Ma’ruzaning odatdagi an’anaviy turi. Pedagogik vazifasi: o‘quv ma’lumotlarini bayon qilish va tushuntirish.
3. SHarhlovchi ma’ruza .
Bayon qilinayotgan nazariy fikrlarning o‘zagini, ilmiy tushunchalar va butun kurs yoki bo‘limlarining qonseptual asosini tashkil etadi.
Pedagogik vazifasi: ilmiy bilimlarni tizimlashtirishni amalga oshirish, fanlarning o‘zaro aloqadorligini ochish.
4. Muammoli ma’ruza.
Yangi bilimlar qo‘yilgan savol, masala, holatning muammoliligi orqali beriladi. Bunda o‘quvchining o‘qituvchi bilan birgalikdagi bilish jarayoni ilmiy izlanishga yaqinlashdi.
Ma’ruzaning mazkur shakli vizual materiallarni namoyish etish hamda ularga aniq va qisqa sharhlar berishga qaratilgan.
Pedagogik vazifasi: Yangi o‘quv ma’lumotlarini o‘qitishning texnik vositalari va audio, videotexnika yordamida berish.
6. Ma’ruza qonferensiya
Avvaldan qo‘yilgan muammo va dokladlar tizimi (5-10 minut)dan iborat ilmiy-amaliy dars sifatida o‘quv dasturi chegarasida o‘tiladi. Dokladlar birgalikda muammoni har tomonlama yoritishga qaratilishi kerak. Mashg‘ulot oxirida o‘qituvchi mustaqil ishlar va talabalarning ma’ruzalarga yakun yasab, to‘ldirib, aniqlashtirib xulosa qiladi.
Pedagogik vazifasi: yangi o‘quv ma’lumotning mazmunini yoritish.
15.3.Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati, maqsad va vazifalari Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ham davr talabiga munosib bo‘lgan Yosh avlodni tarbiyalash muammosi hamisha dolzarb ahamiyatga molik bo‘lib kelgan.