Umumiy psixologiya fanidan topshiriqlar. 1-variant



Yüklə 24,28 Kb.
səhifə2/3
tarix16.05.2023
ölçüsü24,28 Kb.
#114205
1   2   3
108216 1-VARIANT

Motivlarning turlari.
Motiv kengroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan to’rgan moyillik xozirlikni tushuntirib beruvchi sabablarni nazarda tutadi. Maphur nems olimi Kurt Levin motivlar muammosi ayniqsa shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqladiki, har bir odam o’ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo’ladi. Konkret vaziyat xususiyadagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo’ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o’zi ham o’zidagi holat, kayfiyatga bog’liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo’lar ekan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini o’sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimunlarga uning bergan bahosi yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki, unda shunga o’xshash holatlarni idrok qilishga ichki bir hozirlik dispozitsiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to’g’riroq bo’ladi. Shu ma’noda shaxs xulqining motivatsiyasi turli sharoitlardagi orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar, hattoki ijtimoiy tajriba normalarining ta’sirida shakllanadigan sabablar kompleksini o’z ichiga oladi. Masalan, texnika oliygohlarida: “materiallarning qarshiligi” nomli kurs bor deylik. Shu kursni o’zlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlikcha ro’y bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga nisbatan ustanovka shakllanadiki, albatta bu kurs qiyin, uni olib boruvchi o’qituvchi o’ta talabcha, qattiaqqo’l va xokazo. Bunday motivatsiya mana necha avlord talabalari boshdina kechirayotgan holat. Endi aniq shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o’z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun bu darsdan keyin dars yo’q va u qachon shu semestr tugushini kutib harakat qiladi.
Motivni o’rganish hozirda psixologiya va pedagogikaning asosiy markaziy muammolaridan biri hisoblanadi. Motivni o’rganish bo’yicha olimlarimiz anchagina yutuqqa erishgan bo’lishsada, uni tizimga solish aniq yo’nalishlar ishlab chiqilmagan. Motivni tizimga solish, uning me’zonlarini ko’rsatib berish bo’yicha ijtimoiy va bilishga oid ayrim turlari ishlab chiqilgan:
  • Keng doiradagi ijtimoiy motivlar (burch, javobgarlik, o’qishning ijtimoiy o’rnini bilish) shaxsning jamiyatdagi o’rni va moslashishini belgilab beradi;


  • Tor doiradagi ijtimoiy motivlar (kelajakdagi birorta mansabga erishish, atrofdagilar e’tiborida bo’lish o’z mehnatiga yarasha taqdirlani;)


  • Ijtimoiy hamkorlik motivlari (sudda o’z o’rni, holatiga ega bo’lish, atrofdagilar bilan o’zaro munosabat turlariga yo’nalganlik;)


  • Keng bilish motivlari (bilim egallashning yo’llarini bilish, aniq bir o’quv fanini o’rganish;)


  • O’z ustida ishlash motivlari (qo’shimcha bilim olishga yo’nalganlik;)



Motiv tushunarli va tushunarsiz, anglangan va anglanmagan bo’lishi mumkin. Har qanday motivlar orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo’ladi va ayynan ularning tabiati va zaruratiga bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi. Misol uchun talabaning o’quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, bilim olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi.
Rus olimi R.Nemov shaxsdagi motivatsion sohani quyidagicha tasavvur qiladi.
Umuman har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki gurpuhga bo’lish mumkin:

1. Biologik ehtiyojlar – bu fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu) jinsiy moslashuv ehtiyojlari.


2. Ijtimoiy ehtiyojlar – mehnat qilish, bilish, estetik va axloqiy ma’naviy ehtiyojlar.
Umuman shaxs xulq motivi haqida gap ketganda uning ikki tomoni ya’ni elementi ajratiladi. Harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga erishishning vositalariga aniqlik kiritadi. Dasturda nazarda tutilgan vositalar maqsadga erishishni oqlashi kerak, aks holda dastur hech narsa bermaydi. Masalan, ota-onaning bolaga shartlar qo’yib o’z idealidagi shaxs qilishi uchun qat’iy nazorati oqibatida keyinchalik boshqarib bo’lmaydigan qaysar, ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo’lib qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim anglangan, ehtiyojlar movufiqlashtirilgan aniq bo’lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo’ladi.
Motivlardan biri turli hil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo’lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D.Makleland, D.Atkinson va nems olimi X.Xekxauzenlar. ularning yikricha odamda turli ishlarni bajarishni ta’minlovchi ikki turdagi motiv bor:
1.Muvaffaqiyatga erishi motivi.
2.Muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi.
Motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga odamlarga va o’z-o’ziga munosabatlardan kelib chiqadi va undagi harakter xususiyatlarini ham belgilaydi.

Jahonning buyuk olimlari shaxslararo munosabatlar masalasiga alohida ahamiyat berganlar.Ularni keltirib chiqaruvchi va harakatlantiruvchi motivlar, motivatsiyalar to’g’risida ibratli fikrlarini bildirganlar.Xorij psixologiyasida kasbiy motivlarni o`rganishga bag`ishlangan bir qator ilmiy izlanishlar mavjuddir. Buyuk allomalardan biri X.Xekxauzenning motivlarning kengaytirilgan modelini yaratdi, bunda muhokama qilingan motivatsiya mezonlarining aksariyati hisobga olingandir. Xekxauzen modelida harakatni izohlash maqsadida to`rtta o`zaro farq qiluvchi tushuncha kiritiladi, natija (mahsuli), oqibat. Ushbu tushunchalаr kutilma tiplari bilan muvofiqlashuvi orqali o`zaro aloqaga kirishadilar. Xuddi shu bois vaziyat kutilmasi – natija shaxs e`tiqodi darajasini keltirib chiqaradi, vaholanki ba`zi vaziyatda muayyan natija qatnashmasada kutilishi mumkin. Muallif kutilmaning bu tipini muvaffaqiyat ehtimolidan farqlaydi, lekin motivlar modellarida ularning birligini hisobga oladi. X.Xekxauzen oxirgi holatni, ya`ni "harakat-natija" ko`rinishini kutilma sifatida belgilaydi. Muallif tomonidan "harakat-vaziyat-natija" kutilmasi qo`shimcha tariqasida kiritiladi va kutilma darajasini ifodalovchi tarzida tavsiflanadi, qaysidir tashqi va variativ hodisalar (holatlar) harakat - natija kutilmasini kichraytirishi yoki kattalashtirishi mumkin (masalan, charchoqlik, begonalar yordami). Natija bilan oqibat natija - oqibat kutilmasi orqali bog`lanadi va xohishiy yoki tasodifiy harakat oqibatini amalga oshirish uchun harakat natijasining kechinmasi vositasi darajasi sifatida ishtirok etadi. Motivlar modelida kutilma va qo`zg`ovchining mezonlari o`zaro aloqaga kirishadi. Harakatning har qaysi oqibati muayyan qo`zg`atuvchi bilan aloqaga kirishishi mumkin. X.Xekxauzen harakat oqibatini to`rt sinfga ajratadi: o`zini o`zi baholash, yuksak maqsadga yaqinlashish, boshqalarni baholash va bilvosita ta`sirlar. Boshqa qomusiy olimlar singari Dj.Atkinson motivatsiyaga erishish nazariyasiga asosan,bir davrning o`zida validlik natijasini oshiruvchi nazariyani ham soddalashtirdi, ham kengaytirdi. Muvaffaqiyatga (ham muvaffaqiyatsizlikka) undovchi bilan topshiriqlar murakkabligi o`rtasidagi aloqa soddaroq ko`rinishga ega bo`ldi. Ushbу modelda qo`zg`ovchi muvaffaqiyatning subyektiv ehtimolligiga bog`liqdir (ma`lumki, Festinger modelida valentlik topshiriqning subyektiv murakkabligiga tobedir). Atkinson modelida muvaffaqiyat kutilmasi bilan qo`zg`ovchining chiziqli o`zaro aloqasi ehtimoli mujassamlashgandir. Muvaffaqiyat ehtimoli bilan qo`zg`ovchining soddalashgan modelli tasavvuri negizida o`zaro aloqadorlik tushunchasi yotadi. Muvaffaqiyat kutilmasini o`lchash go`yoki yetarli, qo`zg`ovchi esa qo`shimcha kattalik sifatida tasavvur qilinadi. Dj.Atkinson validlik natijasini oshiruvchi modelini ikkita dispozitsion o`zgaruvchi hisobiga kengaytirdi. Biroq validlik natijasini oshiruvchi modelga shaxslilik omillari kiritilmagan. Muallif mavaffaqiyatga intilish motivi hamda muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi kabi psixologik terminlarni psixologiya faniga kiritgan. Dj.Atkinsonning mazkur modeli muvaffaqiyatsizlik motivi bilan muvaffaqiyat motivi kuchayishi o`zarо solishtirilganda o`rtacha subyektiv murakkablikdagi topshiriqlarga nisbatan ustuvorlik tezroq ortib borishini oldindan aytib bera oladi. Muvaffaqiyatsiz motivirovka qilgan shaxslarda maksimum qochish tendentsiyasi o`rtacha murakkablikdagi topshiriqlarda namoyon bo`ladi. Bundan tashqari Atkinson va K.Berchlarning motivatsiya to`g`risidagi nazariyasida motivlarni bir nechta "tillar" ga ajratadi; eksperimental, neyrofiziologik, bixevioristik (xulqiy), matematik. Ularning nazariyasini yangiligi shuki, unda reaksiyalar tahlil qilinishi o`rniga harakatlar, shu jumladan, verbal harakatlar tadqiq etiladi. Ta`sir etuvchi stimullar motivlar, ularning ahamiyatliligi, baholanishiga bog`liq holda qaytadan barpo qilinadi. Bu narsa harakatning tasnifi, samarali holatlarini aniqlash uchun xizmat qiladi. Amerikalik psixolog R.Vudvortsning motivlar to’g’risidagi nazariyasiga ko`ra motivlar ehtiyoj va kognitiv jarayonlar orqali aniqlanadi. Muayyan xulq kodiga tug`ma va egallangan mexanizmlar o`z ta`sirini o`tkazadi. Ehtiyoj va ustanovkalar javobga ta`sir etadi. U motivlarga qobiliyatni ham kiritadi, buning natijasida motiv faqat ehtiyojlar bilan aniqlanib qolmasdan, balki qobiliyat ham unga ta`sir o`tkazadi. Vudvorts bu o`rinda qobiliyatni nasliy belgi sifatida talqin qiladi, shuning uchun hayot davomida ontogenezda rivojlanish, takomillashish ehtimoli mavjudligini inkor etadi. Shuni alohida ta`kidlab o`tish joizki, rus psixologi A.A.Uxtomskiy organizm funktsional holatlarining determinantlari muammosini o`rganish jarayonida o`zining dominantlik printsipini kashf qilgan. Muallif kashf qilgan dominantini xulq harakati va uning vektori sifatida asoslashga intiladi. Motivlar masalasi uning uchun muhim ahamiyat kasb etib, muammo fiziologik, psixologik, dunyoqarashlik jabhalaridan turib tahlil qilinadi. Xulq-atvor yaxlitligi tufayli organizm integral bus-butunlik tariqasida tushuntiriladi. Bunday yondashuv psixologik va fiziologik holatlarning biri ikkinchisidan ajralmas ekanligini bildirib keladi. Muallif motivni insonning zo`r berishi natijasida shakllanuvchi qo`zg`atuvchi sifatida talqin etadi va hayot jarayonida o`zgaruvchanligini ta`kidlab o`tadi. O’z zamonasining buyuk olimlaridan biri P.K.Anoxinning motivlar to`g`risidagi g`oyasiga ko`ra jonli dunyo yaralgan davrdan e`tiboran voqelikni ilgarilab, oldindan aks ettirish uning xususiyatiga aylangan.

Yüklə 24,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin