3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 11 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
bo‘lgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham,
shuningdek ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining
2
va
14-bandlari
.
Agar shaxs ilgari sodir etgan qilmishi uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod
qilingan bo‘lsa, jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining
3-bandi
.
Umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yo‘naltirilgan bir jinoyat
tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga o‘xshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat bo‘lgan
(davomli) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining
4-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil
30-apreldagi 6-sonli “O‘zgalar mulkini o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish
jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining
ikkinchi
va
uchinchi
xatboshilari
.
Vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat bo‘lib, bir jinoyatning uzluksiz
tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa cho‘zilgan) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil
22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarorining
9-bandi
.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: