Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam qilishi zarur: jarayonning mantiqiyligi, undagi qismlarning o‘zaro aloqadorligi, yaxlitligi.
Amaliy yondashuv. SHaxsda ish yuritish xususiyatlarini shakllantirishga ta’lim jarayonini yo‘naltirish; o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha layoqati va imkoniyatlarini, sinchkovligi va tashabbuskorligini ishga solishni shart qilib qo‘yadi.
Dialogik yondashuv. Ta’lim jarayonidagi ishtirokchi sub’ektlarning psixologik birligi va o‘zaro hamkorligini yaratish zaruratini belgilaydi. Natijada esa, shaxsning ijodiy faolligi va taqdimot kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratiya, tenglik, sub’ektlar munosabatida o‘qituvchi va o‘quvchining tengligi, maqsadini va faoliyat mazmunini birgalikda aniqlashni ko‘zda tutadi.
Muammoli yondashuv. Ta’lim jarayonini muammoli holatlar orqali namoyish qilish asosida o‘quvchi bilan birgalikdagi hamkorlikni faollashtirish usullaridan biridir. Bu jarayonda ilmiy bilishning ob’ektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilishning dialektik tafakkurni rivojlantirish va ularni amaliy faoliyatda ijodiy ravishda qo‘llash ta’minlanadi.
Axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydalanish, ya’ni o‘quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini jalb qilish.
(darslik, ma’ruza matni, tayanch qonspekti, kodoskop)dan tashqari grafik organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari.
O‘zaro aloqa vositalari: nazorat natijalarining tahlili asosida o‘qitishning diagnostikasi (tashhisi).
Boshqarishning usuli va vositalari. O‘quv mashg‘ulotini texnologik karta ko‘rinishida rejalashtirish o‘quv mashg‘ulotining bosqichlarini belgilab, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘quvchi va o‘qituvchining hamkorlikdagi faoliyatini talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini aniqlab beradi.
Monitoring va baholash. O‘quv mashg‘uloti va butun kurs davomida o‘qitish natijalarini kuzatib borish, o‘quvchi faoliyatini har bir mashg‘ulot va yil davomida reyting asosida baholash.