3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 14 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
Zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qo‘zg‘atish zaruriy mudofaa
deb topilmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil
20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi
qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida”gi
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
24-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil
27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarorining
23-bandi
.
38-modda. Oxirgi zarurat
Oxirgi
zarurat holatida, ya’ni shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga yoxud
huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni qaytarish uchun
qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan
holda sodir etilgan
qilmish,
basharti, shu xavfni o‘sha holatda boshqa choralar bilan qaytarishning iloji
bo‘lmasa hamda keltirilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo‘lsa,
jinoyat
deb topilmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil
23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining
to‘rtinchi xatboshisi
.
Shaxsning oxirgi zarurat holatida sodir etgan qilmishi, basharti, oxirgi zarurat
chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, qonuniy deb topiladi.
Agar boshqa vositalar orqali xavfning oldini olish mumkin bo‘lsa yoki keltirilgan zarar
oldi olingan zarardan oshib ketsa, qonun bilan qo‘riqlanadigan
huquq va manfaatlarga
bunday zarar yetkazish oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishning qonuniyligini baholashda oldi
olinishi lozim bo‘lgan xavfning xususiyati va xavflilik darajasi, shunday xavfning haqiqatan
mavjud yoki mavjud emasligi va yuz berish vaqtining yaqinligi,
xavfni qaytaruvchi
shaxsning mavjud imkoniyatlari, vujudga kelgan vaziyatdagi ruhiy holati va ishning boshqa
holatlari hisobga olinadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
(38-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-
459-sonli
Qonuniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Yüklə
Dostları ilə paylaş: