Umumiy psixologiya fanidan


Irodaviy harakatlarning sifatlari



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix03.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#124618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Umumiy psixologiya fanidan

Irodaviy harakatlarning sifatlari 
Irodaviy harakatlarga xos ijobiy sifatlar. 
Irodaviy xarakatlarga xos salbiy sifatlar. 
Ijobiy irodaviy sifatlar o’z-o’zini tuta bilish, dadillik qat’iyat, chidam, tokat, 
mustaqillik kabilardan iboratdir. 
O’z-o’zini tuta bilish shaxsning uz burchini utashini, maqsadini ruyobga 
chiqarishda uchraydigan qiyinchilik va qarshiliklarni mardonovor yengipshda 
ko’rinada. Ko’rsatilgan jasorat yuksak irodalilikning namunasidir. "Oltin 
zanglamas" (Shuxrat) romanining Sodikning jasorati xam taksinga loyikdir. U og’ir 
axvolda yotishiga, dalaning sovuk va izgirinli shamoliga, masofaning uzoq 
bo’lishiga qaramay, binoni xavfsizlantirish chorasini amalga oshiradi, necha yuzlab 
soldatlarimizning sog-omon kelishini ta’minlaydi. Uz burchini utash yo’lida barcha 
qiyinchiliklarga bardosh beradi. Mashina bormasa bormasin, baribir boraman!" - 
dedi Sodik gazabdan kuzlari chaknab. Bu asabiylikdan boshi zirkirab ketdi, qo’llari 
bilan ikki chakkasini changalladi. Dadillik, botirlik, jasurlik, dovyuraqlik mardlik, 
kaxramonlik kabi sifatlarni xam ifodalaydi. Bu sifatlarni xar biri uz moxiyatiga 
egadir. Dadillik shunday sifatki, bu sifatga ega bo’lgan odam oldinda xavf-xatar 
borligini bila turib unga tomon boraveradi.
Dadillik o’zini tuta bilish bilan maxkam bog’liqdir. Inson avval harakat 
kalishi uchun avvalo o’zini tuta bilishi kerak.
Jasur shaxslarda burch xissi erkaqlik qilishga yo’l qo’ymaydi. Ular zarba 
ostida qolganlarida yoki muzaffaqlyatsizlikka uchragan paytlarida bu sifat ularga 
mazza bagishlaydi. 
Dovyuraqlik odamning xavf-xatarli ishga tomon borishiga yoradm beradi, 
uni mardlik ko’rsatishiga otlantiradi. Dovyurak odam xavfli vaziyatda ko’rashni 


20 
bilmaydigan- kishigina emas, balki unda qo’rquv paydo bo’lsa xam,, zarur deb 
bilgan ishni qila oluvchi odamdir. 
Odam o’zining faoliyatlari davomida tashqi muhitdgi narsa va 
hodisalarni bilibgina qolmay, balki aktiv harakat qilib, bu narsa va hodisalarni 
o’zgartiradi. Odam har doim ma’lum harakat qilmasdan tura olmaydi. Ana shu 
jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumga bo’lish mumkin. 
Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo’lsa, ikkinchisi ixtiyoriy harakatlar. 
Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat’iy bir maqsadsiz, ko’pincha impulsiv tarzda, 
ya’ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo’talish, chuchko’rish, ko’z 
qovog’ining ochib-yumilishi va shu kabilar. Bunday harakatlarni odam oldindan 
o’ylab rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi 
mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar ba’zan odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog’liq 
bo’ladi. Chunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish
ixtiyorsiz esga tushirish holatlari ham bo’lmaydi. 
Ixtiyorsiz harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy 
harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar oldin 
belgilangan maqsad asosida, to’la ongli ravishda amalga oshiriladigan 
harakatlardir. 
Iroda deganda biz, oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida amalga 
oshiriladigan va ayrim qiyinchiliklarni, to’sqinliklvrni yengish bilan bog’liq 
bo’lgan harakatlarni tushunamiz. 
Irodaviy, ya’ni ixtiyoriy harakatlar odamga rasmiy yo’l bilan tug’ma 
ravishda beriladigan harakatlar emas. Irodaviy harakatlar har doim ma’lum 
sabablar asosida vujudga keladilar. Irodaviy, ya’ni ixtiyoriy harakatlarning nerv-
fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po’stining shartli reflekslar hosil 
qilishdan iborat bo’lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar har doim 
to’la ongli harakatlar bo’lgani uchun bosh miya po’stida yuzaga keladigan optimal 
qo’zg’alish manbalari bilan ham bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari, irodaviy 
harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signallar sistemasining faoliyati bilan 
bog’liqdir. 


21 
Irodaviy, ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda nerv sistemasining 
umumiy sog’lom holati ham juda katta ahamiyatga egadir. 
Irodaviy harakatlarning asosiy momentlari. 
Irodaviy harakatlar ilgaridan belgilangan qat’iy maqsad asosida amalga 
oshirilar ekan, demak, har qanday irodaviy harakatlar ma’lum bir maqsadni 
qo’yishdan, ya’ni maqsadni belgilashdan boshlanadi. Maqsd aniqlanib, shu 
maqsadga erishtiruvchi yo’l-yo’riqlar belgilangandan so’ng odam ma’lum qarorga 
keladi. Irodaning kuchliligi, mustahkamligi qabul qilingan qarorni ijro etishda 
ko’rinadi. 
Irodaviy harakatlarning qonuniyatyaari qo’yvdagilaradn iborat: 
a) 
iroda kuchnining namoyon bo’lishi maqsadning aniqligiga bog’liq; 
b) 
xar qanday irodaviy kuch va sababga asoslanadi; 
i) 
maqsadni amalga oshirish jarayonidagi ongli harakatlar ta’sirvda iroda 
o’sadi; 
g) 
irodaviy sifatlar xoxash va istakka bog’liqdir; 
a) 
shaxs mexzatining, faoliyatining takrorlanishi va rag’batlantirilishi 
undagi irodaviy faoliyatni yanda oshiradi. 
Shuvday qilib, yuqoridagi fikrlarning umumiy xulosasi sifatida irodaga 
quyidagicha ta’rif berish mumkin: kishining aniq maqsadni bajarishga qarqtilgan 
ongli harakatlarining kuchli ifodasi iroda deb aytiladi. 
Demak, irodaning kuchliligi qabul qilingan qarorni qat’iyatlik bilan amalga 
oshirishda namoyon bo’ladi. Irodaviy harakatlarning odamdan zo’r kuch talab 
qiladigan tomoni shundaki, biror maqsadni belgilashda, shu maqsadni amalga 
oshirish yo’l-yo’riqlarini aniqlashda va qarorga kelish hamda qarorni ijro etishda 
motivlar ko’rashi paydo bo’ladi. Motiv-kishini harakatga undovchi kuch degan 
ma’noni bildiradi. Irodasi kuchli odamlar motivlar ko’rashini qat’iyatlik bilan tez 
hal qiladi, aksincha, irodasi bo’sh odamlar motivlar ko’rashini cho’zib yuboradi 
yoki mustaqil ravishda hal qila olmaydi. 
Irodaviy harakatlarni amalga oshirishda odam yo’liqadigan qarshiliklar har 
xil bo’ladi. Masalan, ichki qarshiliklar va tashqi qarshiliklar. Ichki qarshiliklar 


22 
odamning o’ziga xos bo’lgan, uning ichki dunyosiga xos bo’lgan qarshiliklardir. 
Chunonchi, har kuni ertalab azonda soat 7 da turib, yuvinib, choy ichib, o’qishga 
kechikmay yetib kelish kerak. Ayrim irodasi bo’sh odamlar ana shuni uddasidan 
chiqa olmaydi. 
Irodaviy harakatlarni amalga oshirishda uchraydigan tashqi qarshiliklar 
odamning o’zi bilan emas, balki shu harakatni amalga oshirishdagi vaziyatlar bilan 
bog’liq bo’ladi. Masalan, fermerlarimiz ob-havoning noqulay kelishiga qaramay
ya’ni jala, sel vasuv toshqinliklarini yengib, paxtadan yuqori hosil yetkazmoqdalar. 
Odamning irodasi bir qancha sifatlarga egadir. Masalan, irodaning ijobiy 
sifatlari-qat’iyatlik, dadillik, mustaqillik va o’zini tuta bilish kabilardan iborat. 
Irodaning salbiy sifatlari esa-qat’iyatsizlik, ikqilanishlik, mustaqilsizlik, o’zini tuta 
olmaslik kabilardan iboratdir. 
Irodaning ana shu sifatlari amalga tug’ma ravishda berilmaydi. Irodaning 
barcha sifatlari bolalarga uzoq vaqt davomida sistemali tarzda beriladigan ta’lim va 
tarbiyaning natijasidai. Shuning uchun odam har doim o’zining imqoniyatlarini 
hisobga olgan holda biror maqsad belgilashi va boshlagan ishini oxirigacha 
yetkazishi kerak. 
Odamda irodaviy sifatlarni tarkib toptirishda u mansub bo’lgan jamoaning 
katta roli bor. Shaxs o’zining maxkam bog’langan deb his qiladigan jamoada o’zi 
uchun ibratli xatti-harakatlari namunalarini kiradi. har qanday uyushgan jamoa o’z 
a’zolari oldiga o’z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish, o’rtoqlari va 
do’stlariga nisbatan mexribonlik, g’amxo’rlik qilish, o’z jamoasiga dog’ 
tushirmaslikka intilish talablarini qo’yadi. Bularning hammasi jamoa a’zosini 
shunday vaziyatga soladiki, u o’zgalarning ta’siriga berilmaslik uchun qarorga 
kelishga, o’zini mustaqil ko’rsatishga, o’zini tuta bilishga harakat qiladi. 
Shaxs shu tarzda o’z jamoasining topshiriqlarini, talablarini bajarishga va 
bu hol o’z hayotida unda mustaqillik prinsipiallik, tashabbuskorlik kabi ijobiy 
sifatlarning barqaror tarkib topishiga olib keladi. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin