Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida


Mustaqillik yillarida pedagogika fani taraqqiyoti



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə18/22
tarix24.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#161134
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida-fayllar.org

30. Mustaqillik yillarida pedagogika fani taraqqiyoti
  1. Mustaqil O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.


  2. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlarning rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari.


  1. Mustaqil O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar


Jahon tarixiy tajribasining guvohlik berishicha hech bir xalq va millat ta’lim- tarbiyaga e’tiborsiz taraqqiyotga erisha olmagan. Bugungi kunda ma’naviyatga, ta’lim-tarbiyaga, milliy kadrlar tayyorlashga birinchi darajali ahamiyat bermaydigan jamiyat, davlat, xalq va millat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy muam- molarni bartaraf etolmaydi. Xalqi ma’naviy, ma’rifiy jihatdan yetuk bo‘lmagan mamlakat tabiiy - iqtisodiy boyliklariga behisob, harbiy jihatdan qudratli bo‘lgan taqdirda ham buyuk davlat bo‘la olmaydi.


Mustaqil yillarida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi o‘zgarishlari jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida olamshumul ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Yosh mustaqil davlatimizning kelajak taraqqiyoti albatta, uning intellektual salohiyatli va ma’naviy yetuk yoshlariga bog‘liq. Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.Karimov «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida: «Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi», - deb ta’kidlaydi. Mamlakatimizda mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlaboq ta’lim sohasida tub islohotlar amalga oshirildi. Bular qatoriga 1992-yil 2-iyunda qabul qilingan ilk «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunni kiritishitmiz mumkin. Bu yangi «Qonun» 7 bo‘lim 45 ta moddadan iborat edi. «Qonun» o‘tish davri uchun mo‘ljallangan bo‘lib vaqt o‘tishi va jamiyatning jadal rivojlanishi natijasida o‘zining kamchiliklarini ko‘rsatdi. 1997-yil 29-avgustda jahon standartlarini va respublikamizning o‘ziga xos xususiyalarini inobatga olgan holda yangi tahrirdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi (5 bo‘lim, 34 modda)qonun va unga hamohang «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»qabul qilindi. Uning natijasida O‘zbekistonda ta’lim sohasida jahon andozasidagi kadrlarni yetishtirib berishga qaratilgan ta’lim tizimi ishlab chiqilib hayotga joriy qilindi. Mamlakatimiz hayoti uchun muhim bo‘lgan mazkur dasturlarni qabul qilinishi hozirgi kunda ta’lim-tarbiya sohasida erishgan yutuqlarmiz uchun asos bo‘ldi. Shu munosabat bilan pedagogikaga doir tadqiqotlarga qator sohalar asos qilib olinishi maqsadga muvofiq edi. Pedagog olim J.G‘.Yo‘ldoshev bu borada quyidagi vazifalarni ilgari suradi:
  • yosh avlodni mustaqillik, istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalash;


  • shaxsning ilmiy salohiyatini rivojlantirish;


  • o‘z oldidagi burch va mas’uliyatni his etadigan barkamol shaxsni shakllantirish;


  • axloqan pok, jismonan baquvvat, vatanparvar, tashabbuskor shaxsni shakllantirish;



274

  • har bir shaxsda o‘z bilimini hayotga tatbiq eta olish qobuliyatini tarbiyalash;

  • yosh avlodni yangilanayotgan jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan fuqaro sifatida tarbiyalash va hokazolar.


Bu muhim ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari ham berilgan edi. Bular: ta’lim va tarbiyaning insonparvarligi hamda demokratik xarakterda ega ekanligi; ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi; uning ilmiyligi hamda dunyoviyligi; ta’limda umum- insoniy hamda milliy-madaniy qadriyatlarning ustuvorligi; davlat ta’lim stan­dartlari doirasida hammaga ta’lim olish uchun imkoniyat yaratilganligi ta’limning majburiyligi; ta’lim, ma’naviy va jismoniy tarbiya dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimdon va iste’dodlarni rag‘batlantirish; ta’lim muassasalarida chet tillarni o‘rganish, din tarixi va jahon madaniyati sohasida bilim olish uchun sharoitlar yaratish; ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlarning ta’siridan holi bo‘lishi; tarbiyalanuvchilar va ta’lim oluvchilarni hurmatlash; pedagog shaxsini, uning ijtimoiy mavqeini hurmatlash; amaldagi qonunlar doirasida mulkchilikning barcha shakllaridagi ta’lim muassasalarining teng huquqliligi, ularning mustaqilliligidan iborat edi.


  1. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlarni rivojlanishining asosiy




yo‘nalishlari
Mustaqil Respublikamizda xalq ta’limi tizimi mazmunini yangilash va yangi ijtimoiy muhit sharoitida uni yanada rivojlantirish zarur edi. Chunki huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda olib borilayotgan islohotlarda asosiy maqsad ham barcha fuqarolarning hayotini ijtimoiy himoyalash, ularning turmush sharoitini yaxshilash, ma’naviy jihatdan yuksaltirish, eng muhimi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iboratdir. Ana shu maqsadni amalga oshirish borasida Respublikamiz hukumati xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish vazifasini qo‘ydi. Jamiyatni ma’naviy yangilashda avvalo ta’lim tizimini isloh qilishni va milliy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni tobora ortib borayotganligini hisobga olib, ta’lim tizimini ham yangilashni taqozo etar edi. Shu maqsadda 1997-yil 29- avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida yangi «Ta’lim to‘g‘risida» Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» keng muhokama qilindi va tasdiqlandi.»Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va tarbiya fuqarolar kasbga tayyorgarligi hamda har bir fuqaroning ilm olish konstitutsion huquqini ta’minlash kabi qator dolzarb vazifalarni belgilab berdi. Respublikamiz bugungi kunda tubdan yangi davlat bo‘lib, unda har bir siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohadagi islohotlar ham yangi ta’lim tizimida bosqichma - bosqich olib borishni nazarda tutadi. Zero, ta’lim sohasidagi islohotlar ham yangi bosqichma - bosqich o‘tish tamoyiliga asoslangandir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ham uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asosi bo‘lib hisoblanadi. Milliy dasturning asosiy maqsadi uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘lib, u ijodiy va mustaqil fikrlovchi, tafakkuri rivojlangan, erkin shaxsni shakllantirish bilan barcha sohalarda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni kafolatlash bilan ahamiyatlidir.


275
Shunga ko‘ra, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boy madaniyatimizni tiklash va uni rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, uni zamon talablariga jabob bera oladigan jahon andozalari darajasiga ko‘tarish maqsadiga e’tibor berib borilmoqda.Ta’lim sohasida «Ta’lim to‘g‘risida» Qonun qabul qilinganligi, 1996-1997-yildan boshlab birinchi sinflarda o‘qishning lotin yozuviga asoslangan yangi alifboda olib borilgani, ular uchun yangi alifboda dastur, qo‘llanma, darsliklarning yaratilganligi - bu ta’lim sohasida qo‘yilgan dastlabki odimlar edi. O‘tgan davrda yangi turdagi ta’lim muassasalari tashkil etildi. Oliy o‘quv yurtlari qoshida litseylar ochildi. Qobiliyatli o‘quvchilar chet ellarda ta’lim ola boshladi. O‘qituvchilar xorijiy davlatlarda bo‘lib, ilg‘or tajribalarni o‘rganib kela boshladilar. Viloyatlarda yangi - yangi biznes maktablari, kichik va o‘rta kasb-hunar kurslari ochila boshladi va bozor iqtisodi sharoitida fermer, soliq va bojxona xodimlari, audit va boshqa yangi mutaxassisliklar kiritildi. Oliy maktab sohasida test usuli joriy etildi. Oliy ta’lim sohasida ham islohot o‘tkazishni talab qila boshladi. Bularning barchasi hisobga olinib, 1997-yil mart oyida Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq, ta’lim tizimini isloh etilish, kadrlar tayyorlash jarayoniga zamon talabi darajasida o‘zgartirishlar kiritish maqsadida maxsus komissiya tuzildi va natijada «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda «Ta’lim to‘g‘risidagi» Qonun Oliy Majlis sessiyasida qabul qilindi. Bu ikki hujjatga binoan ta’lim tizimi isloh qilishni bosqichma - bosqich amalga oshirish nazarda tutiladi: «Ta’lim to‘g‘risidagi» Qonunga asosan Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasida quyidagi uzluksiz ta’lim tizimi asos qilib olingan. Ta’lim tizimi bola shaxsini sog‘lom va yetuk o‘qishga tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi. Mazkur ta’lim uch yoshdan olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’i nazar, boshqa xil ta’lim tashkilotlarida olib boriladi.Umumiy o‘rta ta’lim quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: Boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinf) Umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar) Boshlang‘ich ta’limda umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikmalar asoslari shakllantiriladi. Birinchi sinfga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Oliy ta’limda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash universitet, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim asosida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim ikki bosqichda: bakalavriat va magistraturaga ega. Bakalavriat - oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beriladigan, o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. Magistratura - aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim shartnoma asosida amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtidan keyin malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojga qarab oliy o‘quv yurti va ilmiy tadqiqot muassasalarida doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik tarzida davom ettiriladi. Oliy ta’limdan so‘ng kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimini va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va yangilashga qaratiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturda intellektual, ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutiladi. Kadrlar tayyorlash

276
milliy modelida fan, jumladan, pedagogika fani, ham yangi fundamental va bilimlarni shakllantirish orqali muhim ilmiy natijalarni jamlaydi. Oliy malakali va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashning amalga oshirilishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o‘zlashtirish orqali ilm-fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlashni amalga oshirish ko‘zda tutiladi, ilg‘or axborot va tendensiya texnologiyalarini joriy etish mexanizmlarini ishlab chiqishga e’tibor qaratildi. Mustaqillik yillarida pedagogika fanining eng dolzarb muammolari ustida doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Chunonchi, O.Musurmonova «Yuqori sinf o‘quvchilarida ma’naviy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari»,


S.Nishonova «Sharq Uyg‘onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi», U.Mahkamov «Yuqori sinf o‘quvchilarining axloqiy madaniyatini shakllantirish», M.Inomova «Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslari», R.Shodiyev» O‘quv biluv faoliyatida tushunish muammolarini amalga oshirishning didaktik asoslari», A.Choriyev «Pedagogikaning fanlararo aloqasi va badiiy adabiyot bilan o‘zaro bog‘liqlik qonuniyati», T.Nuriddinov «Talabalarning umumnazariy tayyorgarligida fanlararo aloqalar», M.Hoshimova Talabalarning axloqiy tarbiyasini rivojlantirishda ruhiyatga oid bioenergetik bilimlardan foydalanish», M.Qurornov «O‘zbek maktabida milliy tarbiya nazariyasi va amaliyoti», D.Ro‘ziyeva «Oliy ta’lim muassasalari talabalarida milliy ift ixor tuyg‘usini tarbiyalash» kabi doktorlik dissertatsiyalari shular jumlasidandir. O‘tgan davr mobaynida jahon hamjamiyati O‘zbekiston davlatining ,,o‘zbek modeli» deb nom olgan rivojlanish yo‘lidan boxabar bo‘ldi, tan oldi. Ana shu tarixiy jarayonda ta’lim sohasidagi islohotlar, ularning natijalari katta o‘rin tutdi. Buni birinchi davlatimizning rahbari 2012-yil 17-fevral kuni Toshkentda mezbonlik qilgan «Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash - mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqida ham alohida ta’kidlab, shunday degan edi: Mamlakatimizda 9+3 sxemasi bo‘yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etildi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan modelning prinsipial xususiyati avvalo shundaki, umumta’lim maktabidagi 9 yillik o‘qishdan so‘ng o‘quvchilar 3 yil davomida ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, ularning har biri umumta’lim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaxassislik bo‘yicha kasb-hunarlarni ham egallaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim barcha uchun majburiy va bepul ekani qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan. Bu o‘sib kelayotgan yangi avlodimiz 12 yillik majburiy ta’lim olish bilan birga mutaxassislik va kasb-hunarga ega bo‘lishini taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol qilib voyaga yetkazishning muhim huquqiy asosidir. Umumiy o‘rta ta’limning takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari va modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlaridagi o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2004-yil 21-maydagi 3134-sonli Farmoniga muvofiq qabul qilingan «2004-2009- yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi»da davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlarini ko‘rib chiqish vazifasi qo‘yildi. «2004-2009-

277
yillarda maktab ta’limni rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim fanlar bo‘yicha mavjud DTSlar yangidan tahrir etilib, o‘quv dasturlari modernizatsiya qilindi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida boshlang‘ich ta’limda o‘quvchi ta’limiy faoliyatning asosiy ko‘nikma va malakalarini egallashi, erkin o‘qishi, husnixati, tez sanash, matematik masalalarni yechishi, amaliy fikrlashi, o‘z o‘quv faoliyatini, nutq madaniyatini va xulqini nazorat qila bilishi, shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmish tarzi asoslarini o‘zlashtirishiga alohida e’tibor qaratilgan. Davr talabi hisobga olingan holda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklari uzviylik, uzluksizlik hamda o‘quvchilarning Yoshi va psixofizologik xususiyatlariga mosligi jihatidan tahlil qilinib, 1260 soat hajmdagi mavzular optimallashtirildi. Bugun esa umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan 18 ta umum ta’lim fanlari bo‘yicha yangi- kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari loyihalari ishlab chiqilib 76 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 52 ta kasb-hunar kolleji va 18 ta akademik litseylarida tajriba sinovdan o‘tkazildi. Vazirlar Mahkamasining 390- sonli qarorida belgilangan davriylik asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1- sinf o‘quvchilar uchun har yili, 2-4- sinf o‘quvchilari uchun har 2 yilda bir marta va 5-9- sinf o‘quvchilar uchun har 4 yilda bir marotaba qayta nashr qilinayotgan darslik va o‘quv-metodik adabiyotlarda mazkur takomillashtirishlar o‘z aksini topmoqda. Xalq ta’lim, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari,O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2015-yil 11-avgustdagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari loyihalari tajriba-tadqiqotini tashkil etish to‘g‘risida»gi qo‘shma buyrug‘i qabul qilindi. Unga asosan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida uzviy o‘qitiladigan 18 ta umumta’lim fanlar bo‘yicha amalyotchi o‘qituvchilar, metodistlar hamda yetakchi olimlardan iborat ishchi guruhlari tuzildi. Ishchi guruhlar rivojlangan davlatlarning hamda mamlakatimizda yaratilgan chet tillardan uzluksiz ta’lim tizimi standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish tajribasidan kelib chiqib, umumta’lim fanlar bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari loyihalari tayyorlandi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 20-apreldagi qaroriga binoan oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, mamlakatni - ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida: Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar belgilab berildi: har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar


278
o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish; oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish yo‘na- lishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish; -ta’lim jarayonini, oliy ta’lim­ning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usul­larini keng joriy etish, magistratura ilmiy ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillash- tirish; yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassa­salarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish; -pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, oliy ta’lim muassasalari va qayta tayyorlash hamda malaka oshirish markazlari o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish; -oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish; -oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish; -oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini o‘quv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari, ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, oliy ta’lim ilm-fanining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada mustahkamlash; oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari, o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish.

279


Nazorat uchun savollar

  1. Mustaqil O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlarga qisqacha izoh bering.


  2. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlarning rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini tushuntiring.


  1. Eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmigacha jahon pedagogika fanining taraqqiyot tarixi


    1. Qadimgi Sharq, qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida maktab va tarbiya.


    2. Qadimgi yunon va rim faylasuflarining tarbiya to‘g‘risidagi fikrlari.


    3. XII asrlarda Rossiyada pedagogik asarlarning nashr etilishi.


    4. Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi.


    5. I.G.Pestolotsining didaktik qarashlari.


    6. A.Distervegning didaktik g‘oyalari.


  1. Qadimgi Sharq, qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida maktab va


tarbiya
Tarixiy manbalardan bizga ma’lumki, qadimiy sharqda ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib, uning o‘rniga yangi quldorlik tuzumining paydo bo‘lishi moddiy va ma’naviy madaniyatga asos solinishiga zamin yaratdi. Ayniqsa qadimiy Yunoniston (Gretsiya) xalqlari bu madaniyatni ma’lum darajada qabul qilib, uni qaytadan rivojlantirdi va butun jahon madaniyatiga, maorifiga ulkan hissa qo‘shganlar. Masalan: Xitoyda birinchi marta qog‘oz ixtiro qilingan. Hindistonda hisoblashning o‘nlik tizimi kashf etilgan. Mesopotamiyada esa yer kurrasini graduslarga, sutkani soatlar, minutlar va diqiqalarga bo‘lish o‘ylab topilgan.


Bizga ma’lumki, quldorlik tuzimi davrida Qadimiy sharq mamlakatlari orasida, ayniqsa Yunonistonda madaniyat, tarbiya, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlangan. Yunoniston unchalik katta bo‘lmagan quldorlik davlatlaridan (polislardan) iborat mamlakat bo‘lgan.
Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shahri Afina) Yunonistondagi davlatlarning eng mo‘tabarlari edi. Bu davlatlarning har qaysisida tarbiyaning o‘ziga xos tizimi yaratildi va shunga monand Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataldi. Ammo bu ikkala davlat ham quldorlik davlati bo‘lganligi uchun ijtimoiy tarbiya tizimi quldorlarning bolalariga xizmat qilgan.
Spartada o‘g‘il bolalar 7 yoshgacha uyda yashar, keyin agella deb ataluvchi davlat maktablariga joylashtirilar va 18 yoshga yetguncha ana shu muassasalarda tarbiyalanib o‘qitilar edi. Hukumatga taniqli kishi (pelenom) butun tarbiyaviy ish- larga rahbar bo‘lib tayinlanar edi. O‘smirlarni jismoniy jihatdan tarbiyalashga alo­hida e’tibor berilgan. Shu bilan birga bolalarga musiqa, ashula va diniy raqslar ham

280
o‘rgatilar edi. Tarbiya butun jamoaning ishi hisoblanadi, lashkarboshilar, davlat arboblari bolalar bilan axloqiy va siyosiy mavzularda suhbatlar o‘tkazib turdilar.


Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olim Plutarx Sparta maktablaridagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib, shunday deydi:
«O‘qish va yozishga kelganda bolalarga faqat ularning eng zaruri o‘rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so‘zsiz itoat qildirishni, chidamli bo‘lishni va yengish ilmini o‘rgatishni ko‘zda tutar edi».
Spartada ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar»da, ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashar, shubhali bo‘lib ko‘ringan har qanday qulni o‘ldirar edilar.
Davlat rahbarlari yoshlar bilan maxsus suhbatlar o‘tkazib, shu yo‘l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar, bunday suhbatlarda ular bolalarga vatan dushmanlari bilan kurashda ota-bobolarning ko‘rsatgan mardligi va jasurligi haqida hikoya qilar edilar.
Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar o‘tkazib, shu yo‘l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar, bolalarni savol- javob jarayonida aniq va lo‘nda javob berishga o‘rgatgan. Yigitlar 18-20 yoshga yetganda «Efeblar» o‘spirinlar guruhida harbiy xizmatni o‘taganlar.
Qizlar uyda tarbiyalandilar, tarbiyada ularning ham jismoniy sog‘lom bo‘lishlariga, harbiy tayyorgarlikka ega bo‘lib yetishuvlariga e’tibor berildi.
Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e’tibor berilgan. Ularni harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan. Chunki erkaklar jangga ketganlarida ular shaharni qo‘riqlab, qullarni itoatda saqlashini ta’minlar hatto jangga ham qatnashardilar.
Afinada esa hayot, tartib, intizom, maktab tizimi va undagi talim-tarbiya spartanikidan butunlay farq qilar, qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Afinada eramizdan ilgarigi V-IV asrlarda madaniyat gullab yashnadi. Fan, me’morchilik va haykaltaroshlik rivoj topdi.
Ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan yetuk kishini, Afinada eng ko‘rkam va barkamol inson (ideal) hisoblangan.
Bolalar 7 yoshga yetguncha uyda tarbiyalanar, o‘g‘il bolalar 7 yoshdan boshlab maktabga qatnar, qizlar esa oilada ona ko‘magida uy-ro‘zg‘or ishlariga o‘rgatilar, chunki xotin-qizlar uy doirasidan chiqmas edi. Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13—14 yoshgacha «grammatist» (savod o‘rgatish ma’nosida) yoki «kifarist» (yunoncha musiqa o‘qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil olganlar. Bu xususiy maktablarda o‘qish pullik bo‘lgan. Shuning uchun kamxarj fuqarolarning bolalari ushbu maktablarda ta’lim ololmagan.
Maktablarda «didaskol» deb atalgan o‘qituvchilar mashg‘ulot olib borar edilar. (Men o‘qitaman, degan ma’nodagi «didasko» so‘zidan keyinroq «didaktika» — ta’lim nazariyasi kelib chiqqan).
O‘g‘il bolalarni maktabga qullar yetaklab borar edi, bunday qul pedagog deb atalgan («pays» - bola, «agogeyn» - yetaklab borish degan so‘zlardan olingan). Grammatist maktabida o‘qish, yozish va hisoblash o‘rgatilar edi, o‘qishda harflarni hijjalab o‘qitish usuli, so‘ng qo‘shib o‘qish usulidan foydalanganlar. Yozuvni

281
o‘rgatishda mo‘m surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalangan va ingichka cho‘p yordamida yozganlar. Sonlar barmoqlar, sopol toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan hisoblangan. Kifarist maktabida adabiy bilim va estetik tarbiya berilar, ashula, deplomatsiyalar o‘rgatilar edi.


O‘g‘il bolalar 13-14 yoshga yetganlaridan keyin palestra («kurash maktabi») deb atalgan o‘quv yurtiga o‘tar, bu yerda ikki-uch yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanardilar. Masalan: sakrash, yugurish, kurashish, disk va nayza uloqtirish, suvda suzish kabilar. Palestrada o‘qish tekin bo‘lgani uchun yoshlarning ko‘pchiligi shu yerda o‘qish bilan cheklanib qolar edi. Badavlatroq oiladan bo‘lganlari esa palestrani tugatgach gimnasiyga (jismoniy, ijtimoiy tarbiya) kirar edi. Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari o‘rgatilar, tahsilni tugatganlar esa davlat boshqaruvida qatnashishlari mumkin edi.
Nihoyat, Spartada bo‘lgani kabi, Afinada ham 18 dan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar efeblar qatoriga o‘tib, harbiy xizmatga tayyorlanar va o‘zlarining siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirar edilar.
Aholining ko‘pchilik qismi bolalarni maktablarda o‘qita olmaganligi sababli ularga kasb-hunar o‘rgatish odat tusiga kirgan edi. Ayrim xat-savodi bor ota-onalar bolalariga o‘qishni o‘zlari o‘rgatar edilar. Bu davlat tomonidan qonunlashtirilib qo‘yilib bechorahol tabaqaga mansub ota-onalar o‘z bolalariga biror kasbni o‘rgatishga majbur edilar. Aks holda ularning bolalari kelgusida keksayib qolgan ota-onalari to‘g‘risida moddiy g‘amxo‘rlik qilishdan ozod etilar edilar.
  1. Qadimgi yunon va rim faylasuflarining tarbiya to‘g‘risidagi fikrlari


Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Demokritlar asos soldilar. Quyida bu faylasuf olimlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Suqrot (Sokrat) (eramizdan avvalgi 469-399-yillar) o‘zining ijtimoiy kelib chiqishiga qaramay (Suqrot haykaltaroshning o‘g‘li edi) konservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. Bu albatta, uning falsafiy va pedagogik qarashlarida o‘z aksini topdi. Suqrot keng maydonlarda so‘zga chiqar, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o‘tkazar, tinglovchilarni savol-javob yoki u bilan haqiqatni topishga undar edi. Bu «Suqrot metodi»(Evristik) nomi bilan fanga kirgan.


Suqrot — falsafiy dialektikaning asoschilaridan biri. Baxs orqali, ya’ni muayyan narsalarni o‘rtaga qo‘yish va ularga javob topish yo‘li bilan haqiqatni aniqlash mumkin deb uqtiradi faylasuf. Aristotelning yozishicha, Suqrot mavjud haqiqatan umumiy tushunchalarga o‘tishdagi induktiv ta’limotni hamda har bir narsaning mohiyatini bilishning birinchi imkoniyatini beradigan tushunchalarni aniqlashdagi ta’limotni yaratgan. Suqrotning etika sohasidagi asosiy tezislari quyi- dagilardan iborat: ezgulik bilimdir, donishmandlik, ya’ni yaxshilikni biluvchi yaxshilik qiladi; yomonlik qiluvchi esa yaxshilikni yo bilmaydi yoki pirovardida yaxshilikning tantanasi uchun yomonlik qiladi. Suqrotning ta’biricha, aql bilan axloq o‘rtasida ziddiyat bo‘lishi mumkin emas. Ulug‘ faylasuf tarbiyada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha, axloq faqat imtiyozli «mumtoz»largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy axloqning yagona
282

egalari bo‘lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qo‘llarida bo‘lmog‘i kerak deydi.



Aflotun (Platon) eramizdan ilgari (424-347-yillari) yashagan. Qadimgi yu- nonistonning mashhur - idealist faylasufi, Suqrotning shogirdi, obyektiv idealizm nazariyasining asosichisi «g‘oyalar dunyosi»ni birlamchi, his qiluvchi narsalar dunyosini ikkilamchi deb hisobladi. Aflotun olamni hodisalar dunyosi va g‘oyalar dunyosi deb ikkiga bo‘ldi. Uning fikricha g‘oyalar abadiy va o‘zgarmasdir. Uning nazarida, narsalar g‘oyalar olamining soyasidir. Afina aristokratiyasining namo- yondasi bo‘lgan Aflotun, zodagonlarning abadiy hukmronligi nazariyani ilgari surdi. Uning fikricha ideal aristokratik davlat uch xil ijtimoiy guruh: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo‘lishi lozim. Faylasuflar davlatni boshqaradilar, jangchilar uni har qanday dushmandan himoya qiladilar, uchinchi guruh esa mehnat qilib, mo‘l hosil yetishtirib, faylasuflar va jangchilarni boqadilar. Uning tasavvuridagi ideal davlatda qullar ham hunarmandlar ham huquqsizdirlar, qanoat va itoatkorlik fazilatlariga xos deb ta’kidlaydi u. Aflotun davlat tomonidan tashkil etilmog‘i va hukmron guruhlarning — faylasuflar va jangchilarning manfaatini ko‘zlamog‘i lozim. Aflotun o‘zining pedagogika tizimida Sparta va Afina tizimining ba’zi bir belgilarini birlashtirishga intiladi. Aflotunning fikricha, bolalar 3 yoshdan 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo‘yilgan tarbiyachilar rahbarligida maydonchalarda turli o‘yinlar o‘ynash bilan shug‘ullanishlari lozim. Aflotun o‘yinlarni maktabgacha tarbiya vositasi deb hisoblab, ularga katta ahamiyat beradi, shuningdek, bolalarga hikoya qilib beriladigan materiallarni sinchiklab tanlash kerakligini ham uqtirib o‘tadi. U bolalarga yoshlik chog‘idanoq ijtimoiy tarbiya berish tarafdori edi. Aflotun xotin- qizlar tarbiyasi xususida fikr yuritib, Spartadagi usulni ma’qullaydi. Umuman Aflotun tarbiya tizimining butun mazmuni va mohiyati jismoniy mehnatdan g‘oyat nafratlanish ruhi bilan sug‘orilgan. Aflotun g‘oyasiga ko‘ra bo‘lajak faylasuflar va jangchilarni «jismoniy mehnat to‘g‘risida xato o‘ylashlari» ham taqiqlab qo‘yilgan, shuningdek, qullarning bolalarini o‘qitmagan ma’qul. Biroq Aflotun maktabgacha tarbiya to‘g‘risida, davlat tomonidan izchillik bilan olib borilishi lozim bo‘lgan tarbiya tizimi to‘g‘risida bir qancha muhim fikrlarni aytib, ijobiy o‘rnak namunasida tarbiyalashni talab qilgan.
Aflotun o‘zining axloqiy g‘oyalarini ilgari surar ekan, ustozi Suqrotga ergashib, obyektiv idealizm yo‘lini tutadi.
Arastu (Aristotel) (eramizdan avvalgi 384-322-yillar)da yashagan. Aflotun olamni g‘oyalar va hodisalar dunyosiga bo‘lgan bo‘lsa, uning shogirdi Arastuning aytishicha, g‘oyani shaklga o‘xshatish mumkin. Har qanday buyumda biz uning moddasini va shaklini ko‘rishimiz mumkin. Moddada narsalar bo‘lishi uchun imkoniyatlar bor; modda biron shakl olganidan so‘nggina narsa bo‘lib qoladi. Chunonchi, marmarning o‘zi bir moddadir, ammo unga ma’lum shakl berilsa, haykal tusini olishi mumkin.
Arastu olamda tana va jon bor, tana bilan jon materiya bilan shakl tariqasida bir-biridan ajralmagan holda mavjuddir, deydi. Uningcha, uch xil jon bor: o‘simlikdan tarkib topgan jon oziqlanish va urchib ko‘payishda namoyon bo‘ladi; hayvonotdan tarkib topgan jon, o‘simlik xossalaridan tashqari sezgilarda va

283
istaklarda namoyon bo‘ladi; aqlning ifodasi bo‘lgan jon, o‘simlik va hayvonot xossalaridan tashqari, u tafakkur yoki bilish xislatlariga ega. Insondagi jonning hayvoniy qismi aqlga tobe bo‘lganligi sababli, uni iroda deb atash mumkin.


Arastuning fikricha, jonning mana shu uch xiliga muvofiq uch xil tarbiya - jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiyalardir. Tarbiyaning maqsadi aql va irodani kamol toptirishdan iborat. Har bir moddada rivojlanish imkoniyati bor bo‘lganidek, insonga ham tabiat faqat qobiliyatlarning boshlang‘ichinigina beradi, insonda kamol topish imkoniyati mavjud va bu imkoniyat tarbiya vositasi bilan ro‘yobga chiqariladi. Tabiat jonning uch xilini bir-biri bilan chambarchas bog‘lab qo‘ygan, biz ham tarbiyada tabiat belgilab bergan yo‘ldan borib, jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiyani bir-biri bilan chambarchas bog‘lab olib borishimiz lozimligini uqtiradi.
Arastuning fikriga ko‘ra, davlatning umumiy bitta oxirgi maqsadi bor, u ham bo‘lsa, davlat hamma fuqarolarga bir xilda tarbiya berilishini ta’minlashi lozim, mana shunday tarbiya berish esa xususiy tashabbusning vazifasi bo‘lmasdan, balki davlatning ishi bo‘lishi lozim.
Oilaviy tarbiya bilan ijtimoiy tarbiya o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozimligini uqtirib, u hatto oilaviy tarbiyaga doir bir qancha tavsiyalar beradi. Ammo Arastu davlat hamma fuqarolar uchun «bir xilda» tarbiya berishi lozim, deb aytganida qullarni nazarda tutmaydi.
Arastu pedagogika tarixida birinchi bo‘lib, yoshni davrlarga bo‘lishga urinib ko‘radi. U insonning yoshlik yillarini uchga bo‘lib o‘rganadi: 7 yoshgacha bo‘lgan davr; 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan davr (jismoniy balog‘at davrining boshlanishi) va jinsiy balog‘at davrining boshlanishidan 21 yoshgacha bo‘lgan davr. Uning fikricha, bunday davrlarga bo‘lish tabiatga mos bo‘lib tushadi.
Arastu o‘g‘il bolalar 7 yoshdan boshlab davlat maktabida o‘qishi lozim, deb uqtiradi. Bolalarga aqliy tarbiya berilishi kerakligini aytib, u o‘g‘il bolalar avvalo badantarbiya muallimlarining qo‘liga topshirilsin, deb talab qiladi; bunda u bola­larni haddan tashqari charchatib qo‘ymaslik kerakligini aytadi va ularning jismi mustahkamlanib olguncha yengil mashqlar bilan shug‘ullantirishni tavsiya etadi.
Arastu jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiyani bir-biri bilan bog‘langan, deb qaraydi. Boshlang‘ich ta’lim vaqtida, badantarbiyadan tashqari, Yana o‘qish, yozish, grammatika, rasm va musiqa o‘rgatilishi kerakligini alohida uqtirib o‘tadi. O‘smirlar maktabda jiddiy ma’lumot olishlari kerak, ular adabiyot, tarix, falsafa, hisob, falakiyot, musiqani o‘rganishlari shart. Go‘zallikni his qilishni o‘stirish uchun musiqa o‘rganmoq kerak, ammo rasm chizish singari musiqa o‘rganish ham oddiy hunarga aylanib ketmasligini kuzatib turish muhim deydi. U xotin-qizlarning tarbiyasi xususida gapirib, bu erkaklarning tarbiyasiga o‘xshab ketmasligini, chunki ularning tabiati mutlaq erkaklarnikidan farq qilishini aytadi. Arastu o‘z pedagogik qarashlarida iroda, faoliyatni asos qilib olgani holda, aqliy tarbiya sohasida axloqiy ko‘nikmalarga katta ahamiyat beradi. Tabiiy iste’dod, shu bilan birga, ko‘nikma orttirish (matlub harakatlarni o‘rganish, tez-tez takrorlab turish) va aql — bular axloqiy tarbiyaning uch manbaidir,- deydi.
Fazilatlar hosil bo‘lishi uchun ezgu xulq-odatlarini va ko‘nikmalarini tarkib toptiradigan, yaxshi o‘ylab o‘tkaziladigan mashqlar bo‘lishi ham zarur, bunga

284
odatlanish, buning uchun doimiy harakat qilish lozim, odatdan, ko‘nikishdan esa axloqiy xatti-harakat hosil bo‘ladi, deb ta’lim beradi.


Arastu Aflotundan farq qilib, oilani tarbiyadan chetlashtirmaydi, axloqiy tarbiya berish, asosan, oilaning zimmasida bo‘lishi kerak, deydi.
Arastuning qarashlari antik pedagogikaning taraqqiyotiga katta ta’sir o‘tkazadi. Uning «Nikoh axloqi» va «Siyosat» asarlari axloq masalalarini nazariy ishlab chiqishga bag‘ishlangan.
Arastu, axloqning jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, «Tabiat inson qo‘liga qurol — aqliy va axloqiy kuch bergan, ammo u shu qurolni teskari tomonga nisbatan ham ishlatishi mumkin: shu sababli axloqiy tayanchlari bo‘lmagan odam eng insofsiz va yovvoyi, o‘zining jinsiy va did mayllarida eng tuban mavjudot bo‘lib qoladi», - deydi.
Arastu antik davrining boshqa faylasuflariga qaraganda axloqiy munosa- batlarning tabiatini teran tadqiq qila oldi. Uning fikriga ko‘ra, axloqiy fazilat — faoliyat, xatti-harakat demakdir. Barcha axloqiy fazilatlar adolat, do‘stlik, muhabbat, saxiylik, sulhparvarlik, xushfe’llik va hokazolar faqat inson faoliyatida namoyon bo‘lishini asoslab beradi.
Odam jamiyatda yashagani sababli uning axloqiy fazilatlari hech qachon sof, xolis holda namoyon bo‘lmaydi, balki faqat ijitimoiy faoliyatdagina amalga oshadi. Shuning uchun barcha axloqiy fazilatlar ijtimoiydir, deydi Arastu.
Inson tabiatan fazilatlarga ega bo‘lmagani, balki fazilatga o‘rgangani sababli, tarbiyaning (faqat bolalarnigina emas, shu bilan birga barcha aholini tarbiya qilish) roliga katta ahamiyat berib, xususan hissiyotlarni tuyg‘ularda idrokli tarbiyalashga ahamiyat qaratadi. Uning fikricha, bunday tarbiya kishilarning axloqli bo‘lib yashashga o‘rganishlari uchun zarur bo‘lgan mavjud qonunlar yordamida armalga oshiriladi. Mutafakkir fazilat deganda, hamisha ota-ona o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan davlatga xizmat qilishni nazarda tutadi.
Arastu axloqiy fazilatlar bilan bir qatorda inson uchun muhim bo‘lgan aqliy fazilatlarga—bilim, donishmandlik, fahmlash va boshqalarga ham katta ahamiyat beradi. Ammo axloqiy fazilatlarni aqliy fazilatlarga bo‘ysundirgan holda ifodalaydi.
Arastu faqat aql faoliyatini tan oladi. Shu sababdan u baxt idealini haqiqatan intellektual mushohada etishda deb biladi.
Umuman antik faylasuflar Suqrot, Aflotun, Arastular o‘zlarining nazariyalarida har bir narsada me’yor bo‘lmog‘i lozimligini uqtirib o‘tganlar. Ular axloqni insonning baxtga erishish vositasi deb qaraganlar.
Demokrit (eramizdan avvalgi 460-370-yillar) qarashlari qadimgi yunon falsafasining cho‘qqisidir. U atomizm nazariyasini yaratgan materialist faylasufdir. Demokrit o‘z asarlarida yuqorida nomlari qayd etilgan mutafakkir faylasuflar kabi tarbiya masalalariga katta e’tibor beradi. U o‘z nazariyasida tabiat qonunlariga, xurofotni va qo‘rquvni yemirib tashlaydigan chinakam bilimlarga murojaat qiladi.
Demokrit tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo‘lib ilgari surdi. «Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o‘xshaydi» deb yozadi u. Demokrit «ta’lim mehnat asosidagina go‘zal narsalarni hosil qiladi», deb, tarbiya ishida mehnatning roli juda katta ekanligini ta’kidladi.

285
U doimo mehnat qilib turishni talab qildi, mehnatga odatlana borgan sari, mehnat yengil bo‘lib boradi, deydi. U yomon o‘rnakdan ehtiyot bo‘lish kerak, deb ta’kidlaydi va yaxshi hulq hosil qilishda mashqning ahamiyati katta, deb hisoblaydi.


Demokrit axloqni odamning o‘z tabiatidan kelib chiqib, asoslashga harakat qiladi. Bilish nazariyasida Demokrit moddiy olamni bilish va haqiqatga erishish mumkinligini ta’kidladi, bilish jarayonida sezgi va tafakkur rolini ko‘rsatdi. Uningcha sezgilarimiz orqali olingan bilim «qorong‘i»; u olamning mohiyatini ochib berolmaydi; aql orqali olingan bilim «yorug‘«, haqiqiy bilimdir. Tabiat sirlarini faqat fikrlash yo‘li bilan bilib olish mumkin.
Demokritning axloqiy va pedagogik qarashlari diniy qobiqdan xoli edi. Shuning uchun ham u o‘z g‘oyalari bilan o‘zidan keyingi faylasuf olimlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ayniqsa, ularning inson kamolotidagi nazariy qarashlari, tarbiyaning roliga bergan katta ahamiyatlari pedagogika tarixi nazariyasini yaratishda asosiy zamin bo‘lib xizmat qildi.
  1. XII asrlarda Rossiyada pedagogik asarlarning nashr etilishi


XI-XIII asr pedagogika adabiyoti yodgorliklari «Viladimir Monomaxning bolalarga o‘gitlari» XI-XII asrlarda tarjima qilingan va mavjud maqolalar to‘plamlarida iborat bir qancha va ko‘p yozma kitoblar vujudga keladi. Bunday maqolalar orasida pedagogika mazmunidagi maqolalar va fikrlar bor edi.


Bunday to‘plamlar «Pechla» Izamragd» (Yangi zumrad) «Sbornik Svyatoslava (Ya’ni Svyatoslava to‘plami), «Zlatostruy» Zlatoust» deb atalar edi (grek cherkov yozuvchisi va va’zxoni Ioanni Zlatoust taxallusidan olingan) Unda Demokrit Aristotilning bildirgan fikrlari va maqolalari e’lon qilingan edi. Svyatoslav «to‘plami»ga masalan, Aristotelning matematikaga oid asrlari va kiyevlik kishining o‘qish metodikasi to‘g‘risidagi mavjud pedagogika asarlari kiritilgan edi. O‘sha davirdagi tarbiya masalasiga bag‘ishlangan maqolalarda bolalarni insof-tavfiqli qilib tarbiyalash to‘g‘risida, ota-onalarni o‘zlaridan kattalarni hurmat qilish to‘g‘risida ota-onalarga bolalarni jismoniy o‘sishini axloqiy va aqliy rivojlanishini qanday qilib ta’minlash ularni qattiq ushlash, agar bolalar gapga quloq solmaydigan bo‘lsa, ularni kaltaklashga ruxsat berilar edi. Viladimir Monomaxning bolalarga o‘gitlari XII asr oxirlaridagi pedagogikaga oid adabiyotlarning ajoyib yodgorliklaridir. Davlatni oqillik bilan idora qilgan Viladimir Monomax o‘z bolalariga qanday yashash yo‘lini ko‘rsatib maslahatlar beradi. U bolalarni vatanga muhabbat qo‘yishga vatani dushmanlardan himoya qilishga serharakat, mehnatsevar botir kishilar bo‘lishga da’vat qiladi .
U bolalarni qahramonlik jasurlik va shu bilan birga insonparvarlik kishilarga jonkuyarlik ruhida tarbiyalash zarurligni alohida ko‘rsatib o‘tadi. Viladimir Monomax, yetim-yesirlar va beva-bechoralarning homiysi bo‘lmog‘i kerak, kuchlilarning kishini halok qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Katta kishilarni hurmat qilmoq tengqurlar bilan xushmomala bo‘lmoq kerak. Xudoni tarki dunyo qilish ro‘za tutish yo‘li bilan emas, balki garchi andakkina bo‘lsada, savobli ishlar bilan ro‘za qilmoq kerak deb yozgan edi. Viladimir Monomax, bolalarga murojaat
286

qilib ularga o‘qishni maslahat beradi. O‘zni otasini misol qilib uni chet tillarni bilganini aytadi.

Mo‘g‘ul - tatar istilolari davrida uchta mustaqil xalq -velikoruslar ukranlar belaruslarga bo‘linib ketgan yagona qadimgi xalqlarning zo‘r berishi tufayli Kiyev davlatida maorif va o‘qitish ishlari yuqori darajaga ko‘tarildi.
Kelib chiqish birligini tarixiy va madaniy birligni anglash bu xalqlarda XIV- XVII asrlarda maorif maktab va pedagogikaga oid fikrning rivojlanishini ma’lum daraj ada belgilab beradi.
Odatda to‘rtta fakultetdan tuzilgan bo‘lib, bular tayyorlov fakulteti, ridik, medisina va teologiya (din aqidalari) fakultetlaridan iborat edi. Tayyorlov fakulteti talabalari yuqorida aytilgan triviumga, kvadrivium tarkibiga kirgan fanlarni o‘qir edilar. Tayyorlov fakultetida o‘qish muddati 6-7 yilgacha, asosiy fakultetlarda esa 5-6 yilgacha cho‘zilar edi. Universitetlarda o‘qitish metodlari ma’ruza, cherkov tomonidan tasdiqlangan darslik va asarlarni yodlash va disput (munozara)lardan iborat edi. Universitetlarda o‘qish faqat lotin tilida olib borilar edi.

  1. Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi


Buyuk slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy 1592-yilda Chex diniy jamoasida tegirmonchi oilasida tug‘ildi, jamoadagi maktabda o‘qidi.


Komenskiy ota-onasidan erta judo bo‘ladi, jamoa a’zolarining yordami bilan universitetga kirib, o‘qishni tamomlagandan keyin, Fulkenns shahridagi qardoshlik maktabida o‘qituvchi bo‘lib xizmat qildi. So‘ngra mahalliy jamoada rahbarlik vazifasida ishlaydi, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanib, chex tilining xususiyatlarini, xalq og‘zaki ijodini o‘rganadi, qardoshlik maktablaridagi o‘qitish mazmuni va usullarini takomillashtirish ustida ish olib boradi. 1628-yilda chex xalqi bilan birga Polianing Leshno shahriga ko‘chib keladi, bu shaharda ham qardoshlik maktabini ochib, o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi, o‘ziga olamshumul shuhrat keltirgan «Buyuk didaktika» va «Onalar maktabi» asarlarini nashr qildiradi. Bu davrda u tabiat va jamiyat haqidagi bilimlar ensiklopediyasi - «Pansofiya»ni yaratish ustida ish olib boradi. Komenskiy 1641-yilda ingliz olimlarining taklifiga binoan Londonga bo­radi, katta tantana bilan kutib olinadi. Shvetsiya va Vengriyada bo‘lganda ham maktablarni isloh qilish bilan shug‘ullanadi, «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» darsligini, «Insoniy ishlarni tuzatish haqida umumiy maslahatlar» asarlarini yozadi. Komenskiy 1670-yilda vafot etadi.
Komenskiy o‘rta asrdagi tarbiyadan farqli o‘laroq, tug‘ilganidan boshlab bola egallagan qobiliyatini xudoning tuhfasi hisobladi va ayni paytda, bu qobiliyat faqat tarbiya jarayonida rivojlanishini uqtirdi. Komenskiy insonning rivojlanishida tarbiyaning o‘rni benihoya ekanligiga ishonadi va tarbiya tufayligina har qanday bolani yuksak axloqli, ma’lumotli qilib yetishtirish mumkin degan fikrni bildirdi, bolani yoshlik chog‘idan jismonan sog‘lom, ma’naviyatli qilib tarbiyalashni talab qildi.
Komenskiyning fikricha, tarbiya tabiatga uyg‘un bo‘lishi, tarbiyada bolaning shaxsiy xususiyatlari hisobga olinishi lozim.

287
Komenskiy o‘z pedagogik qarashlarida insonni tabiatni bir qismi deb hisobladi va tabiatdagi barcha mavjudotni yagona bir qonunga buysunadi, degan g‘oyani olg‘a suradi. Uning fikricha, ta’limni bolalarni narsa va mavjudotlar bilan tanishtirishdan, ularni idrok qildirishdan boshlash,1 undan keyin ularga xos xususiyatlarni o‘rganishga o‘tish zarur. Komenskiyning o‘qtirishicha, rassom ham shu zaylda ish ko‘radi. U avval tasvirlaydigan buyumning umumiy, xomaki rasmini chizadi, keyin uning ayrim qismlarini tasvirlaydi.


Bu uqtirishda Komenskiyning o‘z pedagogik qarashlarining to‘g‘riligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan o‘ziga xos usul o‘z ifodasini topgan. Bu usul o‘z davrida Komenskiyga o‘zining shaxsiy tajribasini asoslashga yordam bergan.
Komenskiyning fikricha, bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosiga qurilgan ta’limgina uyg‘un bo‘ladi.
Komenskiy ta’lim va uning uzviyligi haqida
Komenskiy barcha bolalarni bilimlarni idrok qilishga qodir deb hisoblab, «barchani hamma narsaga o‘rgatish» zarurligini, ta’limning umumiy bo‘lishini talab qiladi. Bu ta’lim barchaga, jumladan, o‘g‘il bolalar va qizlarga ham taalluqli bo‘lishi lozim.
Komenskiy maktab bolalariga har tomonlama bilim berishi, ularning aql- idroki, axloqi, his-tuyg‘ulari va irodasini rivojlantirishi lozimligini ta’kidlaydi.
Komenskiy inson rivojlanishini to‘rt bosqichga: go‘daklik, bolalik, o‘smir- lik, yetuklik davrlarga bo‘ladi. Komenskiy tug‘ilganidan boshlab 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun alohida onalar maktabini ochishni, ularga onalar rahbarligida ta’lim va tarbiya berishni tavsiya etadi. Uning tavsiyasi bo‘yicha, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘qish ona tilida olib boriladigan maktabda ta’lim oladilar. Bu turdagi maktab har bir jamoada ochilishi kerak. Ilm olishga moyilligi sezilgan 1218 yoshli o‘smir va yigitlar shaharda tashkil etiladigan lotin maktabi yoki gimnaziyaga borishlari lozim. Komenskiy olim bo‘lishni xohlagan 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun har bir davlatda akademiyalar tashkil etishni taklif qiladi.
Uning fikricha, yosh avlodning har tomonlama tarbiyali bo‘lishini ta’minlaydigan ta’lim bosqichlarida izchillik va o‘zaro birlik bo‘lishi, qat’iy va yagona tizim qaror topishi darkor.
Komenskiy barcha bosqichlar uchun (akademiyadan tashqari) ta’limning mazmunini ishlab chiqadi. U har bir fanning o‘qitilishini «eng oddiy element- lardan» boshlab, bolalar bilimi rivojini hisobga olgan holda takomillashtirib borishini tavsiya etadi.
  1. I.G.Pestolotsining didaktik qarashlari


Pestalotsi avval boshlang‘ich maktabda, so‘ngra lotin maktabida o‘qib ilm oldi. Pestalotsi o‘rta maktabni tamomlagach, ko‘proq gumanitar fanlar o‘qitiladigan oliy o‘quv yurtiga - kollegiumda, uning filologiya va falsafa




1 «H.A. Константинов, Е.Н.Медински Коменский ЯА. Буюк дидактика. -Т.: У^итувчи, 1975, 238 б. й, М.Ф. Шабаева История педогогика.

288
bo‘limlarida o‘qidi. Pestalotsi kollegiumni tamomlamay turib, xalqning ahvolini yaxshilash to‘g‘risida o‘zining azaldan orzu qilib kelgan niyatini amalga oshirishga qaror qildi. 1769-yilda Pestalotsi o‘zining ijtimoiy tajribasini boshladi. U pul qarz olib, kichikroq qo‘rg‘on va yer sotib oldi, bu yerga «Neygof» («yangi qo‘rg‘on») deb nom berdi va tevarak-atrofdagi dehqonlarga o‘z xo‘jaliklarini unumdor xo‘jalikka aylantirishni o‘rgatish maqsadida, bu yerda namunali ferma tashkil qilmoqchi bo‘ldi. Tajribasiz va xo‘jalik ishlaridan bexabar bo‘lgan Pestalotsi oradan ko‘p o‘tmay sindi va u xalq foydasini ko‘zlab yana yangi yo‘llar qidirishga majbur bo‘ldi.


U 1774-yili «Neygof»da «Kambag‘allar muassasasi»ni ochib, yetim va boqimsiz bolalardan 50 ga yaqin kishini shu muassasaga to‘pladi. Pestalotsining fikricha, bolalarning o‘zlari ishlab topgan pullar shu yetimxonaning xarajatini qoplashi kerak edi. Yetimxonada tarbiyalanayotgan bolalar dalada ishlar, shuningdek, to‘quv va yigiruv dastgohlarida ip yigirib, mato to‘qir edilar. Pestalotsining o‘zi bolalarga o‘qish, yozish va hisob o‘rgatar, ularni tarbiyalash bilan shug‘ullanar edi. Hunarmand ustalar esa bolalarga ip yigirish va to‘qishni o‘rgatardilar. Shu tariqa, Pestalotsi o‘z muassasasida bolalarni o‘qitishni ularni unumli mehnatga o‘rgatish bilan qo‘shib olib borishga urindi.
Pestalotsi boshlagan ish tezda barbod bo‘ldi, chunki siyosiy hokimiyat va moddiy mablag‘larning egalari uni qo‘llab-quvvatlamadilar. Bolalar ming mashaqqat bilan mehnat qilishi tufayli o‘zlari yashab-ishlab turgan yetimxona xarajatlarini ko‘tara olar edilar, lekin gumanist va demokrat Pestalotsi o‘zi tarbiyalayotgan bolalarni bunday og‘ir sharoitda yashashini istamasdi va bunga yo‘l qo‘ya olmasdi. U bolalar mehnatini, avvalo, bolalarning jismoniy kuchlarini aqliy va axloqiy qobiliyatlarini o‘stirish vositasi, deb bildi. Bolalarga faqat hunar o‘rgatibgina qolmasdan, balki ularni keng ravishda mehnatga o‘rgatishga intildi.
Pestalotsi Neygofda o‘tkazgan tajribaning pedagogika uchun ahamiyati katta bo‘Idi. Tajribani davom ettirish uchun mablag‘ bo‘lmaganligi sababli oradan ko‘p vaqt o‘tmay yetimxona yopildi. Lekin bu miivaffaqiyatsizliklar uni, xalqqa yordam berish maqsadidan qaytara olmadi.
Pestalotsi 1798-yil Shveysariya inqilobi natijasida yetim qolgan 5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan 80 bolaga mo‘ljallangan Yangi yetimxona ochdi.
«Ertalabdan to kechgacha ularga yakka o‘zim hamroh edim! Mening qo‘Ilarim ularning qo‘lida, ko‘zlarim ularning ko‘zlarida edi. Ular yig‘lasa, men ham yig‘lar, kulsa kular edim! Ular nima yesa, men ham shuni yer, nima ichsa, shuni ichardim. Mening o‘shalardan boshqa uyim ham, do‘stim ham, xizmatchim ham yo‘q edi!», deb yozgandi keyinchalik bu haqda Pistalotsi.
Afsuski, urush harakati boshlangandan keyin yetimxona yopildi. Keyingi o‘n sakkiz yil davomida Pestalotsi o‘sha davrning eng muhim masalasini: dehqon xo‘jaliklarini qanday qilib tiklash, ularning turmushini yaxshilash, mehnat- kashlarning axloqiy va aqliy holatini qanday qilib o‘zgartirish masalasini hal qilishga jamoatchilik e’tiborini tortishga intilib, adabiy faoliyat bilan shug‘ullandi. U «Lingard va Gertruda» (1781—1787) degan ijtimoiy-pedagogik roman yozib, bu romanda xo‘jalikni oqilona, usulda olib borish va bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash

289


vositasi bilan dehqonlarning turmushini yaxshilash to‘g‘risidagi o‘z g‘oyalarini olg‘a surdi.

XIX asrning boshlaridayoq Pestalotsining «Gertruda o‘z bolalarini qanday qilib o‘qitadi», «0nalar kitobi yoki onalar uchun o‘z bolalariga kuzatish va gapirishni qanday o‘rgatish haqida qo‘llanma», «Kuzatish alifbesi yoki o‘lchash haqida ko‘rsatmali qo‘llanma», «Son to‘g‘risida ko‘rsatmali ta’lim» degan kitoblari bosilib chiqdi. Bu kitoblarida boshlang‘ich ta’limning YAngi usullari bayon qilingan edi.


Pestalotsining ijtimoiy-pedagogik va falsafiy qarashlari. Pestalotsi o‘z xalqini oyoqqa turg‘azishni orzu qildi, u mehnatkashlarni o‘qitish va tarbiyalash yo‘li bilan ularning turmushini o‘zgartirish mumkin, deb o‘yladi. U xalq boshiga tushgan kulfatlarning manbai iqtisodiy sharoit emas, balki ma’rifatning yo‘qligi deb bildi.
Pestalotsi hamma odamlar tarbiya va ilm olish huquqiga ega bo‘lishi lozim, maktablar jamiyatni ijtimoiy jihatdan o‘zgartirishning muhim vositalaridan biri bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, har bir kishining haqiqiy insoniy kuchlari harakatga kelib, mustahkamlangandagina eng muhim ijtimoiy masalalar hal qilinadi. Bunga tarbiya yo‘li bilan ham erishish mumkin.
Mehnat odamni tarbiyalashning eng muhim vositasidir, mehnat odamning jismoniy kuchlarinigina emas, aqlini ham o‘stiradi.
Bilish sezgi organlari orqali idrok qilishdan boshlanadi va tasavvurlarni qayta ishlash yo‘li bilan g‘oyalar darajasiga ko‘tariladi, g‘oyalar esa, garchi ravshan bo‘lmasa ham odamning ongida tarkib toptiruvchi kuch tariqasida mavjud, lekin o‘zining namoyon bo‘lishi va jonlanishi uchun sezgilar yetkazib beruvchi materialga muhtojdir.
Pestalotsining dunyoqarashi insonparvarlik va demokratik intilishlar ruhi bilan sug‘orilgan hamda ba’zi bir materialistik davolarni va dialektik qoidalarni o‘z ichiga olgan edi.
Tarbiyaning maqsadi va mohiyati. Pestalotsining fikricha, tarbiyaning maqsadi odamning barcha tabiiy kuclilarini va qobiliyatlarini o‘stirish, o‘stirganda ham har tomonlama va bir-biriga uyg‘un ravishda o‘stirishdir. Tarbiyaning bolaga ko‘rsatayotgan ta’siri uning tabiatiga uyg‘un bo‘lishi lozim.
Pestalotsi tarbiyaning mohiyati to‘g‘risidagi tasavvurga asoslanib, insonning kuchini inson tabiati bilan muvofiqlashtirib, o‘stirishga yordam beradigan metodlarni yaratishga intiladi.
  • Bolani tarbiyalashni,- deydi u, - tug‘ilgan kunidanoq boshlash lozim: «Bola tug‘ilgan soat — unga ta’lim berishning birinchi soatidir». Chinakam pedagogika onani to‘g‘ri tarbiyalash metodlari bilan qurollantirishi kerak. Pedagogika san’ati esa shu metodikani har bir ona, jumladan, oddiy dehqon ayoli ham egallab oladigan qilib soddalashtirib berishi lozim. Oilada tabiatga muvofiq tarzda boshlangan tarbiya maktabda ham davom ettishi lozim.


Barcha insoniy kuchlar va imkoniyatlar eng oddiy narsalardan rivojlana boshlaydi va asta-sekin murakkab darajaga ko‘tariladi. Tarbiya ham ana shu yo‘ldan borishi lozim.


290


Har bir bolaga xos bo‘lgan tug‘ma kuch va qobiliyatlarni tabiiy tartibga muvofiq holda o‘stirish kerak.

Elementar ta’lim nazariyasi. Pestalotsining elementar ta’Iim nazariyasi jismoniy tarbiyani, mehnat tarbiyasini, axloqiy va estetik tarbiyani hamda aqliy tarbiya va o‘qitishni o‘z ichiga oladi. Tarbiyaning mana shu jihatlarini Pestalotsi bir-biriga bog‘lab olib borishni taklif qildi, mana shunday tarbiyalash natijasidagina insonning hamma jihatlari bir-biriga uyg‘un bo‘Iib kamol topishini ta’minlash mumkin, dedi.


Jismoniy tarbiya va mehnat tarbiyasi. Pestalotsi bolaning barcha jismoniy kuchlari va imkoniyatlarini o‘stirishni ularni jismoniy jihatdan tarbiyalashning maqsadi deb, bolaning harakatga, o‘ynashga, bir joyda o‘tirib qolmaslikka, hamma narsaga yopishishga, hamisha harakatda bo‘lishga majbur qiluvchi tabiiy intilishini jismoniy tarbiyalashning asosi, deb hisobladi.
U inson shaxsini kamolotga yetkazishda jismoniy tarbiyaga juda katta ahamiyat beradi va uni bolalarning o‘sishiga kattalarning oqilona ta’sir ko‘rsatish, deb hisobladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, o‘qitishni unumli mehnat bilan qo‘shib olib borish Pestalosining pedagogik tajribasi va nazariyasidagi asosiy qoidalardan biri bo‘ldi.
Axloqiy tarbiya. Pestalotsi tarbiyaning asosiy vazifasi — kelgusida ijtimoiy hayotda qatnashib foyda yetkaza oladigan va hamma jihatlari uyg‘un bo‘lib kamol topgan inson yetishtirishdir, deb biladi. Bolani boshqalarga foyda keltiradigan ishlarda muttasil jalb qilish yo‘li bilan uning axloqi voyaga yetkaziladi. Pestalotsining fikricha, bola organizmning kundalik ehtiyojlarini qondirish asosida bolada onaga nisbatan tug‘ilayotgan mehr-muhabbat axloqiy tarbiyaning eng oddiy elementidir. Bolaning axloqiga oilada asos solinadi. «0ta-onaning uyi, — deydi Pestalotsi, — axloq maktabidir!». Bolaning onaga bo‘lgan muhabbati asta-sekin oilaning boshqa a’zolariga ham o‘tadi.
Aqliy ta’lim. Pestalotsining aqliy ta’lim to‘g‘risidagi ta’limoti boy va mazmunli ta’limotdir. Pestalotsi insonning hamma jihatlarining bir-biriga uyg‘unlashib kamolga yetishi to‘g‘risidagi asosiy g‘oyasiga tayanib, aqliy ta’limni axloqiy tarbiya bilan bog‘lab olib borish kerakligini talab qiladi. Har qanday ta’lim kuzatishga va tajribaga asoslanishi hamda xulosalar va umumlashmalar darajasiga ko‘tarilishi lozim, deydi. Pestalotsi kuzatishlar natijasida bolada ko‘rish, eshitish sezgilari va boshqa sezgilar hosil bo‘ladi, bu sezgilar bolada fikrlash va so‘zlash ehtiyojini tug‘diradi, deydi.
Odamning sezgi a’zolari yordamida tashqi dunyo to‘g‘risida hosil qilgan tasavvurlari dastlab ravshan va aniq bo‘lmaydi. Ta’limning vazifasi ham shundan iboratki, u mana shu tasavvurlarni tartibga solishi va aniqlashi, ravshan tushunchalar darajasiga yetkazishi, «tartibsiz tasavvurlarni ravshan tasavvurlarga va ravshan tasavvurlarni ochiq ko‘rinib turgan tasavvurlarga» aylantirishi kerak. Ta’lim, birinchidan, o‘quvchida o‘zining sezgi a’zolari vositasi bilan hosil qilgan tajribalar asosida bilimlar zaxirasini to‘plashga yordam beradi, ikkinchidan, bolaning aqliy qobiliyatini o‘stiradi.

291
Pestalotsi ta’limni soddalashtirishga va psixologiya negiziga qurishga intilib, narsalar va bular to‘g‘risidagi har qanday bilimning eng oddiy elementlari bor, odam shu elementlarni o‘zlashtira borib, o‘z atrofidagi olamni bilib oladi, degan fikrga keldi. U son, shakl va so‘zni mana shunday elementlar deb hisobladi. Pestalotsi o‘z zamonidagi boshlang‘ich maktabda o‘qitishning mazmunini tubdan o‘zgartiradi, o‘qitiladigan darslar qatoriga o‘qish, yozish, arifmetikani va geometriyaning boshlang‘ich qismlarini, o‘lchash, rasm chizish, ashula, gimnastika, geografiya, tarix va tibbiyotga doir eng zarur bilimlarni kiritdi. Shunday qilib, Pestalotsi boshlang‘ich maktabning o‘quv rejasini ancha kengaytirdi va bu maktabda o‘qitishning yangi metodikasini vujudga keltirdi. o‘qitish metodikasi bolalarni bilimlar bilan boyitishga hamda ularning aqliy kuch- larini va qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi.


  1. A.Distervegning didaktik g‘oyalari


Atoqli nemis pedagogi Fridrix Vilgelm Adolf Disterverg 1790-yil Vestfaliyadagi Zigen sanoat shaharchasida huquqshunos oilasida tug‘ildi. Disterverg o‘zi o‘qigan maktabidagi dogmatik ta’limiga umrbod nafrat bilan qaraydi. 1808-yil Disterverg Gerborn universitetiga o‘qishga kiradi, u yerda matematika, falsafa va tarixni chuqur o‘rganadi, so‘ngra Tbigen universitetiga o‘qishni o‘tkazadi va 1811-yili shu universitetni tamomlaydi. Ozgina fursatda o‘z ustida tinmay ishlab falsafa fanlari doktori unvonini oladi. Disterverg talabalik chog‘idayoq Russo,31 Pestalotsining pedagogika sohasidagi g‘oyalari bilan tanishadi. 1813-1818-yillari Frankfurt Mayn shahridagi namunali maktabda o‘qituvchilik qiladi. Disterverg shvetsariyalik olim Pestalotsining ilg‘or pedagogik qarashlariga astoydil muxlis bo‘lib qoladi.


U xalqiga ma’rifat - ziyo nurini tarqatuvchi fidoyi murabbiy, ustoz bo‘lishga qaror qiladi. Dastlab, Myors-Reynda, so‘ngra esa Berlinda o‘qituvchilarni tayyorlash maktabiga boshchilik qiladi. Disterverg pedagogika, matematika va nemis tilidan tayyorlov guruhlariga dars beradi. Boshlang‘ich tajriba maktablarida ham o‘qituvchilik qiladi. 1835-yili «Nemis o‘qituvchilarini o‘qitish uchun qo‘llanma» degan kitobini nashr qildiradi. Matematika, nemis tili, geografiya, astronomiyaga doir yigirmadan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr qiladi.
Disterverg 1827-yildan to umrining oxirigacha «Tarbiya va ta’lim uchun Reyn varaqlari» degan jurnal chiqarib turdi. Shu jurnalda pedagogikaning turli muammolariga bag‘ishlab 400dan ortiq maqolasi nashr qilindi. Boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarini tayyorlash ishini tubdan yaxshilash uchun kurashdi. Disterverg umuminsoniy tarbiya g‘oyasini himoya qilib chiqadi, shu g‘oyaga tayanib pedagogika masalarini yuqori pog‘onaga ko‘taradi. Uning fikricha, maktabning vazifasi «chinakam prussiyaliklar» emas, balki insonparvar kishilar va ongli fuqarolarning tarbiyalab yetishtirishdir. Odamlar insoniyatga va o‘z xalqiga bo‘lgan muhabbat bir-biriga chambarchas bog‘langan holda rivojlanishi lozim.


1 История педaгогики aсaрлaри.

292


«Inson - mening nomim, nemis - mening laqabimdir» deydi. Disterverg Pestalotsi singari, tabiyaning eng muhim prinsipi tabiatga uyg‘un bo‘lishidir, deb hisoblaydi.

Disterverg rivojlanib boruvchi ta’lim didaktikasini yaratdi, bu didaktikaning asosiy talablarini ta’limning 33 qonuni va qoidasini bayon qilib berdi. Mustahkam o‘zlashtirishga o‘sha vaqtdayoq ko‘p e’tibor beradi. «O‘quvchilar bilan birga adolatli bo‘lishi shundagina o‘quvchilar orasida obro‘ qozonishi mumkin deydi». Distervergning rivojlantirib boruvchi ta’lim didaktikasi va uning darsliklari boshlang‘ich ta’lim maktablarini taraqqiy ettirishda katta ta’sir ko‘rsatdi. Uning g‘oyalari XIX asr o‘rtalarida Rossiyada ham keng tarqaldi.


Nazorat uchun savollar
  1. Qadimgi Sharq, qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida maorif rivojini izohlang.


  2. Qadimgi yunon va rim faylasuflarining tarbiya to‘g‘risidagi fikrlaridan misollar keltiring.


  3. XII asrlarda Rossiyada pedagogik asarlarning nashr etilishini tushuntiring.


  4. Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi mazmunini izohlang.


  5. I.G.Pestolotsining didaktik qarashlarini tushuntiring.


  6. A.Distervegning didaktik g‘oyalari mazmun-mohiyatini ochib bering.


  1. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida jahonda pedagogik


fikrlar

    1. XIX asr oxiri XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa va АQSH da pedagogika sohasida fikrlar.

    2. M.V. Lomonosov va uning rus pedagogikasi hamda maktablari rivojiga qo‘shgan o‘rni.


    3. L.N. Tolstoyning pedagogik qarashlari.


    4. K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi.


  1. XIX asr oxiri XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa va АQSH da


pedagogika sohasida fikrlar


XIX asr oxiri XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida fan va texnika o‘sib bordi va XX asr boshlariga kelib moliya kapitalining hukmronligi o‘rnatildi. Yirik taraqqiy etgan mamlakatlar (AQSH, Angliya, Fransiya, Gemaniyada) maktab ta’limini kengaytirishga va yaxshilashga majbur bo‘ldi, chunki u ishlab chiqarishda ishlaydigan, murakkab mashinalarni ishlata oladigan savodli ishchilarga muhtoj edi. Shu bilan bir vaqtda ishchilarning soni ko‘paya bordi, uning hukmron sinflarga qarshi olib borayotgan tashkiliy kurashi mustahkamlana bordi. Ishchilar sinfi maktab va maorifni xalq manfaatlarini ko‘zlab qayta qurishni zo‘r berib talab qildi. O‘sha davrdagi sotsial-demokratlar davrning ilg‘or kishilarining ta’limotiga amal qilib, mehnatkashlarni ma’rifatli qilish va ularnig bolalariga haqiqiy bilim berish uchun faol kurash olib bordilar.

293
Fransuz sotsialisti P. Lafarg Parij komunasini ishchilarning birinchi hukumati deb va uning maorif sohasidagi tajribasini qizg‘in tabrikladi. U proletariatning dushmani bo‘lgan ideoliglarga qarshi, dinga qarshi maktab ta’limini to‘a ravishda dunyoviylashtirish uchun, xalq bahramand bo‘ladigan maktab uchun butun hayoti davomida kurashdi. Germanya sotsial-demokratlaridan biri bo‘lgan A.Bebel ham ishchilarning ilm olishini qattiq himoya qilgan. Bebel nazariyaga juda katta ahamiyat berib, ishchilarga chinakam ilmiy asosda keng va chuqur ilm berishni talab qildi va insoniyatning ma’lum qismi bo‘lgan xotin-qizlarning ham manfaatini himoya qildi. Atoqli sotsial-demokratiyasining mashhur arbobi Klara Setkin XIX asirning 80-yillaridan boshlab ishchilarni bilimli bo‘lishi uchun xotin-qizlarni kapitalizm kishilaridan qutqarish uchun yangi maktab uchun otashin kurashdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida burjua pedagogik nazaariyalari juda xilma-xil bo‘lsa ham, lekin bu nazariyalarning hammasining ham vazifasi bir tomondan, ommaga ta’lim berish ishlarini burjuaziyaning manfaatlariga muofiqlashtirishni asoslab berishdan, ikkinchi tomondan esa hukmron sinf bolalariga jamiyatda va davlatda rahbarlik mavqeini egallashlariga yordamlashishdan iborat bo‘ldi. Yirik burjuaziyani qanoatlantiradigan maktablar vujudga keltirish maqsadida yangi maktablar deb ataluvchi pedagogik oqim paydo bo‘ldi va keng yoyildi. Jenvada «Yangi maktablarning» xalqaro birlashmasi tuzildi va Angliya, Fransiya, Belgiya, Shveysariya, AQSH hamda boshqa mamlakatlarda ochilgan shu tipdagi maktabga nisbatan qo‘yiladigan umumiy talablarni tariflab berdi. Internat tipidagi o‘quv yurti bo‘lgan bu yangi maktablar xususiy kishilar burjua pedagogika tashkilotlari tomonidan ochilmoqda edi Yangi maktablarnig xarajati va ularga to‘lanadigan haq odatda juda katta bo‘lganligi uchun, bu haqni to‘lash uchun faqt badavlat kishilargina qodir bo‘lar edi. Bu maktablarda ta’lim va tarbiyaning yangi»erkin va aktiv «qo‘llanilar edi. Yangi maktablarning mashhur nazaryachisi bo‘lgan Shveysarilik pedagog A.Fererning aytishicha «yangi maktablar» amaliy pedagogikaning labarotoriyasidir. Bu maktablarda bolalarning yodlab olingan bilimlar bilan to‘ldirish o‘rniga, ularning fikrlash qobilyatini umumiy o‘stirish yo‘li bilan ta’lim berishga harakat qilinadi. Ferer yangi maktablarda o‘quvchilarnig yosh xususiyatlarini sinchiklab hisobga olib borish, har bir o‘quvchiga individual ta’lim va tarbiya berish uning ijobiy sifatlarini topish va bu sifatlarini o‘stirish zarur deb hisoblaydi. Ammo bu maktablarda mavjud tartib oldida bo‘ysunishga, shovinizmga o‘rgatdilar nodon xalq uchun din kerak, diplomsiz yashash mumkin emas deb ta’lim beradilar.


  1. asrning 90-yillarida AQSH da pragmatizm falsafasi degan yangi falsafa dunyoga keldi va keng rivojlandi Pragmatizmning nazariyachilari bizning falsafamiz idealizmdan ham materializmdan ham yuqori turadi obyektiv haqiqat yo‘q va odam unga yaqinlasha olmaydi deb davo qildilar. Pragmatizm yunonchada «ish, amal, tajriba» so‘zidan olingan bo‘lib, amaliyot falsafasi demakdir. Pragmatizm materializmni ham idealizmning ham metafizikasini masxara qilib kuldi, tajribani va faqat tajribani ko‘klarga ko‘tarib maqtadi, birdan bir kiriteriya deb tajribani oladi umuman pozitizm oqimini asos qilib oladi. Pragmatistlar haqiqatning kriteriyasi maydoni deb foydani tan oladilar shu bilan birga foydaning ahamiyati ichki qanoatlantirish yoki o‘z-o‘zini qanoatlantirish bilan belgilanadi



294
deb ta’kidlaydilar. Djon Dyui (1859-1952) amerikalik filosof hozirgi zamon progmatizm oqimlaridan biri bo‘lgan instrumentalizmning ko‘zga ko‘ringan namoyandasidir. Dyuining pedagogika masalalaridagi qarashlari uning butun umri davomida bir necha marotaba o‘zgargan bo‘lsada, lekin uning asosi o‘zgarmasdan qolaverdi. Dyuining XIX asr oxiridagi maktabni tanqid qilib aytgan gaplarini ko‘p kishilar umuman burjua maktabiga nisbatan opazitsiya deb pedagogika sohasiga jumladan mehnat asosiga qurilgan tarbiya va maktabni turmush bilan bog‘lash sohasidagi yangi fikr deb yurdilar. Dyuining fikrlaridan ba’zilari 30-yillar boshigacha bo‘lgan sobiq sho‘ro maktabining tajribasida qo‘llanildi. Dyui bolaning o‘sishida irsiyatga katta ahamiyat beradi. Uning so‘zi bilan aytganda, indivi- dumdagi aqliy va jismooniy xususiyatlarning majmui irqning o‘ziga xosdir va nasldan naslga o‘taveradi degan qoidani irsiyat nazariyasi hamma e’tirof qilgan qoidaga aylantirdi. Djon Dyuining ta’kidlashicha tarbiya irsiyatga suyanishi hamda bolaning manfaatlaridan va amaliy tajribasidan kelib chiqishi lozim. Tarbiya shu tajribaning kengayib chuqurlashib borishidir. Tarbiya markazidagi figura bolaning o‘zidir u bamisoli quyoshdirki pedagogik jarayon uning atrofida aylanadi. Hamma gap bolaning o‘zidadir. Uning kuchi ro‘yobga chiqishi qiziqishlari qondirilishi qobiliyati esa mashq qildirilishi kerak. Dyuining pedagogik jarayonda bolaga ko‘proq e’tibor berilishi va o‘qishni faqat bolaning manfaatlarini ko‘zda tutgan holda yo‘lga qo‘yishga dav’at etishi oqibati natijasida sistematik ta’limdan voz kechishga, bolalarni tarbiyalashda ularni jiddiy va muntazam bilimlar bilan qurollantirishga qarshi chiqishga olib keldi. Dyui sistematik bilimlarga yetarlicha ahamiyat bermay biror ish qilish vositasi bilan o‘qitshning o‘zini bolalarning turmushi bilan bog‘lashi mumkin deb hisobladi. Mehnat bilan shug‘ullanish deydi Dyui maktab hayotining ochiqdan-ochiq markazi bo‘lib qolmoqda. Madomiki turmushda mehnat xilma-xil ekan deydi Dyui o‘quvchilar ham mehnatning xilma- xil formalari bilan tanishishlari lozim. Ularning ishlari xilma-xil bo‘lishi polizda, bog‘da, oshxonada zamonaviy mashinalar bilan uskunalangan turli sanoat ustaxonalarida bajarilishi lozim. Mashg‘ulotlarni biror topshiriq bilan masalan, kichikroq uy qurish ishi bilan bog‘lab olib borishi kerak, bunday sharoitda bolalar dastlab mashtabga qarab plan chizish bilan shug‘ullanadilar arifmetika darslarida shu uyni qurish ucun kerakli materialning qiymatini hisoblab chiqadilar til darsida uyga taalluqli so‘zlarning imlosini organadilar rasm solish va loydan turli buyumlar yasash darsida har xil buyumlar yasaydilar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida pedagogika sohasida bir qancha nazariyalar, paydo bo‘ldi, bu nazariyalar g‘arb mamlakatlaridagi pedagoglarga o‘z ta’sirini XX asrning dastlabki o‘n yillarida ham o‘tkazib keldi. Djon Dyuining fundamental g‘oyalariga bugungi kunda ham ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda tayanilmoqda.


  1. M.V.Lomonosov va uning rus pedagogikasi hamda maktablari rivojiga


qo‘shgan o‘rni


Atoqli olim M.V.Lomonosovning dehqonlarga ilm olishga ruxsat berish to‘g‘risidagi orzusi universitetda amalga oshmay qoldi. Gimnaziyalarda rus tili, lotin tili va bitta chet el tili, til adabiyoti, matematika va tarix o‘qitilar edi.

295
Universitet gimnaziyasida o‘rta ma’lumot olish o‘z ona tilini o‘rganishdan boshlanar edi. M.V. Lomonosov rus xalqining buyuk farzandi, u o‘z xalqining har tomonlama boy va ma’rifatli bo‘lishi uchun bor imkoniyatlaridan foydalandi. Peterburgda 1731-yilda dvoryanlar tabaqasi uchungina bo‘lgan birinchi yopiq maxsus maktab quruqlikdagi harbiy qismlar korpusi ochildi, bu maktablarda dvoryanlar bolalari maxsus harbiy ta’limdan tashqari keng miqyosda ta’lim olish bilan birga dunyoviy tarbiya ham olar edilar. Kadet korpusida 4 ta sinf bor edi. Bularing har birida o‘qish 2 yildan 4 yilgacha davom etar edi. Shunday qilib, umumiy o‘qish muddati 10 - 12 yilga borib yetar edi. Sinflarning hisobi teskarisiga yurar edi, birinchi sinf 4- sinf deb, oxirgi o‘qishni tamom qiladigan sinf esa birinchi deb yuritilar edi. Dastlabki ikki sinfda (4-3-sinflarda) umumiy ma’lumot fanlari: adabiyot, matematika, tarix va geografiya o‘qitilar edi, yuqori sinflarda esa maxsus fanlar o‘qitilar edi. Bundan tashqari, bu sinflarda otda yurishga, qilichbozlik, raqs va musiqaga juda katta e’tibor berilar edi. Dvoryan bolalarida nazokat «oliy martabali kishilar», «zodagonlar» orasida o‘zini tuta bilish odatlari tarbiyalanar edi.


Pyotr I ochgan davlat maktablaridagi kabi bu korpusda o‘quvchilarning kelajakdagi kasbi majburiy ravishda belgilanmas, balki kasb uning moyilligi va xohishiga qarab belgilanar edi: ular o‘z xohishlari bilan yo fuqarolik ishlariga yoki harbiy ishlarga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin edi. Dvoryanlar o‘z bolalari uchun maxsus o‘quv yurti ochganlarida o‘sha zamon pedagogikasi yutuqlaridan foydalandilar. O‘quvchilarning jismoniy hamda estetik tarbiyasiga katta ahamiyat berildi, ta’limning insonparvarona metodlari qo‘llanidi. Korpus qoshida yaxshi tuzilgan kutubxona, teatr bor edi, o‘quvchilr orasida she’r yozish ishlari keng taraqqiy etgan, ular jurnal chiqarishar, turli kechalar ko‘ngil ochishlar, sayllar va hokazolar o‘tkazishar edi. 1752-yilida Dengiz akademiyasiga Dengiz kadet korpusi nomi berilib, u dvoryanlar tabaqasiga mansub yopiq maktabga aylantirildi. Peterburgda davom etib turgan Artilleriya va injinerlik maktablari Artilleriya va injinerlik korpuslariga aylantirildi. Peterburgda va Moskvada chet el pansionlari - tarbiya va ma’lumot beradigan xususiy bilim yurtlari ochildi. Dvoryan bolalarini Fransuz tiliga va dunyoviy odatlarni o‘rgatish uchun pomeshchik usadbalarga chet eldan ayniqsa Fransiyadan muabbiylar va guvernermolar chaqirib keltirildi.
  1. L.N. Tolstoyning pedagogik qarashlari


L.N.Tolstoyning pedagogika sohasidagi faoliyati 1849-yildan boshlandi. L.N.Tolstoy bu vaqtda Yasna-Polyaniyadagi dehqon bolalarini o‘qitar edi. U pedagoglik sohasidagi faoliyatini ancha faollik bilan 1859-yildan boshlab olib bordi. L.N.Tolstoy Qrim urushidan keyin Yasna Polyanaga qaytgach, u yerda maktab ochdi va yaqin atrofdagi qishloqlarda maktab ochilishiga ham yordam berdi. L.N.Tolstoy 1859-yilda ochgan Yasnaya Polyana maktabi 1861-yildan boshlab butunlay boshqa asosda qayta tuzildi. L.N.Tolstoy o‘qtuvchilar yordami asosida o‘quvchi bolalarda erkin va samarali ijod erkinligini uyg‘onishi to‘g‘risidagi fikri uning ishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi.


296
L.N.Tolstoy xalq maktablarida faqat rus, slavyan tillarida savod, hisob va din darsi o‘tilshi kerak deb hisoblaydi. Nihoyat pedagogik faoliyatning so‘ngi davrda ta’limning mazmunini yoki hech bo‘lmasa, bu mazmundagi asosiy narsani belgilaydigan yo‘riq yana o‘zgardi. L.N.Tolstoy ta’limida eng asosiy narsa uning dini (tozalangan xiristianlik) ruhidagi diniy axloqiy tarbiya deydi. L.N.Tolstoy o‘qituvchi arifmetika, grammatika imloni yuzaki mexanik suratda o‘rgatish bilan chegaralanadigan maktabni befoyda quruq bir narsa deb atadi.


L.N.Tolstoyning bu davrdagi qarashlarida tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi, degan etiqodi to‘g‘ri edi. Ta’lim ham tarbiya ham ajralmas bir narsadir. Bilim bermasdan turib tarbiya berib bo‘lmaydi har qanday bilim esa tarbiyaviy ta’sir etadi.
L.N.Tolstoy o‘zining ilgarigi qarashlariga qarama-qarshi o‘laroq bu mutlaqo to‘g‘ri qoidani tarbiyalovchi ta’lim prinsipi (qoidasi)ni ilgari surgan edi, ammo bu qoidani reaksion mazmun bilan to‘ldirdi. L.N.Tolstoy ta’lim metodikasi to‘g‘risida juda ko‘p fikrlar aytdi o‘qitish metodini tanlaganda o‘quvchilarning ma’lum bir metodga qarshi qanday qarashlarini e’tiborga olish kerak dedi. L.N.Tolstoy o‘quvchilarga xush kelgan ta’lim uslubigina to‘g‘ri usuldir deb yozdi. U qandaydir bir metodni ushlab olish yaramaydi, chunki barcha xususiyatlarni o‘z ichiga qamrab olgan metod yo‘q ekanligini aytdi.
L.N.Tolstoy bolalar ijodkorligini o‘stirishga katta ahamiyat berib ularga mustaqil ish berishni, masalan, turli mavzuda insholar yozishni tavsiya etdi. L.N.Tolstoy ta’limning mazmuni va o‘qitiladigan fanlarning hajmini belgilashda o‘quvchilarning qiziqishi asosiy mezon bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. U maktabda o‘n ikkita fan o‘qitilishi kerak deb ta’kidlangan. U ta’lim metodlari haqida fikr bildirib, o‘qitish metodini tanlaganda o‘quvchilarning ma’lum bir metodga nisbatan munosabatlarini e’tiborga olish zarur deydi. L.N. Tolstoy «o‘quvchilarga xush kelgan ma’lum usulgina to‘g‘ri usuldir» deb yozadi. Uning fikricha, turli o‘qitish metodlari orasida o‘qituvchining jonli so‘zi, ya’ni hikoya va suhbat metodi asosiy o‘rinni egallaydi. L.N.Tolstoyning fikricha «agar - dars ortiq darajada qiyin bo‘lsa-yu, o‘quvchi berilgan vazifani bajarish uchun bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi, boshqa narsalar bilan mashg‘ul bo‘lib, uni bajarishga urinmaydi; agar dars ortiq darajada yengil bo‘lsa ham, shunday hol ro‘y beradi. O‘quvchining butun diqqatini berilayotgan darsga jalb etish lozim. Buning uchun o‘quvchiga shunday ish beringki, u har bir darsni bajarishda bir qadam ilgariga siljitish, deb his qilsin «.
O‘quvchilar bilimni ongli ravishda o‘zlashtiruvlari lozim; o‘quvchilarga qoida va ta’riflar ular yetarli darajada o‘zlashtirib olgan daliliy materialning xulosasi qilib berilishi lozim».
L.N.Tolstoyning o‘qish kitoblari uchun yozgan hikoyalari mazmuni boy va turli-tumandir. Ular bolalar adabiyoti uchun qimmatli merosdir. Bu hikoyalarning ko‘plari boshlang‘ich maktablar darsliklariga kiritlgan va ayrimlari hozir ham kitobchalar holida chop etilmoqda. L.N.Tolstoyning pedagogika sohasidagi jo‘shqin, har taraflama faoliyatida rus pedagogikasi sohasidagi fikrini burungi maktablarni boyitgan ko‘pgina ijobiy tomonlari ham bor edi. L.N.Tolstoy pedagogikasidagi ijobiy xususiyatlar quyidagilardan iborat; bolalarga chuqur mehr-muhabbat qo‘yish, bolaning shaxsini hurmatlash, bolalarning ijodkorligini
297
uyg‘otish va taraqqiy ettirish, har bir o‘quvchining xususiyatini psixologik jihatdan mohirlik bilan analiz qilish.
L.N.Tolstoyning pedagogika sohasidagi doimiy izlanishi, pedagoglik faoliyatiga fidokorona berilishi, pedagogik ijodkorlikka intilishi, bugungi kun o‘qituvchisining pedagogik mahoratini shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.
  1. K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi




Mashhur rus pedagogi, rus pedagogikasi va xalq maktablarining asoschisi, Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy 1824-yilning 19-fevralida Tula shahrida tavallud topdi.
K.D.Ushinskiyning didaktika sohasidagi qarashlari pedagogika tarixida juda katta ahamiyatga egadir. U ta’limni bolalarning psixologiya jihatidan kamol topishlarining yosh bosqichlarini hisobga olish va psixologiyaning xususiyatlarini e’tiborga olib tashkil etish kerakligini asosiy vazifa deb bildi. Jumladan, u o‘qitish vaqtida bolaning diqqatidan foydalanish to‘g‘risida qimmatli ko‘rsatmalar berdi. Ushinskiy ikki turli diqqat: faollik, ya’ni ixtiyoriy va sust, ya’ni g‘ayri ixtiyoriy diqqatning mavjudligini ko‘rsatib, bolalarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olib, sust diqqatga oziq berish kerak, shu bilan bir vaqtda, eng muhim bo‘lgan faollik diqqatni har tomonlama taraqqiy ettirish lozim, chunki insonga kelajakda bu diqqatdan foydalanishga to‘g‘ri keladi, deb hisobladi.
Ushinskiy xotira bilan esda saqlab qolish to‘g‘risida gapirib, unutishning oldini oladigan tez-tez takrorlash yo‘li bilan tarbiya oluvchilarda o‘z xotiralariga ishonchni mustahkamlash kerak deb ko‘rsatadi.
Ushinskiyning aytishicha, ta’lim mana shu tamoyillarga asoslanishi kerak: U ham bo‘lsa, bolalarning kuchi yetadigan va izchil bo‘lishi kerak.
Bola charchab qolmasligi uchun birinchi o‘quv yilining boshida ularni o‘quv materiallari bilan haddan ortiq band qilib qo‘ymaslik kerak.
Ushinskiy bola yoshidagi psixologik xususiyatlarni e’tiborga olib, darsda ko‘rsatmalilik tamoyiliga katta ahamiyat berdi. «Bolalar shakllar, ranglar, tovushlar, umuman sezgilar bilan fikrlaydi...»; bundan bolalar uchun ko‘rsatmali o‘qishning zarurligi kelib chiqadi, «bu o‘qish mavhum tasavvurlar va so‘zlarga asoslanmay, balki bola bevosita o‘zlashtiradigan aniq fikrlarga asoslanadi»,—deb yozdi Ushinskiy va psixologiya nuqtayi nazardan ko‘rsatmali ta’limni asoslab berdi.
Ushinskiy ko‘rsatmali ta’limni gnoseologik tomondan asoslab, u bizning bilimlarimizning birdan-bir manbai «tashqi sezgilar orqali beriladigan tajriba» bo‘lishi mumkin, deb ko‘rsatdi. U: «Biz tashqi dunyodan bevosita o‘zlashtirib olgan obrazlar, demak, bizning fikriy qobiliyatimiz ustida va ular vositasi bilan ishlaydigan birdan-bir materiallar demakdir»,-deydi.
Ushinskiyning so‘zicha, «shunday ta’lim yo‘li, ya’ni aniqlikdan mavhumlikka, tasavvurdan fikrga o‘tish yo‘li shunday tabiiy va psixologiyaning shunday aniq qonunlariga asoslanadiki, uning lozimligini ta’limning umuman inson tabiati, ayniqsa bola tabiati talablariga muvofiq bo‘lishini rad etgan kishilargina e’tirof etmasliklari mumkin».

298
Ushinskiy ko‘rsatmali ta’lim tamoyillarini nazariy jihatdan ishlab chiqishga va uni amalda tatbiq etishga ko‘p qimmatli fikrlar kiritdi: U ko‘rsatmali ta’lim to‘g‘risidagi: o‘z tushunchasini materialistik asosda ko‘rsatib berdi. Ko‘rsat- malilikni tushunishda Ushinskiyda Komenskiyga xos bo‘lgan bunday ko‘rsatmali ta’limga ortiqcha baho berish va hatto bir daraja ko‘kka ko‘tarish hollari va Pestalotsiga xos bo‘lgan bolalarni tevarak-atrofni o‘rab olgan muhit bilan tanishtirishda rasmiylik va bachkanalik hollari yo‘q edi. Ushinskiy o‘qitish jarayonida ko‘rsatmali ta’limga munosib o‘rin berdi; u ko‘rsatmali ta’lim o‘quvchilarning to‘la qimmatga ega bo‘lgan ma’lumot olishlarini, ularning mantiqiy fikrlashlarini o‘stirishni ta’min etadigan shartlarning biridir, deb bildi.


Ushinskiy Pestalotsi taqdim etgan formal mashqlarni rad qilib, bolalarni buyumlar bilan har tomonlama tanishtirishga harakat qildi, ular bu buyumlar o‘rtasidagi haqiqiy aloqalarni aniq bilib olishlarini istadi. U, ajoyib yoki hatto buyuk aql — bu «buyumlarni ularning haqiqiy holatida, ular o‘rtasidagi barcha munosabatlarni har tomonlama ko‘ra olish qobiliyatidir», - deb yozdi.
Ushinskiy ilgari Komenskiy, Pestalotsi, Disterveglar yaratgan ko‘rsatmali ta’lim uslublarini yangi usullar bilan ancha kengaytirdi va boyitdi. Masalan, u bolalarga rasmlarga qarab so‘zlab berish to‘g‘risidagi ko‘rgazmani batafsil ishlab chiqish; suhbat vaqtida foydalanilgan rasmlarni, suhbatlardan olingan ma’lumotlarni mustahkamlash va takrorlash maqsadida sinfning devorlariga osib qo‘yish kerak, deb ko‘rsatdi.
Ushinskiy bolalarning o‘quv mavzularini anglab, puxta va mustahkam o‘zlashtirishi qoidalariga katta e’tibor berdi. U bu qoidalarni tushunish va tatbiq qilishda o‘zidan ilgari o‘tgan pedagoglarga nisbatan ko‘pgina yangiliklar kiritdi. Masalan, o‘quv mavzusini takrorlash to‘g‘risida batafsil usul ishlab chiqdi (esdan chiqarib qo‘yishning oldini olish, takrorlaganda o‘quv materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, yangi materialni yaxshi tushunishda takrorlashning roli va hokazolar). Ushinskiy ayrim ko‘rsatmali tasavvurdan bolalarda umumiy tasavvur va tushunchalar hosil qilish uslublarni, bolalarda nutqni o‘stirish bilan bir vaqtda ularning tafakkurini taraqqiy ettirish yo‘llarini batafsil ishlab chiqdi, bularni ishlashda noaniqlikka yo‘l qo‘ymadi.
Ushinskiy ta’lim yo‘nalishida ikki yo‘nalish borligini qayd etdi. Birinchi yo‘nalish bolalar o‘qituvchining rahbarligi bilan buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil qiladilar. Bu yo‘nalishning o‘zi uch bosqichga bo‘linadi: birinchi bosqichda, bolalar o‘qituvchining rahbarligi ostida buyum yoki hodisani bevosita idrok qiladilar. Ikkinchi bosqichda o‘qituvchining rahbarligi bilan o‘rganilayotgan buyum yoki xodisa to‘g‘risida olingan tasavvurlarni bir-bidan ajratadilar va farq qiladilar, solishtirib ko‘radilar va taqqoslaydilar hamda ular to‘g‘risida tushuncha hosil qiladilar. Uchinchi bosqichda o‘qituvchi o‘zi izoh berib, bolalar olgan tushunchalarni to‘ldiradi, asosiy bosqichni ikkinchi darajali bosqichdan ayirib, tushunchalarni bir tizimga soladi. Ikkinchi yo‘nalishda olingan bilimlar umumlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Ushinskiy maktabning ikki xodimi: murabbiy bilan o‘qituvchi o‘rtasida tarbiya va ta’lim jarayonini bo‘lib qo‘yishga qarshi norozilik bildirdi. U ta’limni

299
tarbiyaning eng muhim vositasi deb hisobladi. Shuning uchun har bir ayrim fandan dars beradigan o‘qituvchilar o‘rniga o‘sha sinfdagi butun fanlardan dars beradigan sinf o‘qituvchilari bo‘lishini talab qildi.


K.D.Ushinskiy o‘zining pedagogik tizimida dars hamda ta’lim usuliga katta ahamiyat berdi.
Darsda mashg‘ulotlar turlicha bo‘lishi mumkin: yangi bilim berish; o‘quvchilarning mashhar qilishi, o‘tilganlarni takrorlash, o‘quvchilarning bilimini hisobga olish, o‘quvchilarning yozma ishlarni bajarishlari. Har bir dars ma’lum maqsadga qaratilgan, tugallangan bo‘lishi va yetarli darajada tarbiyaviy xususiyatga ega bo‘lishi lozim. Ushinskiy bolalar (ayniqsa kichik yoshdagi bolalar) diqqatining nisbatan tez charchashini e’tiborga olib, mashg‘ulotlarni almashtirib va usullarni xilma-xil shakllantirib turishni tavsiya qildi.
Ushinskiy, bolalarda mustaqil ishlash qobiliyatini o‘stirish ishiga zo‘r ahamiyat berib, o‘qituvchi maktabda mashg‘ulotlar boshlagandayoq maktabga yangi kirgan bolalarga darsda mustaqil ishlashning to‘g‘ri usullarini o‘rgatish kerak, buning uchun uning fikrini dastlabki vaqtlarda, bolalar to mustaqil ishlash malakalarini mustahkam o‘zlashtirib olmaguncha, ularga uyga vazifalar berish yaramaydi, deydi. Ushinskiy boshlang‘ich ta’lim jarayonida (boshlangich maktabda) tarix, geografiya, tabiyot fanlaridan, kerakli ma’lumotni ona tili darslarida izohli o‘qitish yo‘li bilan olib borishni tavsiya etadi, shuningdek, izohli o‘qish jarayonida anglashilmaydigan so‘zlar ham tushuntiriladi, tarbiyaviy natijalar chiqariladi va hokazolar. Ammo o‘qituvchi bu tushuntirishlar, izohlarga berilib ketib, bolalarning diqqatini o‘qilayotgan maqola yoki she’rdan boshqa tomonga burib yubormasligi lozim, chunki o‘qishdagi asosiy matn hamisha diqqat markazida bo‘ladi.
K. D. Ushinskiy chet el maktablarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiyani o‘rganib, o‘zining «Boshlang‘ich ta’lim usullari» asarini yozdi.
Unda boshlang‘ich maktabdagi ta’lim mazmunini asoslab berish bilan birga uning qoidalari, tartibi, usuli va vositalarini ham ishlab chiqib didaktika faniga katta hissa qo‘shdi.
Ushinskiy oila mamlakatning ko‘pchilik aholisi uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishning eng tabiiy muhiti deb hisoblaydi. Oilada bolalar dastlabki taassurotlar hosil qiladilar, eng oddiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaydilar, o‘z iste’dodlarini rivojlantiradilar. Bola shaxsining rivojlanishi va tarbiyasida ota-onalar, tarbiyachilar, ularning hayoti va yurish-turish namunalari juda katta o‘rinni egallaydi. «Har bir shaxs va oila boshlig‘ining eng birinchi vazifalaridan biri, - deb yozgan edi Ushinskiy, - o‘z bolalaridan jamiyat uchun foydali shaxslar tayyorlashdan iboratdir. Olamda tug‘ilayotgan kishining muqaddas burchlaridan biri - to‘g‘ri va yaxshi tarbiya ko‘rish huquqdir».
Jamiyat oldidagi ana shu mas’uliyatli vazifa va shaxs burchini bajarish uchun ota-onalar o‘zlarining xususiy baxt-saodatlarini jamiyat foydasi bilan- qo‘shib olib borish kerakligini batamom anglagan bo‘lishlari kerak. Ular pedagogik bilimlarga ega bo‘lishi, buning uchun pedagogik adabiyotlarni o‘rganishi lozim, tarbiya ishiga, tarbiyachi va o‘qituvchilar tanlashga, o‘z bolalari uchun bo‘lajak hayot yo‘llarini aniqlashga ongli yondashishlari darkor.

300
K.D.Ushinskiy «Pedagogik adabiyotning foydasi» nomli asarida ota-onaning tarbiyachilik san’ati, mahorati, maqsad va vazifalarini ham asoslab berdi.


Yaxshi tarbiya olgan odam, degan tushuncha juda keng bo‘lib, uni har kim har xil tushunadi. Har qanday ota-ona o‘z bolasiga har jihatdan yaxshilik istaydi, lekin uning mazmunini turlicha tushunadi.
Ota-onalar o‘z bolalari uchun munosib tarbiya yo‘lini belgilash uchun farzandlarini chuqur o‘rganishi, ularning xohish-istaklarini bilishlari kerak.
Bola go‘daklik paytida tevarak-atrofdaga narsa-hodisalar haqida juda yorqin va aslo unutilmaydigan taassurotlar oladi.
Oilada bola bilan tarbiyachi o‘rtasida uzviy va samimiy munosabat o‘zining tabiiyligi va oddiyligi, mazmundorligi, iliqligi, hech qanday rasmiyatchilikning yo‘qliga bilan ajralib turishini hisobga olib, Ushinskiy oila tarbiyasiga yuqori baho bergan edi.
K.D.Ushinskiy asl rus pedagogikasi, jumladan maktabgacha tarbiya pedagogikasining asoschisidir; u jahon pedagogika g‘oyalarining rivojlanishiga juda muhim hissa qo‘shdi. Ushinskiy chet eldagi tarbiya hamda tajribani chuqur tahlil qildi, shu sohadagi muvaffaqiyatlar va kamchiliklarni ko‘rsatdi va bu bilan boshqa xalqlar pedagogikasi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi.
U tarbiyaning xalqchillik g‘oyasini asoslab berdi. Bu esa asl rus pedagogikasini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Uning bolalarni aqliy va axloqiy tarbiyalashda hamda ularga ta’lim berishda ona tilining o‘rni haqidaga, xalq maktabi to‘g‘risidagi ta’limoti, uning bolalarni maktabgacha tarbiyalash nazariyasi ko‘p millatli Rossiyaning o‘sha zamondaga pedagoglar avlodigagana emas, balki keyingi avlodiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
K. D. Ushinskiyning xizmati shundaki, u o‘z vataniga, o‘z xalqiga xizmat qilishni pedagogik faoliyatining asosiy burchi deb hisobladi. K.D.Ushinskiy ilmiy- amaliy pedagogik faoliyatining asosiy g‘oyasi va yo‘nalishi ham yuqoridagi mehnatlari bilan bevosita bog‘liqdir. K. D. Ushinskiy rus pedagogikasining o‘ziga xosligini, milliy xususiyatlarini himoya qildi, shuningdek, tarbiyani xalqchil bo‘lishi kerakligini lozim, deb hisobladi. K.D.Ushinskiy mehnatga inson baxt- saodatining asosi sifatida qaradi, bolalarni mehnat orqali tarbiyalashga katta e’tibor berdi. Ushinskiy ta’limotning mazmuni, tamoyillari, shakl va usullarini ishlab chiqishda ham ko‘p ishlar qildi. U ta’limni va uning ko‘rsatmaliligini, ongli va uzviy ta’lim-tarbiya masalalarini ishlab chiqdi, o‘qitish shakl va usullarining rang- barangligiga erishishni talab etdi.
K. D. Ushinskiyning tarixiy xizmati shundan iboratki, u didaktika — o‘qitish nazariyasining psixologik asoslarini o‘sha vaqtdagi ilmiy muvaffaqiyatlarga muvofiq ravishda bayon qilib berdi. U qanday qilib ta’lim jarayonida mashqlar yo‘li bilan bolalarning faol diqqatini rivojlantirish, qanday qilib ongli xotirani tarbiyalash, takrorlash yo‘li bilan o‘quv dasturlarini o‘quvchilar ongida mustahkamlash (bu ta’lim jarayonining uzviy qismidir) haqida qimmatli ko‘rsatmalar berdi. Takrorlash, deb hisoblaydi Ushinskiy, «unutilgan narsalarni qayta tiklash (agar biror narsa unutilgan bo‘lsa, yomon-da)» uchungina kerak emas, «balki unutib qo‘yish mumkinligining oldini olish uchun ham» zarurdir; o‘qitish ishida olg‘a qo‘yilgan har bir qadamda o‘tilgan bilimlarga tayanish kerak.
301
Ushinskiy tarbiyalovchi ta’limning eng muhim didaktik tamoyillarini: Ko‘rsatmalilik, uzviylik va izchillik, o‘quvchilarning o‘quv dasturini asosli ravishda va puxta o‘zlashtirib olishi, o‘qitish usullarining xilma-xilligini psixologik nuqtayi nazardan asoslab berdi.
Nazorat uchun savollar
  1. XIX asr oxiri XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa va AQSH da pedagogika sohasida fikrlarni izohlang.


  2. M.V.Lomonosov va uning rus pedagogikasi va maktablari rivojida qo‘shgan hissasini asoslang.


  3. L.N. Tolstoyning pedagogik qarashlarining mazmun mohiyatini ko‘rsatib bering.


  4. K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari mazmunini izohlang.


  1. Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji


    1. Jahon ta’lim tizimidagi global tendensiyalar.


    2. Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi.


    3. Xalqaro grantlar va ta’lim dasturlari.


  1. Jahon ta’lim tizimidagi global tendensiyalar


Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta’lim-tarbiya ishlarining yo‘lga qo‘yilishi, maktablarda amalga oshirilgan muvaffaqiyatlarni o‘rganish orqali biz mustaqil O‘zbekistonda milliy ta’lim tizimlarini yangidan tashkil qilishda boy manbaalarga ega bo‘lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.


Bugungi ta’lim tizimlarimizda, chet ellarda o‘quv tarbiya ishlrining yo‘lga qo‘yilishiga e’tibor va qiziqishning tez sur’atlar bilan o‘sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta’limi muassasalarida chet el ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar ham tashkil topmoqda. Chet el ta’limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif qilishda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar AQSHning Tinchlik korpusi mutaxassislari, YUNESKO va YUNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko‘plab tashkilotlar yaqindan yordam bermoqdalar.
Bugungi kunda butun dunyo ta’lim muhitini rivojlantirish jarayonini me’yoriy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va koordinatsiya qilish YUNESKO tashkiloti tomonidan bajarilmoqda. Bu tashkilot barcha mamlakatlar uchun global va huquqiy xarakterdagi xalqaro-huquqiy aktlarni ishlab chiqmoqda. YUNESKOning xalqaro-huquqiy aktlari zamonaviy ta’limni globallashtirib, tarbiya muammolarini insoniy sivilizatsiyaning dastlabki darajasidan tinchlik, demokratiya, insoniylik, diniy bag‘rikenglik, inson huquqlarini hurmatlash, boshqa xalqlarning tarixiy-madaniy an’ana va qadriyatlarini hurmat qilish, atrof-muhitni asrash.

302


YUNESKOning me’yoriy-ijodiy faoliyati quyidagilarga yo‘naltirilgan:

  • fan, madaniyat, ta’lim sohasida xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik uchun sharoitlarni yaratish;


  • qonunchilik va inson huquqlarini hurmat qilishni ta’minlash;


  • ta’lim sohasida xalqaro integratsiya uchun huquqiy asoslarini tayyorlash jarayoniga ko‘plab mamlakatlarni jalb qilish;


  • dunyo ta’lim holatini tadqiq qilish, rivojlanish va integratsiyaning eng samarali yo‘llarini tashxislash;


  • qabul qilingan konvensiya va tavsiyanomalarni targ‘ib qilish;


  • ta’lim holati to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni to‘plash va tizimlashtirish.


Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ta’limni tabaqalashtirish,


informatizatsiyalashtirish, gumanizatsiyalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan. O‘quv jarayonini tabaqalashtirib olib borish bo‘yicha AQSHda juda ko‘p tadqiqotlar olib borilmoqda. AQSH tizimidagi bunday ibratli jihatlarni Vatanimiz ta’lim tizimlarida qo‘llash yosh, mustaqil Respublikada o‘quv-tarbiya ishlarini isloh qilish jarayonini tezlashtiradi.
  1. Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi


Rivojlangan davlatlardan biri Yaponiya ta’limining shakllanishi 1867-1868- yillarda boshlangan. Yaponiya o‘z oldiga ikki vazifani: 1-boyish, 2-G‘arb texnologiyasini Yaponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasini qo‘yadi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish kerakligi aytiladi. 1872-yili «Ta’lim haqida Qonun» qabul qilindi. Bunda yapon ta’limi G‘arb ta’limi bilan uyg‘unlashtiriladi. 1908-yil Yaponiyada boshlang‘ich ta’lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. 1893-yili kasb yo‘nalishidagi dastlabki kollej paydo bo‘ldi. 1946-yili qabul qilingan Konstitutsiya fuqarolarning ta’lim sohasidagi huquq va burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishlari shart ekanligi belgilab qo‘yilgan. Hozirgi zamon yapon ta’lim tizimlarining tarkibi quyidagicha: bog‘chalar, boshlang‘ich maktab, kichik o‘rta maktab, yuqori o‘rta maktab, oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi o‘quv yurtlari. Bolalar yosh xususiyatlariga qarab 3, 2, 1 yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadi. Yaponiyada maktabgacha ta’lim muassasalarining 59,9% xususiy, 40,8% munisipal, 0,3% davlatnikidir.


Majburiy ta’lim. Ta’limning pog‘onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘z ichiga oladi. 6 yillik boshlang‘ich ta’lim va 3 yillik kichik o‘rta maktab, 9 yillik majburiy ta’limni tashkil etadi va u bepuldir, tekin darsliklar bilan ta’minlangan. Muhtoj oilalarning bolalari bepul nonushta, o‘quv qurollari, tibbiy xizmat bilan ta’minlanadi. Zarur bo‘lgan taqdirda ularning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatiladi. Shu qatorda xususiy maktablar ham mavjud.
Yuqori bosqich o‘rta maktab 10, 11, 12-sinflarni o‘z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi va kechki bo‘limlari mavjud. O‘quvchilarning 95% kunduzgi maktablarda o‘qiydilar.

303
Yaponiyada o‘quv yili 240 kun (AQSH 180). O‘quv yili 1 apreldan boshlanib martda tugaydi. Yozgi tatil iyun oyining oxirida boshlanib, avgustda tugaydi. Darslar 7 soatdan o‘tiladi.


Dorilfununlarga katta o‘rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni tugatgan o‘quvchilar qabul qilinadi. U yerda 460 ta universitet bo‘lib, 95 tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munisipal, 331 tasi xususiy, 1-toifadagi universitetlarda har bir o‘qituvchiga 8 nafar, 2-toifali universitetlarda esa 20 tadan talaba to‘g‘ri keladi. Universitetlarga qabul qilish ikki bosqichga bo‘linadi: 1-bosqichi turar joyda o‘tkaziladi: buning uchun yapon, eski yapon tili, matematika, fizika, kimyo, jamiyatshunoslik, tarix bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar.
Bu sinovlardan o‘tgan o‘quvchilar universitetlarga yo‘llanma oladilar va yana sinovdan o‘tadilar. Xususiy universitetlarga esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri test topshiriladi. Bir qator xususiy universitetlar o‘zining uzluksiz shaxobchasiga esa (bog‘chadan boshlab hamma bosqichlarni qamrab oladi). Universitetdan talabalarni haydab yuborish mumkin emas. Lekin o‘qish muddatini cho‘zish mumkin (4 yillik o‘qish 5-6 yilgacha cho‘zilib ketishi mumkin).
Kollejlar:
  1. kichik kollej;


  2. texnik kollej


  3. maxsus kollejlarga bo‘linadi.




Uni bitirgan talabalar bakalavr diplomini oladi va universitetning 3 yoki 4 kurslariga qabul qilinadi.
Yaponiyada ta’lim-tarbiyaga yondashuvda «Oila faktori» bilan bir vaqtda pedagogik texnologiyalarga munosabat pragmatizmga asoslangan o‘ziga xos bir tartibdadir.
Yaponiyada milliy mafkura tarbiyasi ham o‘ziga xosdir. Sharqning eng ilg‘or mamlakatlaridan biri Yaponiyada fuqaroni, yoshlarni tarbiyalashning eng samarali va ta’sirchan usulidan foydalaniladi. Bunday tarbiyaning asosiy maskani sifatida maktab tanlangan. Chunki maktabda bola bilim olishdan tashqari shaxs sifatida ham shakllanadi. Kunchiqar mamlakatda fuqaro tarbi­yasi «axloqiy tarbiya» tizimi doirasida amalga oshiriladi. Rasmiy hujjatlarda «axloqiy tarbiya» tizimi quyidagicha nomlanadi: 1) «xarakterni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim»; 2) «davlat uchun maqbul axloqiy sifatlarni tarbiyalash- ga qaratilgan faoliyat»; 3) «fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash». Aslida, bu tizim millatni tarbiyalash tizimi vazifasini o‘taydi. Undan qudratli g‘oyaviy ta’sir vositasi sifatida ham foydalaniladi. Ko‘pchilik olimlarning fikricha, aynan «axloqiy tarbiya» tizimi Yaponiya mamlakati iqtisodiy ravnaqining g‘oyaviy asosini tashkil etadi. Chunki bu tizim ishlab chiqarishda ma’naviy salohiyatdan unumli foydalanishga yo‘naltirilgan. Shu boisdan ham ingliz faylasufi Tomas Gobbs (1588-1679) «Davlatning qandayligi haqida xulosa chiqarish uchun avvalo odamlarning axloqi, qiziqishlari va fe’l-atvorini o‘rganish joizdir» degan edi. Ikkinchi jahon urushidan xaroba bo‘lib chiqqan Yaponiya mamlakatining 30­40 yilda ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqib olgani ko‘pchilikning hayratini uyg‘otadi. «Kichik bir orolning bunday qisqa vaqtda hunarmandchilik ustaxonalaridan avtomatlashgan sanoatgacha bo‘lgan yo‘lni

304
bosib o‘tganligini qanday tushuntirish mumkin?». Mazkur savolga yaponlar quyidagicha javob beradilar: «Salohiyat insonlarda yashirin». Yaponiya menejmentining oltin qoidasiga ko‘ra, insondan qimmatroq boylik yo‘q. Yapon kishisida quyidagi qadriyat va sifatlar qaror toptiriladi: mehnatsevarlik, intizomlilik va jamoaviylik yapon milliy xarakteriga xos xususiyatlar sanaladi. Biroq davlat bu bilan qanoatlanmay, o‘z fuqarolarida ushbu sifatlarni mustah­kamlash va kuchaytirish vazifasini maorifga yuklaydi. Natijada, maktablarda guruhiy birdamlikni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda jamoaning yutug‘i ham, mag‘lubiyati ham guruhning har bir a’zosiga bog‘liq ekanligi haqidagi g‘oya singdiriladi, o‘z rolini aniq bilish va shunga yarasha mas’uliyatni his qilish talab etiladi. Bunday tarbiya ko‘rgan fuqaro jamoa muammolarini o‘zining shaxsiy muammolari sifatida qabul qiladi. Olimlarning fikricha, aynan shunday guruhiy birdamlik (yaponchada «aydagarasyugi») tufayli mamlakat misli ko‘rilmagan iqtisodiy yutuqlarga erishdi. Mehnat yapon kishisi uchun axloqiy qadriyat sanaladi. Uning qadriyat darajasiga ko‘tarilishida «axloqiy tarbiya» tizimining roli beqiyos. Gap shundaki, yapon kishisiga maktabdayoq quyidagi g‘oyalar singdiriladi: 1) «Faqat tirishqoqlik va mehnat bilan muvaffaqiyatga erishish mumkin», 2) «O‘z ustingda tinimsiz ishla, shunda birovdan kam bo‘lmaysan». Bu kabi g‘oyalar ta’sirida ulg‘aygan yapon kishisi o‘zining barcha harakatlarini quyidagi mantiqqa bo‘ysundiradi: «Bor imkoniyatlaringni ishga sol!» Shunday qilib, davlat o‘z fuqarolarida tirishqoqlik va hafsala, qunt hamda g‘ayratni maqsadli ravishda qaror toptiradi. Intizomdan jamiyat manfaatlarida foydalanish borasida esa yaponlar boshqa­larga o‘rnak bo‘la oladi. «Axloqiy tarbiya» natijasida Yaponiyada fuqarolar mehnat intizomining buzilishini shunchaki salbiy illat deb hisoblamay, balki uni Vatanga xiyonat deb qabul qiladilar. Yaponiyada fuqaro tarbiyasi zamon ehtiyojlari va jamiyat manfaatlariga moslashtirib boriladi. Aynan shu tufayli yapon fuqarolari jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi qudratli kuch deb biladilar. Ko‘rinib turibdiki, millat kelajagini o‘ylaydigan hech bir davlat fuqaro tarbiyasi masalasini e’tiborsiz qoldira olmaydi.


Yaponiya ta’lim-tarbiya tizimi bo‘yicha quyidagi fikr-mulohazalarni keltirish mumkin:- milliy an’analaridan (kattalarga hurmat, kichiklarga izzat; juda nozik istihola, vazmin ruhiy barqarorlik, shirin so‘z bilan o‘z maqsadiga qat’iy intilish, chiroyli niqoblangan o‘tkir mulohazalar bilan ish yuritish va h.k.) kelib chiqilgan holda ulardagi ta’lim-tarbiya masalalarida oila omili hali ham ustuvor ekanligini kuzatish mumkin bo‘ladi; - ulardagi ta’lim-tarbiya bo‘yicha talablari qattiqligining ayrim tarixiy jihatlari (samuraylarning «Busido» kodeksidan kelib chiqadigan achchiq bo‘lsada to‘g‘ri gapirish, qiyinchiliklarga sabr qilish, doimiy izlanishda bo‘lish va h.k.) hali ham davom etayotganligi kuzatiladi; - yapon ta’lim-tarbiya tizimida an’anaviy asoslarning zamonamizning ilg‘or texnolo- giyalari bilan uyg‘unlashib ketganligini qayd etish mumkin bo‘ladiki, bu ayniqsa informatsion - kommunikatsiya texnik vositalarining nafaqat keng qo‘llanilishi, balki ularning yangidan-yangi turlari yaratilishida yaqqol ko‘zga tashlanadi; - ta’lim-tarbiya sohasining yirik konsernlar ehtiyojlaridan kelib chiqib, uning tarqoq natijaga yo‘naltirilgan «tor ijod maydonchasida» korporativ tus olayotganligini

305
(masalan «Toyota» avtokonsernining o‘z ta’lim tizimi tayyorgarligidagi bosh shiori «AQSH ning bir mashinasida beshta kamchilik bo‘lsa, Toyotaning beshta mashinasida bitta kamchilik bo‘lishi kerak», - degan talab diqqatni o‘ziga tortadigan holdir) qayd etish mumkin bo‘ladi; - juda yuqori moddiy-texnika bazasiga ega yapon ta’lim-tarbiya tizimida o‘quvchi va o‘qituvchi munosabatining «ustoz-shogird» usulidan «teng hamkorlik» usuliga o‘tib borayotganligi kuzatiladi va bu o‘quvchi ta’lim tizimining bevosita ijod bilan mashg‘ul faol obyektiga aylanishiga olib keladi.


Koreyaning zamonaviy ta’lim tizimi rasman Yaponiya mustamlakasidan 1945-yildan ozod bo‘lgan. Ammo kengroq qaraydigan bo‘lsak, koreyslarda ta’lim tizimi 1894-yilgi islohotlardan keyin yuzaga kelgan, deyish mumkin. 1881-yili Koreyadagi Choson hukumati mamlakat xavfsizligini kuchaytirish maqsadida maxsus armiya tuzadi va g‘arbliklar harbiy san’atdan dars bera boshladilar. Bu o‘z navbatida chet tili va boshqa fanlar ta’limini yuzaga kelishini ta’minladi. Garchi 1882-yili maxsus qo‘shin uchun darslar to‘xtab qolgan bo‘lsa-da, bir qancha amaliy fanlar darsi davom etaverdi. Bu davrda asta-sekinlik bilan Gvangxevon, Bejexakdan, Ixvaxakdan kabi shaxsiy ta’lim muassasalari ham vujudga kela boshladi va keyinchalik universitetlar uchun asos bo‘lib xizmat qildi. 1894-yili shaxsiy bilim maskanlari birlashtirilib, mamlakat ta’lim tizimini boshqaruvchi institut tashkil etildi. Shu bilan birga 1895-yildan boshlang‘ich maktablar va maktab uchun kadrlar tayyorlaydigan pedagogika maktablari tuzildi. Bundan tashqari bir qancha xususiy maktablar ochilib, 1900-yilda ular faoliyatini tartibga solib turadigan «Xususiy maktablar to‘g‘risidagi qonun» qabul qilindi. 1910- yili Koreya va Yaponiya o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Koreya Yaponiyaning rasman mustamlakasiga aylantirildi. Natijada bu mamlakat ta’lim tizimiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Yapon mustamlakachilari Koreyaning ta’lim tizimini keskin o‘gartirish yo‘lidan bordi va xususiy maktablar faoliyati cheklab qo‘yildi. Bu davrda 1911 -yil 23-avgustda qabul qilingan «1-Choson ta’lim buyrug‘i» amal qildi. Unga ko‘ra, koreys va yapon fuqarolarining farqli ta’lim siyosati olib borildi. Ya’ni mahalliy xalq faqat 4 yil mobaynida boshlang‘ich ta’lim olar, o‘rta va oliy ta’lim berilmas edi. Ammo 1919-yili boshlangan norozilik harakatlari oqibatida Yaponiya hukumati biroz yon berishga majbur bo‘ldi va buyruqqa o‘zgartirish kiritib, boshlang‘ich ta’lim 4 yildan 6 yilga o‘zaytirildi. 1922-yil 4-fevralda «2-Choson ta’lim buyrug‘i» qabul qilindi. Bu buyruqqa ko‘ra, ta’lim muddatlari o‘zaytirildi. Ya’ni oddiy maktablarda ta’lim 6 yil, ayollar maktablarida esa 5 yil etib belgilandi. Shuningdek, asta-sekinlik bilan universitetlar ham paydo bo‘la boshladi. Jumladan, 1924-yili Kyongson davlat universiteti ochildi. Xitoy-Yaponiya urushi boshlanishi munosabati bilan mustamlaka Koreyada nazorat yanada kuchaytirildi. Oddiy maktablar va boshlang‘ich maktablar, yuqori va o‘rta maktablar birlashtirildi. Koreys tili fanlari kamaytirilib, imperiya xalq demokratiyasi fani kiritildi. 1943-yil 3-avgustda «4- Choson ta’lim buyrug‘i» imzolandi va yapon mustamlakachiligining ta’lim sohasidagi zo‘ravonligi kuchaydi. Jumladan, o‘rta va yuqori maktablarda ta’lim 4 yilgacha kamaytirilib, koreys tili fan dasturdan olib tashlandi. Uning o‘rniga yapon tili darslari kiritildi. Koreyani yoppasiga savodsizga aylantirish siyosati natijasi

306
o‘laroq, 1944-yilgi Koreya Umumiy Arxiv qo‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda o‘sha paytda Koreyaning savodxonlik darajasi bor-yo‘g‘i 13,8%ni tashkil etgan. 1945-yili Ikkinchi Jahon urushi bilan birga Koreyadagi Yaponiya mustamlakachiligi ham tugadi. Endilikda Koreyada tabiiyki boshqa sohalar qatori ta’lim tizimini o‘zgartirish vazifasi turardi. Eng avvalo «Ta’limni rivojlantirish qo‘mitasi» tashkil etildi va qo‘mita oldiga darsliklar yaratish majburiyati qo‘yildi. Ta’lim tizimi tadqiq etilishi davom ettirilib, axloq, etika, texnikaga oid fanlar kiritildi. 1963-yillardan boshlab esa ta’lim tizimida tabiiy va ijtimoiy fanlarga e’tibor kuchaydi. 1981-yili Prezident Chon Du Xvan mamlakatda shaxsiy ta’lim berish va xususiy ta’lim maskanlari faoliyatini qonunan taqiqlab qo‘ydi. Lekin maktabda mustaqil shug‘ullanish uchun imkoniyatlar yaratib berdi. 1992-yilga kelib esa boshlang‘ich maktablar faoliyati yanada rivojlanishi uchun hukumat tomonidan bir qancha imtiyozlar yaratildi. Zamonaviy Koreya ta’lim tizimida boshlang‘ich maktablarning roli muhim. Koreyada boshlang‘ich ta’lim uchun o‘quv yilida 1-martga qadar 6 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Lekin


  1. yoshli bolalar ham o‘qishga kirishga huquqli bo‘lib, buning uchun maktab mas’ul shaxsining ruxsatnomasini olishi lozim bo‘ladi. O‘quv yili esa 1-mart Koreya respublikasida davlat bayrami munosabati bilan 2 martdan boshlanadi. 6 yil davom etadigan boshlang‘ich ta’lim majburiy etib belgilangan. Boshlang‘ich ta’limda 1 yil ikki semestrga bo‘lingan holda olib boriladi. Boshlang‘ich ta’limdan keyingi «zinapoya» vazifasini o‘rta ta’lim bajaradi. O‘rta ta’lim Koreya respublikasida 3 yil davom etadi. O‘rta ta’lim ham majburiy bo‘lib, bir o‘quv yili 1-martdan keyingi yil mart oyiga qadar davom etadi. Darslar 45 daqiqadan etib belgilangan bo‘lib, bir yilda 1222 soatni tashkil etadi. O‘rta ta’lim maktablarida davlat tili, axloq, ijtimoiy fan, matematika, jismoniy tarbiya, musiqa, san’at, chet tili kabi 10 ga yaqin fanlar o‘qitiladi. Shuningdek, o‘rta maktabda o‘quvchi uchun tanlov fanlar mavjud. Bular qatoriga axborot, chet tili (ko‘pincha nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, rus, arab tillari) kabilarni kiritish mumkin. O‘rta maktab tugatilgach yuqori maktablarda ta’lim davom ettiriladi. Yuqori maktablar bir necha turlarga bo‘linadi: davlat yuqori maktablari (Koreya Ta’lim va Texnika fanlari vazirligi, Madaniyat, Jismoniy tarbiya va sayyohlik vazirligi boshqaradi), umumiy yuqori maktablar (har bir viloyatdagi yuqori tashkilotlar tomonidan boshqariladi), xususiy yuqori maktablar. Shuningdek, yuqori maktablar o‘qitish fanlariga ko‘ra ham bir qancha turlarga bo‘linadi: umumiy maktablar, ixtisoslashtirilgan maktablar (qishloq xo‘jaligi, sanoat, dengiz xo‘jaligi, axborot), maxsus maktablar (litsey shaklidagi maktab), texnika maktablari, chet tili maktabi, jismoniy tarbiya maktabi, san’at maktablari. Koreya Respublikasida Ta’lim vazirligi maxsus tashkil etgan yuqori maktablar ham bor. Bular asosan qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, sanoat, xalqaro tillarga ixtisoslashgan bo‘ladi. Janubiy Koreyada ta’lim haqidagi Qonun 1948-yilda qabul qilingan. Ta’lim tizimiga asos qilib an’anaviy g‘arb modeli olingan: 6 yil — quyi maktab, 3 yil — o‘rta, yana 3 yil — oliy maktab; so‘ngra to‘rt yillik kollej va bakalavr unvoni beriladi; tanlangan fan yana 2 yil chuqur o‘rganilgandan so‘ng magistr unvonini olish mumkin. Fan doktori bo‘lish uchun yana 3 yil vaqt sarflash lozim. Mamlakatda oliy o‘quv yurtlarining ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Koreyada 104 ta oliy o‘quv yurti bor, ularning 80 foizi



307
xususiydir. Hozir mamlakatda oliy o‘quv yurtlarida o‘qishga qiziqish juda kuchayib ketgan. Har yili maktablarni bitiruvchilarning 40 foizi o‘qishga kiradi. Talabalar soni bo‘yicha Koreya dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Lekin maktabgacha ta’lim muassasalari ishida muammolar bor. Talab ehtiyojni qondira olmayapti. Shuning uchun 1982-yilda maktabgacha tarbiya haqida qonun qabul qilindi. Bu yerda tarbiyaga bolalar bog‘chasida asos solinishini yaxshi tushunishadi. Shu tufayli bu tarmoq keyingi yillarda 60 foizga kengaydi. Bunda diniy tashkilotlarning hissasi kattadir. Boshlang‘ich maktab masalasiga kelganda (bu maktabga olti yoshlilar kelishadi) sinflarning tig‘izligini kuzatish mumkin. Har sinfda 50 nafargacha bola o‘qiydi. Dars yuklamalari ham ko‘proq. Lekin o‘yinlar dam olish o‘quv dasturiga kiritilgan. Shuning uchun dam olishga imkoniyat bor. Boshlang‘ich maktabda dars 40 daqiqa davom etadi. O‘rta maktabda esa darslar 45 daqiqa. Oliy maktabda darsning davomiyligi 50 daqiqaga teng. Bu yerda ikki muhim jihatga to‘xtalib o‘tish zarur. Oliy maktabga, albatta, kirish imtihonlari topshirib kiriladi, o‘qishlar pullik. Boshlang‘ich maktabda 9 ta fan o‘qitiladi. Koreys tilini o‘rganishga alohida e’tibor beriladi. Bundan tashqari arifmetika, ayrim ijtimoiy fanlar ham o‘qitiladi. O‘rta maktabda fanlar yana 4 taga ko‘paytirilgan. 7-sinfdan boshlab chet tillar o‘rgatiladi. Mamlakatda ingliz tiliga e’tibor kuchli. Ko‘pchilik bu tilda bemalol gaplasha oladi. Chet tillarni o‘qitishga haftasiga 4-5 soat ajratilgan. Koreyslar yana bir tilni — klassik xitoy tilini majburiy ravishda o‘rganadilar. 8-sinfdan boshlab Xitoy tarixi o‘rganiladi. Hunar maktablari Koreyada 600 tani tashkil etadi. Bu maktablarning 45 foizi bo‘lajak mulkdorlarni tayyorlaydi, 23 foizida texnik kasb egalari yetishib chiqadi. Qolgan maktablarda dengizchilik, qishloq xo‘jalik ixtisoslari o‘zlashtiriladi. Shunisi diqqatga sazovorki, bu maktablarga korxonalar otaliq qiladilar. Ta’lim haqidagi qonun talablaridan biri shudir. Koreyada ham alohida iqtidorli bolalarga e’tibor kuchli. So‘nggi yillarda 5 ta sport, 6 ta ilmiy maktab ochilgan. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishiga Seul olimpiadasi katta ta’sir ko‘rsatgan. Koreyada nogironlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikni har qadamda kuzatish mumkin. Aytaylik, bu yerda aravachalar yordamida harakatlanuvchilar uchun yer osti liftlari mavjud, maxsus jihozlangan past qilib qurilgan telefon-avtomatlardan nogironlar bemalol foydalanadilar, rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun maxsus maktablar mavjud. Bu maktablarning aksariyati xususiy yoki diniy tashkilotlarning xayriya mablag‘lari hisobiga qurilgan. Davlat maktablarida din o‘qitilmaydi. Lekin


  1. sinfdan boshlab «Odobnoma» kabi maxsus fan joriy etiladi. Bu fan 12-sinfgacha o‘qitilib, haftasiga 2 soat vaqt ajratilgan. Bu fan o‘z ichiga dinni ham qabul qiladi. U qotib qolgan bir narsa sifatida emas, qadriyat sifatida o‘qitiladi. Bu butun tarbiya tizimi natijasidir. Ehromlarga borish, tarixiy yodgorliklar bilan tanishish, ma’naviy tarixni o‘rganish maktab fanining majburiy davomi hisoblanadi. Maktablar uchun o‘qituvchi kadrlar tayyorlash masalasiga ham katta e’tibor beriladi. Koreyadagi barcha talabalarning 6,5 foizi bo‘lajak pedagoglardir. Mamlakatda 11 ta o‘qituvchilar kollejlari mavjud. Har bir provinsiya o‘z kollejiga ega. Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi bo‘lish uchun 2 yil o‘qish kerak. Fan o‘qituvchisi birmuncha ko‘proq o‘qiydi. Janubiy Koreyada ta’limning obro‘si naqadar kattalagini quyidagi misoldan ham ko‘rsak bo‘ladi: Soliqlar tizimida ta’limiy soliq joriy qilingan: ishlab



308
chiqaruvchilar foydaning ma’lum foizini maorifga yuboradilar. Davlat budjetining 24 foizi ta’limga sarflanadi. Mamlakat prezidenti (u xalq ta’limi Davlat kengashini boshqaradi) shaxsan provinsiyalar ta’lim boshqarmalari (bizdagi xalq ta’limi boshqarmalari kabi) boshliqlarini tayinlaydi. Bu ham ushbu mamlakatda maorifga qanchalar zo‘r ahamiyat berilishini ko‘rsatib turibdi.


Janubiy Koreya ilg‘or pedagogik tizimi asoslari ham Yaponiya pedagogik tizimidagi kabi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir:
  • Janubiy Koreya ta’lim-tarbiya tizimidagi asosiy ustuvor jihat bu bizning xalqimizga xos bo‘lgan bolajonlik va uning tarbiyasiga nisbatan o‘ta jiddiy yondashish, ya’ni «bola aziz, tarbiyasi esa undan aziz» tamoyili bo‘yicha yonda- shuvidir;


  • Janubiy Koreya umumkoreys yaxlit madaniyatining ajralmas bir qismi bo‘lib, u koreys ma’naviy-ma’rifat mentalitetida albatta milliy tamaddun to‘laqonliligini taqozo etadi;


  • Janubiy Koreya ta’lim-tarbiya tizimida xitoy, yapon, manjur, mug‘ul jihatlarining tarixiy qo‘shilib ketishi natijasida o‘ziga xos bir multimadaniyat tizimi yuzaga kelganki, u barcha davrlarda bir xil yashovchanlik immunitetini hosil qilgan;


  • Janubiy Koreya ta’lim-tarbiya an’analarida davlat ta’sirining hal qiluvchi kuchga ega ekanligi har qanday yangi texnologiya bo‘yicha ishlarning davlat kuzatish doirasida ko‘plab quvvatlanishida o‘z aksini topadi;


  • Janubiy Koreya ta’lim tizimida avlodlar almashinuvi natijasida yangi texnologiyalarning yanada turlicha ko‘rinish olishi jarayoni uning ilg‘or dinamik xarakteridan dalolat beradi;


  • Janubiy Koreya ilmiy tadqiqot sohasida (ayniqsa SAMSUNG va DAYVO kompaniyalari faoliyatida) rivojlangan davlatlar AQSH va Yaponiyada bo‘lgani- dek «Silikon», «Kremen» vodiylari kabi markazlarning vujudga kelganligi hozirda bu yerdagi ta’lim-tarbiya tizimiga juda katta samarali ta’sir ko‘rsatmoqda.


Xitoyda ta’lim tizimi miloddan avvalgi X-XI asrlarda Daosizm, Konfusiychilik va Buddaviylik dinlari ta’siri ostida yuzaga kela boshlagan. Unga oid ayrim ma’lumotlar tarqoq holda bo‘lsada, Qadimgi Xitoy qonunchiligiga oid to‘plamlarda uchraydi. Xitoy ta’lim tizimi qadimgi va boy tajriba an’nalarga ega tizimdir. Bu yerda ta’lim tizimining shakllanishi bevosita davlat ma’muriy - boshqaruv tizimining qurulishi bilan bog‘liqdir. Qadimda Xitoy imperatorining asosiy uchta maslahatchilari (uchta gunn) «buyuk murabbiy», «buyuk ustoz» va «buyuk homiy» deb atalgandir. Ular davlatda ta’lim-tarbiya me’yorlari (li) ni nazorat qilib borganlar. Bunda «yoshlarning kattalarga buysunishi» goyasi (syao) asosiy o‘rin egallagan. Keyinchalik, ya’ni o‘rta asrlarda bu sohaga oid ma’lumotlar» Chjao xonadonidagi yetim» (Xasr) «Aslzoda o‘spirinning xatosi»(XIII asr) kabi mashhur asarlarda uchrab turadi. Xitoyning XIX asr oxiridan


  1. asrning 60-yillarigacha bo‘lgan davr ma’naviy va ma’rifiy hayotiga oid ma’lumotlar esa Van Menning mashhur «Metamorfozalar» asarida uchraydi. Xitoyda Mao Sze Dunning «Madaniy inqilobi» natijasida yuzaga kelgan ta’lim tizimining «qora davri» (1966-1976-yillar)da bu yerda ma’naviy-ma’rifiy sohalarda og‘ir oqibatli holatlarga olib keldi. 1980-1990-yillar davomida Xitoyda


309
amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida ta’lim-tarbiya sohasida yangi zamonaviy tizim shakllantirildi. Hozirgi Xitoy ta’lim-tarbiya tizimi bir qancha o‘ziga xos jihatlarga ega ilg‘or milliy tizimlardan hisoblanadi. Xitoyda bolalar boshlang‘ich maktabga 6-7yoshdan borib, bu yerda 5-6 yil dastlabki ta’lim oladilar, mamlakat bolalarining (boshlang‘ich maktab yoshidagi) 95% boshlang‘ich maktablarga boradilar. Boshlang‘ich sinflarda bolalarga xitoy tili, geografiya, tarix, matematika, musiqa, tabiatshunoslik tasviriy san’at jismoniy tarbiya va siyosiy ta’lim o‘rgatiladi. Boshlang‘ich maktabni tamomlagach, bolalar o‘rta maktabga borishlari mumkin. Quyi o‘rta maktabda ta’lim 3 yil, yuqori o‘rta maktabda esa 2 yoki 3 yil davom etadi. O‘rta maktabda boshlang‘ich sinflardagi ko‘pchilik fanlar, ya’ni biologiya, kimyo, fizika, huquqshunoslik ingliz va boshqa xorijiy tillar o‘qitiladi. Professional va texnik o‘rta maktablarda esa qishloq xo‘jaligi asoslari, industrial texnologiya va boshqa ixtisoslikka oid fanlar o‘qitiladi. Xitoylik bolalarning 2/3 qismi o‘rta maktabda ta’lim ola boshlaydi, ammo ularning hammasi ham o‘qishni yakuniga yetkazmaydi. Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun yoshlar maxsus imtihonlardan o‘tishlari kerak. Imtihonlardan o‘tgan yoshlar talabalar qatoriga qabul qilinadi. Universitetlarda o‘qitiladigan asosiy fanlar: iqtisod, xorijiy tillar, matematika, tibbiy va gumanitar fanlar imtihonlardan o‘tgan yoshlarning bir qismi texnik kollejlarda qabul qilinadi. Har bir kollej o‘z ixtisosligiga ega bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, tibbiyot, tog‘-kon yoki o‘qituvchilik yo‘nalishlarda mutaxassis tayyorlaydi. Ko‘pchilik maktablar tegishli soha vazirligi (masalan, tibbiyot yo‘nalishidagi texnik kollejlar tibbiyot vazirligi)tomonidan boshqariladi. Xitoyda jami 1000 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari mavjud. (universitet va kollejlar). Ulardan 1, 700 000 (1 million 700 ming) talaba tahsil olmoqda. Oliy ta’lim olishni istagan yoshlar soni tobora ortib bormoqda. Ammo fakultetlar va imkoniyatlar yetishmasligi bois yoshlarning oz qismigina oliy ta’lim jarayoniga jalb etilmoqda. Kirish imtihonlaridan o‘ta olmagan yoshlar «ishchi universitetlar» deb atalmish qisqa muddatli kurslarda ta’lim olishlari mumkin. O‘rta maktabni tashlab ketgan yoshlar erkin vaqt o‘rgatiladigan maxsus maktablarda yoki televizion kurslar orqali ta’lim olishni davom ettirishlari mumkin. Xitoyda hozirda 2020- yilgacha mo‘ljallangan ta’lim tizimi islohotlari amalga oshirilmoqda. Uning bosh maqsadi ta’lim-tarbiya sohasida butunlay yangi o‘zgacha bir zamonaviy ilg‘or asosli samarali tizimni yaratishdan iboratdir. Hozirgi Xitoy ta’lim-tarbiya tizimining zamini hisoblangan psixo-didaktik asoslar esa quydagi jihatlarda namoyon bo‘ladi: Xitoy ta’lim-tarbiya tizimiga xos bo‘lgan xususiyatlar quydagi jihatlarda kuzatiladi:


  • millat mentalitetida ta’lim-tarbiya va shu sohada mehnat qilayotganlarga nisbatan chuqur hurmat-ehtirom munosabatining uzoq asrlar davomida keng ko‘lamda saqlanib kelayotganligi;


  • an’ana sifatida davom etib kelayotgan va qat’iy nazorat mahoratli buyuk ustozlar hurmati oldidagi ta’zim yoshlarning ta’lim-tarbiya talablariga chin dildan ixlos bilan bo‘ysunish va uni to‘la-to‘kis bajarishga harakat qilishida kuzatiladi;



310

  • yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning keng ko‘lamdada qabul qilinishi va ularni tezkor tarzda bevosita amaliyotga joriy etish jarayonining kuchli tarzda borayotganligi;

  • keng xalq ommasi orasida ilm olishga intilishning kuchliligi mavjud ta’lim muassasalarining jamiyatda yuzaga kelayotgan ehtiyojlarni qondirishga ojizlik qilib qolayotganligida ko‘zga tashlanadi.


Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog‘chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog‘chalarni mablag‘ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog‘chalariga o‘z farzandlarini tarbiyalayotganliklari uchun ancha miqdorda pul to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog‘chalarga qatnaydi. Germaniyada odatda bolalar bog‘chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog‘chalar ham bor.


Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli, ya’ni bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi joylarda 10 yil) maktabda to‘la haftalik o‘qishda o‘qiydi. O‘qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar ozroq. O‘qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlang‘ich maktabdan so‘ng o‘quvchilar yo‘nalish bosqichidagi maktabga o‘tadilar. Bu yerda 5-6-sinf bosqichidagi yo‘nalish maktablarda maxsus dastur asosida o‘qiydilar. Keyin navbatdagi maktab tipiga ko‘chadilar: bular — asosiy, maxsus maktab, real bilim yurtlari. Deyarli 30% bola asosiy maktabga o‘tadi. 9 yoki 10 yillik o‘qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o‘tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bo‘lgan bolalar o‘qiydi. Real bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori bosqich maktabi o‘rtasida turadi. Qoidaga ko‘ra bu yerda o‘qish
  1. yil davom etadi (5-10-sinfgacha) va to‘la o‘rta ma’lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o‘rta maxsus o‘quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o‘qish huquqiga ega bo‘ladi. Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13-sinflarni o‘z ichiga oladi. 11-13-sinflar oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. Gimnaziyani bitirganlik haqidagi yetuklik attestati oliy o‘quv yurtida o‘qish imkonini beradi. Germaniya ta’lim tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talab kuchlidir. To‘liqsiz o‘rta maktabni bitiruvchilarning esa 20% hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda o‘qish muddati 3-3,5 yilni tashkil etadi. O‘qish uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi yili asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o‘qitilayotgan kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi beriladi. O‘quvchining birinchi yilda ikkinchi yilga o‘tishi sinov imtihonlari o‘tkazilib o‘qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning yetakchi mutaxassislari, federal yerlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi.



311
Hunar maktablarining diplomlari oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi. O‘qishga qabul qilish imtihonsiz maktab ta’limi to‘g‘risidagi hujjatga asosan oshiriladi. Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O‘z-o‘zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma- bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o‘qishi erkin tashkil etilgan. Ko‘p sonli o‘quv bosqichlari bilan birga o‘quv rejalari taklif etiladi. O‘qishga haq to‘lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat harajatlarini ko‘tara olmasa, o‘qish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi federal qonunga ko‘ra ular moliya yordamida oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi yarimi qarz tariqasida beriladi. Mamlakatda ta’limning isloh qilish masalasi ko‘pdan buyon muhokama qilinmoqda, bunda o‘quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir universitetlarda talabalar 7 yil o‘qiydi. Ular o‘qishga kirganlariga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qilishni hisobga olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz. Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bo‘lib, ular partiya va dindan tashqari muassasa. Ularning ko‘pchiligi kechki bo‘lib, faqat 1989-yilda universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. tinglovchi malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag‘batlantiradi va bu uchun har yili 5,5 mln. marka mablag‘ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o‘qish davrida tinglovchilarga mablag‘ bilan moliyaviy yordam beradilar. Oliy o‘quv yurtlarida tadqiqot bilan shug‘ullanish ularning qadimiy an’analaridan biri. O‘tgan asr boshlarida Vilgelm fon Gumboldt pruss universitetlarini isloh qildi, o‘shandan beri «Tadqiqot va o‘qitish birligi» ularning hayotiy prinsiplariga aylanib qolgan. Oliy o‘quv yurtlari tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishi-fundamental amaliy tadqiqot bo‘lib, ularga boshqa ilmiy-tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga, juda murakkab tizimga ega. Shu bilan bir qatorda hozirda Germaniyada ta’lim tizimini isloh etish yo‘lida yangi izlanishlar olib borilmoqda.


  1. Xalqaro grantlar va ta’lim dasturlari


Butun dunyo ta’lim tizimidagi muammolarni hal etishda yirik xalqaro loyihalar va dasturlar muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu loyiha va dasturlarda turli ta’lim tizimidagi o‘quv muassasalari va pedagoglarining ishtirok etishlari bu sohadagi ishlarni jonlantirilishiga asos bo‘lmoqda.


Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot sohasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. O‘quv rejalarining takomillashuvi, ilmiy darajalar berishning bir bosqichli tizimiga o‘tish, ta’lim jarayonining axborot ta’minoti va boshqa jihatlar oliy ta’lim muassasalarida Tempus va Erasmus+ dasturlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarda ma’lum darajada o‘z aksini topmoqda. Tempus - bu G‘arbiy Bolqon mintaqasi,

312
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdagi hamkor davlatlarda oliy ta’limni isloh etishga qaratilgan va asosan, universitetlararo hamkorlik loyihalari orqali ko‘maklashuvchi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturdir. O‘zbekistonda Tempus dasturi 1994-yilda o‘z ish faoliyatini boshlagan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 80 dan ziyod xalqaro hamkorlik loyihalari amalga oshirib kelinmoqda. O‘tgan davr mobaynida mazkur loyihalarni moliyalashtirish uchun Yevropa Komissiyasi tomonidan jami 34 million yevrodan ziyod mablag‘ ajratilgan. Erasmus+ - bu Yevropa Ittifoqining ta’lim, kasbiy ta’lim, yoshlar va sportni rivojlantirishga qaratilgan hamda 2014-2020-yillar uchun mo‘ljallangan yangi dastur. Yangi dastur yuqorida ko‘rsatilgan sohalar bo‘yicha Yevropa Ittifoqining xalqaro hamkorlik dasturlarining eng muvaffaqiyatli dasturlarini, ya’ni Tempus va Erasmus Mundus dasturlarini o‘z ichiga qamrab oldi. Hozirgi kunga qadar, ular O‘zbekiston oliy ta’limini islohotlashtirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqining asosiy vositalaridan hisoblanadi. O‘zbekiston OTMlari, o‘qituvchilari va talabalar Erasmus+ dasturining quyidagi 3 ta yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etish imkoniyatiga ega: Xalqaro kredit mobilligi (International Credit Mobility) - Yevropaning bir yoki bir nechta universitetlari bilan almashinuv dasturi, Oliy ta’lim salohiyatini oshirish loyihalari (Capacity Building in Higher Education), Qo‘shma magistrlik dasturlari (Joint Master Degree programme) hamda Jan Mone (Jean Monnet) dasturi. Oliy ta’lim salohiyatini oshirish (SVNE) yo‘nalishining 2015-yildagi 1-tanlovi doirasida O‘zbekiston OTMlari ishtirokida 12 ta loyiha faoliyat boshlagan bo‘lib, ulardan 10 tasi qo‘shma va 2 tasi strukturaviy loyihalardir: MIND, ECCEM, CACTLE, ACADEMICA, MEDIPHYS, ModeHED, ECAP, TechReh, IQAT, FSAMP, IMEP, NURSLIN . Erasmus+: Xalqaro kredit mobilligi loyihalari Erasmus+ dasturining «Xalqaro kredit mobilligi/ International Credit Mobility» (ICM) yo‘nalishi - talabalar va oliy ta’lim muassasalarining akademik va administrativ xodimlari uchun 33ta Dastur- davlatlarlarda ta’lim va professional tajriba olish imkoniyatlarini beradi. Bu nafaqat mobillik ishtirokchilari uchun, balki OTMlari uchun ham birdek foydali hamkorlikdir. Amalga oshiriladigan mobilliklar davomida OTMlardagi o‘quv- dasturlarini solishtirish va yangilash hamda o‘qitish va boshqaruv usullarini yaxshilash imkoniyatlari yuzaga keladi. Oddiygina universitetlararo imzolangan shartnoma asosida talabalarni o‘qishga yuborish va chet ellik talabalarni qabul qilish kelgusida xorijiy diplomlarni dastlab universitetlar o‘rtasida, keyinchalik esa mehnat bozorida tan olinishiga zamin yaratadi.


Nazorat uchun savollar
  1. Yaponiya ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini izohlang.


  2. Janubiy Koreya ta’limtizimida oliy ta’limning roli qanday?


  3. Xitoyning taraqqiy etishida ta’lim tizimining o‘rnini izohlang.


  4. Germaniya ta’lim tizimida real maktablarning ahamiyati nimada?



313



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin