192 -modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga pul mablag‘lari berishni asossiz ravishda kechiktirish Oldingi tahrirga qarang. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar,
nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan o‘zga to‘lovlarni to‘lash uchun pul
mablag‘lari berishni bankning mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan asossiz
ravishda kechiktirish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir
etilgan bo‘lsa, —
(192 -moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ- 416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(192 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106- son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241 - moddasi . 192 -modda. Tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilikda
nazarda
tutilmagan
hollarda
tadbirkorlik
subyektlarining
hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni talab qilib olish, shunday
harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
(192 -moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish
soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari bilan jazolanadi.
(192 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106- son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241 - moddasi .