Muammoli ta’lim metodi - o‘qituvchi tomonidan tashkil etilib, u produktiv xarakterga egadir. Ushbu metod orqali o‘quvchi bilim va malakalarini shakllantiradi. Ushbu metodni takomillashtirish yo‘llaridan biri, ishchan o‘yinlarni tashkil etishdan iboratdir.
Qisman izlanish metodi - o‘qituvchi nazorati ostida tashkil
etiladigan metod bo‘lib, u produktiv xarakterga ega, bunda o‘quvchi ijod qiladi.
Tadqiqot metodi - o‘qituvchi yordamisiz tashkil etiladigan
ta’lim metodi bo‘lib, u o‘quvchining mustaqil izlanishi, fikrlashiva bilimlar transformatsiyasini talab etadi.
Ta’lim jarayoni tashkil etishning o‘ziga xos metodlaridan biri ishchano‘yinlardir.Ishchan o‘yinlar munosabatlar tizimini modellashtirish, faoliyat xarakteristikasini tashkil etishga yordam beradi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"data’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni kiritish ta’kidlanadi. Pedagogik texnologiya - bu ta’lim jarayoniga sistemali yondashuv bo‘lib, unda ta’lim jarayonini tashkil etishda texnika va inson imkoniyatlari hisobga olinadi va ularning o‘zaro munosabati ta’limning optimal formalari yaratilishiga zamin bo‘ladi.
Pedagogik texnologiyalarni quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘lish mumkin;
- Ta’lim-tarbiya ishtirokchilari shaxsiga qo‘yiladigan ijtimoiytalablar;