3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat kodeksi
Page 5 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
bo‘lmagan; uncha og‘ir bo‘lmagan; og‘ir; o‘ta og‘ir jinoyatlarga bo‘linadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan
ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan
jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik
oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ko‘p
bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar
kiradi.
Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga
qasddan sodir etilib,
qonunda uch yildan ortiq,
lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo
nazarda
tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib,
qonunda besh
yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar
kiradi.
(15-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-
avgustdagi 254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p
bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘ta og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq muddatga
ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan
mahrum qilish jazosi nazarda
tutilgan jinoyatlar kiradi.
(15-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-
sonli
Qonuni
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Yüklə
Dostları ilə paylaş: