Umumiy qoidalar


-modda. Mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik


səhifə9/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

19-modda. Mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki
odamning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etgan
shaxs javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bunday holat shaxsni aqli noraso deb topish uchun
asos bo‘lmaydi.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)
1
1
1
1
1


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 7 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
V bob. Ayb
20-modda. Aybning shakllari
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik
orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor deb topilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
21
 va 
22-moddalari
.
21-modda. Qasddan sodir etilgan jinoyat
Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli qilmish
bajarilgan vaqt deb hisoblangan bo‘lib, uni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy
xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo‘lsa, bunday
jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli oqibat yuz
bergan vaqt deb topilgan qilmishlar to‘g‘ri yoki egri qasddan sodir etilgan bo‘lishi mumkin.
Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli
oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishini istagan bo‘lsa, bunday jinoyat to‘g‘ri
qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli
oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa,
bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-
yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori 
2-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli
“Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 
3-
bandi
.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin