Umumiy qoidalar


səhifə21/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

44-modda. Jarima
Jarima aybdordan davlat daromadiga ushbu Kodeksda belgilangan miqdorda pul
undirishdir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jarima bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan olti yuz baravarigacha
miqdorda belgilanadi.
(44-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-
son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil
3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarorining 
15

16

17-bandlari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish
1
1
1


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 18 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
uchun belgilangan muddatlarda to‘lashdan bo‘yin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv
qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun
belgilangan muddatlar mobaynida jarimani undirishning imkoni bo‘lmasa, xuddi
shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima to‘lanmagan yoki jarimani
bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari buzilgan taqdirda, sud jarimaning to‘lanmagan miqdorini
majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash
yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunday holda majburiy
jamoat ishlarining ikki yarim soati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi
jarimaga tenglashtirilib, to‘rt yuz sakson soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga, axloq tuzatish
ishlarining, xizmat bo‘yicha cheklashning, ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum
qilishning har bir oyi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n olti baravari miqdoridagi jarimaga
tenglashtirilib, uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga tayinlanadi.
(44-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-
son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 533-moddasining 
ikkinchi
qismi

539-moddasi
, 542-moddasining 
uchinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya
kodeksining 
5-bobi 
(“Jarima tariqasidagi jazoni ijro etish”) va O‘zbekiston Respublikasining “Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 
30

32

32 -moddalari
.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin