Umumiy qoidalar


-modda. Ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat


səhifə10/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

22-modda. Ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat
O‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish
ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat deb topiladi.
Agar jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy
xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi yeta turib, ehtiyotkorlik chora-
tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga
asossiz ravishda umid qilgan bo‘lsa, bunday jinoyat o‘z-o‘ziga ishonish oqibatida sodir
etilgan deb topiladi.
Agar jinoyat sodir etgan shaxs o‘z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli
oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi yetmasada, lekin ko‘zi yetishi lozim va
mumkin bo‘lsa, bunday jinoyat beparvolik orqasida sodir etilgan deb topiladi.
23-modda. Murakkab aybli jinoyat
Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa
ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmishni qonun qattiqroq javobgarlik bilan
bog‘lagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-
yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori 
4-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli
“Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
19-
bandi
.


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 8 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
24-modda. Aybsiz holda zarar yetkazish
Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi
mumkin va lozim ham bo‘lmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetmagan va
ishning holatlariga ko‘ra ko‘zi yetishi mumkin va lozim ham bo‘lmagan bo‘lsa, bunday
qilmish aybsiz holda sodir etilgan deb topiladi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin