TO‘RTINChI BO‘LIM
EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR
XIV bob. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli
“Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi
qarori
.
193-modda. Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish
Sanoat, energetika, transport, kommunal xizmat, agrosanoat, ilm-fan obyektlari yoki
boshqa obyektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va ishga tushirib foydalanish normalari
va qoidalarining mansabdor shaxs tomonidan buzilishi, yoxud davlat komissiyasining
a’zolari tomonidan bu obyektlarni normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzib qabul
qilinishi insonning o‘limi, odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, ekologiyaga salbiy
ta’sir qiladigan darajada atrof muhitning o‘zgarib ketishiga yoki boshqacha og‘ir
oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(193-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-
son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza
to‘g‘risida”gi Qonunining
13
,
21-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksining
80-
moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining
41-
moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining
IV
bo‘limi
(“Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda
boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, tiklash va ishga
tushirish”), O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi
Qonunining
22-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va
undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasining
ikkinchi qismi
,
26 — 28-moddalari
,
O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”
gi Qonunining 17-moddasining
ikkinchi qismi
,
21
,
28
,
29-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
“O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonunining
50
,
51-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy
xavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonunining
15-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish
obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining
8-moddasi
.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |