Umumiy qoidalar


VI bob. Tamom bo‘lmagan jinoyat


səhifə11/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

VI bob. Tamom bo‘lmagan jinoyat
25-modda. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish
Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart-
sharoit yaratuvchi qilmishi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra sodir etilishi
boshlangunga qadar to‘xtatilgan bo‘lsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish deb
topiladi.
Qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga
ko‘ra oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-
yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori 
3-bandi
.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun
javobgarlik ham ushbu Kodeks 
Maxsus qismining 
tamom bo‘lgan jinoyat uchun
javobgarlikni belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
13-bandi
.
26-modda. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
Shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita
qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to‘xtatsa,
shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib
chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni 28-
moddasining 
ikkinchi qismi
.
Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan
qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari bo‘lsa, ushbu Kodeks bo‘yicha
javobgarlikka tortiladi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin