Umumiy psixologiya



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə57/268
tarix29.12.2021
ölçüsü1,91 Mb.
#48465
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   268
Umumiy psixologiya

- ikkinchidan, bolalar o‘yin jarayonida o‘z ixtiyorlaridagi narsalarni, o‘zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo‘lgan narsalarga aylantirib, xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo‘ladilar. Bolalarning o‘yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishi uchun birdan-bir vositadir. O‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda katgalarga mansub bo‘lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xom-xayol surish, dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlarining barchasi o‘yin faoliyatida aniq bo‘ladi. SHuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘yin faqat tashqi muhitdagi narsa hodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va syujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xususiyatlari ham shakllanadi. Demak, bog‘chadagi ta’lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila bilishga bog‘liqdir. SHunday qilib, o‘yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha, bolalar xayolining o‘zi, o‘yin davomida yuzaga kelib, rivojlanadigan psixik jarayondir.

SHuni ham ta’kidlash joizki, fan-texnika mislsiz rivojlanayotgan hozirgi davrda hayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go‘yo, bir mo‘‘jizadek ko‘rinadi. Natijada ular ham o‘zlarining turli o‘yinlari jarayonida o‘xshatma qilib (ya’ni, analogik tarzda), har xil xayoliy narsalarni o‘ylab topadilar (uchar ot, odam mashina, gapiradigan daraxt kabilar). Bundan tashqari, bolalarning turli xayoliy narsalarni o‘ylab chiqarishlari yana shuni anglatadi-ki, ular o‘zlarining har turli o‘yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog‘da ehtiyojlarini ham aks ettiradilar.

Bolalarning o‘yin faoliyatlarida turli xayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlari odamning (shu jumladan, bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarni aks ettirish passiv jarayoni emas, balki faol, ijodiy yaratuvchanlik jarayoni ekanligidan dalolat beradi.

Bolalar o‘yin faoliyatining yana bir xususiyati bu o‘yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollarining ko‘pincha umumiylik xarakteriga ega bo‘lishidir. Buni shunday tushunish kerakki, bola o‘zining turli-tuman o‘yinlarida faqat o‘ziga tanish bo‘lgan yolg‘iz bir shofyorning, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarnigina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks etgiradi. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi cheklangan kichik Yoshdagi bolalar (ba’zan kichik guruh bolalari ham) o‘zlarining o‘yinlarida qonkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar holos. Masalan, (oyisini, dadasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabilarni). O‘rta yoki katta bog‘cha Yoshidagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bo‘la boshlaydi.

Bog‘cha Yoshidagi bolalarning o‘yinlari atrofdagi narsa va hodisalarni bilish quroli bo‘lishi bilan birga, yuksak ijtimoiy ahamiyatga ham ega, o‘zgacha qilib aytganda, o‘yin qudratli tarbiya quroli hamdir. Bolalarning o‘yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, ya’ni yuksak insoniy hislatlarni tarbiyalash mumkin. Agarda biz bolalarning o‘yin faoliyatlarini tashqaridan kuzatsak, o‘yin jarayonida ularning barcha shaxsiy xususiyatlari (xarakteri, kimning nimaga ko‘proq qiziqishi, qobiliyati, irodasi, temperamenti) yaqkol namoyon bo‘lishini ko‘ramiz. Shuning uchun bolalarning o‘yin faoliyatlari, ularni individual ravishda o‘rganish uchun juda qulay vositadir. Kichik maktabgacha Yoshdagi bolalar odatda o‘zlari yolg‘iz o‘ynaydilar. Predmetli va qonstruktorli o‘yinlar orqali bu Yoshdagi bolalar o‘zlarining idrok, xotira, tasavvur, tafakkur hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Syujetli-rolli o‘yinlarda bolalar, asosan, o‘zlari har kuni ko‘rayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti-harakatlarini aks ettiradilar. 4-5 Yoshli bolalarning o‘yini asta-sekinlik bilan jamoa shakliga ega bo‘lib boradi. Bolalarning individual xususiyatlarini, ularning jamoa o‘yinlari davomida kuzatish qulaydir. O‘z o‘yinlarida bolalar kattalarning predmetlarga munosabatinigina emas, balki ko‘proq ularning o‘zaro munosabatlarini ham aks ettiradilar va ularga taqlid etadilar. Shuningdek, jamoa o‘yinlarida bolalar bir guruh odamlarning murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poezd» o‘yinini olaylik. Bunda mashinist, parovozga ko‘mir yoquvchi, provodniklar, qontrolyor, kassir, stansiya xodimlari va yo‘lovchilar bo‘ladi. Bolalarning mana shu kabi jamoa o‘yinlari artistlarning faoliyatiga o‘xshaydi. CHunki, jamoa o‘yinidagi har bir bola o‘z rolini yaxshi ado etishga intilishi bilan birga, o‘yinning umumiy mazmunidan ham chetga chiqib ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har bir boladan o‘zining butun qobiliyatini ishga solishni talab etadi. Ma’lum rollarga bo‘lingan jamoa o‘yini, bolalardan qat’iy qoidalarga bo‘ysunishini va ayrim vazifalarni talab doirasida bajarishni taqozo etadi. Shuning uchun bolalarning bunday jamoa o‘yinlari psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega. CHunki, bunday o‘yinlar bolalarda irodaviylik, xushmuomalalik, o‘yin qoidalariga, tartib-intizomga bo‘ysungan va shu kabi boshqa ijobiy hislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi.

Katta bog‘cha Yoshida syujetli-rolli o‘yinlar esa o‘z mavzusining boyligi va xilma-xilligi bilan farqlanadi. Bu o‘yinlar jarayonida bolalarda sardorlik xususiyati yuzaga kela boshlaydi, ularda tashkilotchilik ko‘nikma va malakalari rivojlana boshlaydi.

Maktabgacha Yoshdagi bolalar shug‘ullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida tasviriy san’atning ham ahamiyati juda kattadir. Bolaning tasavvur etish xarakteriga ko‘ra, uning atrof hayotni qanday idrok etishi, xotira, tasavvur va tafakkur xususiyatlariga baho berish mumkin. Katta bog‘cha Yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari, ruhiy holatlari, orzu, umid va ehtiyojlarini ham aks ettiradi.



Bu Yoshdagi bolalar rasm chizishga nihoyatda qiziqadilar. Rasm chizish bolalar uchun o‘yin faoliyatining o‘ziga xos bir shakli bo‘lib hisoblanadi. Bola avvalo ko‘rayotgan narsalarini, keyinchalik esa o‘zi biladigan, xotirasidagi va o‘zi o‘ylab topgan narsalarni chizadi.

Katta maktabgacha Yoshdagi bolalar uchun musobaqa juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, aynan shunday o‘yinlarda muvaffaqiyatga erishishga harakat qilish xususiyati shakllanadi va mustahkamlanadi. Bu Yoshdagi bolalarning eng yaxshi daqiqalari musobaqa o‘yinlaridagi yutish va muvaffaqiyatlaridir. Katta maktabgacha Yoshdagi bolalar uchun musobaqalar juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, aynan shunday o‘yinlarda muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanadi va mustahkamlanadi.

Katta bog‘cha Yoshida konstruktorlik o‘yinlari asta-sekinlik bilan mehnat faoliyatiga aylanib boradi, o‘yinda bola sodda mehnat ko‘nikma va malakalarini egallay boshlaydi, predmetlarning xossalarini anglay boshlaydi, amaliy tafakkur namunalari rivojlana boradi.



3-7 Yoshli bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi bo‘lgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga o‘rganadilar. 3-7 Yoshli davrida bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi:


Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin