Umumiy qoidalar


 -modda. Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida


səhifə160/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

192 -modda. Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida
mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish
Mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, ya’ni nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa
nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi
fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat
yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab
bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(192 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat:
a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa,

Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari
yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(192 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-
dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(XIII bob O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli 
Qonuniga
asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil
31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun
javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 10-bandining
ikkinchi xatboshisi
, 11-bandining 
to‘rtinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi
ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 8-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish
10
11
11
11
1


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 145 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari
haqida”gi qarorining 
7-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi
18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 15-bandining 
ikkinchi xatboshisi
..

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin