Umumiy qoidalar


-modda. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish


səhifə19/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

40-modda. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish
Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek mansab vazifalarini
qonunan bajarishi tufayli zarar yetkazilgan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud
hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining 
beshinchi xatboshisi
.
Jinoiyligi oldindan ayon bo‘lgan buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarib, jinoyat sodir
etgan shaxs, umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi.
G‘ayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyishni yoxud mansab vazifasini
bajarmagan yoki buzgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Shaxsning amalda sodir etgan
qilmishida boshqa bir jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lsagina, u
javobgarlikka tortiladi.
41-modda. Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik
Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli
tavakkalchilik qilib, huquqlar va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish
jinoyat deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil
23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining 
beshinchi xatboshisi
.
Agar sodir etilgan harakat zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va tajribalariga muvofiq
kelgan, qo‘yilgan maqsadga esa, tavakkal qilmay erishishning iloji bo‘lmagan hamda shaxs
huquqlar va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilishining oldini olish
uchun tegishli choralarni ko‘rgan bo‘lsa, bunday tavakkalchilik asosli deb topiladi.
Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilishda ko‘zlangan ijtimoiy
foydali natijaga erishilmagan va keltirilgan zarar ijtimoiy foydali maqsadga erishish
natijasida olinishi mumkin bo‘lgan foydali natijadan ko‘proq bo‘lgan taqdirda ham
yetkazilgan zarar javobgarlikka sabab bo‘lmaydi.
Tavakkalchilik odamlarning halok bo‘lish xavfi, ekologiya halokati yoxud boshqacha
og‘ir oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan bo‘lsa, asosli deb
topilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlarining o‘zlariga ko‘rsatilgan xizmatlar, shu jumladan berilgan
kreditlar yuzasidan banklar va boshqa moliya tashkilotlari oldidagi shartnoma
majburiyatlarini tadbirkorlik tavakkalchiliklari hamda boshqa tijorat tavakkalchiliklari bilan
bog‘liq holda bajarmaganligi banklar va boshqa moliya tashkilotlari xodimlarini jinoiy
javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi.


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 16 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
(41-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli 
Qonuniga
asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin