192-modda. Raqobatchini obro‘sizlantirish Raqobatchini obro‘sizlantirish, ya’ni bosma yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan
matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari orqali xo‘jalik yurituvchi subyektning
ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolg‘on, noaniq yoki buzib
ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari bilan jazolanadi.
(192-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106- son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasi . Oldingi tahrirga qarang. XIII bob. Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar 192 -modda. Xususiy mulk huquqini buzish Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va
davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy
mulkdorlarning huquqlarini buzish yo‘li bilan ularga zarar yetkazish, ya’ni mulk huquqini
qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum etish, xususiy mulkka tajovuz
qilish, nomaqbulligi oldindan ayon bo‘lgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish,
shu jumladan mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish,
shuningdek mulkdorning mulkini olib qo‘yish yoxud uni o‘z mol-mulkiga bo‘lgan
huquqidan voz kechishga majburlash, talon-toroj alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda,
shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch
yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(192 -moddaning birinchi qismi sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241 -