3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 10 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
masalalar to‘g‘risida”gi qarori 12-bandining
uchinchi xatboshisi
.
30-modda. Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi
Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu Kodeks
Maxsus qismining
bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
Oldindan til biriktirgan guruh, jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchilari
hamda a’zolari tayyorgarlik ko‘rilishi yoki sodir etilishida o‘zlari qatnashgan barcha
jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar.
Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki ularga rahbarlik qilgan
shaxslar shu guruh yoki uyushma sodir etgan barcha jinoyatlar uchun, basharti, bu
jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab olingan bo‘lsa, javobgarlikka tortiladilar.
Boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmish uchun uni
sodir etgan shaxs javobgar bo‘ladi.
Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytib,
jinoyatning oldini olish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha choralarni o‘z vaqtida
ko‘rganligi, jinoyatda ishtirokchilik uchun javobgarlikni istisno qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni 28-
moddasining
ikkinchi qismi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-
yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori 12-bandining
oltinchi xatboshisi
, 14-bandining
ikkinchi
va
uchinchi xatboshilari
hamda
20-
bandi
.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: