tibor bergan.
Jomiy asarlarida yetuk inson tarbiyasiga oid ma’naviy-axloqiy sifatlar har tomonlama asoslangan holda berilgan bo‘lib, bugungi jamiyatimizning bosh muddaosi bo‘lmish komil inson tarbiyasini amalga oshirish uchun katta ahamiyat kasb etadi. Jomiy o‘zining «Silsila tuz zahab» («Oltin tizmalar») dostonidagi «Sevimli aziz farzandimga nasihat» bobida, eng avvalo har bir yosh bilim olishi
234
zarurligi, chunki inson umri juda qisqa bo‘lib, bu umrni behuda o‘tkazmasligi, ammo bilim olgandan so‘ng unga amal qilish lozimligini ta’kidlaydi va amaliyosiz ilm ham behuda ekanligini alohida uqtirib o‘tadi.
Shuningdek, «Nasihat» bobida yoshlikning qadriga yetish, elga manfaat keltirish, yaxshilikka yaxshilik bilan javob qaytarish, do‘stlarga mehribon va sadoqatli bo‘lish, baxillikdan hazar qilib ehson tomon yuz tutish, kitobga ulfat bo‘lib, uni beminnat ustoz bilish, ma’rifatga oshno bo‘lib, manmanlik va takabburlikdan saqlanish, va’daga vafo qilish, muloyimlikni pesha qilib donolar nasihatidan bahramand bo‘lishni uqtirib o‘tadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, alloma o‘z asarlarida insonni ulug‘laydi, uni ma’naviy kamolot darajasiga ko‘tarishning asosiy mezonlaridan biri bilimlilik, aqliy kamolotning yuksak darajasiga erishishi zarurligiga alohida e’tibor bergan. Jomiy ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashning ikkinchi bir jihati ahloqiy barkamollik deb bildi va axloqiylik - yuksak xulq-odob mezonlari sifatida insoniylik, adolat, mehnasevarlik, saxovat va karam, mehr-muruvvat, chin insoniy muhabbat, rostgo‘ylik, kamtarlik, jasorat, mardlik kabi xislatlarni ulug‘ladi va takabburlik, mol-dunyoga hirs qo‘yish, yolg‘onchilik, johillik bilan bog‘liq illatlarni qoraladi.
J.Davoniyning pedagogik qarashlari
Jaloliddin Davoniy 1427-yilda Eronning Kazarun viloyatiga qarashli Davon qishlog‘ida tug‘ilgan. U yoshligidanoq ilm-fanga ayniqsa, fiqhshunoslikka qiziqadi va boshlang‘ich maktabni qishlog‘ida bitirgach Sherozga kelib, madrasada yirik olimlar qo‘lida tahsil oladi. Keyinchalik Sheroz shahrining qozisi etib tayinlanadi. Qozilikdan iste’foga chiqqach, madrasada mudarrislik qiladi. Ilmiy ishlar bilan shug‘ullanadi. 1502-yilda Kazardi shahrida vafot etadi va Davon qishlog‘iga dafn qilinadi. Tadqiqotchi olimlarning xabar berishicha Eron, Iroq, Hindiston, O‘rta Osiyoning ko‘p shaharlarini kezib, olimlar bilan uchrashadi, ular bilan falsafaning turli muammolari bo‘yicha bahs yuritadi.
Maryam Mirhodiyning (Tehronlik tarixchi olim) aytishicha «Davoniy yuksak qobiliyat egasi» bo‘lgan u o‘zining topgan butun boyligini ilm-fan ravnaqi yo‘lida sarflangan. Jaloliddin Davoniyning ilmiy merosi juda boy bo‘lib, o‘sha davr olimlari orasida yozgan risola va asarlari ko‘p fanlarni o‘rganish uchun qo‘llanma vazifasini o‘tagan. J.Davoniy asarlari Xuroson Movarounnahrda ham tarqalib bu yerda turli ilmiy yo‘nalishga ma’naviy hayotga ta’sir ko‘rsatdi. Davoniyning eng katta yirik asari «Axloqi jaloliy» asari bo‘lib, bu asar 1470-1478-yillar orasida yozilgan. Bu asar 1839-yilda olim V.F.Tompson tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan. Bu asar fors tilida yozilgan bo‘lib, qo‘lyozmasi dunyoning juda ko‘p kutubxonalarida mavjud. Asarni J.Dovoniy G‘arbiy Eron hokimi, Oq qo‘yinlilar sulolasi vakili Uzun Hasanga bag‘ishlagan.
«Odamlar birlashib, bir-biriga yordamlashganda boshqalar to‘g‘risida chinakamiga qayg‘uradi, o‘zaro yordam va aloqa o‘rnatilganda adolatning sinalgan yo‘llari paydo bo‘ladi, yashash vositalari tartibga tushadi, kishilarning ahvoli mustahkamlanadi va inson zoti saqlanadi».
235
Nazorat uchun savollar
Komil inson qiyofasini A.Navoiy qanday tasvirlagan?
A.Jomiyning pedagogik qarashlarini izohlang.
J.Davoniyning pedagogik g‘oyalarini mazmun-mohiyatini ochib bering.
XVII-XVIII asrlarda va XIX asrning birinchi yarimida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar 27.1. Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklarida ta’lim-tarbiya, maktab, fan va madaniyat.
Munis Xorazmiyning «Savodi ta’lim» asari.
Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning «Odob as- solihin» asari.
Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklarida ta’lim-tarbiya, maktab, fan va madaniyat
Movarounnahrda bir yuz ellik yil hukmronlik qilgan temuriylar sulolasi XVI asr boshlarida inqirozga uchradi. Uning o‘rniga Shayboniylar hukmronligi o‘rnatildi. Shayboniyxon (1451—1510) Movarounnahrda kuchli markazlashgan davlat barpo qilishga qay darajada harakat qilgan bo‘lsa ham, uning o‘limidan so‘ng o‘zaro kurashlar avj olib ketib, oqibatda bu hududda uch xonlik, Buxoro va Xiva, XVIII asr oxiriga kelib esa, Qo‘qon xonligi tashkil topdi.
Xonliklar davrida boshqa davlatlar bilan har tomonlama aloqalar o‘rnatilishiga erishildi. Jumladan, Hindistonda shoh Akbar, Sharqiy Ovrupoda Ivan Grozniy bilan xalqaro munosabatlar o‘rnatildi.
Abdullaxon atrofiga yozuvchi, shoir va olimlarni yig‘ib, ularga homiylik qildi. Shoirlar orasida Mushfiqiy o‘z madhiyalari, lirik she’r va hajvlari bilan shuhrat topdi. Buyuk muarrix Hofiz Tanish Buxoroda «Abdullanoma» nomli katta tarixiy kitob yozdi.
Bu davrda tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy «Dastur al-iloj», Muhammad Yusuf «Tahqiq al-humayyot», «Zubdat ul-kahholin» asarlarini; shoir va adiblardan Muhammad Solih, Majlisiy, Hasan Nisoriy, Binoiy, Vosifiy, Ubaydiy, G‘oyibiy Samarqandiy barakali ijod qildilar.
Bu davrda maktab va madrasalarda grammatika, xandasa, qiroat, tafsir, shariat, hikmat, islom tarixi va aqidalarga oid ilmiy- nazariy bilimlar o‘rgatilgan. Buxoro amirligida XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko‘plab maktablar faoliyat ko‘rsatgan. O‘g‘il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda o‘qitilgan. O‘g‘il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan bo‘lib, masjid imomi yoki madrasani tugatgan ziyoli kishilar o‘qtuvchilik qilgan. Qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o‘qituvchi ayo‘llar uylarida tashkil etilgan, qizlarni otinoyi, otinbibi, bibiotin, bibixalifa deb atalgan ayol o‘qituvchilar o‘qitishgan.
O‘quvchilarga avval harflar o‘rgatilgan, keyin bo‘g‘inlar, ularni qo‘shish orqali so‘z tuzish, «Haftiyak» kitobini o‘qish o‘rgatilgan. O‘quvchilar Navoiy,
236
Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Hofiz Sheroziy, So‘fi Olloyor asarlarini, «Chor kitob» ni o‘qib saboq olganlar. Qizlar maktablarida uy-ro‘zg‘or tutish, pazandachilik, odob- axloq, pokizalik sirlarini o‘rganishga ko‘proq ahamiyat berilgan.
Madrasa o‘rta va oliy o‘quv yurti hisoblangan. Madrasa ta’limi talabalar iqtidoriga qarab 7-12 yil davom etgan. Buxoro amirligi shaharlarida 150 dan ortiq madrasa bo‘lgan. Madrasada arab, fors tilida yozilgan kitoblar o‘qitilgan, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharhlab berilgan. O‘qish «Avvali ilm» deb nomlangan fors tilidagi o‘quv qo‘llanmasini o‘zlashtirishdan boshlangan. Keyin arab tili grammatikasi o‘qitilgan. Fiqh kursi majburiy kurs hisoblangan.
Madrasani bitirganlardan mudarris, mutavali, qozi, imomlar, fan arboblari, shoirlar yetishib chiqqan. Ulardan Boborahim Mashrab, Muhammad Amin Kosoniy Namangoniy, Faziy Namangoniy, Shavqiy Namangoniy, Sayido Nasafiy, Abulg‘ozi Sofiy Olloyor, Dilshod-Barno, Uvaysiy, Muhammad Mir Olim Buxoriy, Abulg‘oziy Bahodirxon ana shunday ilm sohiblaridandir.
XVI-XVIII asrning birinchi yarmi Xiva xonligida ilm-fan taraqqiyoti butunlay to‘xtab qolgan emasdi. Bu davrda tarix ilmi o‘ziga xos o‘rinda turadi. Xiva xoni Abulg‘oziyxon tarixshunosligi maktabiga asos solgan.
Abulg‘oziy Xorazmda ilm-fanni, madaniyatni taraqqiy ettirish maqsadida o‘z saroyiga binokorlar, tabiblar, shoirlar, tarixnavislar, adibu xattot va boshqa kasb egalarini to‘pladi. Abulg‘ozixon fan va madaniyat tarixiga ikki muhim asari « Shgajarai turk» va «Shajarai tarokima» bilan o‘chmas nom qoldirgan. Abulg‘ozixonning yana bir katta xizmati shundan iboratki, u o‘z asarlarini oddiy xalq uchun turkiy tilda yozgan. Shuning uchun ham ayrim olimlar uning asarlarini yangi o‘zbek tili yozma yodgorligi deb hisoblashgan.
asrda yashab ijod etgan ma’rifatparvarlar orasida So‘fi Olloyor (asli ismi Ollohyor) mashhur bo‘lib, uning asarlaridan maktab va madrasalarda o‘quv qo‘llanmalari sifatida keng foydalanilgan.
So‘fi Olloyor «Siroj ul-ojizin», «Sabot ul-ojizin», «Murod ul-orifin», «Najot ul-tolibin» kabi asarlarni yaratgan. «So‘fi Olloyor» nomi bilan xalq orasida mashhur bo‘lgan «Sabot ul-ojizin» asari maktablarda savod chiqarilishi bilan o‘qitilar edi. Unda islom dinining asosiy aqidalari bayon etilgan. Ular insoniy fazilatlar, badiiy hikmatlar tarzida ifodalanadi. Kitobda ilgari surilgan masalalar oyatu hadislarga muvofiq yozilgan. Asar fors va arab tilini bilmagan oddiy xalq uchun mo‘ljallab yozilgan edi.
Barcha madrasalarda majburiy fan sifatida «Qur’on», «Tafsir», «Odob as- solihin», «Maslak ul-muttaqin», «Sabot ul-ojizin», «Kimyoi saodat», «Hadis» o‘qitilgan.
Ta’lim-tarbiya jarayonida ayo‘llar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilgan. O‘qimishli, ma’rifatli, ziyoli ayo‘llar tomonidan ko‘plab maktablar tashkil etilgan va u otinlar maktabi deb nomlangan.
Markaziy Osiyoda otinlar maktabining asoschilaridan, ayollar ta’limida katta xizmat qilgan, o‘ziga xos maktab yaratib shuhrat qozongan otinlardan biri Jahon otin Uvaysiy (1779-1845) hisoblanadi.
Jahon otin Uvaysiy Marg‘ilon shahar Childuxtaron mahallasida, Farg‘ona tumani, Arsun qishlog‘ida 1780-yilda tug‘ilgan. Uning otasi Qaynar devona yoki
237
Devonai Qalandar deb yuritilgan. (Uning ismini Siddiqbobo deb ataganlar). Onasining ismi Chinnibibi edi. Ularning Uvaysiydan tashqari Oxunjon hofiz degan o‘g‘li ham bor edi.
Uvaysiy oilasi o‘z davrining ilg‘or va marifatli oilalaridan edi. Otasi kosibchilik qilgan, onasi esa savodli ayol bo‘lib, maktabdorlik qilgan va mahalla ahli qizlarini o‘qitgan.
U 1796-97-yillarda onasi otinlik qilgan xususiy maktabda dastlab xalfalik va keyinchalik mustaqil ravishda otinlik qilgan. Jahonotin o‘z maktabida ta’lim- tarbiya sohasida o‘ziga xos ilg‘or usullarni qo‘llashga harakat qilganligini ko‘ramiz.
Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, XIX asr sharoitida maktablarning aniq bir ta’lim tizimi haqida gapirish bir oz qiyin.
Bu davrda asosan maktablarning, ya’ni ta’lim muassasalarining quyidagicha boshlang‘ich maktablar tuzilishiga ega ekanini kuzatamiz:
Maktablar:
o‘g‘il bolalar maktablari —o‘g‘il bolalarga diniy ta’lim-tarbiya beradigan boshlang‘ich maktablar;
otinoyi maktablari — qiz bolalarga islom qoidalarini o‘rgatadigan va boshlang‘ich ta’lim beradigan maktablar.
Madrasalar o‘g‘il bolalarga diniy ta’lim beruvchi oliy ta’lim muassasalari yuqorida sanab o‘tilgan ta’lim o‘choqlari (otinoyi maktablaridan tashqari) vaqf daromadlaridan kelgan mablag‘ hisobiga ta’minlanardi.
Qizlarga boshlang‘ich diniy ta’lim beradigan otinbibi maktablari esa asosan xususiy bo‘lib, otinlarning uylarida tashkil qilinardi. Bunday maktablar muayyan bir o‘quv rejasi va dasturiga ega emas edilar. O‘quvchilar ham sinflarga bo‘lib emas, balki bolalar o‘qitiladigan kitoblarni o‘zlashtirish darajasiga qarab guruhlarga bo‘lib o‘qitilgan.
Domla yoki Otinoyi darsni berilgan vazifani o‘qitib ko‘rish va yangi topshiriq berishdan boshlar edi. Hech bir domla yoki otinoyida o‘ziga xos ishlar, umumiy o‘quv darsligi yo bo‘lmasa o‘quv uslubi bo‘lmas edi.
Uvaysiy o‘z maktabida qizlarga boshlang‘ich ta’lim berar ekan, Jahon otin ularning zehnini o‘stirishga katta ahamiyat beradi. Otin o‘z shogirdlariga savod o‘rgatibgina qolmay, ular orasidan iqtidorli qizlarni tanlab sharq she’riyati bilan tanishtiradi. Qizlarni nazm bo‘stoniga yetaklaydi.
Tajribali murabbiya o‘zining muammo san’ati orqali shogirdlari zehnini o‘stirishga harakat qilgan. Xuddi ana shu she’riy topishmoqlar orqali qancha- qancha yosh qalblarga ziyo oqib kirgan. Oltmish yildan ko‘proq umr ko‘rgan Uvaysiydan bizga kattagina adabiy meros yetib kelgan. Uning qo‘lyozma devon- lari O‘zbekiston fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Andijon Davlat pedagogika universiteti kutubxonasida saqlanmoqda. Shoira devonining qo‘lyozmalarini aniqlash, ommalashtirish va tadqiq etishda akademik
Qayumov, professor X. Razzoqov va E. Ibrohimovalarning xizmatlari kattadir.
Jahon otin Uvaysiy o‘zbek pedagogikasi maktablari tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan buyuk shaxs desak adashmagan bo‘lamiz.
238
U o‘zining maktabdorlik va ijodiy faoliyati bilan yoshlar ta’limida yuksak o‘ringa ega. Uvaysiyning ma’rifiy faoliyati ayo‘llar savodxonligini oshirish, aqliy tarbiya, musiqa san’ati, qobiliyatli qizlar bilan ish usullari alohida o‘ringa ega. U o‘z davrining yosh talabalariga hayotga muhabbat tuyg‘ularini singdirib borgan, tez fikrlash, chiroyli so‘zlash va boshqa tarbiya vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan chiston-topishmoq usullarini yaratishni o‘rgatgan. Shuning uchun ham Uvaysiy ijodiy merosini o‘rganish va uni hozirgi davr maktablar ta’lim-tarbiya tizimi mazmuniga kiritish muhimdir.
Munis Xorazmiyning «Savodi ta’lim» asari
Xorazm adabiy muhitini tarixini ko‘zdan kechirsak, badiiy ijod sohasida Abulg‘oziy Bahodirxon boshlab bergan ishlar XVII asrdan keyin yanada rivojlan- di, keng quloch yoydi, an’anaga aylandi. Shu an’anani yuksak pog‘onaga ko‘targan Munis Xorazmiy katta iste’dod egasi: buyuk shoir, adolatgo‘y tarixchi olim, mohir tarjimon va noziktab xattot sifatida el orasida shuhrat topdi, e’tibor qozondi.
Shermuhammad Munis Xorazmiy Xorazm adabiy muhitida ustozlik maqomida turadigan mutafakkirlardan biridir. Ijodkor sifatida mo‘tabar mavqega sazovor bo‘lgan Munis haqida tazkiralarda tarixiy va badiiy asarlarda ma’lumotlar yetib kelgan. Ahmad Tabibiyning «Majmuat ush-shuaro», Laffasiyning «Xiva shoir va adabiyotchilarining tarjimai hollari» tazkiralarida Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlarida Munis ehtirom bilan eslanadi.
Munis haqidagi dastlabki ilmiy maqola Rahmat Majidiy tomonidan yozilgan. Shoir asarlari, faoliyati A. Bobojonov, V. Zohidov, V. Abdullayev, J. Sharipov, A. Murodov, N. Jumayevlarning tadqiqotlarida tahlil va talqin etilgan.
Xiva shahriga tutash Qiyot qishlog‘idagi Avazbiy oilasida 1778-yili bo‘lajak xorazm faxri, ulug‘ shoir Munis Shermuhammad Avazbiy o‘g‘li tavallud topdi. Uning padari buzrukvori Avazbiy mirob fan va madaniyat qadriga yetadigan, ijod ahlini hurmat qiladigan, ma’rifatparvar inson bo‘lgan. Shul bois u o‘g‘li Shermuhammadning ilm va ijod bilan bog‘liq barcha orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishda shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘ldi.
Shermuhammad boshlang‘ich ta’limni qishlog‘idagi maktablardan birida oldi. Keyin o‘qishni Xiva madrasalarida davom ettirdi. Ilm sirlarini o‘sha davrdagi mashhur ustoz Saideshonxo‘jadan o‘rgangan. Shermuhammad o‘qish jarayonida, olim va shoir Hasanmurod Qori Laffasiyning xabar berishicha, arab va fors tillarini puxta o‘rgangan hamda xattotlik san’atini egallagan.
Munisdan bizga katta meros qolgan. Shoirning 10000 baytga yaqin she’riy merosi mavjud. Devonida gazal, muxammas, ruboiy, tuyuq, qita, qasida, chiston, kabi o‘ndan ortiq mumtoz janrlarda bitilgan asarlari jamlangan. Munis hayoti davomida ikki devon tuzgan . Birinchisi 1804-805-yillarda jamlangan. U ilmda» ilk devon» nomi bilan yuritiladi. Ikkinchisi 1813-1814-yillarda jamlangan bo‘lib, «Munis ul-ushshoq» deb nomlangan. «Munis ul-ushshoq» devoni debocha bilan boshlanadi. Unga shoirning 8446 bayt asari kiritilgan. Ushbu devonning 10 dan ortiq qo‘lyozma va toshbosma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu
239
Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida shakllanadi.
Tarixchi olim sifatida Munis «Firdavsul-iqbol» (Baxt bog‘i ) asarini Xiva xonlari tarixiga bag‘ishladi. Unda 1812-yilgacha bo‘lgan davr yoritilgan, keyingi voqealar esa Munisning jiyani Ogahiy qalamiga mansubdir.
Munis sheriyatida chuqur ma’naviy-axloqiy muammolarga e’tibor qaratiladi. Asarlarida jamiyatdagi mehr-oqibat, insof, adolat, do‘stlik, go‘zallikni, anglash kabi insoniy fazilatlarni sog‘inish tuyg‘ularini ifodalaydi. Ularni avaylashga va zamondoshlar yuragidagi mudroqni uyg‘otishga intiladi. Hayotning mazmun- mohiyatini chuqur idrok qiladi:
Ma’rifatparvarlik Munis sheriyatining yetakchi g‘oyalaridandir. «Savodi ta’lim» risolasi uning bu boradagi xizmatining salmoqli qismini tashkil etadi. Garchi bu asar asos e’tibori bilan xattotlik ilmiga oid bo‘lsa-da, unda Munisning ustozi Ibn Xonjib haqida, yozuvning madaniyat taraqiyotidagi o‘rni, xususan, husnixat ta’limi va umuman, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi qimmatli fikrlari mavjud. Shoir asarning yozilishi sabablari, tarixi haqida asarning o‘zida ma’lumot beradi. Yozuv san’atiga bag‘ishlangan «Savodi ta’lim» she’riy asari 1804-yil dekabr oyida yozib tugatilgan.
Asarning hajmi 352 misradan iborat. Uni shartli ravishda 3 qismga bo‘lib o‘rganish mumkin. Birinchi - muqaddima qism. U 18 ta kichik bobdan tarkib topgan. Ularda hamd, nat va risola nazmining sabablari, qalam tarifi, xat tarifi, yozuv asboblarining qulayligi, yaxshiligi, ularni tayyorlash mahorati kabi masalalar yoritilgan. Ikkinchi - asosiy qism. U 22 ta kichik bobdan iborat. Ularda arab harflarini yozish yo‘llari, usullari va mahoratiga e’tibor qaratiladi. Uchinchi - xotima qism. Unda risola tarixi bitilgan. Uning toliblar ko‘ngliga ilm rag‘batini uyg‘otishga xizmat etishi muallif tomonidan orzu qilinadi.
Shoir va tarixchi olim Munis Xorazmiyning she’riy asarlarida ham, tarixiy kitoblarida ham ma’rifatparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik g‘oyalari ilgari suriladi. U barchani mardlik va jasoratga, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shishga da’vat etadi. Munis endigina ijodi gullab -yashnagan bir paytda, ya’ni 1829-yilda vabo kasaliga chalinib vafot etadi.
Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning «Odob as- solihin» asari
Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy haqida bizgacha juda oz ma’lumot yetib kelgan. Lekin hozirgi paytda bizga ma’lum bo‘lgan «Odob as-solihin» asarining o‘ziyoq bizga uni mashhur pedagog olim sifatida tanitadi.
Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy 1740-yilda Qoshg‘arda kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan va 1843-yilda u shu yerda vafot etgan. Biz olimning qay darajada tarbiyashunos ekanligini u tomonidan yaratilgan asarlarning mazmunidan bilamiz. Bizgacha uning «Odob as-solihin» («Yaxshi kishilar odobi»), «Zubdat al-masoyil» («Masalalarning qaymog‘i»), «Dur al-muzoxir» («Ko‘makdoshlarning durdonasi») hamda «Tazkirai xojagon» («Xojalar tazkirasi») nomli asarlari yetib kelgan.
O‘zida shaxs va uning tarbiyasini yo‘lga qo‘yish masalalarini aks ettiruvchi asarlarni yaratish an’anasi mavjud bo‘lgan davrda Muhammad Sodiq Q‘oshg‘ariy
240
tomonidan turkiy tilda «Odob as-solihin» («Yaxshi kishilar odobi»), «Zubdat as- masoyil» («Masalalarning qaymog‘i») nomli asarlar yaratildi. «Odob as-solihin» asari 5 marta, 1889 hamda 1901-yillarda Toshkent shahrida va 1891, 1892 hamda 1986-yillarda Istambul shahrida qayta nashr etilgan.
Mazkur asarning nomi va mazmunidan ham anglanib turganidek, unda ilgari surilgan g‘oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi xulq- odob qoidalari xususida kishilar, shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada ma’lumotlar berishga xizmat qiladi. «Odob as-solihin» asarida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir inson tomonidan qat’iy amal qilinishi zarur bo‘lgan zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va axloq qoidalari, ularning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasini yo‘lga qo‘yishdagi o‘rni va roli borasida batafsil so‘z yuritiladi.
Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning «Odob as-solihin» asari muallifning o‘zi ta’kidlaganidek, muqaddima va 7 bobdan hamda har bir bob 4 fasldan iborat.
Muqaddimada asarning maqsadi ifoda etiladi, ya’ni insonga yaxshi xulq egallash zarurligi ta’kidlanadi va u odob qoidalarini egallab olmasa, nafaqat o‘ziga, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi, deydi. Asarning yozilishidan ko‘zda tutilgan maqsad borasida so‘z yuritilar ekan, insonning ijobiy xulq-atvorga ega bo‘lishini taqozo etuvchi ijtimoiy zaruriyat mohiyati batafsil ochib beriladi. Asarda ilgari surilgan asosiy g‘oya - insonlarning ijobiy xulq-atvorga ega bo‘lishlari jamiyatda ruhiy xotirjamlik va moddiy farovonlikni qaror toptiruvchi asosiy omil ekanligini asoslashdan iboratdir. Alloma mazkur g‘oya mohiyatini sharhlar ekan, inson odob-axloq qoidalarini egallay olmasa hamda ijobiy xulq-atvori bilan muaddab (odobli) va muzazzab (toza) bo‘lmasa, nafaqat o‘zi, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi degan qarashni ilgari suradi.
Birinchi bob salomlashish, ko‘rishish, qo‘l olishish hamda ruxsat so‘rash qoidalari to‘g‘risida ma’lumotlar berishga yo‘naltirilgan bo‘lib, mazkur bob to‘rt fasldan tashkil topgan.
Ma’lumki, Sharq xalqlarida biror kimsa birorta uyga kirganda u yerga ruxsatsiz kirib boravermay, ma’lum urf-odat qoidalariga rioya qiladi. Ana shu qoidalarning eng muhimlari deb, Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy har bir odam kelganligini bildirish (eshikni qoqish yoki yo‘talish), ovoz berilgandan so‘ng kirishga ruxsat so‘rash va so‘ng kirish kerakligi bayon etiladi.
Ikkinchi faslda esa salomlashish odobining o‘n ikki qoidasi borasida fikr yuritiladi. Shunda savol berish va javob masalasida hozirgi paytda ham yuz berayotgan munozarali fikrlarga nuqta qo‘yilgan. Muallifning fikriga ko‘ra, adabi avval-ikki mo‘min kishi kelsalar, xoh oshno va nooshno, salom berisgaydirki, salom bermak sunnatdir, javob fayz ayndur, deydi.
Ikkinchi bobda uxlamoq, kiyim kiyish, yo‘l yurish odoblari haqida fikr yuritiladi. Masalan, uxlash oldidan eshiklarni mahkamlab yopish, idishlarning og‘zini berkitish, o‘rnidagi ko‘rpa-to‘shaklarni bir bora qoqib yozish, o‘choqdagi olovni hamda chiroqni o‘chirish, uxlaydigan o‘rnini yumshoq qilmaslik, o‘ng qo‘lga bir oz suyanib yotish tavsiya etiladiki, ushbu qoidalarning ahamiyati ularga rioya qilmaslik natijasida ro‘y bergan noxush voqealar misolida ochib beriladi.
241
Libos kiyish qoidalari ham xulq-odob qoidalarning tarkibiy qismi sanaladi. Bunda eng muhimlaridan kishi imkon darajasida kiyinishi lozimligi, qulayligi va yoshi, jinsiga, joyiga, fasliga mos bo‘lishi, uni toza tutish, yaxshi libos kiyganda manmanlik qilmaslik, kiymaydigan ortiqcha liboslaridan muhtojlarga in’om qilish kabi tavsiyalar hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Uchinchi bobda suhbatlashish odobi bayon etiladiki, bu odob qoidalariga inson har bir daqiqada rioya etshi zarur.
Suhbatning yaxshi niyatlarga boy hamda beg‘araz bo‘lishi muhim sanaladi. Muayyan mavzularda tashkil etilayotgan suhbat (bahs-munozara)ga tanning tozaligiga erishgan, shuningdek, og‘iz va tishlarni tozalagan holda pokiza libos bilan tashrif buyurish, suhbat ahlining bir-birlariga hurmat va iltifot ko‘rsatishlariga erishish, ulug‘larga e’tiborini qaratish, o‘tirish qoidalariga rioya etish, ahli suhbat kirganda va chiqqanda o‘rindan turish va ulug‘larni yuqoriga o‘tkazish, beadab so‘zlar, yomon xatti-harakatlar hamda noo‘rin jimlikdan saqlanish, barchaga yaxshi muomalada bo‘lish, ularni izzat qilish, aksa kelsa og‘zini to‘sib, past ovozda, yengil aksa urish, suhbat ahliga ish buyurmaslik, ularga beminnat xizmat ko‘rsatish, do‘st va notanishlarga bir xil ochiq chehra, go‘zal xulq va odob bilan muomalada bo‘lish, aka-ukalar, opa-singillarning xatosini kechirish hamda ularning aybini yuzlariga solmaslik, agar joiz bo‘lsa, ularga boshqalarning e’tiboridan chetda nasihat qilish, suhbat jarayonida ishtirok etayotgan biror kishining yomon qilig‘i yoki qabih fe’liga baho bermaslik, zaruriyat yuzaga kelgan holda uni suhbatdan chetlatish chora-tadbirini ko‘rish va hokazo kabi odob-axloq qoidalariga rioya etish har bir kishining insoniy burchi ekanligini ta’kidlab o‘tadi.
Mazkur o‘rinda quyidagi fikrlar ilgari suriladi: uylanadigan yigit nikohdan oldin o‘zi uylanmoqchi bo‘lgan qizni ko‘rmog‘i, uylanadigan qizning bokira bo‘lishi, shuningdek, to‘rt narsa: umrda, qomatda, molda va nasabda erdan past va uch narsa: husnu jamolda, xulq (odob)da hamda iffatda erdan yuqori bo‘lishi zarurligi muallif tomonidan alohida ta’kidlanadi. Bu fikr turmushda tinch-totuv oila qurish masalalarida isbotlangandir.
Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy «Odob as-solihin» asarida, kasal holini so‘rash, ta’ziya va musibat odoblari haqida ham fikr yuritadi. Bu narsalarni har bir kishining bilishi muhimdir.
Bemor holini so‘rash qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni, yoru birodar, shuningdek, do‘st uchun farz ekanligi, bemorning millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, uning yoniga ochiq yuz bilan kirish, unga ko‘ngilni ko‘taruvchi so‘zlar bilan murojaat qilish, bemor oldiga bashang kiyinib yoki kir libosda bormaslik, bemor yotgan xonaga kulib kirib, uning bosh tomoniga yaqin o‘tirish, ko‘p so‘zlanishib bemorni to‘liqtirib qo‘ymaslik, qo‘lni peshonasiga qo‘yib hol so‘rash, bemorni kun yoki kunora kelib to‘liqtirib qo‘ymaslik, bemorning ko‘ngli tilaydigan narsalarni so‘rab-surishtirib, ularni topib kelish, ammo bemorning muolajasida uni harom narsalardan saqlash, bemor oldida ko‘p o‘tirmaslik, agar bemor oldida uzoq vaqt qolish zaruriyati yuzaga kelsa, uning ko‘ngliga yoqadigan, xush keladigan so‘zlar yoki hikoyatlardan so‘zlab o‘tirish maqsadga muvofiq ekanligiga alohida urg‘u beradi.
242
Asarda musibat odoblari haqida bayon etiladiki, bularni bilish ayniqsa yoshlarga zarurdir.
Biron mo‘minning vafoti haqidagi xabarni eshitilganda ahli musibatga ta’ziya ado etiladi. Bu dafndan oldin yoki keyin ham bo‘lishi mumkin. Ta’ziya bildirish uch kungacha joiz, undan so‘ng makruh deyiladi. Tobutni olib chiqib ketayotganlar sukut saqlashlari lozimligi, ayollar tobut ko‘targan erkaklarga hamroh bo‘lib, eshikka chiqmasliklari, boshiga musibat tushgan kishilar yig‘ilganlarida ovozni baland qilib, fig‘on chekmasliklari, mayit dafn etilgach, har kim o‘z ishiga ketishi, bir yerda yig‘ilib o‘tirmasliklari kerakligi, yig‘ilish uyushtirish uchun turli tadbirlarni izlab topish va ularni o‘tkazish bid’at ekanligi, biroq qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘, yoru do‘stlarning turli taomlarni tayyorlab, boshiga musibat tushgan kishilarning xonadonlariga yuborish odamgarchilikning muhim ko‘rinishlaridan biri ekanligi ta’kidlanadi.
So‘ng qabr ustida g‘isht va tosh hamda boshqa narsalarni qo‘yish, qubba va imorat qilishni bid’at sanalishi ta’kidlab o‘tiladi. Shu o‘rinda olimlar qabrlar odobiga ham to‘xtalib o‘tadi. Yana qabristonni tonggi ziyorat qilish ko‘proq erkaklaga mansubligi, ota-ona qabrlarini xotinlar ham ziyorat qilsa, man etilmasligi ta’kidlanadi. So‘ng qabristonlarni oyoq osti qilmaslik kabi odob to‘g‘risida gapirib o‘tiladi.
Asarda ziyorat, mehmondorchilik odobi haqida ham ko‘pgina ibratli gaplar yozib qoldirilgan.
Asarda ziyofat uyushtirish va mehmon kutish odobi borasida ham ko‘pgina ibratli fikrlar bayon etiladi. Xususan, mehmondorchilik odobi yuzasidan quyidagi fikrlar ifoda etiladi: mehmondorchilikka kishining boyligi, mavqei yoki mansabiga qaramay, hammaning baravar chaqirish, oila a’zolarini ham ajratmaslik, mehmon- ning izzat-hurmatini joyiga qo‘yish, lekin uch kundan so‘ng ortiqcha takalluf ko‘rsatmaslik, dabdaba qilmaslik, mehmon uchun uyni ortiqcha bezamaslik, lekin ozoda va toza ko‘rpa-to‘shaklardan foydalanish, dasturxon tuzashda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, dasturxonga taom qo‘yilganda avval mezbonning taomga qo‘l uzatishi, mehmondan oldin taomdan qo‘l tortmasligi, mehmonga nisbatan ortiqcha takalluf qilavermaslik, imkoni bo‘lsa, lazzatli va latif taomlar tayyorlab mehmonning ko‘nglini olish kabi qoidalarning mohiyati ochib beriladi.
Asarda mehmon tomonidan xonadon sohiblariga nisbatan ko‘rsatiladigan hurmat borasidagi qoidalar yuzasidan ham fikr-mulohazalar bayon etiladi. Xususan, ziyofat yoki mehmondorchilikka chaqirilganda, u xoh faqir, xoh ulug‘ martabali kishi bo‘lsin, albatta, chaqirilgan xonadonga borishi zarurligi, zolim, axloqsiz, ikkiyuzlamachi hamda xurofotchi kishilar ziyofatga chaqirganda esa bormaslik kabi odob-axloq qoidalariga rioya etish nihoyatda muhim ekanligi ta’kidlab o‘tiladi.
Yettinchi bobda eng zaruriy safar qoidalariga to‘xtalib o‘tiladi. Safar qilishni olim uch qismga bo‘linadi: farz, fazilat, muboh (ruxsat etiladigan). Bundan safar farzining o‘zini besh bo‘g‘inga bo‘ladi: jihod, hajji farz, ota va ona chaqirig‘iga binoan, raddi mazolim (zulmni qaytarish uchun) va beshinchi ilm olish uchun safar qilish.
Safar mubohni ham ikki bo‘g‘inga bo‘ladi: 1) o‘z manfaati yo‘lida, o‘zgalardan biror narsani ta’ma qilmagan holda uyushtirilgan tijorat safari. Agar
243
kim tijoratda faqat mol-dunyo ortirish maqsadida bo‘lsa, unda bu tijorat safari ham unga ziyon yetkazadi, deydi olim. 2) ma’naviy tafarruj (ko‘ngil ochish) maqsadida safar uyushtirish. Ba’zida bunday safarlarning ham joizligi ta’kidlanadi. Ammo safarlarning barchasida ham ayollarga albatta mahrami haromlik qilishi zarur, deb hisoblaydi.
So‘ng olim safarlarning foydalari haqida og‘iz ochadi, unda safar qilgan kishi birinchidan, g‘am-anduhdan forig‘ bo‘lishi, ikkinchidan tirikchilik uchun sarmoya yig‘ish, uchinchidan ilm olish, to‘rtinchidan, to‘liq odob va axloq o‘rganish, beshinchidan, ulug‘ kishilarning suhbatlaridan bahramand bo‘lish mumkin deyiladi. Olim safarning ba’zan mashaqatlari ham bo‘lishi mumkin degan savolga yoshlarga chaqimchi va hasadchilar orasida tirik yurgandan ko‘ra, safar mashaqqatlari afzalroqdir, deb to‘g‘ri xulosa chiqaradi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy tomonidan yaratilgan «Odob as-solihin» asari jamiyat a’zolari, shu jumladan, yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol bo‘lishlarida katta ahamiyatga ega. Mazkur asar har bir inson tomonidan o‘rganilishi va kundalik turmushda qat’iy amal qilinishi zarur bo‘lgan xulq-odob qoidalarining majmui sanaladi. Shuning uchun Sharq pedagogikasi tarixida «Qobusnoma» kabi bu asar ham, o‘z o‘rni, o‘z mavqeiga ega . Bu asarni bobma-bob o‘rganish yosh avlodning kamol topishida foydalaniladigan bebaho xazinadir, deyish joiz.
Nazorat uchun savollar
Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklaridagi ta’lim-tarbiyaga izoh bering.
Munis Xorazmiyning «Savodi ta’lim» asarini mazmun-mohiyatini ochib bering.
Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning «Odob as-solihin» asari haqida qisqacha ma’lumot bering.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida
maktab, tarbiya va pedagogik fikrlar
XIX asrning ikkinchi yarimida Turkistonda maktab tuzilmasi.
Turkistonda rus-tuzem maktablarining ochilishi.
Turkistonda jadidchilik harakati M.Behbudiy M.Qori Abdu- rashidxonov, A.Avloniy va A.Shakuriylarning yangi usul maktablarini ochishdagi xizmatlari.
XIX asrning ikkinchi yarimida Turkistonda maktab tuzilmasi
Markaziy Osiyo zaminida Temuriylar hukmronligi inqirozga yuz tutgandan keyin, bu o‘lkani qo‘lga kiritish uchun jahonning ko‘pgina mamlakatlari harakat qildilar. Ana shulardan biri chor Rossiyasi edi. Rossiyaning bosqinchilik yurishi XIX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Chunki bu davrda sobiq imperiya
244
o‘rnida 3 ta xonlik - Buxoro amirligi, Xiva hamda Qo‘qon xonliklari bo‘lib, bular o‘rtasida nizo kuchaygan edi. Bundan foydalangan chor hukumati o‘zining yovuz niyatlarini amalga oshirishga kirishib dastlab Qozog‘istonni o‘zlariga tobe qildilar. So‘ngra Qozog‘iston orqali 1864-yilda Turkmaniston, Chimkent, Avliyo otani, 1865-yilda Toshkentni zabt etdilar. 1867-yilda Yettisuv viloyati, 1868-yilda Samarqand, 1876-yilda Farg‘ona viloyati Rossiya qo‘liga o‘tdi. 1876-yil 19- fevralda podsho Aleksandr II Qo‘qon xonligi tugatilganligi to‘g‘risida buyruqqa imzo chekdi. 1885-yilga kelib Markaziy Osiyoning hamma yerlari Russiya tasarrufiga o‘tdi va o‘lkada Turkiston general-gubernatorligi tashkil etiladi. 1875- yil Turkistonda xalq maorifi haqida qonun e’lon qilindi, unga binoan general- gubernatorlik tasarrufida o‘lka o‘quv yurtlari boshqarmasi tashkil etildi.
Tadqiqotchi olim Y. Abdullayevning ilmiy tadqiqot ishlarida ko‘rsatilishicha Markaziy Osiyoda, jumladan, Turkiston o‘lkasida mahalliy maktablarning xususi- yati, ta’lim-tarbiyaning mazmuni uni tashkil etish usullari o‘sha davr tarbiyasi maqsadiga mos bo‘lgan. 1876-1917-yillar oralig‘ida Turkiston o‘lkasida turlicha ta’lim muassasalari bor edi. Bular:
Mahalliy xalq mablag‘i hisobiga tashkil etilgan musulmon diniy maktablari:
maktab (xona) eski maktab;
qorixona (Qur’onni o‘quvchilar maktabi);
madrasa.
«Yangi usul» maktablari (usuli jadid).
S. Boshqaruvchi tizim xalq ta’limi maktablari:
Umumrus tipidagi maktablar:
umumiy ma’lumot maktablari (boshlang‘ich, kuchaytirilgan tipdagi va
o‘rta);
kasb maktablari;
Tub aholi uchun maktablar
rus-tuzem maktablari va bilim yurtlari;
rus tilini o‘rgatish kurslari.
Ovrupoliklar uchun mahalliy til kurslari.
asrning o‘rtalarida Turkiston o‘lkasida boshlang‘ich ma’lumot beradigan maktab hamda o‘rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar faoliyat olib borgan. Maktablarning aksariyati, shu jumladan, qishloq maktablarining ko‘pchiligi diniy ta’lim beruvchi eng oddiy boshlang‘ich maktablar edi. Bunday maktabda machitlarning imomlari, savodxon mullalar dars berardilar. Maktablarda o‘qitish eng oddiy diniy vazifalarni o‘rgatish bilan, ya’ni arab tilida yozilgan Qur’onni o‘qishni o‘rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo‘lgan asosiy vazifalarni bildirish bilan cheklanardi.
Shahar maktablarida o‘quvchilar soni 20-30 taga qishloq joylarida esa 10-15 taga yetar edi. O‘qishga 6 yoshdan qabul qilinib, o‘zlashtirishga qarab 17-18 yoshlarigacha davom etardi. Maktabda o‘g‘il bolalarni «Domla» deb ataluvchi o‘qituvchi (odatda machitlar imomlari) dars berganlar. Qizlarni esa savodxon ayollar (Toshkentda otinbibi, Buxoroda bibixalifa yoki bibiotin, Xivada - edtibibi) dars berishgan. Savod chiqarishda harflarni hijjalash (arabchada hijo - bo‘g‘in)
245
Shahar
|
Maktablar soni
|
O‘quvchilar soni
|
Toshkent
|
120
|
2000
|
Buxoro
|
360
|
6000
|
Qo‘qon
|
300
|
5500
|
Andijon
|
90
|
1700
|
246
Samarqand
|
80
|
1000
|
Marg‘ilon
|
70
|
800
|
Namangan
|
60
|
900
|
Jizzax
|
10
|
150
|
1906-yilga kelib, birgina Samarqand viloyatining o‘zida 1510 ta musulmon maktabi bor edi, ularda 1482 o‘qituvchi 12740 talabaga saboq bergan.
Umuman olganda Turkiston o‘lkasida 1905-1906-yillarda 5290 ta maktab bo‘lib, ularda 70955 talaba ta’lim olgan.
Bu davrga kelib mahalliy fuqaro bolalaridan ilmli kishilar tayyorlash maqsadida Xiva xoni Sayid Muhammad Rahimxon Bahodirxoni soniy - Feruz (1844-1910 y.) katta ishlarni amalga oshirdi. Bevosita uning tashabbusi bilan 1884-yili o‘z saroyida maktab ochilib, bu maktabda rus o‘qituvchisi va Mirzo Rahmonquli qori kabi mahoratli ta’lim-tarbiya ustalari yoshlarga bilim berish ishi bilan shug‘ullandilar.
Feruz farmoniga muvofiq 1904-yilning 10-noyabrida Urganchda birinchi yangi usul maktabi ochildi. Unda Husayn Qo‘shayev degan Turkiy adan kelgan o‘qituvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya bera boshladi.
Husayn Qo‘shayev 1906-1907 o‘quv yilida xonlikdagi ilg‘or ma’rifatparvar kishilarning istaklarini hisobga olib, Urganchda qizlar maktabini ham tashkil etdi. Feruz unga homiylik qilib, xazina hisobidan maktab uchun alohida mablag‘ ajratib berdi.
Feruz homiyligidagi bu maktabda Husayn Qo‘shayevning turmush o‘rtog‘i Komila Qo‘shayeva qizlarga bilim bera boshladi.
1909-yilga kelib, Feruz qo‘li ostidagi madrasalar soni 130 taga yetib, undagi mullavachchalar 2300 kishidan ortib ketdi.
Feruz Xiva ziyolilari orasida nufuzli o‘rinni egallagan ma’rifatparvar Komil Xorazmiyni Toshkent shahrida gimnaziya va maktablardagi o‘qitish usulini o‘rganib kelishi maqsadida safarga jo‘natadi. Safardan qaytgach, Komil Xorazmiy bu sohadagi ishlarni anchagina jonlantirib yubordi.
Mazkur maktab o‘quv dasturi hamda rejasiga - riyoziyot, tarix, jo‘g‘rofiya, tabiat, rus tili, mahalliy savod (ona tili) va islomshunoslik kabi fanlarini o‘qitish kiritildi. Mashg‘ulot jarayonida Sharq mutafakkirlari - Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Sa’diy Sheroziy, Mashrab, So‘fi Olloyor kabilar bilan bir qatorda rus shoir, yozuvchilarining asarlari ham o‘rganildi. Shuningdek, u, vohada san’at, maorif va madaniyat rivojiga rahnamolik qilib, saroyda «Podshohi zamon tipolitografiyasi»ni tashkil qildi.
«Litografiya» - yunoncha so‘z bo‘lib «Litos» - tosh va «grafos» yozaman degan ma’noni bildiradi. Bu atama o‘zbek tilida toshbosma tarzida qo‘llanib kelingan.
Feruz saroyidagi bu toshbosmaxonada ilk bor Abu Nasr Forobiyning «Nisobus - sibiyon» (Bolalar nasibasi), Alisher Navoiyning «Hamsa» asaridan parcha, «Hayrat ul-abror» dostoni, Shermuhammad Munisning «Munis ul ushshoq» devoni, Yoqubxo‘ja ibn Ibrohimxo‘janing «Devoni Xolis» to‘plami, Feruzning «Devoni Feruz» va boshqa o‘nlab asarlari nashr etilgan.
247
Dostları ilə paylaş: |