Umumiy psixologiya fanidan


 Iroda va o‘zlikni anglash



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix03.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#124618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Umumiy psixologiya fanidan

1.2. Iroda va o‘zlikni anglash 
Psixologik tahlillarga qaraganda, ijtimoiy turmushda taraqqiyotni keltirib 
chiqaruvchi omillar va printsiplar to‘g‘risidagi ta’limotlarga nisbatan munosabatlar 
o‘zgarib borishi turlicha metodologik muammolarni yuzaga keltiradi. Bizningcha, 
har qaysi muammo taraqqiyotni amalga oshiruvchi, harakatlantiruvchi kuchning 
mohiyati va mazmuni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning ijtimoiy turmushda tutgan 
o‘rni, biosfera bilan noosfera aloqasi, ularda batartib (tekis harakat) va betartib 
(xaos, xaotik) harakatlanish ehtimoli mavjudligi haqidagi mulohazalar tobora avj 
olib bormoqda. 
Zamonaviy psixologiyada uning moddiy asoslari yuzasidan fikr 
yuritilganda biosfera va noosferada harakatlar batartib amalga oshadi, buning 
natijasida qonuniyatlar voqelik, holat va hodisalarni bevosita boshqarib, ya’ni 
regulyatsiya qiladi, deb tushuntiriladi. Biroq biosferada ham, noosferada ham 
betartib (xaos, xaotik) harakat hukm surishi mumkinligi to‘g‘risidagi omillarga, 
negadir e’tibor susaygan. Buning natijasida ob’ektiv va sub’ektiv sabablar oqibatni 
keltirib chiqarishi tan olingan, lekin oqibat sababning yuksak motivi sifatida 
ro‘yobga chiqishi psixologiyaning tadqiqot predmetiga, hatto kiritilmagan. 
Fazoviy aloqalar (psixosfera) nafaqat stixiyalarni yuzaga keltirish bilan 
tavsiflanadi, balki tabiatga, insoniyatga ijobiy ta’sir etuvchi zarrachalar, moddalar, 
nurlarni yoyish imkoniyatiga ega. Yer kurrasiga ba’zi bir kasalliklar (infark, 
insulbt, rak) tarqalishining bosh omili hisoblanadi, ikkinchi tomondan, miya, tana 
a’zolari tarkibiga mos zarrachalarning idrok maydoniga muvaqqat to‘planishi 
tufayli tez fikrlash, ilhomlanish vujudga kelishini dalillash mumkin bo‘ladi. 
Insondagi moddiy miya bilan sub’ektning idrok maydonidagi “sun’iy miya” 
o‘rtasida aloqa vujudga keladi. Ikkiyoqlama tutash ta’sir natijasida bilish 
jarayonlarining mahsuldorligi, samaradorligi ortadi. Bizningcha, xuddi shu 
voqelik, hodisa intuitsiyaning moddiy asosi hisoblanadi. Oradan ma’lum vaqt 
o‘tgandan idrok maydonidagi “sun’iy miya” zarrachalari havoga tarqaladi, o‘z- 
o‘zidan ikkinchi stimulyator o‘z funktsiyasini yakunlaydi. Mazkur psixologik 


13 
hodisaning takrorlanishi ijod, ilhom kuchayishiga olib keladi, xuddi shu bois, uni 
tafakkur mahsuldorligi mexanizmi, deb atash mumkin. 
Olamni larzaga keltirayotgan stixiyalar to‘g‘risida ham manfiy fikr bilan 
birga, xaotik harakatlarni ma’lum yo‘nalishda, muayyan fazoda va vaqtda 
muvaqqat hukm surishi ehtimolini izohlash mumkin. Ba’zi bir favquloddagi 
hodisalar, holatlar, kechinmalar, omadsizliklar kabi voqelikni tushuntirishda 
ikkiyoqlama stimulyator tarkibini dadillik, xayolparishonlik, frustratsiya, eyforiya 
qamrab olishi, bir tomondan, insonda quvonch tuyg‘usini, ikkinchi tomondan, 
omadsizlik, baxtsizlikni keltiradi. Sun’iy kuchaytirgich yoki susaytirgich ta’sirini 
ilmiy asosda tushuntirish umumiy psixologiya fani javob bera olmaydigan 
hodisalar qariyb yo‘q ekanligini bildiradi. 
Psixologiyada 
ishlab 
chiqarish 
kuchlari 
bilan 
ishlab 
chiqarish 
munosabatlari o‘rtasidagi mutanosiblik taraqqiyotni belgilaydi, degan g‘oya 
fanning metodologik asosi sifatida bir necha yillar to‘liq tan olinib kelindi. 
Bizningcha, o‘zaro muvofiqlik taraqqiyotni emas, balki barqarorlikni 
(stabillashuvni) keltirib chiqaradi, xolos. Binobarin, barqarorlashuv rivojlanishni 
bildirib kelmasdan, balki uning bir tekis, maromida kechayotganligini anglatadi. 
SHuning uchun bu psixologik hodisa umumiy taraqqiyotni emas, balki mo‘l-
ko‘lchilikni, serobchilikni bildiradi. Ikkinchi tomondan, ishchilar sinfiga berilgan 
yuksak ijtimoiy-psixologik baho ham taraqqiyotning harakatlantiruvchisi (ya’ni 
mexanizmi) to‘g‘risidagi masalaga adekvat javob bera olmaydi. Darhaqiqat, 
ishchilar sinfi uyushgan, ilg‘or bo‘lishiga qaramasdan, bu makro guruh ijtimoiy 
hayotda mo‘l-ko‘lchilikni yaratish bilan cheklangandir. Lekin bu sinf yangilikni 
vujudga keltirish, kashfiyot qilish bilan qariyb shug‘ullangan emas, shuning uchun 
qator zaifliklar guruhiy xususiyatdir. Bizningcha, taraqqiyotni yuzaga keltiruvchi 
asosiy omil - bu mikro yoki mize guruhdagi shaxslar (olimlar, salohiyatli davlat 
arboblari) bo‘lib, biosfera va noosferaning insoniyat uchun noma’lum, yangi 
qirralarini ochishga qodirdirlar. Psixologiya fanida inson omili uzluksiz ravishda 
ta’kidlanib kelinishiga qaramasdan, u taraqqiyotning harakatlantiruvchisi ekanligi 


14 
batamom tan olinmagan. Xuddi shu boisdan individuallik va umumiylik (“Biz” va 
“Men” munosabati) ustuvor, birlamchi voqelik sifatida talqin qilingan, xolos. 
Hozirgi davrda inson omili komil inson ta’limotining bosh maqsadiga 
apylangani uchun uning xususiyatlari, fazilatlari, xislatlari, xosiyatlari, sifatlari, 
ichki imkoniyatlari, gender farqlari, iste’dod alomatlari odamda qancha erta 
ro‘yobga chiqarilsa, taraqqiyotni yuzaga keltiruvchi super shaxslarni shakllantirish 
shunchalik tezlashadi. Psixolog E.G‘ozievning kontseptsiyasiga binoan, inson 
kamoloti quyidagi bosqichlarni bosib o‘tishi joiz: murtaklik - odam - inson - shaxs 
- sub’ekt - komil inson. Olimning ta’kidlashicha, murtaklik - bu embrional davr, 
odam (falsafiy individ), inson (qatorga qo‘shilish davri), shaxs (jismoniy, ijtimoiy, 
ma’naviy mezon bo‘yicha), sub’ekt (shaxsiy g‘oya, maqsadga intilish, uzluksiz 
motivlar kurashi xususiyat darajasida ekanligi), komil inson (jismoniy, axloqiy, 
aqliy yuksak ko‘rsatkichlari; o‘ta onglilik, antitsipatsiya, refleksiya; “Men” bilan 
“Biz”ning o‘rin almashishi qat’iyligi va boshqalar) o‘ziga xoslikka ega bo‘lgan 
betakror, alloma, daho zot ifodasidir. Bizningcha, inson komillik sari qancha 
tezkor harakat qilsa, u kamolotni shunchalik ertaroq egallaydi, natijada 
taraqqiyotni jadallashtirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shadi. SHuni ta’kidlab 
o‘tishimiz kerakki, komillik shaxs qurshab turgan voqelikni adekvat aks ettirish 
imkoniyatida, faol, mustaqil faoliyatida, psixika shakllari takomillashib borishida, 
individuallikni namoyon etish orqali, rivojlanishdan ilgarilab ketish natijasida asta-
sekin shakllana boradi. Ko‘p funktsiyali ijtimoiy turmushda faoliyat, muomala, 
xulq-atvor maqsadga muvofiq takomillashishida irodaviy sifatlar, xatti-harakatlar, 
irodaviy zo‘r berish hal qiluvchi psixologik ahamiyat kasb etadi. 
Psixologiya fanida o‘zini o‘zi anglash bilan iroda o‘rtasidagi munosabat 
XX asrda ham XXI asrda ham psixologlarning diqqat markazida turgan. CHunki 
har ikkala umumpsixologik tushunchalar uzluksiz ravishda bir-birini taqozo qiladi, 
o‘zaro munosabatlar esa ikkiyoqlama tarzda amalga oshib turadi. SHuni eslash 
o‘rinliki, har ikkala definitsa ong bilan bevosita bog‘liq holda vujudga keladi, 
o‘zaro ta’sir natijasida faoliyatda, xulq-atvorda va muomala jarayonida 
takomillashadi. Anglanmagan hodisaga munosabat bildirish qanchalik murakkab 


15 
psixologik voqelik bo‘lsa, diqqatni ob’ektga to‘plash, masala yechimini topish 
uchun omilkor xatti- harakatlarni tanlash ham xuddi shunday kognitiv 
qonuniyatlarni, mexanizmlarni, zaruriy sharoitlarni talab etadi. Ma’lumki, har xil 
mohiyatga, tuzilishga, negizga ega bo‘lishdan qat’i nazar insondan zo‘riqishni, 
jiddiylik, muammoli vaziyatni bartaraf etish strategiyasi va taktikasi ustida ijodiy 
fikr yuritishni maqsadga aylantiradi. 
Psixologiya fanida o‘zini o‘zi anglashning psixologik mohiyatini talqin 
qilishda ikki xil qarash, yondashish vujudga kelgan bo‘lib, ular o‘zaro 
qiyoslanganda bir-biridan katta farqqa ega. Birinchi yondashuv tavsifiga 
qaraganda, o‘zini o‘zi anglash - bu o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan ongning aynan 
o‘zidir. SHuning uchun u shaxs ongining maxsus ko‘rinishidan boshqa narsa emas. 
Bu keng tarqalgan nazariya L.S.Vigotskiy, A.N.Leontbev, Ye.V.SHoroxova, 
I. 
I.CHesnakova, V.V.Stolin ta’limotlarida hamda ularning shogirdlari 
ilmiy izlanishlarida tadqiq qilib kelingan. Mazkur muammoga ikkinchi 
yondashuvning asoschisi S.L.Rubinshteyn bo‘lib, keyinchalik uning shogirdi 
K.A.Abulbxanova-Slavskayaning izlanishlarida ijodiy tarzda rivojlantirildi. 
S.L.Rubinshteynning fikricha, ong va o‘zini o‘zi anglash jismonan real hamda 
haq-huquqga ega (yuridik) shaxsga taalluqli xususiyatlardan biri bo‘lib, ular uning 
turmushi va faoliyatini “qurol” sifatida ta’minlab turuvchi ruhiy jarayondir. 
Bizningcha, S.L.Rubinshteyn ta’limoti o‘zini o‘zi anglashning psixologik mohiyati 
yuzasidan adekvat ma’lumot berish imkoniyatiga ega. Ta’limotga asoslanib, 
muammoni tadqiq qilish uning ilmiy-nazariy, amaliy- tatbiqiy jihatlarini ochishga 
xizmat qiladi. 
Birinchi yondashuv talqiniga qaraganda, o‘zini o‘zi anglash hodisasi 
vujudga kelishining bosh sababi - bu inson bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabat 
nomutanosibligi hisoblanadi. Inson muayyan jamiyatda, ijtimoiy muhitda 
istiqomat qilar ekan, odatda, shu muhit qonun-qoidalariga, tartib-intizomlariga 
rioya qilishga majbur. U ana shularning negizida faoliyatini, xulq-atvorini, 
shaxslararo munosabatini boshqaradi. O‘z xulq-atvorini, faoliyatini, munosabatini 
boshqarish ularni yuzaga keltiruvchi ehtiyoj, xohish, motiv, mayl, maqsad, qiziqish 


16 
kabilarni ham idora qilishdir. Bunday mazmundagi o‘zini o‘zi anglash va uning 
regulyatsiyasi ehtiyojning ongdagi ifodasini ham, o‘zaro munosabatini ham 
tartibga solishni taqozo etadi. Hodisa paydo bo‘lishining bosh sababi ham, 
yo‘nalish ob’ekti ham ongdir. Boshqacha so‘z bilan aytganda, ongning ichki 
barqarorligi, barqarorlikning ichki muvofiqligini shakllantiradi. Ushbu ta’limot 
namoyandalari talqinida ongning ichki barqarorligini vujudga keltiruvchi tarkiblar 
yuzasidan olinadigan ma’lumotlarga e’tibor qaratiladi. Bunday ma’lumotlarni 
shaxs o‘zlashtirgandan keyin ular mazmunan har xilligi sababli qarama-qarshilikka 
uchraydi. O‘zaro mutanosiblikni ta’minlash uchun odam ijtimoiy ongiga murojaat 
qiladi va shu yo‘l bilan ma’nolar o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etadi. SHuning 
uchun L.S.Vigotskiy o‘zini o‘zi anglash har xil ma’nolar o‘rtasida birlikni vujudga 
keltirish jarayoni sifatida va o‘zlashtirilgan ong tariqasida namoyon bo‘ladi, deydi. 
A.N.Leontbev talqinicha, individual ongning mohiyati bilan mazmuni o‘rtasidagi 
ziddiyat o‘zini o‘zi anglashning sababchisidir. V.V.Stolinning uqtirishicha, o‘zini 
o‘zi anglashning negizida “Menlik”ning mazmunlari o‘rtasidagi ziddiyat yotadi. 
B.G.Ananbevning mulohazalariga qaraganda esa, o‘zini o‘zi anglashning vujudga 
kelishi omili - odamning individual xususiyatini, faoliyat sub’ektliligi, shaxslilik 
tarkib topishidagi notekislik va geteroxronlik. Uning mulohazasicha, o‘zini o‘zi 
anglash ana shu uchala xususiyatni o‘zaro muvofiqlashtiradi va xuddi shu tariqa 
ongning individualligini ta’minlab turadi. 
SHunday qilib, birinchi yondashuvda o‘zini o‘zi anglash xulq-atvor va 
munosabatni belgilovchi hamda idora qiluvchi mustaqil sub’ektga aylanadi. 
Natijada inson tadqiqot markazidan uzoqlashadi, uning o‘rnini ong va o‘zini o‘zi 
anglash egallaydi. Bizning farazimizcha, o‘zini o‘zi anglashni bunday tushunish 
uning psixologik mohiyatini to‘liq yoritishga imkon bermaydi. Ehtimol u 
noadekvat xulosa chiqarishga, shoshilinch qaror qabul qilishga olib keladi. 
Ikkinchi yondashuv namoyandasi S.L.Rubinshteyn ruhiy faoliyatning 
maxsus vaziyatdagi ob’ektiv shart-sharoitlari sifatida odamlarning turmush 
(yashash) sharoiti yotadi, deb yozadi. Aks ettirishning sharti haqida gap ketganda, 
odamning turlicha namoyon bo‘lishining umumiy shartlari ichidan xuddi mana shu 


17 
in’ikos etish faoliyatining maxsus shartini ajratib olishimiz zarur bo‘ladi, deb 
uqtiradi muallif. O‘zini o‘zi anglashning vujudga kelishini ta’minlovchi maxsus 
shartni aniqlash uning sub’ekti to‘g‘risidagi masalani hal qilishni, uning uchun 
yo‘l-yo‘riqlar, oqilona usullarga asoslanuvchi yechimni talab qiladi. 
Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, shaxs o‘zini o‘zi anglashi uchun 
xuddi shu o‘zini o‘zi anglashning sub’ekti bo‘lishi lozim. SHaxsda o‘zini o‘zi 
anglashga nisbatan ichki xohish va intilish sifatidagi ruhiy holatlar, hodisalar 
vujudga kelishi shart. Bu borada shunga o‘xshash ruhiy holatlarning qachon va qay 
yo‘sinda, qanday sharoitlarda namoyon bo‘lishini aniqlash joiz. Bizningcha, 
bunday masalani ko‘ndalang turishi o‘zini o‘zi anglashni tadqiq etishda alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
Psixologik 
manbalar 
tahlilining 
ko‘rsatishicha, 
S.L.Rubinshteyn 
tadqiqotining muhim shartlaridan biri o‘zini o‘zi anglashning sub’ekti to‘g‘risidagi 
masalani hal qilish hisoblanadi. Endi sub’ekt tushunchasining ichki mazmunini 
yoritish uchun biz K.A.Abulbxanova- Slavskayaning (S.L.Rubinshteyn shogirdi) 
sub’ekt to‘g‘risidagi yangicha mulohazalariga tayangan holda tahlil qilamiz. 
Muallifning fikricha, sub’ektlilik insonning u yoki bu ruhiy faoliyatidagi 
instantsional (lot. instantia bevosita yaqinlik) yoki substantsionalligi (lot. 
substantia ichki mohiyat) bo‘lmasdan, uning o‘ziga xos sifat jihatdan tashkiliy 
holatdir. Bunday tashkiliy holat asosida u turmushning, taraqqiyotning yangi 
bosqichiga ko‘tariladi. Bunda sub’ektlilik inson kamolotini va yangi turmush 
tarzini vujudga keltiruvchi holat, degan ma’noni anglatadi, xolos. Inson o‘zini o‘zi 
anglashning sub’ekti deyilganida, uning o‘zligini, “Men”ligini aniqlashning 
imkoniyati va sharti bo‘lmish muayyan o‘ziga xos sifat jihatdan tashkil topganligi 
nazarda tutiladi. SHunday birlik bo‘yicha ularni baholashda, o‘zlikni anglashning 
sababi, maqsadi o‘lchamlari hamda chegaralari saqlanib qolishi mumkin. 
SHaxsning bu ma’nodagi sub’ektliligi o‘zini o‘zi anglashga nisbatan ichki ehtiyoj, 
motiv, talab, intilish sifatida mavjud bo‘ladi va uning yuzaga kelishi insonning 
ijtimoiy sub’ekt tariqasida tarkib topishi zaruriyati bilan belgilanadi. Sub’ektlilikda 
odamning ijtimoiy munosabatlar tizimida tutgan o‘rni va yo‘li mujassamlashgan. 


18 
Sub’ektlilikda yaqqol-tarixiy davr o‘z aksini topadi. SHuning uchun uning 
ichki mohiyati va tashqi ko‘rinishi, ya’ni atributi mukammal mujassamlashgan 
bo‘ladi. Bu ma’noda o‘zini o‘zi anglashning tarixiyligi deyilganda, faqatgina 
o‘zlikni anglash davomida hal qilinuvchi sifatlar tarixiyligi tushunilmasdan, balki 
uning sub’ekti tarixiyligi ham tushunilishi lozim. Insonni o‘zini o‘zi qaysi nuqtai 
nazardan va intilishdan kelib chiqqan holda anglashi etnik, milliy xususiyatlarga 
ega. SHuning uchun ham kishini o‘zlikni anglashning sub’ekti orqali o‘zini o‘zi 
bog‘lash ijtimoiy-tarixiy ahamiyat kasb etadi. Inson tomonidan o‘zlikni anglash 
jarayoni, uning vujudga kelishi, aks etish natijasi uyg‘unligi inkor qilinmasdan, 
balki shaxs bilan uning o‘zini o‘zi anglashga nisbatan sub’ektivligi orasidagi aloqa 
inkor etiladi. Muammoga bunday munosabat mohiyatiga nisbatan bildirilmasdan, 
balki bu inkor shaxsning shakllanishiga taalluqliligi ko‘zga tashlanadi. Oqibatda, 
inson oldida o‘ziga xos bo‘lgan o‘zini o‘zi anglashni belgilab beruvchi 
sub’ektlilikni tiklash zarurati yuzaga keladi. Zarurat esa ichki turtki (motiv), 
maqsad, vazifa tariqasida rolb o‘ynaydi. Vazifani bajarish esa inson tomonidan 
oldingi sub’ektliligini inkor orqali amalga oshirmasdan, balki uning keyingi 
kamolotini belgilovchi yangi sifatni shakllantirish tarzida namoyon bo‘ladi. 
Insoniy yangi sifat holati uning shaxsiy turmushdagi faolligini tahlil qilish 
yoki ruhiy qayta tiklanish hisoblanib, unda turmush tarzi, uning hayot kechirishi 
xususiyatlari aks etadi. O‘zini o‘zi anglashni, uning sub’ekti bilan bir davrda 
o‘rganish, bizningcha, ruhiyat bilan ijtimoiylik o‘rtasidagi munosabatlar 
muammosini hal qilishga qulay sharoit yaratib beradi. 
1.3. Irodaning psixologik talqini 
Iroda – shaxsning harakatini ifodalaydigan ruxiy jarayon. Mustaqillik - 
o’zining asosli fikriga ega bo’lish. 
Chidam – shaxsning yuqori darajadagi irodaliligi. Qat’iyat – uz qarorlarida 
sobikkadam bo’lish. Abuliya-irodasizlikning yuqori ko’rinishi. Maqsad- shaxsni 
biror sohaga undovchi xolat. Natija-harakat tufayli erishilgan yutuk. 


19 
Motiv-ichki 
kechinmalar 
ko’rashi. 
Jasurlik-mustaqil 
harakatlarni 
ifodalashdagi irodalilik. Dovyuraqlik-xavf-xatarli xolatlarad o’zini tuta olish. 
Negatizm- boshqalarning asosli fikrini rad etmoq. Kaysarlik-boshqalarning fikrini 
tan olmaslik. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin