Umumiy psixologiya


Instinkt tushunchasining mazmuni



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə11/149
tarix19.01.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#79684
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149
Umumiy psixologiya” Fanidan (3-kurslar uchun)

2.3.Instinkt tushunchasining mazmuni.
Ushbu yuz yillik boshida, Charlz Darvinning evolyusiya nazariyasi ta’sirining oshib borgani sari, barcha xulq turlarini instinktlar ko‘rinishida tasniflash qabul qilindi. Agar insonlar o‘zlarini tanqid qilishsa, bu ularning “o‘zini-o‘zi kamsitish instinkti” oqibatida sodir bo‘lgan. Agar ular maqtansalar, bu ularning “o‘z shaxsini namoyon qilish instinktini” aks etgan. Sotsiologlardan biri, besh yuz kitobni ko‘rib chiqib, 5759 ta ehtimoldagi odam instinktlaridan iborat ro‘yxat tuzgan edi! Har bir xulqga o‘z instinktini belgilash bilan bog‘liq intilish alaqachon o‘z og‘irligi ostida yo‘q bo‘lib ketgan. Bu shuning uchun yuz berdiki, birinchi nazariyachi-instinktshunoslar insonning xulqini tushuntirmasdan, unga faqat nom berish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Ushbu jarayon aqlli bolaga “darslarni o‘zlashtira olmaydigan” nom berib, uning past baholarini “tushuntirishni” eslatib turgan. Xulqni nomlash, uni tushuntirib berish degani emas.
Instinkt sifatida tasniflash uchun majmuaviy xulq ushbu tur orasida turg‘un modelga ega bo‘lishi va orttirilmagan bo‘lishi kerak .Shunga o‘xshash xulq hayvonot olamining boshqa turlari vakillariga xos (qushlardagi imprintingini (hotirada saqlab qolish) va lososning uvuldiriq sochish uchun o‘z joylariga qatishini esga oling). Insonning xulqida ham tug‘ma moyilliklar, shu jumladan go‘dakdagi emish va harakatlanish reflekslari kabi oddiy turg‘un modellar namoyon bo‘ladi. Biroq, ko‘pchilik psixologlar insonning xulqi fiziologik ehtiyojlarga va ruhiy intilishlarga bog‘liq deb hisoblaydi.
Instinkt nazariyasi odam harakatidagi sabablarni tushuntirib berishning uddasidan chiqmagan bo‘lsada, ammo uning asos bo‘ladigan farazi-genlari ushbu tur uchun xos bo‘lgan xulqni ta’minlaydi-bu esa juda ham muhim. Buni biz bizning ma’lum bir yoqtirmaydigan narsalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan biologik moyilligimiz to‘g‘risida keying boblardagi baxsdan ko‘rdik hamda kelgusida ham o‘zaro yordam berishga, bizning xayolparast qiziqishimiz va jinsiy farqlarimizga qaratilgan xulqqa evolyusiya qanday ta’sir qilishi mumkinligini muhokama qilishda kuzatamiz….

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin