9-modda. Ayb uchun javobgarlik prinsipi Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari
uchungina javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining uchinchi bo‘limi (“Dalillar va isbot qilinishi lozim bo‘lgan holatlar”). LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 4 — 6-bandlari . 10-modda. Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi Qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka
tortilishi shart.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori . II bob. Kodeksning amal qilish doirasi 11-modda. Kodeksning O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilishi O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxs ushbu Kodeks bo‘yicha javobgarlikka
tortiladi.
Qilmish:
a) O‘zbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki to‘xtatilgan bo‘lsa;
b) O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston
hududida yuz bergan bo‘lsa;
v) O‘zbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston hududidan
tashqarida yuz bergan bo‘lsa;
g) bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan birgalikda sodir etilgan
bo‘lib, uning bir qismi O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa, O‘zbekiston hududida sodir
etilgan jinoyat deb topiladi.
O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi yoki O‘zbekiston portida ro‘yxatga olingan havo, dengiz
yoki daryo kemasida O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lib, chet el davlati hududi
hisoblanmagan joyda jinoyat sodir etilsa, bunday jinoyat uchun ushbu Kodeks bo‘yicha
javobgarlikka tortiladi.
Amaldagi qonunlar, xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq chet el
fuqarolarining javobgarligi to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi sudlariga tegishli
bo‘lmasa, ular O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan holda, xalqaro huquq
normalariga muvofiq hal qilinadi.
3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 4 of 243
https://lex.uz/docs/-111453