23
II. BOB. IRODANING AMALIY JIHATDAN O‘RGANISH
2.1. Iroda borasidagi nazariyalar
Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo‘lib,
u inson ongining mohiyatini
kashf qilishdan boshlanib, muayyan bilimlar to‘planishi tufayli shaxsning irodasi
tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan davrgacha bo‘lgan
tarixiy
yo‘lni bosib o‘tgan.
Arastu o‘z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb
e’tirof etgan. Uning fikricha, iroda inson xulq-atvorini o‘zgartirishini
boshqarish
imkoniyatiga ega bo‘lgan omil hisoblanadi.
Gumanitar yo‘nalish, ya’ni inson muammolariga e’tiborning ortishi bilan o‘z-
o‘zidan irodani o‘rganish ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. XVIII-XIX
asrlarda bu muammo eng markaziy psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi.
Biroq psixologiya fanida XX asr boshlarida ro‘y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi
rejaga o‘tib qoldi, uni mutlaqo inkor etish mumkin emas.
XVII asrdayoq
Gobbs va
Spinozalar ta’kidlab o‘tganlaridek,
faollik
manbaini bemahsul sohaning paydo bo‘lishi, deb tushuntirish mumkin emas,
chunki uning shaxsiy kuch-quvvatini hissiy intilish bilan uzviylikda qarash lozim.
Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday yondashish
irodaning ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishni shakllantirgan bo‘lsa, ikkinchi bir
tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi.
V.Vundtning mulohazasicha,
irodaning negizida appersepsiya aktining sub’ekti tomonidan
ichki faollik uniki
ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emosional yoki affektiv nom
bilan psixologiya faniga kirib keldi.
U.Djeymsning tan olishicha,
irodaviy
harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo‘lmaydigan birlamchi
xususiyatga egadirlar. Har qanday g‘oya dastlab dinamik tendensiyaga ega
bo‘lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g‘oyaning
boshqasi ustidan ustuvorligini ta’minlashdan iboratdir.
Etarli darajada qat’iy
fikr qaror topganligi, iroda - bu insonning qo‘yilgan
maqsadlariga erishish uchun qilgan faolligidir. Iroda tushunchasi mohiyatiga inson
tomonidan maqsad g‘o‘ya olish kabi shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish ham
24
kiritiladi.
I.V.Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim
xulosalarni chiqaradi:
a) iroda-bu shaxsning o‘z faoliyatini va olamdagi o‘zini-o‘zi boshqarish
shakllarini anglashning tavsifidir;
b) iroda-inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl
va bosqichlariga taalluqlidir;
v) iroda-bu amaliy ong, o‘zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning
o‘zini ongli idora qilishlikdir;
g) iroda-bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog‘liq bo‘lgan
xususiyatidir, ammo qaysidir harakatining motivi, turtkisi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: